gram news
Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz) channel avatar

Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

@arobiyya_uz

𝗔𝗿𝗮𝗯 𝘁𝗶𝗹𝗶 𝗲𝗸𝘀𝗽𝗲𝗿𝘁𝗶: 𝗖𝗘𝗙𝗥 & 𝗔𝗧-𝗧𝗔𝗡𝗔𝗟 𝗶𝗺𝘁𝗶𝗵𝗼𝗻𝗹𝗮𝗿𝗶𝗴𝗮 𝘁𝗮𝘆𝘆𝗼𝗿𝗹𝗼𝘃 📝 Mock testlar, tavsiyalar, sara manbalar 📊 Natijalarim: @soliyev_natijalar 🌍 Arab grantlari: @arabgrantlari 📫 Bog‘lanish uchun: @arobiyyaadmin № 0009597956 Sahifa diniy materiallardan holi!

ProjectsUZLanguages

9,200subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    22 Sept, 15:02

    Yangi premium kurs uchun tayyorgarlikO’quvchilarim bilishadi: odatda kamdan-kam onlayn kurs ochaman va uning sifatli bo’lishiga doim alohida e’tibor beraman.Oxirgi ikki oyim “Tanal” imtihoni uchun maxsus premium darajadagi onlayn kurs manbalari va tashkiliy masalalarini qilish bilan o’tdi. Macbook sotib oldim, uyga wi-fi tushurtirdim. Asosiysi kurs uchun alohida, boshqa kurslarda bo’lmagan 40+ mock va qo’llanma jamlagan platforma tayyorladim.😉 Ortiqcha maqtamayman, lekin yaqin kunlarda sizni haqiqiy natijaga asoslangan va sinalgan kurs qabuli kutyapti.❗️Avvaldan aytaman: kursda o’quvchi soni natija bo’lishi uchun ham cheklangan bo’ladi.Xo’sh, siz ham bu kursni kutyapsizmi?! 🤲✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtu
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    22 Sept, 05:04

    “Tanal” imtihoni haqida top savollar- Imtihonning narxi qancha o’zi? - Odatda 100$ dan boshlanadi- Imtihon to’liq kompyuterda bo’ladimi? - Ha, to’liq barchasi kompyuterda bo’ladi- Imtihonda xat yoziladimi CEFRdagidek? - Yo’q, faqat 3 ta insho yoziladi- Imtihonda baholash tizimi qanday? ◼️Kirish darajasi: 0-10 ball ◼️Boshlang’ich (A1): 10-25 ball ◼️Asosiy daraja (A2): 25:50 ball ◼️O’rta daraja (B1): 50-75 ball ◼️O’rta-yuqori (B2): 75-100 ball ◼️Yuqori daraja (C1): 100-125 ball ◼️Mukammal daraja (C2): 125-150 ball
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    21 Sept, 15:03

    Saudiya Arabistoni qabullarida yangilik🇸🇦 Oʻtgan qabulda hujjatlarni faqatgina 17 yoshga toʻlgan abituriyentlar topshira olgan boʻlsa, endi esa portal 16 yoshdan boshlab nomzodlar arizalarini qabul qilmoqda.📆 Qabul ochilgan: 16-sentabr 😄 Qabul yopiladi: 6-oktabrda 👥 Yosh chegarasi: 16-25 yosh🎓 Talabalar uchun imkoniyatlar: ◼️ Viza va safar uchun biletlar; ◼️ Oylik stipendiya (200$+); ◼️ Xalqaro sertifikat va tadbirlar; ◼️ Talaba uchun bepul turarjoy; ◼️ Saudiya bo'ylab sayohatlar; ◼️ Bepul transport vositalari; ◼️ Bepul umra va hajj imkoniyati;
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    21 Sept, 05:01

    Arab tili haqida raqamlar gapirganda🟢 Arab tili eng keng tarqalganligi hamda foydalanuvchilari soniga ko'ra dunyo tillari orasida 6-o'rinda turadi (ba'zi manbalarda bundan ham yuqori 5 o’rinda).🟢 Bugungi kunda 20 dan ortiq davlatning rasmiy tili hisoblanadi (xuddi o’zbek tilidek).🟢 Umumiy so'zlashuvchilari soni 400 milliondan oshadi (salkam yarim milliard).🟢 Arab tilidagi lug'atlarning umumiy soni hisob-kitoblarga ko'ra 12 yarim milliondan ortiqdir ("Mu’jam ajaibil lug’at” kitobidan).🟢 Arab tilidagi so'zlarning asosi (ildizi) 16 mingdan ortiq va bu dunyoda eng ko’pi.🟢 Faol va kam ishlatiluvchi lahjalarini (sheva) qo'shganda ularning soni 30 oshib ketadi.
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    20 Sept, 15:00

