gram news
Avtomobil yo'llari qo'mitasi channel avatar

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

@avtoyulqumita

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rasmiy Telegram kanali 🌐 www.uzavtoyul.uz 📱 t.me/avtoyulqumita ⌨️ https://www.facebook.com/profile.php?id=100095166775974&mibextid=ZbWKwL 🖥the_commitetee _for_roads Aloqa: 📬press@uzavtoyul.uz 📞71 207 67 68

ProjectsUZPolitics

21,200subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    25 Sept, 13:03

    #XORAZM_VILOYATI #YOʻL_ODAMI🚧 “Yo‘l odami” loyihasining navbatdagi qahramoni — “Xorazmyo‘lko'kalam” davlat muassasasi direktorining o‘simliklarni himoya qilish, yashil xo‘jaliklar obyektlari va manzarali o‘simliklar pitomnigi bo‘yicha o‘rinbosari Shonazar Qalandarov.✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
    2,000video321Open in Telegram
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    25 Sept, 12:31

    #OʻZYOʻLKOʻPRIK_KLASTERI_JIZZAX_FILIALI_DM #JARAYON📊“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri DM hamda uning filiallari tomonidan yurtimiz bo‘ylab barcha ko‘priklar hamda avtomobil yo‘llarida paydo bo‘lgan kamchilik va nuqsonlar doimiy ravishda bartaraf etib boriladi. 📈Jumladan, “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri Jizzax filiali DM tomonidan Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘lining 939 – 1013-kilometrlari oralig‘ida saqlash hamda ushbu avtomobil yo‘lining 900 – 1013-kilometrlari oralig‘ida qishki qarovga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. 💥Ahamiyatlisi, bu kabi ishlar harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l transport hodisalarining oldini olishi bilan bir qatorda obyektlardan foydalanish muddatini uzaytirishga ham xizmat qiladi.✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
    Image from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasi
    2,17022Open in Telegram
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    25 Sept, 12:09

    forwarded from @sshmirziyoyeva

    Nyu-Yorkda “BlackRock” rahbariyati — kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Xatami bilan uchrashdik.Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildik. “BlackRock” ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdik.O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.—В Нью-Йорке встретилась с руководством BlackRock в лице Роберта Капито, президента компании, Томаса Донилона, вице-председателя, Адебайо Огунлеси, председателя и главного исполнительного директора Global Infrastructure Partners, и Чарльза Хатами, глобального руководителя Группы финансовых и стратегических инвесторов компании и руководителя по Ближнему Востоку.Мы обсудили запуск Ташкентского международного финансового центра в 2027 году. BlackRock помогает с формированием концепции и структуры Центра.На нашем совместном круглом столе с представителями деловых кругов Америки обсудили перспективы развития Узбекистана и региона на ближайшие десятилетия.Узбекистан открывается для крупных качественных инвестиций.
    Image from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasi
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    25 Sept, 12:03

    #MARKAZIY_SINOV_LABORATORIYASI #MUTAXASSIS_SHARHI📌 GOST 12801 talablari asosida Markaziy sinov laboratoriyasida asfalt-beton qoplamasidan olingan namuna 0°C haroratda laboratoriya sinovidan o‘tkazildi. ❓Sinov jarayoni qanday amalga oshiriladi? Batafsil ma’lumotni mutaxassis sharhida ko‘rishingiz mumkin.✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
    1,240video41Open in Telegram
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    25 Sept, 12:02

    forwarded from @pressuzb

    Саида Мирзиёева: “Ўзбекистоннинг энг асосий капитали — унинг ёш авлоди”Президент Администрацияси раҳбари Саида Мирзиёева БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (UNFPA) билан биргаликда демографик барқарорлик масалаларига бағишланган тадбирда иштирок этди.Унда Ўзбекистоннинг энг асосий капитали — ёш авлод экани, мамлакатнинг келажакдаги тараққиёти учун аҳоли саломатлиги, таълими ва хавфсизлигига, айниқса, аёллар ва болаларга инвестиция киритиш муҳимлиги таъкидланди.Шунингдек, демографик жараёнларни узоқ муддатли ва манзилли режалаштириш мақсадида демографик прогнозлаш тизимини йўлга қўйиш ҳамда “Демографик дивиденд — 2050” стратегиясини ишлаб чиқиш режалаштирилмоқда.Саида Мирзиёева таъкидлаганидек, мамлакат келажаги фақат аҳоли сони билан эмас, аввало, одамлар қандай имкониятларга эга бўлиши билан белгиланади.@pressuzb
    Image from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasi
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    24 Sept, 12:02

