gram news
Arnasoy.uz | Rasmiy kanal channel avatar

Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

@arnasoyplus

Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati Web-sayt : https://gov.uz/oz/arnasoy Facebook : https://bit.ly/3VWYvmx YouTube : http://bit.ly/4mMiFwz Instagram : http://bit.ly/4gT2wn Hokimga murojaat: ✍️ @Arnasoy_murojaatbot ☎️ 72-372-10-00

ProjectsUZPolitics

3,180subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 09:10

    PROFILAKTIK UCHRASHUV O’TKAZILDIArnasoy tumani Ichki ishlar bo’limi boshlig‘i Jasur Karimov tomonidan probatsiya hisobida jazo o‘tayotgan mahkumlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuv davomida jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan belgilangan cheklovlarga, qonun talablariga, jamoat tartibi va intizom qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.Shuningdek, qayta huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy hayotga moslashish va qonuniy faoliyat olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadbir yakunida mahkumlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 09:02

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Jizzax viloyatidan Biznes uchun 156 ta Davlat mulkini ijaraga oling!🔹 Arnasoy tumani - 11 tа (ko'rish 🔹 Baxmal tumani - 10 ta (ko'rish) 🔹 G'allaorol tumani -12 tа (ko’rish) 🔹 Sh.Rashidov tumani -6 ta (ko’rish) 🔹 Do'stlik tumani- 34 tа (ko'rish) 🔹 Zomin tumani -11 tа (ko'rish) 🔹 Zarbdor tumani -7 tа (ko'rish) 🔹 Mirzacho'l tumani - 9 ta (ko'rish) 🔹 Zafarobod tumani-8 tа (ko'rish) 🔹 Paxtakor tumani- 6 tа (ko'rish) 🔹 Forish tumani -12 tа (ko'rish) 🔹 Yangiobod tuman -12 ta (ko'rish) 🔹 Jizzax shahar - 18 tа (ko'rish)Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan.Ma'lumot uchun: ☎️ (71) 202 21 11
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 09:00

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Jizzaxda kasbiy mahoratni oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqdaJizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus qutqaruv otradida qutqaruvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni turli favqulodda holatlarga har tomonlama tayyorlash maqsadida kunduzgi va kechki o‘quv mashg‘ulotlari izchil ravishda tashkil etilmoqda.Mashg‘ulotlar davomida shaxsiy tarkibning jismoniy chidamliligi mustahkamlanib, maxsus texnika va asbob-uskunalardan to‘g‘ri hamda samarali foydalanish ko‘nikmalari takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, turli murakkab va ekstremal sharoitlarni aks ettiruvchi amaliy mashqlar qutqaruvchilarning kasbiy tayyorgarligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.Kunduzgi o‘quv mashg‘ulotlarida aniq harakatlar, jamoaviy ishlash va hamjihatlikka alohida e’tibor qaratilsa, kechki mashg‘ulotlar qorong‘u va cheklangan ko‘rinish sharoitida ish olib borish
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 07:03

    1994-2022 yillar oralig‘ida milliy valyutamiz – so‘m va unda tasvirlangan binolar🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
    694video1Open in Telegram
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 07:01

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Arnasoy tumanida yoshlarga 6 gektar yer maydoni ajratilib, brokkoli karamini yetishtirish loyihasi yo‘lga qo‘yildiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 153-sonli farmoni ijrosi doirasida Arnasoy tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularning daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.Jumladan, Arnasoy tumani hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida tumandagi “Sherzod ilg‘or agro” fermer xo‘jaligi hududidan yoshlar uchun 6 gektar yer maydoni ajratilib, brokkoli karamini yetishtirish loyihasi yo‘lga qo‘yildi.Ushbu tashabbus doirasida fermer xo‘jaligi rahbari Shukurboy Shomurodov tomonidan yoshlarga ekin ekish, parvarishlash va hosilni yig‘ish jarayonlari bo‘yicha amaliy ustozlik qilib kelinmoqda. Bu esa yoshlarning qishloq xo‘jaligida zamonaviy usullarni o‘zlashtirishiga xizmat qilmoqda.G‘alla o‘rimidan so‘ng
    596video1Open in Telegram
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 07:01

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Paxtakorda dzudo rivoji yo‘lida yangi qadamVohamizda olimpiya sport turlarini rivojlantirish, ularning ommaviyligini ta’minlash va yoshlarni sportga keng jalb etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Qurilayotgan zamonaviy sport inshootlari, infratuzilmaning yangilanishi hamda havaskor va professional sportga bo‘lgan yondashuvning tubdan o‘zgarishi natijasida yuqori sport yutuqlariga erishilmoqda.Shu kabi ezgu tashabbuslarning yana biri Paxtakor tumanida amalga oshirildi. Yaqinda tumanda qurilib, foydalanishga topshirilgan yangi dzudo zali sportga oshno yoshlar va aholi vakillari uchun katta sovg‘a bo‘ldi. Paxtakor shaharchasi hududida barpo etilgan 18x30 o‘lchamdagi mazkur inshoot zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi. U yoshlarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.Sport
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 06:50