    Imtihon darajasidagi “Tanal” mock testiAgar sizga haqiqiy imtihon atmosferasini beradigan “Tanal” mock testi bor va buni bepul yechib ko’rasizmi desam nima degan bo’lardingiz?!💻 Havolasini berayotgan ushbu mockim tayyorlayotgan yangi premium darajadagi kursimning platformasidan bir kichik bo’lak. “Tanal” darajasidagi savollar, vaqt, ko’rinish va albatta eng oxirida darajangiz + xatolarni aytib berishigacha.Testni yechib ko’rishingiz uchun: 👉 tanalgrammatikamock.vercel.app😉 Kompyuterda yechish tavsiya qilinadi.Yechib o’z fikringizni yozib qoldiring 💬✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtube
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    20 Sept, 05:01

    Yakshanba uchun arab tilida multfilm📺 Multfilm nomi: "Madagaskar 2" 🇸🇦 Tili: adabiy arab tilida 📍 Davomiyligi: 1 soat 29 daqiqaTomoshabinlar yaxshi ko’rib tomosha qilgan “Alex” endi o’zining ona vataniga tushib qoladi. Bu yerda u va do’stlarining qiziqarli sarguzashtlari, janggi va qaytishini o’zingiz o’rganayotgan adabiy arab tilida tomosha qilishingiz mumkin.👉 “Madagaskar” birinchi qismini ko’rish uchunSizga maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish 🍿✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtube
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    19 Sept, 15:03

    Arab tili imtihoniga tayyorlanish qissasiU CEFR va “Tanal” imtihonlaridan o’tib olish, arab tilini o’rganish uchun nimalar qilmadi: xo’roz so’ydi, pishiriqlar pishirib qo’shnilariga tarqatdi, supurgini tik qo’ymadi, choyning ko’pigini boshiga surtdi, nonning o’rtasini yedi…Eshmat bilmasdiki, faqatgina arab tilini o’rganish bir chekkada qolib ketdi xolos…©️ Arab tili talabasining kundaligidanMaqol: arab tilini o’rganolmasang xo’roz yoki bechora tovug’ingda nima ayb?! 😄✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtube
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    19 Sept, 05:00

    Arab tilida yettita rasmiy xat namunasiCEFR imtihonida rasmiy xat yozishingiz kerak, lekin uni qanday yozish va qanday qilib yuqori ball olishni o’ylab siqilyapsizmi?!📨 Yuqorida arab tilidagi turli mavzularda yettita rasmiy xat namunasi berilgan. Qo’llanmada rasmiy xatlarini qanday yozish, shablon, iboralar arablar hayotda rasmiy xatni qanday yozishsa shunday ko’rinishda berilgan.🤝 Yuqori ball olishingiz uchun tayyor yordamchi.Arablardek xat yozadigan darajaga chiqing 🏋️‍♂️✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtube
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    18 Sept, 15:01

    Arab tilidan CEFR imtihonlari jadvaliKo’pchilik o’quvchilar arab tilidan CEFR imtihoni bo’lish sanalari va vaqtini topolmay qiynalib qolishyapti. Yuqoridagi jadval va ma’lumotlarni saqlab qo’ying.📆 Imtihon sanalari bilan tanishing: ▪️Oktabr oyi: 10-12 oktabr kunlari ▪️Noyabr oyi: 8-10 noyabr kunlari ▪️Dekabr oyi: 12-14 dekabr kunlari💰 Sentabr oyidan boshlab imtihon narxi oshirilgan va 594 ming so’m bo’lib qolgan.😄 Diqqat: o’z rejalagan oyingizga joylar to’lib qolishidan avvalroq registratsiya qilib qo’yish tavsiya qilinadi.Yanvargacha C1 ni naqd qilib qo’ying ✈️ Telegram | 📷 Inst
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    18 Sept, 05:02

    Eshitib tushunish bo’limidagi savollarXabaringiz bor o’tgan hafta (13-sentabr kuni) arab tilidan sentabr oyidagi CEFR imtihonlari bo'lib o'tdi.🎧 Yuqorida imtihonning eshitib tushunish (istima) qismi birinchi bo'limida tushgan haqiqiy imtihon savollarini ko'rishingiz mumkin. Savollar yana takrorlanmoqda.🗓 Keyingi imtihonda tushishi mumkin!Eshitishni imtihongacha yaxshilang ✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtube
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    17 Sept, 15:00