    #SURXONDARYO_VILOYATI #JARAYON🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Boysun tumanidagi mahalliy ahamiyatga ega 75V031 “Boshrobat – Pitov” avtomobil yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda. ❤️‍🔥Xususan, ushbu yo'lda mayda zarrali issiq asfalt-beton qorishmasidan foydalanib, yo‘l qurish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.❗️Mazkur ishlar doirasida avtomobil yo‘lining foydalanish holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l qoplamasining sifatini oshirish maqsadi qilingan.✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
    Image from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasi
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    24 Sept, 11:46

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    1️⃣1️⃣ Ta’lim va sog‘liqni saqlash “Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi. Oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 45 foizga yetdi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66 yoshdan 75 yoshdan ziyodga oshdi. Onalar va go‘daklar o‘limi to‘rt baravar kamaydi. Islohotning haqiqiy qiymati ana shu insonlarning hayotida namoyon bo‘ladi”. 1️⃣2️⃣ Bola — davlatning eng katta mas’uliyati “Bola — davlatning eng katta mas’uliyati. Bola sog‘lom tug‘ilmasa, sifatli ta’lim ololmasa, biz bir insonning emas, butun jamiyatning kelajagini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lamiz. Shu kunlarda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan muloqotni o‘tkazamiz”. 1️⃣3️⃣ Orol fojiasi “Markaziy Osiyoning butun dunyoga berishi mumkin bo‘lgan yana bir sabog‘i bor. Bu — Orol dengizi fojiasi. Orol tabiiy ofat tufayli qurimadi. Bu — o‘nlab yillar davomida qabul qilingan noto‘g‘ri qarorlar va tabiatga bo‘lgan adolatsiz munosabatning oqibati. Yangi O‘zbekiston qurigan dengiz tubida yashil hududlar barpo etmoqda”. 1️⃣4️⃣ Ekologik yechimlar “Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etyapmiz. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Biz Orolbo‘yining faqat ekologik fojia ramzi bo‘lib qolishini istamaymiz. U ekologik yechimlar sinovdan o‘tadigan hududga aylanishi kerak. O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar “O‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni qayta tiklash bo‘yicha harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilindi”. 1️⃣5️⃣ Sun’iy intellekt va inson “Bugun insoniyat yana bir ulkan inqilobiy o‘zgarish qarshisida turibdi. Bu — sun’iy intellekt. Texnologiya insonga xizmat qiladimi yoki inson texnologiyaga moslashishga majbur bo‘ladimi? Texnologik taraqqiyotning markazida inson va uning taqdiri turishi shart”. 1️⃣6️⃣ Texnologiya inson hayotini yaxshilashi kerak “Sun’iy intellekt va raqamli transformatsiya inson huquqlari, xavfsizlik, teng imkoniyat hamda javobgarlikdan ajralmasligi lozim. Texnologik taraqqiyot insonni qaram qilishga emas, aksincha, hayotini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. O‘zbekiston bu borada xalqaro muloqotni kuchaytirish tarafdori”. 1️⃣7️⃣ Qonun ustuvorligi “Hokimiyat qonundan ustun emas. Sudga murojaat qilgan har bir inson, kimligidan qat’i nazar, adolat qaror topishiga ishonishi shart. Toshkent xalqaro moliya markazida ingliz huquqi prinsiplariga asoslangan alohida xalqaro tijorat sudi tashkil etilmoqda”. 1️⃣9️⃣ Ayollar huquqlari va imkoniyatlari “Bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnatga barham berdik. Oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytirdik. Ayollarning huquq va imkoniyatlari masalasida ham shu mezonga tayanamiz. Shuning uchun ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning alohida tizimini yaratdik. Bugun parlamentimiz a’zolarining 39 foizini ayollar tashkil qiladi”. 1️⃣9️⃣ Islom sivilizatsiyasi markazi “Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi va tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi. Biz uni faqat o‘tmishni namoyish etadigan maskan sifatida emas, ilm, tafakkur va ma’rifat makoni sifatida ko‘ramiz. O‘zbekiston madaniyatlar va dinlar o‘rtasidagi muloqotni, ma’rifat va bag‘rikenglikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro hamkorlikni izchil davom ettiradi”. 2️⃣0️⃣ Inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo “Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor”. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    24 Sept, 11:45

