Latest posts

BFAUZ
22 Sept, 11:42
Gulchehra Yo‘ldoshevaning Koreyadagi taassurotlari🎓 Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi Gulchehra Yo‘ldosheva Janubiy Koreyadagi xalqaro stajirovkani muvaffaqiyatli o‘tab keldi. Uning Koreyada orttirgan tajribasi zamonaviy bank-moliya tizimi, sanoat, kapital bozori va raqamli moliya yo‘nalishlaridagi ilg‘or yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.🌏 Stajirovka davomida Gulchehra Yo‘ldosheva Janubiy Koreyaning yirik sanoat va energetika kompaniyalari hamda iqtisodiy-moliyaviy institutlarida bo‘lib, ularning ishlash tizimi va boshqaruv tajribasini o‘rgandi. Jumladan, Doosan Enerbility korxonasiga tashrif davomida zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik yechimlar va korxonani samarali boshqarish mexanizmlari bilan tanishdi. POSCO korxonasida esa yirik ishlab chiqarish korxonasi faoliyati, zamonaviy boshqaruv va sanoat texnologiyalarining o‘ziga xos jihatlarini
BFAUZ
22 Sept, 06:39
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿Hurmatli tinglovchilar!🗓 2026 yil 5-sentabr kuni o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga o‘qishga tavsiya etilgan tinglovchilar uchun ta’lim yo‘nalishlari va o‘qish shakllari kesimida rasmiy Telegram guruhlari tashkil etildi.🕊Mazkur guruhlar orqali o‘quv jarayoniga oid muhim ma’lumotlar, tashkiliy masalalar, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi hamda dekanat e’lonlari tezkor ravishda yetkazib boriladi.🕊 Shu munosabat bilan, Bank-moliya akademiyasiga o‘qishga tavsiya etilgan barcha tinglovchilardan o‘z yo‘nalishi va ta’lim shakliga mos rasmiy Telegram guruhiga a’zo bo‘lishlari so‘raladi.• Biznesni
BFAUZ
21 Sept, 04:19
DAYJEST: 14-SENTABR 21-SENTABR👉 HAFTANING ENG MUHIM YANGILIKLAR!1️⃣ Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi. Batafsil2️⃣ Ilk darslar oldidan muloqot: rektor magistratura tinglovchilari bilan uchrashdi. Batafsil3️⃣ Barno Mustanova Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi. Batafsil4️⃣ Sherzod Karimov Bank -moliya akademiyasi tinglovchisi. Batafsil5️⃣ Sarvinoz Pardayeva Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi. Batafsil6️⃣ Bank-moliya akademiyasida 202 nafar magistrga diplom topshirildi. Batafsil7️⃣ XALQ SO‘ZI: Ochiq va pragmatik tashqi siyosatning yuksak samarasi. Bank-moliya akademiyasi rektori E.Hoshimovning maqolasi
BFAUZ
18 Sept, 12:17
Bank-moliya akademiyasida ta’lim — yangi imkoniyatlar maydoni!🎓 Bank-moliya akademiyasining General magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan Sarvinoz Pardayeva Akademiyadagi zamonaviy o‘quv dasturlari, ta’lim jarayonida yaratilgan imkoniyatlar va xorijdagi stajirovka taassurotlari haqida fikr bildirdi.🎥 Xorijiy stajirovka unga qanday tajriba berdi? Akademiyadagi ta’limning qaysi jihatlari uning kasbiy rivojiga ta’sir qilmoqda?👉 Sarvinoz Pardayevaning fikrlariga quloq tuting!Bank-moliya akademiyasi — bilim, tajriba va yangi imkoniyatlar sari yo‘l.🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
BFAUZ
18 Sept, 11:39
Bank-moliya akademiyasida magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling!🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
BFAUZ
16 Sept, 12:34edited
📣Е'LON!✍️ Bank-moliya akademiyasida yangi tinglovchilar uchun tanishuv haftaligi o‘tkaziladi🔶Joriy yil 5-sentyabr kuni o‘tkazilgan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari safiga qabul qilinganlar uchun 2026 yil 28-sentyabrdan 10-oktyabrga qadar Tanishuv haftaligi tashkil etiladi.🔷Mazkur tadbir yangi tinglovchilarning Akademiya hayotiga moslashuvini ta’minlash, ta’lim jarayoni va uning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ularda zamonaviy ta’lim muhitiga nisbatan aniq tasavvur va ijobiy motivatsiya shakllantirishga qaratilgan.🔶Tanishuv haftaligi davomida tinglovchilarga Bank-moliya akademiyasida ta’lim olishning tartib-taomillari, o‘quv jarayonini tashkil etish mexanizmi, akademik talablar, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyati va ta’lim berish uslublari haqida batafsil ma’lumot
BFAUZ
16 Sept, 11:13edited