    Arab tili grammatikasi olimi haqidaBir grammatikachi, nahvshunos kemaga mindi va dengizchiga: «Nahvni bilasanmi?» - dedi. U: «Yoʻq». Nahvchi: «Umringning yarmi zoye boʻlibdi», - dedi.Kuchli shamol turib, kema chayqala boshladi. Dengizchi: «Suzishni bilasanmi?» - deb soʻradi. U: «Yoʻq», - dedi. Dengizchi: «Unday boʻlsa, butun umring zoye boʻlibdi», - deb javob berdi.©️ “Mabda ul qiroat” kitobidan.O’ynab gapirsang ham o’ylab gapir…😁✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtube
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    17 Sept, 05:01

    “Tanal”dagi o’qib va eshitib tushunish“Tanal” imtihoni o’qib tushunish va eshitib tushunish bo’limlarida topshiruvchilar o’n sakkiztadan savol yechishadi.📊 Yuqorida esa mana shu savollardan nechtasini yechsangiz A2-C2 darajada bo'lishi taxminiy foizi bilan birga hisoblab chiqilgan. O'zingizga kerak daraja uchun qancha yechish zarurligini bilib oling.👉 Grammatika qismi baholash tizimi🧮 CEFR dan ko’ra savollar ikki barobar kam.C2 oladigan darajada yechib chiqing 😎✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtube
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    16 Sept, 05:03

    “TANAL” va CEFR ning tan olinishi haqidaKo’pchilik o’quvchilar arab tili sertifikatlari madrasa va OTMlarga o’tmasligi to’g’risida asossiz mish-mish xabarlari aytishmoqda. Yuqorida ta’lim vazirligi va musulmonlar idorasi tomonidan chiqarilgan eng oxirgi ma’lumotlarni ko’rishingiz mumkin. Unga ko’ra: oliy ta’lim muassasalari va diniy ta’lim muassasalarida (madrasalar) ham arab tili sertifikatlari tan olinadi.Tan olinadigan arab tili sertifikatlar: ▪️CEFR sertifikati ▪️ “Tanal” sertifikatiOliy ta’limda tan olinadi: B1-C2 darajalar Madrasalar uchun o’tadi: B2-C2 darajalarGazini bosib tayyorlanavering qisqasi 🏋️‍♂️✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtu
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    15 Sept, 15:01

    Saudiya Arabistoni qabullari ochilmoqda🇸🇦 Ertadan bir oydan kamroq muddatga ko’pchilik kutayotgan va yilda bir keladigan imkoniyat: Saudiya Arabistonidagi barcha universitetlarga qabullar ochilyapti!📆 Qabul ochiladi: 16-sentabr 😄 Qabul yopiladi: 6-oktabrda🎓 Talabalar uchun imkoniyatlar: ◼️ Viza va safar uchun biletlar; ◼️ Oylik stipendiya (200$+); ◼️ Xalqaro sertifikat va tadbirlar; ◼️ Talaba uchun bepul turarjoy; ◼️ Saudiya bo'ylab sayohatlar; ◼️ Bepul transport vositalari; ◼️ Bepul umra va hajj imkoniyati;🌐 Barcha
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    15 Sept, 05:00

    Arab tili o’rganuvchilari uchun eslatmaKimki ilmni imtihonlar uchun o‘rgansa, imtihondan o‘tib olish uchun vaqtincha o‘qibdi xolos. Endi kimki ilmni ilm uchun o‘rgansa, ilm o‘rganishning vaqti beshikdan to qabrgacha davom etadi. U jarayonda tanaffus, hordiq va ta’til degan narsalar yo‘qdir.😵‍💫 CEFR yoki “Tanal” deb uxlab, uyqudan turadigan o’quvchilarga kerakli hikmat ekan.Arab tili imtihonlardan keyin ham bor 🤝✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtube
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    14 Sept, 15:01

