gram news
KQBB Andijon viloyati boshqarmasi channel avatar

KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

@bandlikpress

Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining telegramdagi RASMIY KANALI

ProjectsUZOther

47,000subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    19 Oct, 06:00

    #Qonunchilikda_yangilikMehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha namunaviy qoidalar tasdiqlandi📑O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarida mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha namunaviy ichki mehnat tartib-qoidalari tasdiqlandi.Yangi tartibga ko‘ra:🔹 Tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragan xodim murojaat qilish huquqiga ega.🔹 Murojaatchining shaxsi va shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanadi.🔹 Rahbar ustidan berilgan shikoyat yuqori turuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi.🔹 Murojaat yuzasidan tekshiruv 15 kun ichida yakunlanadi, zarur hollarda muddat 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.🔹 Jabrlangan xodimni himoya qilish uchun vaqtinchalik choralar ko‘riladi.🔹 Jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik hamda shahvoniy shilqimlik holatlari tasdiqlansa, mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.📌 Hujjatga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 1-dekabrga qadar o‘z ichki mehnat tartib-qoidalarini mazkur talablar asosida qayta ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim.Yangi tartiblar ish joyida xavfsiz, hurmat va o‘zaro ishonchga asoslangan mehnat muhitini shakllantirishga qaratilgan.Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    15 Oct, 09:03

    3 yil davomida mehnat ta’tiliga chiqmasdan ishlash mumkinmi?Ayrim xodimlar yillar davomida mehnat ta’tilidan foydalanmaydi. Bunga esa ko‘pincha o‘z huquqlarini yetarli darajada bilmaslik sabab bo‘ladi.📗 Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, har bir xodimning yillik mehnat ta’tili olish huquqi kafolatlangan.🟥Batafsil videoda.📲 Ushbu ma’lumotni yaqinlaringiz va hamkasblaringizga ham ulashing.🔔 Bandlik vazirligi kanaliga a’zo bo‘lib, mehnat huquqlariga oid foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘ling.Telegram | Instagram | Facebook
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    14 Oct, 11:48

    Kerakli usta uzoqda emas — telefoningizda!🔧 Santexnik, elektrik yoki mohir chilangar — shu kabi zarur mutaxassisni topish juda oson!📲 “Mening Ishim” mobil ilovasi orqali o‘zingizga yaqin, ishonchli ustalarni bir zumda toping.🔍 Har bir usta haqida: — tajribasi — xizmat narxi — ish namunasi (portfolio) — mijozlar fikri va reytingi📞 Tanlang va darhol bog‘laning!👷‍♂️ Ustamisiz? Endi mijoz izlab yurishga hojat yo‘q — “Mening Ishim” ilovasi bilan barchasi qulay va bepul.🚀 Hoziroq yuklab oling va imkoniyatdan foydalaning:⬇️ Play market / AppStoreTelegram | Instagram | Facebook
    1,210video1Open in Telegram
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    14 Oct, 06:08

    #infografika Andijon viloyati Davlat mehnat inspeksiyasining 9 oylik faoliyati sarhisob qilindi 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Andinjon viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ish beruvchilar tomonidan
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    13 Oct, 12:19

    #infografikaAndijon viloyati Davlat mehnat inspeksiyasining 9 oylik faoliyati sarhisob qilindi2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Andinjon viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish yo‘nalishlarida nazorat va profilaktika tadbirlari amalga oshirildi.Shuningdek, mehnat qonunchiligi buzilishlarini aniqlash, majburiy mehnatning oldini olish va ish beruvchilar o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.Inspeksiya faoliyatining asosiy natijalari va ko‘rsatkichlari infografikada.Telegram | Instagram | Facebook
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
    1,22011Open in Telegram
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    12 Oct, 04:38

    Yakka tartibdagi mehnat nizolari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiQuyidagilar sudga murojaat qilish huquqiga ega:1️⃣ Xodim yoki kasaba uyushmalari;2️⃣ Davlat mehnat inspeksiyasi mansabdor shaxslari;3️⃣ Ish beruvchi (komissiya qaroridan norozi bo‘lsa yoki o‘ziga xodim tomonidan yetkazilgan moddiy zararni undirishda);4️⃣ Adliya organlari (qonunchilikka muvofiq);5️⃣ Prokuror.⚖️ Huquqingizni biling va himoya qiling!➡️ BatafsilTelegram | Instagram | Facebook
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    10 Oct, 05:49

    Yangi ish o‘rinlari — farovonlik sari!Mahallada aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida subsidiya asosida yangi tikuv mashinalari yetkazib berildi. Natijada yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda.Telegram | Instagram | Facebook
    1,170video61Open in Telegram
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    10 Oct, 05:46

