Latest posts

BBA|Samarqand
22 Sept, 14:38
forwarded from @baholashuz
#OnlaynTestDavlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihon o‘tkazildi🗓 2026-yil 22-sentyabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.📍 Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.👤 Ularda 464 nafar talabgor ishtirok etib, o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalar bo‘yicha imtihondan o‘tdilar.
BBA|Samarqand
22 Sept, 12:29
forwarded from @baholashuz
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
BBA|Samarqand
22 Sept, 12:26
forwarded from @baholashuz
#Ovozli_chat #Milliy_sertifikat🎶 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chatning audioyozuvi.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
BBA|Samarqand
22 Sept, 09:03
forwarded from @baholashuz
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi📚 Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan; 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan; 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan; 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.⏰ 26–28-sentyabr kunlari biologiya va kimyo fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar 2-smena uchun: 13:00 dan 14:30 ga qadar⏰ 29–30-sentyabr kunlari fizika hamda 2–4-oktyabr kunlari matematika fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar
BBA|Samarqand
22 Sept, 03:26
forwarded from @rasmiy_axborot_official
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
BBA|Samarqand
21 Sept, 13:52
forwarded from @baholashuz
#Rasmiy_munosabatRASMIY MUNOSABATSo‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.Shundan
BBA|Samarqand
21 Sept, 10:30
“Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash” test sinovi📕 “Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash” test sinovi 22-sentabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo‘limi binosida bo‘lib o‘tadi.📅 Imtihon sanasi: 22-sentabr.🕰 Boshlanish vaqti: 15:00📍 Manzil: Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, “Kamolot” mahallasi, Irteshar GES ko‘chasi, 5-A uy. 🧭 Mo‘ljal: Samarqand shahridagi “Kimyogarlar” shaharchasi yonida, sobiq “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o‘tgach joylashgan. 🗺 Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHgLmO0q Barcha ishtirokchilardan test sinovida o‘z vaqtida qatnashishlari uchun belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlarini so‘raymiz. ✍️ @BBASamarqand
BBA|Samarqand
21 Sept, 09:17
forwarded from @nostrifikatsiyabba
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 24-sentabr kuni o‘tkaziladi.📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
BBA|Samarqand
20 Sept, 14:13
forwarded from @baholashuz
Hafta voqeliklari dayjesti▶️ O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografikalat to‘plami▶️ Prezident Sh. Mirziyoyevning nufuzli nashrlar – “Chosun Ilbo”ning ingliz tilidagi platformasi “The Chosun Daily” hamda “The Korea Herald” gazetasida“O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi chop etildi▶️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi▶️ Chet tillidan sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi▶️ Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida urgʻu berildi▶️ Dav
BBA|Samarqand
20 Sept, 14:01
SAMARQAND YANGILIKLARI | TEST SINOVLARI OʻTKAZILDIKo‘zi ojiz hamda zaif ko‘ruvchi talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini baholash imtihoni o‘tazildi. 👉@BBASamarqand
BBA|Samarqand
20 Sept, 13:59
#Korrupsiya📢 KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ!Halollik — jamiyatning eng katta boyligi. Korrupsiya esa rivojlanish yo‘lidagi eng katta to‘siqdir.🔸 Korrupsiya nimaga olib keladi? Adolatsizlik kuchayadi, ishonch yo‘qoladi, taraqqiyot sekinlashadi✅ Halollik nimani beradi? Ishonchli jamiyat, teng imkoniyatlar, barqaror kelajak🔰 Har birimizdan boshlanadi: Poraga yo‘l qo‘ymang! Qonun ustuvorligini qo‘llab-quvvatlang! Halol mehnatni qadrlang!🟢 Bugungi halollik — ertangi taraqqiyot garovi!👉 @BBASamarqand
BBA|Samarqand
20 Sept, 06:51
YANGI O‘ZBEKISTON: DUNYO E’TIROF ETAYOTGAN TARAQQIYOT YO‘LI“Yangi O‘zbekiston islohotlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
BBA|Samarqand
17 Sept, 21:58
forwarded from @baholashuz
#Chet_tiliNogironligi bor talabgorlar uchun chet tilidan imtihon bo‘lib o‘tdi📆 2026-yil 17-sentabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihonlari oʻtkazildi.🇺🇿 Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida tashkil etildi.🧑💻 Imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun malaka imtihonlari kompyuterda maxsus dastur asosida oʻtkazildi va talabgorlarga yordamchi (assistent) biriktirildi.📝 Imtihon natijalari
BBA|Samarqand
17 Sept, 18:25
forwarded from @baholashuz
Bugun Toshkent viloyatidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Sevarsoy" sihatgohida o‘tkazilayotgan "Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish" mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qildik. Sohadagi ishlarni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolar va ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqdik.Raqamli muhit shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi kunda axborot xizmatlaridan tezkorlik, tashabbuskorlik va yuqori kasbiy mas’uliyat talab etiladi. Jamoatchilik uchun muhim axborotni o‘z vaqtida, aniq va tushunarli yetkazish, ehtimoliy inqirozli vaziyatlarga oldindan tayyor bo‘lish, OAV bilan konstruktiv hamkorlik qilish hamda axborot ochiqligi va xavfsizligi o‘rtasida muvozanatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.Axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha tahliliy o‘rganish
BBA|Samarqand
17 Sept, 02:50
forwarded from @baholashuz
#OnlaynTestIchki ishlar organlariga ishga kiruvchi nomzodlar onlayn test sinovidan o‘tdilar📆 2026-yil 16-sentyabr kuni Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.🇺🇿 Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 31-avgustdagi 433-son qaroriga muvofiq o‘tkazildi.📍 Test sinovlari Agentlikning Toshkent viloyati va Toshkent shahrida tashkil etildi. Ularda 350 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.💼 Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar shu
BBA|Samarqand
16 Sept, 10:46
forwarded from @baholashuz
#SportKuniAql va strategiya maydonida bellashuv📆 Bugun — 16-sentyabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyati bo‘limi xodimlari o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.♟ Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining strategik fikrlashi, topqirligi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini sinovdan o‘tkazdilar. Har bir yurish ortida puxta o‘ylangan reja, har bir bahsda esa o‘ziga xos raqobat muhiti kuzatildi.👥 Musobaqa davomida xodimlar nafaqat o‘zaro bellashdilar, balki jamoaviy birdamlik va do‘stona muhitni yanada mustahkamladilar.⏳ Bunday tadbirlar xodimlarning faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va jamoada sog‘lom raqobat muhitini
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
