gram news
BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI channel avatar

BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

@birlashganmuxolifat

“Birlashgan O‘zbek Muxolifati”ning Telegram kanalidir.

ProjectsUZPolitics

1,710subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    29 Jan, 21:25

    Asliddin Kamol facebook sahifasi qayta tiklandi. A’zo bo’lish uchun quyidagi havolani bosing ! https://www.facebook.com/share/15bQbphRNgT/?mibextid=wwXIfr@BirlashganMuxolifat
    5,110844071Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    29 Jan, 11:49

    Asliddin Kamol nomidagi facebook sahifa o’chirildi va shu nom bilan soxta sahifa ochildi. Kechagi video Mirziyoyevni qattiq qo’rqitib qo’ygan ko’rinadi. Biz ular bilan o’zlari tushunadigan tilda muloqotni davom ettiramiz. Hozircha facebookda Asliddin Kamol nomi bilan hech qanday rasmiy sahifa yo’qligini, feyk sahifalarni spamlab, bloklashlarizni tavsiya beramiz. Kechagi videoni esa ijtimoiy tarmoqlarda yanada ko’proq tarqatishlarizni so’raymiz. Yangi sahifa ochilsa uni kanallarimizda e’lon beramiz.@BirlashganMuxolifat
    4,260176144Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    28 Jan, 12:35

    Shunga o’xshagan murojaatlar ko’p kelyapti. Masjidlardan namozxonlarni tutib, soqolini majburiy olish holatlari yana ko’paygan. Bu buyruqni Xitoy beryaptimi yoki Kreml bunisi mavhum. Bir narsa aniqki. muxolifat bo’lmasa, xalq birlashmasa bu muammolar tugamaydi. Xulosa o’zingizdan!@BirlashganMuxolifat
    4,660169251915Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    27 Jan, 20:07edited

    Xalqimiz birlashmaydi deyishadi. Biroq, birgina Professor Xidirnazar Olloqulov yigirma mingdan ortiq yurtdoshlarimizni siyosiy partiya atrofida birlashtirib, imzo yig’oldi. Tasavvur qilyapsizmi, yuz yillar zulm ostida boshqarilgan avtoritar davlatda atigi bitta ziyoli shuncha odamni birlashtira oldi. Hatto rivojlangan mamlakatlardayam bir kishi uchun qiyin ish bu. Demak, muammo xalqimizda emas, ziyolilarimizda. Agar bugun 50-60 ziyolilar o’zlaridagi qo’rquvni yengib, ulug’ maqsad yo’lida birlashsa, yuz minglab emas, millionlab yurtdoshlarimiz ularning ortidan ergashadi. Imkonsiz ko’ringan ishlarning yechimi aslida oddiy bo’ladi. Faqat ozgina jasorat kerak bo’ladi.Birlashsak katta kuchmiz👊🏻@BirlashganMuxolifat
    4,7502314091Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    27 Jan, 14:04

    Mubashshir Ahmad domla haqida Ombudsman tarqatgan ma’lumotlar yolg’on bo’lib chiqdi. U kishi hatto oshxonaga ishga o’tqazilmagan va avvalgi ishlarida qoldirilgan.@BirlashganMuxolifat
    4,510120231195Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    27 Jan, 12:02

    Muxolifat birlashaman degandi tepadagilar yaxshigina qimirlab qoldi. Muxolifat birlashsa endi tasavvur qilavering. Birlashsak katta kuchmiz!@BirlashganMuxolifat
    4,70025118106Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    26 Jan, 17:38

    Ijtimoiy tarmoqlarda birgina tanqidiy izoh yozgani uchun IIB binolariga yuzlab yurtdoshlarimiz qonunga zid tarzda chaqirtirilayotgani va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishlariga qarshilik qilib, tahdid va bosim qilinayotgani, ulardan ijtimoiy tarmoqlarga kirmayman, boshqa izoh yozmayman mazmunidagi tushuntirish xatlari olinayotgani haqida har kuni o’nlab xabarlar kelyapti.Masalan, videodagi shaxs o’zini Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv bo’limi kapitani Xushnud deb tanishtirib, shaxsini tasdiqlovchi xizmat guvohnomasini ko’rsatmagan holda, chaqiruv qog’ozisiz, ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirgani uchun xorijdagi vatandoshimizning oila a’zolarini IIB binosiga chaqirtirib, turli bosimlar va tahdidlar qiladi. Oila a’zolari orqali IIB binosidan xorijdagi vatandoshimizga telefon qilib, yozgan izohlarini o’chirishini talab qilishadi.Birlashgan O’zbek Muxolifati,
    5,38016531411Open in Telegram
  • Live stream finished (2 hours)

