Latest posts

Venchur kundaligi
23 Jul, 11:01
forwarded from @thetechkz
🇺🇿O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi?The Tech’ning yangi muallifi bilan tanishing — Yoshlar Ventures bosh direktori Abdulaziz Yakubov. O‘zining ilk maqolasida u tez o‘zgarayotgan dunyoda startap ekotizimi qanday rivojlanayotgani va nima uchun yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kelajakka kiritilgan investitsiya ekanini so‘zlab beradi.Batafsil: https://the-tech.kz/ozbekistonda-startap-madaniyati-ekotizimga-hozircha-nimalar-yetishmaydi/@thetechkzTHE TECHO‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi - THE TECHThe Tech'ning yangi muallifi bilan tanishing — Yoshlar Ventures bosh direktori Abdulaziz Yakubov. O‘zining ilk maqolasida u tez o‘zgarayotgan dunyoda startap
Venchur kundaligi
13 Jul, 18:02
forwarded from @yoshlarventures
❌ Nolib o'tiradiganlar bilan startap qurib bo'lmaydi!🤝 Eng zo'r g'oyani ham ishtiyoqsiz jamoa bilan bir pul qilish mumkin. Ammo oddiygina g'oya kuchli, qiyinchilikdan qochmaydigan jamoa qo'lida aqlbovar qilmas muvaffaqiyatga aylanadi.⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Venchur kundaligi
29 May, 17:30edited
Nega doim Telegram va Instagramda blog yuritishga harakat qilaman?Oxirgi bir yil ichida doimiy post yoki video qo‘ya olmayotgan bo‘lsam ham, buning bosimi ichimda baribir turardi. Kontent qo‘ya olmay qolgan paytlarim rosa siqilib yurardim.Buning sababi qanaqadir "shaxsiy brend" yuritish yoki ijtimoiy tarmoqda faol ko‘rinish uchun emas. Shunchaki o‘zim ham sizlar bilan birga yangi narsalarni o‘rganishni xohlayman, xolos.Bitta post yozish uchun mavzu tanlashning o‘zi rosa kuch olib qo‘yadi. Lekin o‘sha mavzuni kengroq yoritish uchun boshqa maqolalarni o‘qib, tahlil qilayotganimda, o‘zim ham bilmagan ko‘p narsalarimni o‘rganib olaman. Yoki sohamga oid kitob o‘qiyotganimda eng zo‘r joylarini sizlarga o‘zimning formatimda yetkazib beraman-u, o‘zim ham yaxshilab eslab qolaman.Oxirgi paytda o‘rganayotgan narsalarim juda ko‘p, lekin sizlarga ulashishga yetarlicha kuch topolmayotgandim.
Venchur kundaligi
20 May, 14:31edited
O‘zbekiston startap ekotizimini yanada rivojlantiradigan katta qadamlar tashladik.Yaqinda Alisher Sadullayevning qo‘llab-quvvatlashi bilan Amerikadan tashrif buyurgan mehmonlarimiz Yasin va Tariq bilan bir stol atrofida yig‘ildik. O‘zbekiston startap ekotizimining traektoriyasini o'zgartirishga hissa qo'shadigan loyihalar ustida ishlayapmiz. Xo‘sh, nimalarni reja qilyapmiz?Birinchidan: Yoshlar Ventures’ning San-Fransiskodagi ofisini kengaytirish. Silikon vodiysining qoq markazida o‘zbek asoschilari uchun haqiqiy "baza" yaratmoqchimiz. Resurslar, kuchli networking va hamjamiyat. Barchasi global bozorga chiqayotgan yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.Ikkinchidan: Dunyo darajasidagi mentorlarni O‘zbekistonga olib kelish. Yigitlarimiz eng zo‘r bilimlarni olish uchun vatanidan ketishlari shart emas. Biz top darajadagi founder va investorlarni (masalan, a16z tomonidan
Venchur kundaligi
12 May, 16:13
