gram news
Surxondaryo viloyati hokimligi channel avatar

Surxondaryo viloyati hokimligi

@axborot_xizmati

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: https://gov.uz/oz/surxondaryo Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @qosimovgamurojaat

ProjectsUZPoliticsVerified by Telegram

24,700subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    23 Sept, 11:39

    📢 Vohamiz aholisi diqqatiga!🟠 Joroy yil 25-sentyabr kuni soat 19:00 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Surxondaryo viloyati Qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari hamda majmua tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar mas'ullari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkaziladi.📥Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, mazkur sohalarga aloqador masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.☎️ Murojaat uchun telefonlar: (76) 223-54-58✈️Telegram: @xalqbilanmuloqot_bot📎Ma’lumot uchun, mas’ullarning televideniye orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida aholini xabardor qilish maqsadida boshqarma, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida ochiq muloqot o‘tkazish rejasi"ga asosan amalga oshirilmoqda.Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    1,280video11Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    23 Sept, 09:29

    Kambag‘allikdan farovonlik sari: uchta manzilda aholi daromadini oshirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar o‘rganildiSurxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    3,430video28221911Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    23 Sept, 06:42

    Saida Mirziyoyeva:Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildik.Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda.Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi.Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    4,7605111Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    23 Sept, 05:23

    O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi.Muloqot davomida transport va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilishi boshlangan yirik qo‘shma loyihalar muhokama qildindi.O‘zbekiston DFC bilan hamkorlikni bundan keyin ham kengaytirib borishga tayyorligi taʼkidlandi.Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    4,8706441Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    23 Sept, 04:40

    BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor.Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    4,4606531Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    22 Sept, 15:19

    Joylardagi ishlar holati o‘rganilib, yangi vazifalar belgilandiSurxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    8,660video342218211Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    22 Sept, 13:32

    🚍 Termiz shahrida yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushdiTermiz shahrida aholiga jamoat transporti xizmatlarini yanada qulaylashtirish maqsadida 2-sonli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.Endilikda fuqarolar Termiz avtoshoxbekati va Istiqbol maydoni o‘rtasida yangi yo‘nalish orqali qatnashlari mumkin.🚌 2-sonli avtobus yo‘nalishi: Termiz avtoshoxbekati ↔️ Istiqbol maydoniAvtobuslar harakati quyidagi asosiy ko‘chalar orqali amalga oshiriladi: 📍Shimoliy Darvoza ko‘chasi 📍Ibn Sino ko‘chasi 📍Al-Termiziy ko‘chasi 📍A. Navoiy ko‘chasi 📍I. Karimov ko‘chasiShuningdek, yo‘nalish davomida aholi gavjum yashash hududlari
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    4,45015831Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    22 Sept, 11:29

    Termizda 5 mingdan ziyod ishtirokchi ommaviy yugurish marafonida qatnashdiTermiz shahrida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarni sportga jalb etish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida "Silk Road Uzbekistan", "Talaba yugur" va "Inson uchun" ommaviy yugurish marafonlarining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.Sport tadbirida 5 ming nafardan ziyod sportsevar yoshlar, talabalar, o‘quvchilar, harbiy xizmatchilar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi.Marafon davomida ishtirokchilar 3 kilometrlik masofani bosib o‘tib, belgilangan marraga ko‘tarinki kayfiyat va katta ishtiyoq bilan yetib kelishdi.Tadbir Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, oliy ta’lim muassasalari hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.Musobaqa yakunida yuqori natija qayd etgan hamda faol ishtirok
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    6,2106211Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    22 Sept, 10:59

    🎓 Talabalik — ulug‘ maqsad sari ilk qadam!Talabalik — insonning o‘z kelajagiga poydevor qo‘yishi, orzularini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi eng sharafli va mas’uliyatli davrlardan biridir.Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida 1-bosqichga qabul qilingan yoshlar ishtirokida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    5,240video42111Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    22 Sept, 07:11

    Bir muammo. Bir g‘oya. Haqiqiy o‘zgarish.Oddiy ko‘ringan muammo — katta o‘zgarishlar sari tashlangan birinchi qadam bo‘lishi mumkin.Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi orqali: ✔️ mavjud muammoni ko‘rsating; ✔️ uni hal etish bo‘yicha yechim taklif qiling; ✔️ taklifingizni aniq misol va dalillar bilan asoslang. Eng dolzarb va amaliy takliflar saralanib, amaliyotga joriy etiladi. 🎙Balki, navbatdagi foydali o‘zgarish aynan sizning taklifingiz bilan boshlanar?O‘z taklifingizni yuboring: murojaat.byurokratiyasiz2030.uzSurxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    5,570video3221Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    22 Sept, 05:20

    Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tizimida korrupsiyani holatlari mavjudligini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan anonim so‘rovnomada ishtirok eting👨‍👩‍👧‍👦 So‘rovnoma havolasi: https://forms.gle/titPLq4rCFjrSKBz8Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    7,81084211Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    22 Sept, 01:51

    Saida Mirziyoyeva:Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    6,0507421Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    21 Sept, 15:50

    🎓 Talabalik — sport, do‘stlik, osh va qo‘shiq bilan yanada go‘zal!Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    8,020video8762Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    21 Sept, 12:33

    Abdul Vahhob Rashidov Aichi-Nagoyada Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qo'ga kiritdi!Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida oʻtayotgan XX Osiyo oʻyinlarida karate boʻyicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, surxondaryolik Abdul Vahhob Rashidov -67 kg vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritdi.Ayni daqiqalarda musobaqaning rasmiy taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda yaponiyalik Yugo Kozakini magʻlub etgan sportchimizga musobaqaning oltin medali tantanali ravishda topshirildi.Medal topshirish marosimida gʻolibimiz sharafiga Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi yuqoriga koʻtarilib, davlatimiz madhiyasi Aichi-Nagoyada baralla yangradi.Eslatib oʻtamiz, ushbu muvaffaqiyat delegatsiyamiz hisobidagi dastlabki oltin medal hisoblanadi.👏 Chempionimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    7,8002977721Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    21 Sept, 11:45

    «Surxondaryo suv ta’minoti» AJning yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildiLoyiha qiymati 9 milliard 500 million so‘mni tashkil etgan mazkur bino 0,50 gektar yer maydonida joylashgan bo‘lib, zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan.Ochilish marosimida «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi Axmad Suvankulov va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, keng jamoatchilik vakillari, soha rahbarlari va xodimlari, nuroniylar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    9,820video112222Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    21 Sept, 09:02

    Mahallalardagi o‘zgarishlar odamlar hayotida qanday aks etmoqda?Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    14,000video3618411Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    21 Sept, 06:22

    UzA | Hakim Termiziy – ona rizoligini qozongan benazir allomaTermiziy hikmatlariPrezidentimizning joriy yil 7-iyuldagi "Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq shu yil noyabr oyida Termiz shahrida "Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati" mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Surxondaryo viloyatida islom olamining eng taniqli olim va ulamolarini jamlaydigan anjumanga katta hozirlik ko‘rilmoqda.Manbalarda hadis va tasavvuf ilmining buyuk namoyandasi, yirik olim yozgan asarlardan 60 ga yaqini bizgacha yetib kelgani qayd etilgan. Asarlarida ilgari surilgan yoshlikdan ilm olishning ahamiyati, to‘g‘rilik, adolat, poklik, yuksak axloqiy fazilatlar qadr-qimmati hozirgi davrda ham oshib bormoqda.Batafsil:
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    6,52073311Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    21 Sept, 05:21

    Surxondaryo jamoasi xalqaro gastronomik festivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritdiXorazm viloyatining Xiva shahridagi "Arda Xiva" turizm majmuasida 19–20-sentyabr kunlari II xalqaro "Xorazm xonlari milliy taomlari" gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi.Ikki kun davom etgan festivalda Xorazmning boy gastronomik merosi, qadimiy retseptlari va milliy taomlari keng namoyish etildi. Shuningdek, xorijiy davlatlarning milliy taomlari ham festival ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.Xususan, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va Italiya vakillari o‘z milliy taomlarini taqdim etdi.Festival doirasida milliy taomlarni tayyorlash va taqdim etish mahorati bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakuniga ko‘ra, Surxondaryo viloyati jamoasi hakamlar qarori bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.G‘olib jamoaga tantanali taqdirlash marosimida 60
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    7,03012126111Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    20 Sept, 12:30

    Yil o'qituvchisi — Surxondaryo viloyati shahar va tumanlari g'oliblari bilan tanishing!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi.💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni
    Image from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligiImage from a post by Surxondaryo viloyati hokimligi
    13,4001413542Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati hokimligi

    20 Sept, 11:10

    Kuz-qish mavsumi yaqinlashmoqdaIs gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish uchun asosiy tavsiyalar ushbu videorolikda taqdim etilgan.Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
    7,500video42211Open in Telegram