    25 Jan, 19:27

  • Live stream started

    25 Jan, 17:01

  • Live stream scheduled for Jan 25 at 17:00

    25 Jan, 17:00

  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    25 Jan, 15:19

    2026 yil O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi favqulotda kurash yili” deb e’lon qilindi. Ammo bu yil korrupsiyaga qarshi real kurash bilan emas, jurnalistlarning qamalishi, fosh etilgan jinoyatchilarning jazodan qutulishi bilan boshlandi.Bu tasodif emas. Bu tizimning asl yuzidir.Agar Mirziyoyev rejimi chinakam korrupsiyaga qarshi kurashmoqchi bo‘lsa, avvalo uni ochib berayotganlarni emas, uni sodir etayotganlarni jazolaydi. Ammo bugungi O‘zbekistonda buning aksi bo‘lyapti. Jurnalistlar bosim ostida, mustaqil ovozlar o‘chirilmoqda, millionlab dollar bilan qo‘lga tushgan amaldorlar esa jim-jit ozodlikka chiqmoqda.Uyidan uch million dollar chiqqan hokim o‘rinbosarining jazodan qutulib, ozodlikka chiqqani bu korrupsiyaga qarshi kurashning emas, korrupsiyani himoya qilishning yaqqol dalilidir.Savol shunchaki “korrupsiya bormi?” degani emas. Hammamiz bilamiz u bor. Savol boshqacha: Bu ti
    6,190130173Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    24 Jan, 08:13

    E'lonNavbatdagi "Xalq bilan muloqot" ertaga, Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Mavzu: Mirziyoyevning "Korrupsiyaga qarshi favqulotda yili" , mamlakatni botqoqqa botirayotgan korrupsiya, nepotizm, monopoliyalar. Bularni jilovlashga Mirziyoyev qodirmi?@BirlashganMuxolifat
    10,900121913815Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    22 Jan, 14:02

    O‘rta darajadagi davlatlar birgalikda harakat qilishi kerak. Agar stolda bo‘lmasangiz, menyuda boʻlasiz.Kanada bosh vaziri Mark Carneyning Davosdagi Jahon Iqtisodiy Forumida bugungi global siyosiy kurashlar haqida bildirgan nutqidan parcha.@BirlashganMuxolifat
    6,410131254Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    22 Jan, 09:00

    Har qanday buyuk ishlar kichik qadamlardan boshlanadi. Muhimi, fidoiy kishilar yagona maqsad yo’lida birlasha olishlari va birgalikda harakat qilishlaridir. Shu maqsadda https://t.me/birlashamiz_tu guruhda kichik, biroq samarali qadamlarni jamoaviy amalga oshirishdan boshlaymiz. Jamoaga qo’shilmoqchi bo’lganlar, biz bilan birgalikda harakat qilishni istagan fidoiylar guruhga qo’shilishlari va adminlarni topshiriqlariga asosan jamoaviy harakat qilishlari mumkin.Birlashsak katta kuchmiz✊🏻@BirlashganMuxolifat
    6,37014264Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    21 Jan, 12:42

    Korrupsiyaga qarshi favqulotda kurash yilida uyidan 3 mln dollar pul chiqqan hokim o‘rinbosari ozodlikka chiqdi.Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari byudjet mablag‘lari talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiste’mol qilish kabi ayblovlar bilan 7 yilga qamalgandi. Yunusobod sudi ajrimi bilan unga berilgan jazo 2 yil 6 oylik ahloq tuzatish ishlariga almashtirildi. Qamoqda o‘tirgan har bir kuni ahloq tuzatish ishlari uchun 3 kunga hisoblanib, uning ahloq tuzatish muddati ham o‘tab bo‘lingan deb hisoblandi va u sud zalidan ozod qilindi.Mirziyoyev hokimiyatining korrupsionerlarga ko’rsatadigan bunday marhamatlari negadir jurnalistlar va blogerlarga kelganda unutiladi.@BirlashganMuxolifat
    6,42017780411Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    20 Jan, 15:54

    BIRLASHGAN O‘ZBEK MUXOLIFATININGMUROJAATITurkiy davlatlar prezidentlari, parlamentlari, siyosiy partiyalari va muxolifat kuchlari e’tiborigaBiz, Birlashgan O‘zbek Muxolifati, bugungi murakkab va tez o‘zgarayotgan geosiyosiy sharoitda Turkiy davlatlar mintaqasida yashayotgan xalqlarning xavfsizligi, suvereniteti va tarixiy kelajagi yuzasidan chuqur mas’uliyat va tashvish bilan Sizlarga murojaat qilamiz.So‘nggi yillarda dunyoda kuchlar muvozanati keskin o‘zgarib bormoqda. Imperiyaviy tafakkurdan voz kechmagan ayrim markazlar mustaqil davlatlar suverenitetini ochiqchasiga shubha ostiga qo‘ymoqda. Markaziy Osiyo va kengroq ma’noda Turkiy makon bugun nafaqat iqtisodiy va siyosiy, balki mafkuraviy va axborot bosimi ostida qolmoqda.Bugun biz faxr bilan Turon deb ataydigan mintaqada yashayotgan xalqlar ertangi kun haqida xavotirda. Bu xavotir faqat tashqi tahdidlardan emas, balki
    5,52019212611Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    20 Jan, 11:57

    So’nggi voqealarga diqqat qilinsa, Mirziyoyevning “Korrupsiyaga qarshi favqulotda kurash” yili, jurnalistlarni qamashdan boshlanganini ko’rish mumkin.@BirlashganMuxolifat
    4,7101453641Open in Telegram
  • BIRLASHGAN O’ZBEK MUXOLIFATI

    18 Jan, 20:28

    @BirlashganMuxolifat
    7,530file1791111441Open in Telegram
  • Live stream finished (1 hour)

    18 Jan, 18:50

  • Live stream started

    18 Jan, 17:01