    KIMLARGA XAVFSIZLIK KAMARINI TAQMASLIKKA RUXSAT BЕRILADI?Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi 29-sonli buyrug‘i bilan xavfsizlik kamarini taqishga to‘sqinlik qiladigan 20 ta kasallik ro‘yxati tasdiqlandi.✍️ Buyruq 2026-yil 14-yanvardan kuchga kirdi.Ushbu kasalliklarga ega fuqarolar QR-kodli elektron tibbiy ma’lumotnoma asosida xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat oladi.⏺️ Ma’lumotnoma “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimi orqali bepul beriladi.Ro‘yxatga qovurg‘a, o‘mrov, yelka va umurtqa sinishi, o‘pkaning og‘ir kasalliklari, yurak yetishmovchiligining III bosqichi, morbid semizlik (TMI ≥ 40), past bo‘ylik (150 smdan past), operatsiyadan keyingi holatlar ham kiritilgan.⏺️ Ma’lumotnoma 2 oydan 1 yilgacha yoki ayrim hollarda muddatsiz berilishi mumkin.🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 06:01

    KASBIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDIArnasoy tumani hokimi Odil Musanov hamda viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Nazarqosimov Arnasoy tumani texnikumiga tashrif buyurib, muassasadagi o‘quv jarayonlari, yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash tizimi va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.Tashrif davomida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, amaliyotga yo‘naltirilgan kasbiy ta’limni rivojlantirish hamda texnikum faoliyatini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Shuningdek, viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Nazarqosimov tomonidan o‘quvchilar uchun sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha amaliy master-klass namoyish etildi. Unda zamonaviy texnologiyalar yoshlarning bilim olishga
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 05:51

    Fermer xo‘jaliklarini Ko‘p tarmoqli yagona reyestrga kiritish: muhim tartib va afzalliklarO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, fermer xo‘jaliklarini Ko‘p tarmoqli yagona reyestrga kiritish tartibi belgilangan. Ushbu reyestr fermer xo‘jaliklarini tizimli ro‘yxatga olish, ularning faoliyatini monitoring qilish hamda imtiyozlar ajratish jarayonini soddalashtirish uchun xizmat qiladi.BATAFSILTo'lqin O'roqov, Arnasoy tumani fermerlar kengashi mutaxassisi.🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 05:03

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Jizzaxda harbiylarga 35 ta yangi xonadon kalitlari topshirildi14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax viloyatida harbiy xizmatni o‘tayotgan bir guruh harbiylarga Yangi O‘zbekiston massivida qurilgan 16 qavatli uylardan yangi, zamonaviy xonadonlarning kalitlari tantanali topshirildi.Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat faollari, harbiy qism qo‘mondonligi hamda keng jamoatchilik vakillari, o‘quvchi yoshlar, harbiylar va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi.Tadbir davomida mutasaddilar va mehmonlar xizmat uylaridagi yaratilgan sharoit va qulayliklar bilan yaqindan tanishib, xonadon sohiblariga o‘zlarining ezgu istaklarini bildirishdi. 📹 Batafsil videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    15 Jan, 05:02

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Assalomu alaykum, hurmatli jizzaxliklar! Kun xayrli bo‘lsin!📅 Bugun: 15-yanvar, payshanba 🗓 Yilning: 15-kuni ⏳ Yil yakuniga: 350 kun qoldi📜 BUGUN TARIXDA🏛 1759-yil — Britaniya muzeyi omma uchun ochildi. 📰 1826-yil — Fransiyada Le Figaro gazetasining birinchi soni nashr etildi. 🏢 1943-yil — Pentagon binosining qurilishi yakunlandi. 💻 2001-yil — erkin onlayn ensiklopediya Vikipediya ish boshladi. 🎉 Bu yil Vikipediya o‘zining 20 yilligini nishonlamoqda.🎂 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR🎭 1622-yil — fransuz teatr arbobi, aktyor va dramaturg Jan Moler tug‘ildi. 📚 1795-yil — rus diplomati va yozuvchisi Aleksandr Griboedov dunyoga keldi. 🚢 1906-yil — yunon milliarder kemasoz Aristotel Onassis tavallud topdi. 🎬 1966-yil — rossiyalik rejissyor, aktyor va prodyuser Yegor Konchalovskiy tug‘ildi.
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    14 Jan, 12:54

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Jizzaxda “Vatan himoyachilari kuni” tantanali tarzda nishonlandiJizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari tantanali tarzda o‘tkazildi. Tadbirlar Jizzax shahridagi “Xotira maydoni”da joylashgan “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.Marosimda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, tashkilot va idoralar rahbarlari, harbiy xizmatchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Vatan tinchligi yo‘lida jon fido etgan fidoyilar xotirasi ehtirom bilan yodga olindi.Bayramning asosiy qismi viloyat hokimligining “Anjumanlar saroyi”da bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabriklab, bir guruh harbiylar munosib taqdirlandi. Tadbir yakunida bayramona badiiy dastur namoyish etildi.📹 Batafsil videolavhada.📲ht
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    14 Jan, 11:55edited