Amerikada, Stanford universitetida aylanib yurganimizda, ilhom kelib qoldi-yu, shartta podkast yozib yubordik! Silikon vodiysining muhiti, Stanford atmosferasi va startaplar haqida samimiy suhbat bo‘ldi.Podkastni tomosha qilish: 👉 https://www.youtube.com/watch?v=x2UywsXJlKsYouTubeO‘zbek startupchilarining eng katta xatosi nima? | Abdulaziz Yakubov bilan suhbatKo‘pchilik startup boshlaganda birinchi navbatda investitsiya haqida o‘ylaydi. Lekin eng katta savol boshqa: bu pul nima uchun kerak? Ushbu suhbatda O‘zbekistondagi startupchilar orasida ko‘p uchraydigan muammo — investitsiyani qanday ishlatishni aniq bilmaslik…
Venchur kundaligi
11 Apr, 19:13edited
Do’stlar, bu oy xizmat safarlari shunchalik ko’payib ketdiki, siz bilan yetarlicha bog’lana olmadik. Aybga buyurmaysiz.Lekin shogird/assistent arizalari ko’rib chiqildi, hammangizga rahmat, yaxshi yozibsizlar.Aprel oyida o’tganlarni oflayn uchrashuv uchun chaqiraman. Tafsilotlarni o’shanda aytaman.Hozircha AQSHdan salom 🙂
Venchur kundaligi
29 Mar, 14:53
Do‘stlar, loyihalar ko‘lami juda katta. Venchur, startaplar va har kungi qat’iy ishlar bor. Hozir menga oddiy yordamchi emas, men bilan birga ishlab, o‘rganishga och va mas’uliyatli shogird kerak.Kimni qidiryapman? Quyidagilar sizda bo‘lishi kerak: • Ingliz tili (C1/B2): maqolalarni bemalol o‘qiy olishingiz, xorijiylar bilan yozishmada qiynalmasligingiz kerak. • AI bilan chiqishib ketgan bo‘lish: ChatGPT, Midjourney va boshqa tool’lardan foydalana olish, ishni tezlashtira olish. • Mas’uliyat: berilgan vazifani unutmay, oxirigacha yetkazish. • Mobillik: yonimda yurishga, uchrashuvlarda qatnashishga va real biznesni ichidan ko‘rishga tayyor bo‘lish.Nima olasiz? • Venchur va IT olamining ichida bo‘lasiz. • Kuchli tadbirkorlar va mutaxassislar bilan tanishasiz. • Mendan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajriba olasiz. • Va albatta, zerikarli bo‘lmaydi 🙂Qanday topshirish mumkin? Formani to’ldiring👇Google DocsApprenticeship Application Form
Venchur kundaligi
26 Mar, 08:24
Shu desangiz obunachilarim ichidan bir kishini yonimga shogirt qilib olmoqchiman.Davogarlar bo’lsa - ⚡️
Venchur kundaligi
15 Mar, 17:25edited
Hayrli kech do’stlar anchadan beri sizlarga maqola chiqara olmayabman. Ramazon oyida shaxsiy bloglarimga e’tibor qaratish qiyin bo’lmoqda😞Lekin sizlarga ajoyib yangiligim bor, men bilan olingan birinchi podkastni sizlar bilan ulashmoqchiman⬇️https://youtu.be/ZP-i_nd8tIs?si=3F-trdNed4v3dpZ-Fikringizni ushbu podkast kommentariya bo’limida kutaman)YouTubeAbdulaziz Yakubov: «Startap og‘riqning ustiga quriladi» | UNICORN TIME30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tomonidan yaratilgan startaplarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan Yoshlar venchur fondi rahbari Abdulaziz Yakubov tizim qanday ishlayotganini so‘zlab berdi Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna boʻling: Telegram: htt…
Venchur kundaligi
9 Feb, 13:17
