gram news
Aziz Rahimov channel avatar

Aziz Rahimov

@azizrakhimov_blog

Bog’lanish uchun: @rahimov_aziz Reklama olmaymiz.

ProjectsENBlogs

58,700subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Aziz Rahimov

    20 Sept, 11:04

    eng foydali ixtirolar oldindan ma'lum bo'lmaydi. oldindan kutilganida, ularni kashf qilib bo'lishar edi.ishxonamizda kutilmagan odamlar yulduz(kuchli) bo'lib chiqadi. yulduz bo'lishi oldindan ma'lum bo'lganida, ular bizgacha yetib kelmas edi.hayotimizdagi katta musibatlar kutilmagan joydan (va vaqtda) keladi. kutilganida, musibatning zarbasi katta bo'lmas edi.bilganlarimizning aksar qismini ham kutilmagan joydan o'rganamiz. kutilgan joylar kutilgan, tayyorgarlik ko'rilgan (demak kichkina) foyda olib keladi.
  • Aziz Rahimov

    19 Sept, 14:52

    kibr tashqaridan kelgan fidbekni qabul qildirmaydi.fidbek kelmasa, o’zgarish kelmaydi.o’zgaradigan dunyoda o’zgara olmaslik, o’yindan chiqishga sabab bo’ladi.shuning uchun ham:rahbarni ulug’lash va u bilan bahslashmaslik – cho’kayotgan ishxonaning belgisianchadan beri uzr so’ralmagan xonadon – baxtsiz oilaning belgisikamchiliklar gaplashilmagan do’stlik – vaqtinchalik munosabat belgisi
  • Aziz Rahimov

    12 Sept, 13:38

    fikrlarimizni yozmaguncha, sayoz tafakkurimizni ko‘rmaymiz.taymer bilan hisoblamaguncha, bekor yurganimizni bilmaymiz.eski rasmlarimizga qaramaguncha, qariganimizni sezmaymiz.xarajatlarimizni kiritmaguncha, o‘zimizni tejamkor hisoblaymiz.niyatlarimizni tahlil qilmaguncha, “yaxshi odamman” deb o‘ylaymiz.o'zgarish "o'lchash"dan boshlanadi.
  • Aziz Rahimov

    11 Sept, 06:03edited

    double benefitko‘proq ishlagan ham ko‘proq topadi, ham pul ishlatishga kamroq vaqti qoladi.kamroq yegan ham yeyishdan, ham hammomga qatnashdan vaqt tejaydi.instagramga kirmagan ham vaqti ortib qoladi, ham behuda istaklari kamayib ketadi.
  • Aziz Rahimov

    9 Sept, 09:12

    mas’uliyatiga qarab uch xil xodimlarni ko‘rdim.1. topshirilgan ishni to‘liq bajarmaydi. bo‘shab ketmaslik darajasida ishlaydi. bozor kadrga och bo‘lgan sohalarda uni rostdan ham bo‘shatib yuborishmaydi. “yo‘qdan ko‘ra”.2. topshirilgan ishni to‘liq bajaradi. natijada bitta shirkatda yillab ishlaydi. bozorda ham doim ish topa oladi.3. topshirilgan ishlardan tashqari, aytilmagan (lekin foydali bo‘lgan) ishlarni ham qilib boradi..shu uchinchi toifa yaqin kelajakda rahbar bo‘lib ketadi. ba’zilari tadbirkorlikka ham o‘tadi.1- va 2-toifadagilar shu hamkasblariga qarab ko‘tarilish sababini tushunmaydilar. "biz ham ishlayapmiz-ku", deydilar. xuddi ivan va ishchi latifasidagi kabi.tushunmasliklari sababi oddiy. odam o‘zida yo‘q narsani na ko‘ra oladi, na o‘lchay oladi.
  • Aziz Rahimov

    7 Sept, 07:13

    raqamli dunyomizga moslashgan maqollar:kuzatadigan beshta blogingni o'rtachasisan.instagramga yaqin yursang, istaklaring ko'payadi.brauzer(yoki gpt) tarixingni ko'rsat, kimligingni aytaman.do'st blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting (ya'ni ko'rinishing)ga qarab muomala qiladi.yaxshi qiz blogidan tashqariga chiqmaydi.yigit kishiga 40ta app kam.akkauntingdagi kabi bo'l, yoki akkauntingni asling kabi yurgiz.yetti o'lchab, bir linkning ustiga bos.ko'zoynakning ham kamerasi bor.
  • Aziz Rahimov