    14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Arnasoy tumani axborot-kutubxona markazi jamoasining bayram tabrigi🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You tube
    744video2Open in Telegram
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    14 Jan, 11:55

    VATANNI HIMOYA QILISH — MILLATNI HIMOYA QILISH14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Arnasoy tumani axborot-kutubxona markazida “Vatanni himoya qilish — millatni himoya qilish” nomli kitoblar va rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.Mazkur ko‘rgazmada Vatanga sadoqat, harbiy jasorat, milliy g‘urur va vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi badiiy, tarixiy hamda ilmiy adabiyotlar, shuningdek, tematik rasmlar namoyish etildi.Tadbir ishtirokchilari Vatan himoyachilarining fidokorona xizmatini yuksak qadrlash, yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan manbalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Ins
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    14 Jan, 11:55

    BOLALAR BOG‘CHASIDA BAYRAM TADBIRI14-yanvar — "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Arnasoy tumanidagi 9-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyaviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda tarbiyalanuvchilar va ularning otalari ishtirok etib, ikki jamoaga bo‘lingan holda 5 ta qiziqarli shart bo‘yicha bellashdilar.Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqa yakunida jamoalar teng natija qayd etib, do‘stlik g‘alaba qozondi.Tadbir yakunida jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alari, tarbiyalanuvchilarga esa o‘z suratlari tushirilgan tabriknomalar topshirildi.🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 💬Veb-sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    14 Jan, 11:19

    VATAN HIMOYACHILARIGA EHTIROM VA E’ZOZ14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Arnasoy tumani hokimligi tomonidan Sharof Rashidov tumanida joylashgan 9784-sonli harbiy qismda bayram tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida hokimlik mas’ullari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini bayram bilan samimiy qutlab, Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan mard va jasur harbiylarga yuksak ehtirom izhor etildi.Uchrashuv chog‘ida Arnasoy tumani Madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi, vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq va chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.Mazkur tashrif harbiy xizmatchilarning ma’naviy ruhini yanada yuksaltirish, ularga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishga qaratilgani bilan
    81821Open in Telegram
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    14 Jan, 11:02

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    TADBIRKORLIK UCHUN YER UCHASTKALARINI "e-auksion.uz"da xarid qiling!!!✨ Jizzax shahar 141 ta (ko'rish) ✨Arnasoy tumani 208 ta (ko'rish) ✨Baxmal tumani 956 ta (ko'rish) ✨G‘allaorol tumani 622 ta (ko'rish) ✨Sh.Rashidov tumani 30 ta (ko'rish) ✨Do‘stlik tumani 106 ta (ko'rish) ✨Zomin tumani 633 ta (ko'rish) ✨Zarbdor tumani 410 ta (ko'rish) ✨Mirzacho‘l tumani 787 ta (ko'sh) ✨Zafarobod tumani 698 ta (ko'rish) ✨Paxtakor tumani 211 ta (ko'rish) ✨Forish tumani 353 ta ( ko'rish) ✨Yangiobod tumani 915 ta (ko'rish)Izoh: Muddatli to'lov imkoniiyati mavjud!Qo'shimcha ma'lumot uchun: ☎️ (71) 202 21 11
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    14 Jan, 11:02

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    🇺🇿 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlanishiga 1 kun qoldi!📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    14 Jan, 10:50

    2026-YIL PAXTA HOSILI UCHUN ZAMONAVIY TЕXNOLOGIYALAR JORIY ETILMOQDAArnasoy tumanida 2026-yil uchun paxta hosilini yetishtirish jarayonlari izchil va rejali tarzda olib borilmoqda. Jumladan, joriy yil hosili uchun tumanda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini keng joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.Bugungi kunga qadar tumanning Xorazm hamda Buxoro xo‘jaliklarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilgan 2000 gektardan oshiq maydonda montaj ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi.Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish tarmoqlarini o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Xo‘jalikning suv tanqis hududidagi dala maydonlarida tarmoqlarni yotqizish uchun zarur chuqurlar qazilib, sug‘orish tarmog‘i quvurlari to‘liq keltirilgan.Ta’kidlash joizki, 2026-yilda Arnasoy tumanida 4000 gektar maydonda Xitoyning Shinjon tajribasi hamda
  • Arnasoy.uz | Rasmiy kanal

    14 Jan, 09:41

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14 yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari tantanali tarzda o‘tkazildi.Viloyat hokimligi “Anjumanlar saroyi”da bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini bayram bilan tabriklab, milliy armiyamiz salohiyati yil sayin yuksalib borayotganini ta’kidladi.Tadbirda bir guruh harbiy xizmatchilar taqdirlandi, bayram dasturi esa san’atkorlar chiqishlari bilan yakunlandi.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|