    Arab tilida rasmiy xatda zarur 15 lug‘at↪️ B1 - asosiy va zaruriy: 1. So‘rov, iltimos — الطَّلَبُ 2. Sabab — السَّبَبُ 3. Muammo — الْمُشْكِلَةُ 4. Yordam — الْمُسَاعَدَةُ 5. Ma’lumot — الْمَعْلُومَاتُ➡️ B2 - xatni boyitadiganlar: 1. Taklif — الاقْتِرَاحُ 2. Ariza — الطَّلَبُ 3. Mas’uliyat — الْمَسْؤُولِيَّةُ 4. Imkoniyat — الْفُرْصَةُ 5. Hamkorlik — التَّعَاوُنُ➡️ C1 - xatni kuchli ko‘rsatadi: 1. Rasmiy murojaat — الْمُرَاسَلَةُ الرَّسْمِيَّةُ 2. Talab va ehtiyoj — الْمَطَالِبُ وَالِاحْتِيَاجَاتُ 3. Tushunmovchilik — سُوءُ الْفَهْمِ
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    14 Sept, 05:02

    “Tanal” imtihoni yozish qismi haqidaKo’pchilik o’quvchilar arab tili “Tanal” va CEFR imtihoni yozma ish qismlari bir xil bo’ladi, ikkalasida ham xat yozamiz deb o’ylashadi.💻 “Tanal”da topshiruvchi umumiy uchta insho yozishi kerak bo’ladi, uchchalasini yozishingiz uchun esa sizga 60 daqiqa vaqt beriladi.◼️1-insho: sodda daraja / 100 so’z ◼️2-insho: o’rta daraja / 150 so’z ◼️3-insho: yuqori daraja / 200 so’z❗️CEFR dan farqli bu imtihonda hech qanday xat yozilmaydi, faqatgina uchta insho mavjud.Yozish bo’limiga qattiq tayyorlaning 🤲✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtube
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    13 Sept, 15:01

    Iboralar qo’llanmasining yangi qismi😎 Arab tilida insho yozishingiz va so’zlashuvni yaxshilamoqchimisiz: unda ulashib borilayotgan silsila iboralar qo’llanmasidaan foydalaning.🇺🇿 Qo’llanmada: iboralar doimgidek o’zbek tilida aniq tarjimasi bilan alohida qilib belgilab berilgan. Har bitta ibora qatnashgan namuna jumlalar esa o’zbekcha-arabcha juftlikda ko’rsatilgan - tez yodlab olishingiz uchun qulay.Avvalgi qism qo’llanmalarni ko’rish: 👉 1-qismni ko’rmagan bo’lsangiz havola 👉 2-qismni ko’rmagan bo’lsangiz havola 👉 3-qismni ko’rmagan bo’lsangiz havola 👉 4-qismni ko’rmagan bo’lsangiz havola 👉 5-qismni ko’rmagan bo’lsangiz havola 👉 6-qismni ko’rmagan bo’lsangiz havola📊 “Manhaj” B1 kitobi asosida tayyorlandi.Iboralarni qo’llang, keyin natijasini bilasiz
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    13 Sept, 05:03

    Yakshanba uchun arab tilida multfilm📺 Multfilm nomi: "Murvatchalar" 🇸🇦 Tili: adabiy arab tilida 📍 Davomiyligi: 52 daqiqaYoshlikda, maktabga ketishdan avval nonushtada sevib tomosha qilgan multserialingizdan yana bir qism. “Murvatchalarning” sarguzashtini o’zingiz o’rganayotgan arab tilida tomosha qiling.Sizga maroqli tomosha va qiziqarli til o'rganish 🍿✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 Youtube
  • Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)

    12 Sept, 15:04

    Arab tilida tinish belgilarining nomlanishiArab tilidan “Tanal” imtihoni grammatika qismida tinish belgilariga oid savollar ham tushadi va o’quvchi ularning nomini bilishi talab qilinadi.◼️(,) Vergul - الْفَاصِلَةُ ◼️(.) Nuqta - النُّقْطَةُ ◼️(-) Tire - الشَّرْطَةُ ◼️( ) Ikki qavs - الْقَوْسَانِ ◼️(:) Ikki nuqta - النُّقْطَتَانِ الرَّأْسِيَّتَانِ ◼️(…) Uch nuqta - عَلَامَةُ الحَذْفِ ◼️(?) So’roq belgisi - عَلَامَةُ الاِسْتِفْهَامِ ◼️(!) Undov belgisi - عَلَامَةُ التَّعَجُّبِ ◼️(«») Qo’shtirnoq - عَلَامَةُ التَّنْصِيصِ ◼️(;) Nuqtali vergul - الفَاصِلَةُ
    Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)Image from a post by Sarvarbek Soliyev (@arobiyya_uz)