#ЭКСКЛЮЗИВ_ИНТЕРВЬЮГАЛИНА ВОЛОДИНА, Директор Пермского филиала НИУ Высшая школа экономики /России/ 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
BFAUZ
16 Sept, 08:52
#Axborot24 | 16.09.2026Bank-moliya akademiyasida magistratura bitiruv tadbiri o‘tkazildi🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
BFAUZ
16 Sept, 07:56
#Axborot24 | 16.09.2026Выпуск магистров Банковско-финансовой академии🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
BFAUZ
16 Sept, 04:05
✍️ Aql markazi: Namanganda bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli o‘rganishlar olib borilmoqda🔰 Bank-moliya akademiyasi «Aql markazi» tomonidan Namangan viloyatida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.❗️ O‘rganishlar doirasida hududiy va tuman shtablari faoliyati, mavjud muammo va imkoniyatlar tahlil qilinib, ishsizlik, kambag‘allik va migratsiya holati, aholi bandligi hamda daromadlarini oshirish masalalari qamrab olinmoqda. Ayni paytda viloyatdagi 754 ta mahallada o‘rganish ishlari boshlangan.✨ Dastlabki o‘rganishlar jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha xatlovlarni yanada manzilli va to‘liq tashkil etish zarurligi aniqlandi. Jumladan, ayrim holatlarda kadastr hujjati mavjud bo‘lmagan, biroq daromadi past xonadonlarni amaldagi elektron tizimga
BFAUZ
15 Sept, 15:12
✍️ AKADEMIYA BITIRUVCHILARI BILAN EKSKLYUZIV INTERVYU: ULARNING FIKRI QANDAY? BITIRUVCHILAR FIKRIGA QULOQ TUTING!Bugun Bank-moliya akademiyasida navbatdagi magistrlar bitiruviga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida bitiruvchilar bilan suhbatlashib, ularning Akademiyadagi ta’lim, orttirgan bilim va kasbiy ko‘nikmalari haqidagi fikrlarini eshitdik. Ular ta’lim sifati yuqori ekani, nazariy bilimlarning amaliyot bilan uyg‘unligi malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladilar.🎥 Endi navbat — ularning samimiy fikrlariga! 👤Quloq tuting va siz ham Bank-moliya akademiyasi bitiruvchilarining safidan joy oling!АКАДЕМИЯ БИТИРУВЧИЛАРИ БИЛАН ЭКСКЛЮЗИВ ИНТЕРВЬЮ: УЛАРНИНГ ФИКРИ ҚАНДАЙ? БИТИРУВЧИЛАР ФИКРИГА ҚУЛОҚ ТУТИНГ!Бугун Банк-молия академиясида навбатдаги магистрлар битирувига бағишланган тантанали тадбир бўлиб ўтди. Тадбир
BFAUZ
15 Sept, 14:02
#БИТИРУВЧИ_2026🎓O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA MAGISTR BITIRUVCHILARIGA DIPLOM TOPSHIRILDI👉Telegram kanaimizlga aʼzo bo‘ling!🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
BFAUZ
15 Sept, 11:23
OCHIQ VA PRAGMATIK TASHQI SIYOSATNING YUKSAK SAMARASIKeyingi yillarda Prezidentimiz rahbarligida ochiq hamda pragmatik tashqi siyosat tamoyillari asosida xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli, ishonchli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilyapti.O‘zbekistonning Koreya Respublikasi bilan izchil rivojlanib borayotgan strategik sherikligi ham ana shu siyosatning amaliy samaralaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Prezidentimizning ushbu mamlakatga davlat tashrifi, uning doirasidagi muzokara va uchrashuvlar strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashi tabiiy.Ta’kidlash joizki, ikki davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar an’anaviy savdo-iqtisodiy aloqalar doirasidan oshib, sanoat, energetika, transport, raqamli texnologiyalar, ta’lim va ilm-fan, davlat boshqaruvi hamda inson kapitalini rivojlantirish kabi muhim hamda istiqbolli
BFAUZ
15 Sept, 09:20
✍️ BILIMDAN — KASBIY MUVAFFAQIYAT SARI: BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA 202 NAFAR MAGISTRGA DIPLOM TOPSHIRILDI🎓 O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida navbatdagi magistrlar bitiruviga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Qodirxonova, Rossiyaning nufuzli Oliy iqtisodiyot maktabi — Milliy tadqiqot universiteti rahbariyati vakillari, Markaziy bank, O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki, vazirlik va idoralar, bank-moliya tizimi hamda boshqa tashkilotlarning mas’ul vakillari, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.❗️Tantanali tadbirni Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov kirish so‘zi bilan ochib,
