gram news
ARAB TILI DARSLARI channel avatar

ARAB TILI DARSLARI

@arabtilidan_darslik1

Ustoz Muhammad Odil Hamid tomonidan tashkil qilingan darslar orqali bepul arab tilini o’rganing! Kanalga obuna bo'ling va 📌Pin qilib xabarlarni kuzatib boring.

ProjectsUZLanguages

6,550subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • ARAB TILI DARSLARI

    22 Sept, 15:08

    Vebinarga hoziroq qo'shiling. 30 daqiqadan keyin boshlaymiz! 🔽https://t.me/islommoliyasi_iqtisodi✔️
  • ARAB TILI DARSLARI

    22 Sept, 15:08

  • ARAB TILI DARSLARI

    20 Sept, 04:22

    forwarded from @turkiyada_rasmiy_talim

  • ARAB TILI DARSLARI

    20 Sept, 04:18

    Ushbu darslarni ko‘rish uchun link ustiga bosing va kanalga o‘ting 🔽 https://t.me/+U5r3w1sgzdZjM2Vi ✔️
  • ARAB TILI DARSLARI

    20 Sept, 04:18

    forwarded from @turkiyada_rasmiy_talim

  • ARAB TILI DARSLARI

    19 Sept, 15:23

    🎉 Сизни рўйхатдан ўтганингиз билан табриклаймиз!Сиз “Араб тилини ўрганишнинг осон усуллари” номли 2 кунлик БЕПУЛ махсус дарсимизга муваффақиятли рўйхатдан ўтдингиз.Бу дарс бўлиб ўтадиган ягона ёпиқ канал кузатиб боринг.Сиз ушбу дарсимиздан кейин:✅ Араб тилини 0 дан қандай бошлаш ва тез ўрганиш сирларини✅ Талаффуз қоидалари ва ҳарфларни тез эслаб қолиш йўлларини✅ Араб тилини ўрганишдаги энг муҳим 5 та қадамни✅ Қандай қилиб араб тилини ўрганиб, Умра сафарига йўлланма ютиш мумкинлигини билиб оласиз.Агар сизга барчаси тушунарли бўлган бўлса 👍 босинг!📌 Каналга обуна бўлишни унутманг!
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
    874127Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    30 Jul, 15:30

    😁😆😁 oxirgacha o'qing ⚠️Ba'zan hayvonlarga havasim keladi.Chunki ularda insondagi kabi tanlash imkoniyati yo'q. Alloh ularni qanday fitratda yaratgan bo'lsa, o'sha fitratdan chetga chiqmay yashaydilar."Hech qachon "Men qush emas, baliq bo'lmoqchiman", deydigan qushni ko'rganmisiz?Yoki "Men kichkina baliq bo'lishni istamayman, akula bo'lmoqchiman", deydigan baliqni?"Chumchuq bo'lsam ham, o'rdaknikidek tumshug'im bo'lsa edi", deydigan chumchuqni-chi?Yoki "Men burgutlardan charchadim, endi to'tiqush bilan oila quraman", deydigan burgutni?Yana bir narsani ko'rmaysiz: nafsiga yengilib, ortiqcha yeb kasallikka chalingan sher yoki yo'lbarsni.Hayvonlar Alloh ularning fitratiga qanday hayotni joylagan bo'lsa, shunday yashaydi. Faqat inson
    2,32044Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    7 Apr, 17:39

    Sening hisob-kitobing bo‘yicha hayot tartibsiz va murakkab, boshi-yu oxiri ko‘rinmayotgandek tuyuladi.Lekin Allohning hisob-kitobi bo‘yicha ishlar tartibli, izchil va senga rohat hamda yaxshilik keltiradigan shaklda rejalashtirilgandir."Ajab emaski, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va ajab emaski, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz esa bilmassiz",Baqara surasi, 216-oyat.
  • ARAB TILI DARSLARI

    4 Mar, 11:36

    Vafotlaridan so‘ng ota-onani rozi etmoq uch narsa bilan mumkin bo‘lur:1. Farzand Yaratganning buyurganiga amal qilib qaytarganlaridan qaytsa ta’qiqlaridan tiyilsa, solih bo‘lsa.... (marhum ota-ona rozi bo‘lur). Chunki, ota-ona farzandlari solih bo‘lganidan sevinganchalik boshqa narsadan sevinmaydi.2. Ularning qarindoshlarini, do‘stlarini ziyorat qilish bilan...3. Ota-ona uchun Yaratgandan kechirim mag‘firat, avf tilash bilan ular uchun (ular nomiga yoki ular nomidan) sadaqa bermoq va yaxshilik (ehson qilmoq bilan...©"Hikmatlar xazinasi" kitobidan.➡️Yaqinlaringizga ham ulashing!
  • ARAB TILI DARSLARI