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    📌Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqidan muhim iqtiboslar1️⃣ Ochiqlik tanlovi “Bugun insoniyat oson davrda yashayotgani yo‘q. Dunyoda urushlar davom etmoqda. Geosiyosiy ziddiyat keskinlashmoqda. Ishonch muhiti susaymoqda. Tengsizlik kuchaymoqda. Bunday paytda har bir davlat oldida tanlov turadi. O‘zbekiston o‘z yetakchisi – Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘z tanlovini qilgan. Bu – ochiqlik tanlovi”. 2️⃣ Ochiqlik — zaiflik emas Ochiqlik — zaiflik emas. Aksincha, tinchlik uchun harakat qilish — kelajak oldida mas’uliyatni zimmasiga olishdir. Biz insoniyat tomondamiz. Bilim olish, kasb egallash va o‘z kelajagini o‘zi belgilashni istagan yoshlar tomondamiz”. 3️⃣ Davlat qudrati inson qadri bilan o‘lchanadi “Davlatning haqiqiy qudrati faqat uning iqtisodiy yoki harbiy salohiyati bilan o‘lchanmaydi. Davlatning qudrati, avvalo, inson qadrini, uning huquq va manfaatlarini qanchalik himoya qila olishi bilan belgilanadi. Shuning uchun tinchlik, taraqqiyot va inson qadrini biz uch alohida maqsad emas, bir butun vazifa, deb bilamiz”. 4️⃣ BMTning o‘rni har qachongidan muhim “Bugun eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolg‘iz hal qila olmaydi. Tahdidlarning hech biri davlatlar chegarasida to‘xtab qolmaydi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘rni bugun har qachongidan ham muhim. Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak. Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak”. 5️⃣ “BMT — 80” tashabbusi “O‘zbekiston BMT Bosh kotibining tashkilotni zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan “BMT — 80” tashabbusi doirasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini zamonaviy reallikdan kelib chiqib kengaytirish tarafdorimiz. Kelgusi yilda biz Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilamiz. Bu mas’uliyatni muloqot uchun yangi maydon yaratish imkoniyati, deb bilamiz”. 6️⃣ Xalqaro huquq — umumiy qoida “O‘zbekiston 2035–2036-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgan. Biz sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz. Biz uchun xalqaro huquq — manfaatga qarab o‘zgaradigan vosita emas. U — barcha davlatlar uchun umumiy qoida. Qoida umumiy bo‘lmasa, adolat ham umumiy bo‘lmaydi”. 7️⃣ Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar “Yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo hal etilmagan chegaralar va ziddiyatlar fonida tilga olinardi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mintaqadagi vaziyat tamomila o‘zgardi. Biz bir-birimizga raqib emas, sherik sifatida qaray boshladik”. 9️⃣ Afg‘onistonga yondashuv “Afg‘onistonga faqat xavf manbai sifatida qarash muammoni hal qilmaydi. Ko‘p millatli afg‘on xalqini muammolari bilan yolg‘iz qoldirish ham yechim emas. Ularga tinch hayotga erishish uchun umid, ishonch berilishi kerak”. 9️⃣ Islohotlar markazida inson “O‘zbekiston rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida “insonlar hayoti yaxshilanayaptimi?” degan mezon turibdi. Biz natijani ana shu mezon bilan o‘lchaymiz. 1️⃣0️⃣ Iqtisodiy o‘sish So‘nggi o‘n yilda aholimizning xarid qobiliyati ikki barobar oshdi”. “Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi. 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi. Eksport qariyb uch barobar o‘sdi. Kambag‘allik darajasi 4 foizga tushib, qariyb 10 million nafar odam kambag‘allikdan chiqarildi”.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
    514video1Open in Telegram
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 13:15

    forwarded from @shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о перспективах развития электроэнергетики и совершенствовании механизмов управления проектами в топливно-энергетической отрасли.#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #istiqbollarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    Image from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasi
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 13:02

    🌌Bir muammo. Bir g‘oya. Haqiqiy o‘zgarish.❤️‍🔥Oddiy ko‘ringan muammo — katta o‘zgarishlar sari tashlangan birinchi qadam bo‘lishi mumkin.🇺🇿Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi orqali: ✔️ mavjud muammoni ko‘rsating; ✔️ uni hal etish bo‘yicha yechim taklif qiling; ✔️ taklifingizni aniq misol va dalillar bilan asoslang. Eng dolzarb va amaliy takliflar saralanib, amaliyotga joriy etiladi. 🎙Balki, navbatdagi foydali o‘zgarish aynan sizning taklifingiz bilan boshlanar?O‘z taklifingizni yuboring! murojaat.byurokratiyasiz2030.uz✅Telegr
    1,520video11Open in Telegram
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 12:01