    2 Sept, 15:47

    mahsulot o’zgarishi uchun moddaning hammasi emas, bir qismi o’zgarishi ham yetarli bo’lishi mumkin.sut qatiqqa aylanishi uchun bir necha tomchi achitqi yetadi.mevali suvlarning aksarida sharbat yoki meva hidi 1% bo’ladi.xuddi shu tartibni odamlarda ham ko’ramiz.Prays-Lotka qonuniga ko'ra, sohadagi asosiy yangiliklarni bir nechtagina olim olib keladi.Dyurantlar yozadi: xalqni kam sonli avliyolar o’zgartiradi.Taleb yozadi: iqtisodni kam sonli yetakchilar o’stiradi.shuning uchun ham o’zgarish olib kelmoqchi bo’lsak, ikkita yo’l qoladi:noyob yetakchi bo’lib yetishamiz.yoki
  • Aziz Rahimov

    31 Aug, 09:39

    chanqoqning cho‘qqisi suvni rohatli qiladiochlikning cho‘zilishi ovqatni shirin qiladimehnatda charchash damda vijdonni tinch qo‘yadiyolg‘onsiz pul topish uyquni xotirjam qiladiuzoq muddatda erishish yutuqni qadrli qiladihissiyotlarni tashqaridan qidiramizasli ularning manbasi ichimizda bo‘ladi
  • Aziz Rahimov

    29 Aug, 17:02edited

    Yarim doim ham o‘rtada emas.70 yillik umrning yarmi 21 yoshda o‘tib ketgandek tuyuladi.Ishning yarim qiyinchiligi o‘rtasida emas, boshlab olishda bo‘ladi.400 betlik kitobning yarim foydasi ilk 50 betida bo‘ladi.Million yig‘ishning yarim qiyinchiligi ilk 50-100k da bo‘ladi.Kunning yarmi peshinda emas, tonggi 9-10 larda o‘tib ketadi.
  • Aziz Rahimov

    21 Aug, 09:04

    via negativaaqlli gap aytgan emas, ahmoqona gap aytmaydigangina - oqil.adolat qilib turadigan emas, adolatsizlik qilmaydigangina - odil.ilmdan gapiradigan emas, ilmsiz gapirmaydigangina - olim.rost gaplari ko’p bo’lgan emas, yolg’onlari yo’q odamgina - rostgo’y.
  • Aziz Rahimov

    17 Aug, 10:28

    Mandat javoblari chiqdi.Talaba bo‘lganlarning ba’zilari hamma ishni tashlab o‘qiganlari yaxshi.Boshqalari esa, universitetga qatnab tursalar ham yetadi.Yana boshqalari esa, kirgan bo‘lsalar ham, o‘qishni davom ettirishmasa yutishadi.Bizga shularning qaysi biri mosroqligini bilish,Mandatdan keyingi hayot,Talabalik nasib qilmaganlarning yo‘l xaritasiva boshqa mavzular haqida do‘stlarimiz Abdusattor va Temurbek bilan yangi videoda gaplashdik.
  • Aziz Rahimov

    8 Aug, 13:18edited

    Yana bir o‘quv yili tugadi.Maktabimiz natijalari bilan bo‘lishamiz.Hozircha bitiruvchilarimizning 94 foizi talaba bo‘ldi.Lekin, faqatgina talaba bo‘lish bilan hozir kimni hayron qoldira olasiz?104 ta bitiruvchimizdan:28 tasi 100 foizlik (upd: 37ta bo'ldi)44 tasi 50+ foizlik10 tasi qisman grant bilan talaba bo‘lishdi.Qolganlari shartnomaga kirdi yoki javobini kutyapmiz.104 ta bitiruvchimizning 99 tasida kamida bitta fan yoki til sertifikati bor.
  • Aziz Rahimov

    26 Jun, 05:20

    Pul (yoki mukofot) berib kitob o‘qitish foyda beradimi?Ayni shu savolni Garvard ta’lim iqtisodchilari ham berishgan edi.250 ta maktabda 10 mln dollar sarflab, tekshirib ham ko‘rishdi.2$ gina mukofot olgan bolalar 40% ko‘proq kitob o‘qishgan.Mukofot to‘xtaganidan keyin ham, odatlari saqlanib qolgan.Ko‘p kitob o‘qish yo‘lida ikkita asosiy to‘siq bor:1. Odatlanmaganlik2. Lug‘at kichikligi sabab tushunmaslik.Mukofotga qiziqib, muntazam o‘qish, ikkisiga ham yechim bo‘la oladi.
  • Aziz Rahimov

    25 Jun, 12:40

    Parallel muhitda 150 tadan oshiq insho yozdik.Ibrohim turmush qurish haqidagilarini tartiblab, bir joyga to'plabdi.O'n yil oldin o'zim ham shunday qo'llanmani qidirgan edim.Yoshlarga foydasi tegib qolar:turmusht.uz
  • Aziz Rahimov