    2 Mar, 01:48edited

    Dunyodagi eng foydali tijorat oʻzingni hamma vaqt oxiratingga manfaati boʻlgan ishlar bilan mashgʻul qilishingdir.🔻 Obuna bo’ling⬇️
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
    2,80053Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    1 Mar, 02:33edited

    Qurʼon sizni yaratgan Allohning kalomi.Shuni hech tasavvur qilib koʻrganmisiz?Alloh Oʻzi rozi boʻladigan ish ham, sizni rozi qiladigan ish ham, siz uchun atab qoʻyilgan neʼmat ham, yoʻlingizni yoritadigan chiroq ham, koʻrsatib beradigan mayoq ham, aqlingizni, qalbingizni, oilangizni, mol-davlatingizni va barcha ishlaringizni oʻnglab turadigan tartib ham, hamma-hammasi Qurʼonda mujassam.Allohga qasamki, bor vaqtingizni Qurʼon uchun sarflasangiz ham koʻplik qilmaydi.Faqat boʻsh vaqtingizni unga bagʻishlay koʻrmang! Aslo! Aksincha, eng qimmat, eng bebaho, eng kerakli vaqtingizni unga tortiq aylang!Shunday qilsangiz, Alloh sizga uning yashirin xazinalarini ochib beradi.
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
    2,440112111Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    23 Feb, 06:44

    Ro‘zada Alloh taoloning birligi va har qanday aybu nuqsonlardan pok ekani borasida nozik ishora mavjud.Boshqa ibodatlarda bu xususiyat bu darajada namoyon bo‘lmaydi. Darhaqiqat, taomdan tiyilish va shahvoniy xohish-istaklardan tiyilish — Alloh taoloning oliy sifatlariga ishora qiluvchi ibodatdir.Demak, ro‘zada Allohning sifatlariga muvofiq keladigan bir ko‘rinish bor. Shu sababli Alloh taolo: “Ro‘zaning savobini O‘zim beraman”, deb marhamat qilgan.Imom Qurtubiy rahimahulloh bu hadis sharhida shunday deydilar: “Bandalarning amallari ularning holatiga yarasha va o‘ziga mos bo‘ladi. Ro‘za esa Alloh taoloning sifatlaridan biriga munosib ibodatdir. Go‘yo Alloh taolo: ‘Ro‘zador Mening sifatlarimga mos keladigan amal bilan Menga yaqin bo‘ladi’, deydi.”
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
    3,530121Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    19 Feb, 08:34

    Boqiy ilmHayotimizdagi ba’zi bilimlarni ma’lum vaqtda foydalanish uchungina o’rganamiz. Keyin ular bizga kerak bo’lmay qoladi. Esimizdan chiqaramiz.Masalan: maktabda biror fandan baho olish uchun o’sha fanni o’qish, universitetga kirish uchun kirish fanlarini o’qish va hokazo.Esdan chiqarishimizni bilsak ham, bizga keyinchalik kerak bo’lmasligini bilsak ham ularni rosa tirishib o’qiymiz.Tirishib o’qishimizga arziydigan, hech qachon keraksiz bo’lib qolmaydigan boqiy ilm o’zi mavjudmi?📌 Javobni anglagan bo’lsangiz kerak. Bu - Arab tili. Chunki, u barcha buyuk ilmlarning ibtidosidir. Shu sabab u boqiy.Arab tilini o’rganing, azizlar, boqiy ilmga ega bo’lasiz!
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
    3,66086Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    13 Feb, 10:18

    Amallarni Ramazonga moslashRamazon — faqat niyat va tuyg‘ular oyi emas, balki amal oyidir. Agar qalb tayyor bo‘lib, amallar o‘zgarmasa, Ramazon hayotimizga chuqur ta’sir qilmaydi.Ramazon kelishidan oldin amallarimizni qanday moslab olishimiz kerak? Ibodatni asta-sekin ko‘paytirish orqali. 1️⃣ Ramazonda birdaniga ko‘p ibodat qilish ko‘pchilik uchun qiyin bo‘ladi. Shuning uchun Ramazondan oldin qazo va nafl ro'zalari tutib, namozlarni vaqtida o‘qishga qat’iy e’tibor berish kerak. 2️⃣ Kuniga oz bo‘lsa ham Qur’on o‘qishni boshlash va kundalik virdni oshirib borish kerak. 3️⃣ Salavot, zikr va duoni ko‘paytirish. Eng yaxshi amal — oz bo‘lsa ham doimiy bo‘lgan amal. Sha'bon oyida kundalik tartibni Ramazonga moslab olishimiz muborak oydan maksimal foyda olishimizga sabab bo'ladi. Ramazon
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
    5,6601176Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    13 Feb, 08:29