    https://uza.uz/uz/posts/yollar-tamiri-hududlardagi-ishlar-kolami-qanday_911560
    UZA.uzЙўллар таъмири: ҳудудлардаги ишлар кўлами қандай?Йўллар — аҳоли кундалик ҳаёти, ҳудудлар иқтисодий фаоллиги ва транспорт ҳаракатининг барқарорлигини таъминловчи муҳим инфратузилма.
    1,63011Open in Telegram
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 11:31

    forwarded from @shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по перспективам дальнейшего совершенствования административного правосудия.#Mirziyoyev #taqdimot #sud #mamuriyPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    Image from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasi
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 11:02

    #SIRDARYO_VILOYATI #JARAYON🛣Mahallalar obodligi yo‘lida: Sirdaryo tumani mahallalarida yo‘llar yangilanmoqda.💥Sirdaryo tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 93-son qarori asosida aholining qulay harakatlanishini ta’minlash, mahallalardagi infratuzilmani yaxshilash hamda ichki yo‘llarga asfalt-beton qoplamasi yotqizish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, joriy yilda ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
    1,720video31Open in Telegram
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 10:00

    #NAVOIY_VILOYATI #JARAYON🛣KARMANADA YO‘L TA’MIRLANMOQDA.🛣Karmana tumani Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan "Guliston" mahallasi hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega 85V030 (4N367) “85V001 avtomobil yo‘li (2 km.dan) – Bo‘ston q. – Guliston q.” avtomobil yo‘lining 1 km 500 metr qismida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
    2,000video2Open in Telegram
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 09:01

    #FARGʻONA_VILOYATI #KECHA_VA_BUGUN📢Farg'ona viloyatidagi yo'llarning va ish jarayonlarining kecha va bugungi ko'rinishi✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
    2,040video3Open in Telegram
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 08:34

    forwarded from @shmirziyoyev

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым.#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlikPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    Image from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasi
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 08:33

    #QORAQALPOGʻISTON_RESPUBLIKASI🛣 A 380 yo‘lining 92 km qismini rekonstruksiya qilish ishlariga start berildi🇺🇿 Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi A 380 «G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu» avtomobil yo‘lining 581—673-km oralig‘idagi 92 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish ishlariga start berildi.🖥 Qiymati 233,1 million dollar bo‘lgan loyiha 2026—2030-yillarda amalga oshiriladi. Rekonstruksiya ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlari hududidan o‘tuvchi yo‘l qismlarini qamrab oladi.🗺Loyiha doirasida avtomobil yo‘li 4 tasmali, sement-beton qoplamali zamonaviy magistralga aylantiriladi. Shuningdek, 25 ta ko‘prik va 14 ta yo‘l
    1,860video1Open in Telegram
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 08:03

    https://uza.uz/uz/posts/yangi-qoplama-ravon-harakat_910852
    UZA.uzЯнги қоплама — равон ҳаракатФОТОРЕПОРТАЖ
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 07:02

    #SIRDARYO_VILOYATI #JARAYON🛣 Mirzaobod tumanida D034b avtomobil yo‘lining 18–19-kilometr oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.⚡️Mazkur yo‘l qismida transport vositalarining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida yo‘l qoplamasini yaxshilash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.📢Yo‘l harakati ishtirokchilaridan ta’mirlash hududida ehtiyotkorlik bilan harakatlanish so‘raladi.✅Telegram | ✅Facebook |📹You Tube |🌐 Website |▪️ Instagram
    Image from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasi
  • Avtomobil yo'llari qo'mitasi

    22 Sept, 06:03

    #BUXORO_VILOYATI📍Vobkent mahallalarida yo‘l va infratuzilma inshootlari yangilanmoqda🛣 Tumanning «Hajuvon» mahalla fuqarolar yig‘inida 1068 ta xonadonda 5200 dan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Hududda birlamchi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ❤️‍🔥 Ayni kunlarda «Osiyo taraqqiyot banki» mablag‘lari hisobidan "Hajuvon" mahallasi qishloqlarida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda. 💰 Umumiy qiymati 24 milliard so‘m bo‘lgan dastur doirasida ichki yo‘llarning 12,8 ming metr qismini asfaltlashtirish, aholi uchun 5,3 ming metr ichimlik suvi tarmog‘ini tortish rejalashtirilgan.BATAFSIL👈
    Image from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasiImage from a post by Avtomobil yo'llari qo'mitasi