Mukammal mahsulot uchun mukammal foydalanuvchilar kerak!1. Qanday qilib ajoyib mahsulot yaratish mumkin? Mahsulot darrov ideal bo‘lib qolmaydi. U foydalanuvchilarning fikri asosida bosqichma-bosqich rivojlanadi. Lekin bu yerda bitta katta tuzoq bor.2. Agar siz mahsulotingizni unga ehtiyoji yo‘q, shunchaki yo‘ldan o‘tib ketayotgan foydalanuvchilarga pullashga harakat qilayotgan bo'lsangiz, ulardan oladigan fikringiz ham shunga yarasha bo‘ladi. Natijada siz hech kimga kerak bo‘lmagan funksiyalarga to‘la mahsulot yaratib qo‘yasiz.3. Shuning uchun startapning boshlang‘ich bosqichidagi eng muhim vazifasi bu, mahsulotni chin dildan yaxshi ko‘radigan ideal foydalanuvchilarni topishni o‘rganishdir! Faqat haqiqiy ehtiyoji bor odamgina sizga mahsulotni mukammallashtirish uchun kerakli signalni bera oladi.4. Shunday toifadagi foydalanuvchilar bor: bugun kelib, ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan
Venchur kundaligi
29 Jan, 14:31edited
Startap uchun g‘oya emas, trend qidiring!1. Endigina startap qurishni boshlayotgan yigitlarning ko'p beradigan savoli: "Maxsulotimni qanday qilib bozorga olib kirsam bo'ladi?" Bu savolga javoblar juda ko'p va javoblarning hammasi to'g'ri bo'lishi mumkin. Lekin bir vaqtning o'zida hamma javoblar noto'g'ri bo'lishi ham mumkin.2. Aksariyat startapperlarning tassavurida esa, ular yaratgan mahsulot bu o'gir shkaf, uni zo'riqib, baqir-chaqir bilan boshqa xonaga surish kerak deb o'ylashadi. Lekin bunday usul bilan mahsulotni osmonlarga olib chiqib bo'lmasligini hamma ham tushunavermaydi.3. Muvaffaqiyatli mahsulot bu - Surish kerak bo'lmagan mahsulotdir! Uni bir marta yengil turtib yuborishning o'zi kifoya, u o'z-o'zidan uchib ketishi kerak. Startapperning vazifasi esa, u yo'lda sekinlashib qolmasligi uchun vaqti-vaqti bilan turtib turish, xolos.4. Surish kerak bo'lmagan mahsulot faqat
Venchur kundaligi
19 Jan, 09:55
Nega ko‘p hardware startaplar prototipdan seriyali ishlab chiqarishga o‘tolmaydi?1. Hardware yo'nalishidagi startaplarda juda xavfli illuziya bor: birinchi ishlaydigan namuna (prototip) tayyor bo‘lishi bilan hamma qiyinchilik ortda qoldi deb o‘ylashadi. Aslida esa haqiqiy "o‘lim vodiysi" aynan shu nuqtadan boshlanadi.2. Startap olamida "Hardware is hard" degan ibora bejizga paydo bo‘lmagan. Agar siz dasturiy mahsulotda (SaaS) xatoga yo‘l qo‘ysangiz, uni bir necha daqiqada kod orqali to‘g‘rilashingiz mumkin. Hardwareda esa, bu minglab yaroqsiz qurilmalar va millionlab dollar zarar degani.3. Prototipdan seriyali ishlab chiqarishga o‘tish jarayonini investorlar ko‘pincha "Manufacturing Hell" (ishlab chiqarish do‘zaxi) deb atashadi. Bu jarayonda siz endi faqat muhandis emas, balki logist, muzokarachi va ta'minot zanjiri menejeri bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi.4. Hardware startaplarida
Venchur kundaligi
13 Jan, 14:30edited
Chempionlik kamarini saqlab turish, chempion bo'lishdan qiyinroq.1. Ilgari startaplar uchun eng katta marra Product-Market Fit (PMF) topish va shundan so'ng xotirjam o'sish edi. Hozir bu yetarli emas. Ayniqsa, mahsulotingiz sun'iy intellekt (AI) bilan bog'liq bo'lsa. Hozir deyarli har qanday mahsulot AI mahsulotga aylanib bormoqda.2. Nega hozir PMF topishning o'zi kamlik qiladi? Chunki texnologiyalar juda tez rivojlanyapti. Bugun siz muvaffaqiyatli AI servis yaratasiz, ertaga esa bu funksiya ChatGPT yoki Geminining ichidagi oddiy knopkaga aylanib qolishi hech gap emas.3. Hozirgi davrda, hatto yirik startaplar ham xavf ostida. AI texnologiyasining o'zi raqobatchilardan himoya bo'la olmaydi. Bugun startapingiz 1 mlrd dollar daromadni ko'zlayotgan bo'lsa, ertaga bu ko'rsatkich 100 mln dollarga, indinga esa nolga tushishi mumkin. Agar kimdir siznikidan yaxshiroq AI yechim chiqarsa