    Oddiy ishchidan milliard dollarlik kompaniya asoschisigachaBugun dunyoga mashhur milliarder — WhatsApp ilovasi asoschilaridan biri Yan Kum (Jan Koum) bir paytlar moddiy qiyinchiliklar sabab oilasi bilan AQSHda ijtimoiy yordam hisobiga yashaganini bilasizmi?U dasturlashni mustaqil o‘rgandi, bilim va tajriba orttirdi. Keyinchalik o‘z ko‘nikmalaridan foydalanib, millionlab insonlar hayotini o‘zgartirgan WhatsApp ilovasiga asos soldi.📈 2014-yilda Facebook WhatsAppni 19 milliard dollarlik bitim asosida sotib olishga kelishdi.Bu muvaffaqiyat ortida yillar davomida o‘rganish, mehnat qilish va o‘z ustida ishlash turardi.👉 Daromad topish uchun har doim katta sarmoya shart emas. Ba’zan eng muhim sarmoya — bu sizning bilimingiz, kasbingiz va mahoratingizdir.✅ Bugun biror hunarni o‘rganing. Bilganingizni amalda qo‘llang. Kichik imkoniyatlardan foydalanishni boshlang.Telegram | Instagram | Facebook
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    22 Sept, 06:11

    Agar xodim ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolsa, ish beruvchi:✅ vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini to‘laydi;✅ tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya uchun qilingan xarajatlarni qoplaydi.📌 Xarajatlar chek, ma’lumotnoma va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.➡️ BatafsilTelegram | Instagram | Facebook
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
    85822Open in Telegram
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    21 Sept, 11:54

    Rasmiy ishlamaydigan ayollar ham dekret puli olishi mumkinmi? ⠀ 🤰 Ha, mumkin. ⠀ Agar ayol rasmiy ish joyiga ega bo‘lmasa ham, ayrim hollarda unga homiladorlik va tug‘ish (dekret) nafaqasi to‘lanadi. Buning uchun quyidagi shartlardan biri bajarilgan bo‘lishi kerak: ⠀ ✅ ayol o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi; ⠀ ✅ ayol ishlamasa, uning uchun turmush o‘rtog‘i ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi kerak. ⠀ 📌 Muhim shart: Dekret puli olish uchun ixtiyoriy sug‘urta badallari kamida 10 oy davomida to‘langan bo‘lishi, shundan oxirgi 6 oy uzluksiz bo‘lishi lozim. ⠀ 💰 Nafaqa miqdori qanday belgilanadi? Ixtiyoriy sug‘urta badallari qancha uzoq muddat va muntazam to‘langan bo‘lsa, tayinlanadigan nafaqa miqdori ham shunga mos ravishda yuqori bo‘ladi. ⠀ ❗️Bunda homilador
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    21 Sept, 05:28

    #MEHNAT_KODEKSIXodim quyidagi huquqlarga ega:🔹mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan ish beruvchi tomonidan ta’minlanish;🔹mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan ish joyiga ega bo‘lish;🔹o‘z malakasiga, mehnatning murakkabligiga, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda ish haqi olish;🔹ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim kasblardagi va toifalardagi xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat ta’tillari berish orqali ta’minlanadigan dam olish;🔹o‘z mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga va boshqa tashkilotlarga birlashish;🔹o‘z mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonun bilan taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    19 Sept, 15:23

    Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish hamda ularga ijtimoiy himoya masalalarida yordam ko‘rsatish maqsadida hodimlarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Shu bilan birga, nafaqadagi va xozirda xizmat olib borayotgan xodimlarning ish bilan band bo‘lmagan oila a’zolarini kasb-xunarga o‘qitish va ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memerandumi imzolandi. Kelgusida nafaqadagi va xozirda xizmat olib borayotgan xodimlarning ish bilan band bo‘lmagan oila a’zolarini bosqichma-bosqich kasb-xunarga o‘qitish rejalashtirilgan.Telegram | Instagram | Facebook
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
    1,550964Open in Telegram
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    19 Sept, 09:19

    🎓 Kasb bor — imkoniyat bor!Marhamat tumanida kasb-hunar vaucheri asosida tahsil olgan fuqarolarga sertifikatlar topshirildi.Fuqarolar o‘qish davomida zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallab, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.Endi esa olingan bilim va ko‘nikmalarni daromad manbaiga aylantirish va mehnat faoliyatini boshlash sari qadam.Telegram | Instagram | Facebook
    1,480video31Open in Telegram
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    18 Sept, 06:27

    #vakansiyaQurilish sohasida 6 mingga yaqin ish imkoniyatiIsh izlayotganlar uchun «Oson ish» platformasida ayni paytda 5 867 ta vakansiya mavjud.🏗 Qurilish sohasida: — qurilish ustalari va ishchilari; — muhandislar; — texnik mutaxassislar; — montaj va ta’mirlash mutaxassislari; — boshqa kasb va mutaxassisliklar.📍 Vakansiyalar — O‘zbekiston bo‘ylabTelegram | Instagram | Facebook
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    18 Sept, 04:10edited

