Latest posts

Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
22 Sept, 15:33
#bola_huquqlari #Qonun💬"Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga ko‘ra:✍️Bola belgilangan tartibda xususiy mulk huquqiga ega bo‘lishi mumkin.✍️Masalan:🎁hadya qilingan;🏠meros orqali qolgan;💰shaxsiy mehnati evaziga qonuniy ravishda orttirilgan;📦yoki boshqa qonuniy usulda olingan;❗️Bolaga tegishli bo‘lgan mol-mulk uning shaxsiy mulki hisoblanadi va qonunan himoya qilinadi.Telegram|Facebook|Instagram


Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
22 Sept, 09:51
✉️Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.T dan murojaat kelib tushdi.📝Murojaatda fuqaro Ko‘kdala tumanida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil oluvchi farzandi T.D. ga nisbatan uning o‘qituvchisi F.R. jismoniy jazo qo‘llaganligini bildirib, holat yuzasidan tegishli chora ko‘rilishini so‘ragan.🚨Mazkur ariza Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi mas'ullari tomonidan o‘rganilib, ta’limda nomaqbul tarbiya usullariga yo‘l qo‘ygan o‘qituvchiga nisbatan "Hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.✅Shuningdek, barcha maktab mas’ullari bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi,


Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
22 Sept, 08:41
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni




Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
21 Sept, 10:45
#bola_huquqlari #Qonun💬“BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING 16-MODDASIGA KO'RA:➡️Har bir bola o‘zining sog‘lig‘i, axloqiy va ma’naviy kamol topishiga zarar yetkazmaydigan axborotni olish huquqiga ega.➡️Har bir bola har qanday axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.❗️Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi hamda huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish va filmlarni namoyish etish taqiqlanadi.Telegram|Facebook|Instagram


Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
20 Sept, 08:06
forwarded from @shmirziyoyev
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
19 Sept, 13:35
📌Bolalar ombudsmani monitoringi natijasida voyaga yetmagan qiz o‘z oilasiga qaytarildi.🚨Xabar berganimizdek, Bolalar ombudsmani monitoring doirasida Samarqand viloyat IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida o‘rganish olib bordi. Jumladan, u yerda saqlanayotgan voyaga yetmagan qiz bilan individual tarzda suhbatlashish va unga oid hujjatlarni ko‘zdan kechirish natijasida bolaning markazda saqlanishi maqsadga muvofiq emasligini bildirib, qiz oilaviy muhitga qaytarilishi zarurligi yuzasidan ko‘rsatma berdi.✔️Xususan, Bolalar ombudsmanining Samarqand viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili va boshqa mas’ullar tomonidan bolaning oilasidagi xavf omillarini bartaraf etish va uni yaqinlariga qaytarish bo‘yicha olib borilgan choralar natijasida bugun,TelegramBolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
18 Sept, 18:45
📌Bolalar ombudsmani Samarqand viloyatida monitoring doirasidagi navbatdagi manzil — SOS O‘zbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand shahar filiali bo‘ldi.🖥Ma’lumot uchun: 2019-yildan buyon faoliyat yuritayotgan mazkur tashkilotning asosiy maqsadi — yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun oilaviy muhit yaratish, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy yetimlik xavfini kamaytirishga qaratilgan kompleks, izchil va uzluksiz xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat.🚨Ayni paytda tashkilotda 56 nafar bola tarbiyalanmoqda. Shu bilan birga, muassada nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan kichik hajmli uylar ham faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular tarkibida jami 44 nafar bola parvarishlanmoqda.




Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
18 Sept, 12:02
📌Bolalar ombudsmani Samarqand viloyatiga monitoring safari davomida navbatdagi manzil Samarqand shahar kichik hajmli ijtimoiy ko‘mak markazi (Krizis markazi) bo‘ldi.🖥Ma’lumot uchun: ushbu Markaz faoliyati joriy yilning may oyidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik xavf ostida bo‘lgan hamda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan qiz bolalar 6 oydan 1 yilga qadar o‘z oilasidan vaqtincha olinadi.✔️Bu vaqt oralig‘ida bolalar va ularning ota-onalari bilan psixologik terapiya olib boriladi hamda shu orqali ularning jamiyatga uyg‘un integratsiyalashuvi ta’minlanadi.🔍O‘rganishda markazda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, yashash, yotoq, dars jarayonlari, dam olish va to‘garaklar,




Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
18 Sept, 05:16
📌Bolalar ombudsmani monitoring safari doirasida Samarqand viloyat IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida o‘rganish olib bordi.❗️Jumladan, markazda voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, bolalarning dars jarayonlari, yotoq, sport va dam olish, sanitariya va ovqatlanish sharoitlari, psixolog hamda tibbiy xizmat bo‘limlari ishi darajasi o‘rganildi.✍️Monitoring davomida muassasada 1 nafar voyaga yetmagan qiz saqlanayotgan bo‘lib, Bolalar ombudsmani u bilan individual tarzda suhbatlashdi hamda bolaga oid hujjatlarni ko‘zdan kechirdi.✅Voyaga yetmagan qizning vaziyatini o‘rganish natijasida Bolalar ombudsmani qizni markazda saqlanishi maqsadga muvofiq emasligi va oilaviy muhitga qaytarilishi zarurligini bildirdi.




Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
17 Sept, 16:00
📌Samarqand shahrida "Demokratik taraqqiyotda fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi" mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.🗓Bugun, 17-sentyabr kuni o‘tkazilgan xalqaro forum Markaziy Osiyo davlatlarining fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ilmiy-tahliliy doiralar va xorijiy ekspertlarni jamlab, ochiq va konstruktiv muloqot maydoniga aylandi.❗️Forumda 150 dan ortiq xalqaro va xorijiy ekspertlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, davlat va jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish, davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilish jarayonlarida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama




Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
16 Sept, 17:11
forwarded from @ijtimoiyhimoya_agentligi
Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni Vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda2026-yil 15-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasidan voyaga yetmaganlarni Vatanga qaytarish bo‘yicha xizmat safarining uchinchi guruhi O‘zbekistonga yetib keldi.O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalari ko‘magida navbatdagi guruh tarkibida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 7 nafar voyaga yetmagan bola Vatanga qaytarildi. Ularning 3 nafari ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo muddatini o‘tayotgan onalari tomonidan O‘zbekiston vakillariga topshirilgan bolalardir.Voyaga yetmaganlarni Vatanga qaytarish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
16 Sept, 13:00
📌Bugun Bolalar ombudsmanining bola masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.🎤Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan fuqarolar murojaat qildilar:1️⃣Ota-onalar tomonidan jamoaviy tarzda murojaat qilinib, maktabgacha ta’lim muassasasida farzandlariga nisbatan muntazam ravishda jismoniy zo‘ravonlik sodir etilayotgani, shuningdek, bolalar xavfsizligiga masuliyatsiz bo‘lgan tarbiyachi-pedagoglarga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab qilingan murojaat;2️⃣Ajrimdan so‘ng 3 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan ona sud qarori asosida doimiy ro‘yhatda turuvchi manziliga kiritib qo‘yilganligi, ammo uy egasi tomonidan farzandlari va onaga nisbatan turli shaklda bosim o‘tkazilayotganligini bildirib, farzandlarining huquqlari buzilishiga



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