Venchur kundaligi
6 Jan, 11:00edited
Bo‘sh vaqtning yangi bozori paydo bo‘lyapti.1. Financial Timesning chiqargan qiziq faktiga ko’zim tushdi: so‘nggi 3 yil ichida ilk bor odamlar ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkaza boshlagan. Eng katta pasayish esa yoshlar orasida!2. Bu shunchaki statistik o‘zgarish emas. Bu trend. Chunki barcha ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, TikTok)ni ham birinchi bo‘lib yoshlar ishlatgan edi. Keyin ular ulg‘aygach, ijtimoiy tarmoqlar butun dunyoni egallay boshlagan. Hozir esa jarayon teskari ketishni boshlagan.3. Bu xabar shaxsan menga juda yoqdi. Aynan ijtimoiy tarmoqlar yomon bo'lgani uchun emas balki, odamlar o'zlarining vaqtini qadrlashni boshlayabdi. Buni evaziga esa ularda bo'sh vaqt ko'paymoqda.4. Eng qizig'i bu ortirilgan vaqtlar albatta qandaydir yangi mahsulotlarga, yangi servisga yoki yangi tajribalarga ketadi.5. Boshqacha qilib aytganda, birdaniga bo‘sh vaqt bozori
Venchur kundaligi
26 Dec 2025, 10:18edited
Startapingiz uchun Co-founderni qanday tanlash kerak?1. Judayam ko'pchilik startapi uchun ham asoschi tanlayotganda uning boshqa jihatlariga e'tibor qaratadi lekin, eng muhim narsa bu - stressga chidamlilik. Siz va sizning sherigingizda stressga bo'lgan munosabatingiz muhim sanaladi.2. Hatto u texnik jihatdan kuchli bo‘lsa ham, bosim ostida ishlay olmasa yoki og‘ir vaziyatda sherigini qo‘llab-quvvatlamasa, startapdagi qiyinchiliklar sizning munosabatingizni buzishi aniq.3. YC tajribasiga ko'ra muvaffaqiyatsiz bo'lgan startaplarning aksariyati aynan asoschilar o'rtasidagi munosabatlar buzilishida ekan. Bundan ko'rinib turibdiki, sizning sherigingiz stressga turib bera olishi kerak. Xo‘sh, buni qanday aniqlaysiz?4. Eng samarali yo'llardan biri bu - u bilan real sharoitda birga ishlab ko'rish. Hech qanday maqsadsiz birgalikda kichik loyihalar qilib ko'ring va shu jarayonda siz
Venchur kundaligi
23 Dec 2025, 09:55edited
G‘oya meniki edi, demak ulush ham meniki.1. Startaplarda juda tanish obraz bor — idea guy. U g‘oya bilan keladi. Ko‘p gapiradi. Katta tasavvurlari bor. Lekin kundalik ishlar boshlanganda ko‘rinmay qoladi. Aynan shu yondashuv ko‘plab jamoalarni boshidan barbod qiladi.2. Y Combinator har yarim yilda taxminan 30 000 ta ariza ko‘rib chiqadi. Bu degani — ular deyarli barcha mumkin bo‘lgan g‘oyalarni allaqachon ko‘rgan va shuning uchun ular bir narsani juda yaxshi tushunadi: g‘oya qiymati 1 cent'ga teng.3. Muammo shundaki, idea guy startapni tasavvur sifatida sevadi. Ammo startap bu tasavvur emas. Bu rad javoblari, noaniqlik, kechikkan qarorlar va juda ko‘p noqulayliklardan iborat.4. G‘oya muallifi startapda muhim bo‘lishi uchun u startap ichida bo'lishi, ma'suliyat olishi, stress ko'tarishi va har kuni startapi bilan mashg'ul bo'lishi kerak. Ulush esa sarflangan vaqt uchun, qilgan
Venchur kundaligi
20 Dec 2025, 12:31edited