    Agar ish 2 yoki undan ortiq smenada tashkil etilsa, bu smenali ish hisoblanadi.Smenali ish qachon joriy etiladi?✔️Kunlik ish vaqti yetarli bo‘lmasa, ✔️Uskunalardan samarali foydalanish zarur bo‘lsa, ✔️Ish hajmini oshirish maqsadida.Ish jadvali smenalarga bo‘linadi.👥 Xodimlar smena asosida navbatma-navbat ishlaydi.❌ Xodimni ketma-ket 2 smenada ishlatish taqiqlanadi.⏱️ Smena oralig‘ida dam olish muddati kamida 12 soat bo‘lishi shart (tanaffus va ovqat vaqti bilan birga).Bu tartib ishchilar sog‘lig‘i va samarali ish jarayoni uchun muhim!Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    17 Sept, 13:38

    🇺🇿 O‘zbekiston ovozi — global ijtimoiy adolat minbarida☑️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov hamda vazir o'rinbosari Ra'no Turdiboyeva Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Ijtimoiy adolat bo‘yicha Global koalitsiyaning yillik forumi"da ishtirok etdi.☑️ Forum doirasida vazir “Koalitsiya hamkorlari harakatda: asosiy tashabbuslar orqali natijalarga erishish” mavzusidagi panel muhokamasida so‘zga chiqib, O‘zbekistonda bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy adolatni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.☑️ Mazkur ishtirok O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or tajribalarni almashishga qaratilgan izchil pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi.➡️ BatafsilSayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
    1,610video111Open in Telegram
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    17 Sept, 11:20

    «9 soat»ning siri nimada?Prezidentimizning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tig‘iz ish grafigi jurnalistlar nigohi orqali o‘ziga xos tarzda aks etdi.📊 Videolarda davlat rahbarining uchrashuv va muzokaralari, biznes vakillari hamda vatandoshlar bilan muloqotlari, tashrif davomidagi ish jarayonlari yoritilgan.➡️ «9 soat bo‘ldi» degan eslatmaga qaramay, davlat rahbari vatandoshlar bilan muloqotni davom ettirgani tashrifning tig‘iz ish grafigini ko‘rsatadi.🇺🇿 🇰🇷 Tashrif doirasida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, gidroenergetika sohasida xorijiy tajriba almashish masalalariga ham e’tibor qaratildi.⚡️ Vaqt tig‘iz. Uchrashuvlar ko‘p. Maqsad — mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligi uchun har bir imkoniyatdan samarali foydalanish.Telegram | Instagram | Facebook
    1,460video11Open in Telegram
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    17 Sept, 05:50

    ✅ Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir.🗓 Ularning davomiyligi odatda, 6 oydan oshmasligi kerak.Mavsumiy ishlar, jumladan olti oydan ortiq davom etadigan ayrim ishlar ro‘yxati va ularning eng ko‘p davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch tomonlama komissiya bilan kelishilgan holda belgilanadi.Shartnoma tuzish📝 Mavsumiy ishning xususiyati mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.👉 Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilishda sinov muddati belgilanmaydi.🏪 Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi.Telegram | Instagram | Facebook
    Image from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasiImage from a post by KQBB Andijon viloyati boshqarmasi
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    16 Sept, 04:05

    Fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha ishlar o‘rganilmoqdaFuqarolarni vaucher asosida kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda barqaror daromad manbayiga ega qilish yo‘nalishidagi ishlar joylarda o‘rganilmoqda.Mazkur jarayon doirasida boshqarma boshlig‘i Boburjon Mamayusupov joylarga chiqqan holda o‘quv markazlari faoliyati, ta’lim jarayoni va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.Shuningdek, yangi faoliyat boshlayotgan o‘quv markazlariga zamonaviy yondashuvlar asosida ish olib borish, ta’lim sifatini oshirish hamda fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.Asosiy e’tibor fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitishdan tashqari, ularni egallagan kasbi bo‘yicha doimiy ish bilan ta’minlash va barqaror daromad manbayini shakllantirishga qaratilmoqda.Shu jumladan, xotin-qizlarning kasbiy
    2,370video9531Open in Telegram
  • KQBB Andijon viloyati boshqarmasi

    15 Sept, 14:47

    Murojaat amaliy yechimga yo‘naltirildiIzboskan tumanida aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan fuqaroning murojaati o‘rganildi.Fuqaro issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 50 nafar fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash rejasini bildirdi.Uchrashuv davomida loyihani moliyalashtirish, xususan, imtiyozli kredit ajratish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yangi qarorlar doirasida tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar tushuntirildi.Loyihani amalga oshirish uchun zarur ko‘maklarni ko‘rsatish va ishlarni boshlash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.Telegram | Instagram | Facebook
    2,140video9621Open in Telegram