BFAUZ
14 Sept, 13:28edited
SARVINOZ PARDAYEVA BANK-MOLIYA AKADEMIYASI TINGLOVCHISI— Bugun O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 34 yil to‘ldi. 1992 yil 29 yanvarda tamal toshi qo‘yilgan ikki tomonlama munosabatlar o‘tgan yillar davomida izchil va jadal rivojlanib, bugungi kunda o‘zaro ishonch, siyosiy yaqinlik, iqtisodiy manfaatdorlik va umumiy taraqqiyot maqsadlariga asoslangan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.Ayniqsa, keyingi yillarda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yangi mazmun bilan boyib, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, innovasion va gumanitar yo‘nalishlar bilan bir qatorda, ta’lim sohasida ham izchil rivojlanib bormoqda. Bugun ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik nafaqat bilim va tajriba almashinuvini ta’minlamoqda, balki zamonaviy kasbiy kompetensiyalarga ega, xalqaro tajribani
BFAUZ
14 Sept, 12:34edited
SHERZOD KARIMOV BANK -MOLIYA AKADEMIYASI TINGLOVCHISI— Bugun O‘zbekiston–Koreya munosabatlari nafaqat siyosiy muloqot, balki savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, texnologik, innovasion, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi keng qamrovli hamkorlik bilan xarakterlanadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning tobora yangi yo‘nalishlarni qamrab olayotgani o‘zaro manfaatli sheriklikning mustahkam poydevorga ega ekanidan dalolat beradi.Janubiy Koreya O‘zbekiston uchun muhim savdo-iqtisodiy sheriklardan biriga aylangan. Xususan, 2023 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,5 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, 2024 yilda ushbu ko‘rsatkich qariyb ikki barobar oshdi. Bu esa mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar izchil, faol va samarali kengayib borayotganini ko‘rsatadi.O‘zbekiston iqtisodiyotiga Koreya Respublikasidan jalb etilgan investisiyalar ham ikki tomonlama
BFAUZ
14 Sept, 12:05edited
BARNO MUSTANOVA BANK -MOLIYA AKADEMIYASI TINGLOVCHISI— O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan so‘ng ikki tomonlama siyosiy muloqot izchil rivojlanib, o‘zaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan mustahkam hamkorlik tizimi shakllandi.2006 yilda imzolangan, 2014 yilda esa ikki mamlakat munosabatlarini yanada chuqurlashtirish maqsadida yangilangan qo‘shma deklaratsiya siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 14 iyunda Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etdi.Tashrif doirasida davlat rahbarlari tomonidan Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi bayonotning
BFAUZ
14 Sept, 10:34
✍️ Ilk darslar oldidan muloqot: rektor magistratura tinglovchilari bilan uchrashdi🎓 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov magistratura tinglovchilari bilan yangi o‘quv yilidagi ilk dars mashg‘ulotlari oldidan uchrashuv o‘tkazdi.❗️Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvda mamlakatimizda ta’lim sohasini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarni zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalar bilan ta’minlash, mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida fikr almashildi.🔰 Rektor ta’kidlaganidek, bugun ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilayotgan asosiy vazifa nafaqat chuqur nazariy bilimga ega, balki mustaqil fikrlaydigan, yangilikka intiluvchan, zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni amaliyotda samarali qo‘llay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.📍
BFAUZ
14 Sept, 10:21
Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. — В резиденции Президента Республики Корея «Чонг Ва Дэ» состоялась торжественная церемония официальной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #marosimPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
BFAUZ
14 Sept, 05:29edited
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindiKoreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.❗Maqolada qayd etilganidek–🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;🔵Koreyaning
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