Urushda nima bo‘layotganini bilish uchun, unda qatnashish kerak - Napoleon1. Linkedinda erta bosqichdagi startaplarga investitsiya qiladigan bir biznes angelning yozgan posti meni o’ziga tortdi: Endi startap boshlayotgan asoschilarni mahsulotini ishga tushirishdan oldin emas, balki bir necha oy o‘tgach baholarkan. Gap metrikalar yoki o‘sish grafiklarida emas.2. Chunki mvp ishga tushirlgandan bir qancha muddat o’tgandan so’ng, mahsulot holati hali ham juda yomon bo‘lishi mumkin. Odatda shunday ham bo‘ladi. Asl savol boshqa: asoschi buni qanchalik tez tushunadi va nima qiladi?3. Xulosa chiqaradimi? Nimani va nega o‘zgartiradi? Yo‘nalishni almashtiradimi yoki auditoriyani boshqasiga o’zgartiradimi? Bularning barchasi qanchalik tez sodir bo‘ladi?4. Qizig‘i shundaki, agar birinchi versiya kutilmaganda uchib ketsa ham — savollar o‘sha-o‘shalicha qoladi. Chunki agar startap shu joyda
Venchur kundaligi
13 Dec 2025, 19:40
forwarded from @alisher_sadullaev
Final!!!UzCombinator!!!@alisher_sadullaev
Venchur kundaligi
6 Dec 2025, 11:42edited
Nimani tashlab yuborish kerak?1. Biznes angellar orasida juda ham mashxur jumla bor: “Yomon asoschilar startapga odam qo‘shadi. Yaxshi asoschilar jarayon qo‘shadi. Buyuk asoschilar esa ikkalasini ham qisqartiradi.”2. Chunki eng katta samaradorlik — nimanidir qo‘shganingizda emas balki, nimanidir olib tashlaganingizda paydo bo‘ladi.3. Birinchidan, oddiy tizim — har doim ishonchliroq. Qancha kam bo‘lsa, shuncha boshqarish oson.4. Ikkinchidan, muvaffaqiyat uchun fokus kerak. Fokus esa doim qo‘shishdan emas, ortiqcha narsani yo‘qotishdan boshlanadi.5. Uchinchidan, murakkab tizimni hech kim noldan qura olmaydi. Har doim avval oddiy tizim bo‘ladi, keyin asta-sekin murakkablashadi.6. Endi esa eng qiyin savol: Startapingizdan birinchi bo‘lib nimani tashlab yuborish kerak? – Ortiqcha odammi? – Ortiqcha funksiyami? – Ortiqcha jarayonmi? – Ortiqcha ambitsiyami?
Venchur kundaligi
4 Dec 2025, 11:42edited
Imkoniyatlarim cheklangan deb komfort zonada o‘tirishni bas qiling!1. Venchur jamg‘armaga kelganimdan beri juda ko‘p texnik bilimga ega asoschilar bilan suhbatlashdim. Qiziq tomoni — ularning aksariyatida g‘oya bor, potentsial bor, lekin startapni noto‘g‘ri yo‘l bilan qurishayotgani investitsiya olishga eng katta to‘siq bo‘layapti.2. Shu muammoni hal qilish uchun oqshomlari bilan 4 oy davomida researchlar qildik, hamkorlar bilan uchrashdik va natijada 45 kunlik intensiv dastur ishlab chiqdik.3. “Nega bu dasturga qatnashishim kerak?” degan eng asosiy savolga 3 ta javob bor.4. Birinchisi: dasturga qabul qilinganingizdan so‘ng sizga 1000$ stipendiya beriladi. Bu sizni Toshkentdagi yashash va kunlik xarajatlaringizni qoplash uchun. Bizning maqsad — 45 kun davomida sizning fokusingizni faqatgina startapingizda ushlab turish.5. Ikkinchisi: dasturda siz nafaqat mahalliy ekspertlarTelegramUzCombinatorUzCombinator — O’zbekistondagi startaplarni tez o’stiruvchi akselerator 🚀 Asoschilarimiz nimalarga ega bo'lishadi? - 45 kunlik intensiv dastur - $1000 stipendiya - $1.000.000 gacha investitsiya 3-mavsum uchun ochiq: https://uzcombinator.uz/apply
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