    23 May, 07:44

    Bog’cha ochish bo’yicha savollar so’rab turishadi.Eng ko’p takrorlanadiganlarini yig’ib do’stimiz Jasurbek bilan darslik yozdik.Bog’cha ochmoqchi bo’lganlarga foydali bo’ladi.Ancha xatolardan saqlab qoladi.
  • Aziz Rahimov

    30 Apr, 09:11edited

    O‘quvchilarimiz qaytib kelganda xursand bo‘lib ketaman.Ichimdan fikr o‘tadi:Demak, birinchi tanlovlari tasodifiy yoki majburiy bo‘lmagan ekan.Hamkasblarimiz qaytib kelganda, xursand bo‘lib ketaman.Demak, ishxonani yaxshi ko‘rib ishlashgan.Vatan, umr yo‘ldosh, hamkasb, do‘st, ustoz uchun ham eng yaxshi maqtov shu bo‘lsa kerak:Sizni yana boshqatdan tanlagan bo‘lar edim.
  • Aziz Rahimov

    24 Apr, 11:26

    Biror ma’lumotni o‘qiyman.Xuddi shu ma’lumotni kimdir gapirib beradi.Gapirib bergani yaxshiroq esimda qoladi.Sababi haqida o‘ylab qoldim.Topdim shekilli:Suhbatlarda hissiyot qo‘shiladi.-“Menga gapiryapti” deb yaxshiroq eslab qolamiz.Shu kuzatuvdan matn o‘qish uchun ham layfxak chiqib kelyapti:-“Men uchun yozgan” deb o‘qish.Bu usulda o‘qisak, odatdagidan ko‘proq xafa bo‘lishimiz mumkin.
  • Aziz Rahimov

    23 Apr, 05:08

    Ishga olish suhbatlarida ko‘p qatnashganman.Oldingi ishxonasi haqidagi fikriga qarab, suhbatdoshlar ikkiga bo‘linar edi.Minnatdor bo‘lganlar:“Buni o‘rgandim, ko‘p odamlar bilan tanishdim, mana bu ishlarni qildim” deyishadi.Noshukur bo‘lganlar:“Qadrimga yetmadi, mendan kuchsizni rahbar qilishdi, umrim ketdi” deyishadi.Ilk suhbatlarim 2018-yilda boshlangan edi.Demak, javoblarga qarab, oqibatlar haqida xulosa qila olamiz.Minnatdorlarning holati yaxshilandi. Rahbar, tadbirkor, inflyuyenser bo‘lib ketganlar ham bor.Noshukurlarning darajasi uncha o‘zgarmadi. Tepaga chiqqanlari ham ozginadan keyin qaytib tushishdi.
  • Aziz Rahimov

    22 Apr, 04:58

    "Amal qilishga ulgurmasam, o’qib nima qilaman?"Shunday o’ylab, o’qimay qo’yadiganlar bor.Bu fikrga uchta e’tirozim bor:1- Amal qilish uchun o’qish yetarli emas. Yodlash ham kerak. Esimizda turgan narsaga amal qilishimiz ehtimoli 50%. Esimizda turmasa 0%. Demak, amal qilishga ko’p o'qish emas, o'qiganimiz esimizda turmasligi xalaqit beradi.2- Fizika-matematikani maktab paytida o’qiymiz. Ehtiyojdan ancha oldin. Iqtisod va tarix fanlari bilan ham shunday. Chunki ehtiyoj kelganda, o’qishga vaqt topilmay qoladi.3- Yodlamasak ham, ishlatmasak ham, har bir o’qigan narsamiz tafakkurimizni kengaytiradi. SI tufayli tafakkur torayishi jarayonida, bu bizga cheksiz ustunliklar beradi.
  • Aziz Rahimov

    20 Apr, 19:08edited

    Daromad ko’payganidan keyin, puldorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.Obunchalilar ko’payganidan keyin, mashhurlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.Ilmiy ish qila boshlasangiz, professorlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.Mansab zinalaridan chiqa boshlasangiz, rahbarlarning aksariga hurmatingiz kamayadi.Bir tarafdan tushunarli.Odam o’zida yo’q narsaga ko’proq qoyil qoladi.Boshqa tarafdan, yuqoridagi yutuqlar, oddiy ishlar + omadning natijasi ekanligini tushuna boshlaysiz.Bitta holat bundan mustasno ekan.Nafsingiz bilan kurash ko’payganidan keyin, nafsidan g’olib kelganlarga hurmatingiz kamayib qolmaydi. Ko’payib boradi.Jarayonga kirishmaguncha bu ishni oddiy deb o’ylagan edingiz.