    Imom Zuhriy rahimahulloh: "Ramazon oyi kirar ekan, albatta u Qur’on tilovati va taom yedirish oyidir. Bu solih salaflar Alloh ularni rahmatiga olsin, nazdidagi Ramazonning sha’ni, ko‘rinishi bo‘lib, bu oy jiddi jahd, ro‘za va qiyom, ibodat va Qur’on tilovati oyidir. Shuningdek, bu oy tahlil, tasbeh, yaqinlarga yaxshilik qilish va ehson oyidir. Bu oy g‘amxo‘rlik, yupatish va (ro‘zadorlarni) taomlantirish oyidir", dedilar."Istiqbali shahri ramazon" kitobidan.➡️Yaqinlaringizga ham ulashing!
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
    8,130113Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    12 Feb, 11:10

    Ramazon — Qur’on oyidir. Chunki aynan shu muborak oyda Qur’on nozil bo‘lgan.Shu sababli Ramazon Qur’on bilan munosabatni kuchaytirish, uni o‘qish, tushunish va hayotga tatbiq qilish uchun eng barakali fursat hisoblanadi.
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
    5,31084Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    12 Feb, 05:34

    📌📖Қуръонни ўқиш, хатм қилишнинг ўзига хос фазилатлари бор. Жумладан у:📌Қуръонни бир хатм қилиш мусулмонлар учун беқиёс фойда келтирувчи мисоли тижоратдир. Бу тижоратнинг фойдаси кўпайса кўпаядики, аммо асло камаймайди касодга ҳам учрамайди. Аллоҳ таоло Ўзи шундай дейди:📌إِنَّ الَّذِينَ يَتْلُونَ كِتَابَ اللَّهِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَأَنفَقُوا مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً يَرْجُونَ تِجَارَةً لَّن تَبُورَ📌Албатта, Аллоҳнинг китобини тиловат қиладиганлар, намозни тўкис адо этиб, Биз уларга ризқ қилиб берган нарсалардан махфий ва ошкора инфоқ қилганлар, ҳаргиз касодга учрамайдиган тижоратдан умидвор бўлурлар. (Фотир сураси 29).
    4,260253Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    11 Feb, 07:08

    Ramazon yaqin🤲 Taroveh namozining fazilati▫️Ta’rifi: Taroveh so‘zi "tarviha"ning ko‘plik shakli bo‘lib, "bir bora rohat olish" degan ma’noni anglatadi.▫️Hukmi: sunnati muakkada;▫️Afzal ko‘rinishi: taroveh namozini uyda yolg‘iz o‘qigandan masjidda jamoat bo‘lib o‘qish afzal;▫️Vaqti: taroveh namozini xufton namozidan keyin, vitrdan oldin o‘qish sunnat;▫️Unda xatm qilish: Ramazon oyi davomida xatm qilib, bitta to‘liq xatmni oxiriga yetkazish mahbub amaldir, sunnatdir.▫️Fazilati: hadisda "Kim Ramazon oyida iymon bilan, savob umidida (tarovehda) qoim bo‘lsa, o‘tgan gunohlari kechiriladi" deyilgan. (Muttafaqun alayh).▫️ Boshqa hadisda "Kim (tarovehni) imom bilan oxiriga birga o‘qisa, tunni bedor o‘tkazgan hisoblanadi" deyilgan. (Ab-u Dovud va Nasoiy rivoyati).
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
    4,99095Open in Telegram
  • ARAB TILI DARSLARI

    10 Feb, 04:02edited

    Қуръон соҳиби эришадиган беш раббоний мартаба🪶. Шафоат. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: “Қуръон ўқинглар! Зеро, у қиёмат куни соҳибларига шафоатчи бўлиб келади”. Имом Муслим ривояти.🪶Рифъат. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: «Қиёмат куни Қуръон соҳибига: «Ўқи ва кўтарил, дунёда қандай ўқиган бўлсанг, шундай ўқи. Охирги оятни ўқиган жойинг (жаннатдаги) манзилинг бўлади», деб айтилади”. Имом Абу Довуднинг “Сунан”ларидан.🪶 Суҳбат. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: “Қуръонни моҳирона тиловат қиладиган қори элчи, ёзувчи, ўта яхши фаришталар билан (бир мақомда)дир”. Имом Бухорий ривояти.🪶 Хойриёт. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: “Сизларнинг яхшиларингиз Қуръон ўрганган ва уни ўргатган кишидир”.
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
  • ARAB TILI DARSLARI

    4 Feb, 06:08

    Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Allohning kitobidan bir harf o‘qisa, (nomayi a’moliga) bitta yaxshilik yoziladi. Har bir yaxshilik o‘n barobar mislicha qilib beriladi. Men “Alif, lom mim”ni bir harf demayman. Balki “alif” bir harf, “lom” bir harf va “mim” bir harfdir”, dedilar.(Termiziy rivoyati).
    Image from a post by ARAB TILI DARSLARIImage from a post by ARAB TILI DARSLARI
    9,43030278Open in Telegram