Latest posts

Bookerberg
21 Sept, 13:50

Bookerberg
10 Sept, 11:58edited
'Free to Focus: A Total Productivity System to Achieve More by Doing Less', Michael Hyatt
Bookerberg
10 Sept, 11:54
forwarded from @bookerberg
Samaradorlik o'zi nima?Hozir o'qiyotgan kitobimda bitta qiziq fikrga duch keldim. Biz samaradorlik deganda nimani tushunishimiz haqda hech o'ylab ko'rganmisiz? Balki "mindset"ni biroz o'zgartirish kerakdir."Men rahbarlar va tadbirkorlar bilan ishlayotganimda bir narsani guvohi bo'lamanki, odatda ular samaradorlik deganda ishni tez bajarish va iloji boricha ko'proq hajmdagi ishlarni bajarishni nazarda tutishadi. Chunki bizda samaradorlik to'g'risidagi instinktiv tasavvur qo'l mehnati (manufaktura) davrida shakllangan va shundayligicha qolib ketgan. U paytlar insonlar doimiy takrorlanuvchi vazifalar bilan shug'ullanishgan va ishni tezlashtirish orqali samaradorlikka erishishgan. Ammo hozirda men qilayotgan ish mutlaqo bunday emas. Hozirgi davrda kasblarda va vazifalarda juda ko'p rang-barangliklarni kuzatishimiz mumkin. Ular ijodkorlik va yangilik talab qiladi".Biz samaradorlik
Bookerberg
9 Sept, 06:42
Kim-kim, Kafka buni yaxshi tushungan. Bilmagan narsasini gapirmagan))@Bookerberg


Bookerberg
2 Sept, 19:00
Shu kunlarda Ayn Rendning "Источник" (The Fountainhead) asarini o'qiyapman. Menga yoqyapti.Uzunroq qilib aytadigan bo'lsam, Ayn Rend asarlaridagi qahramonlar xarakteri va ularning fikrlash tarzi shunday qiziqki, yozuvchining qobiliyatiga qoyil qolmasdan iloj yo'q. "Atlant qaddini rostladi" (Atlas Shrugged) asaridayoq shuni his qilgandimki, Ayn Rend ishbilarmon qatlamni juda yaxshi bilgan, har sohada o'z ishining ustalari bilan yonma-yon yashagan, tanish bo'lgan deb o'ylayman. Masalan, "Источник"da u arxitektorlar haqida hikoya qilgan. Asardagi asosiy qahramonlar Piter Kiting va Govard Rork — ikkalasidan ham nimalarnidir o'rgansa bo'ladi. Ayniqsa, Rorkning o'z kasbini qanchalar sevishi, o'z ideallaridan voz kechmasdan, qashshoqlikda hayot kechirishga ham rozi bo'lgani, sizda qandaydir hurmat uyg'otadi.Asarni hali o'qib tugatganim yo'q. Lekin shu Rork oxirida nimagadir erishadimi yoki
Bookerberg
28 Aug, 10:14edited
Yangi Asr Avlodi nashriyoti "Odisseya"ni nashr qilyapti ekan.Kitob yaxshi sotilsa kerak. Avvalroq Nolanning ushbu asar ekranizatsiyasidan keyin butun dunyoda uning sotuvi keskin oshganligi haqida yozgan edim. Nihoyat "Odisseya" o'zbek tilida ham qayta nashr qilinmoqda.@Bookerberg
Bookerberg
28 Aug, 07:02
forwarded from @bookerberg
"Agar siz o'zingiz o'qigan har bir narsaga ishonaversangiz, o'qimaganingiz yaxshi".Yapon maqoliHar qachongidan ham dolzarbroq fikr ekan. Kitoblarni aslida fikrlash uchun o'qishimiz kerak, ulardagi barcha yozilganlarga ishonish uchun emas. Masalan, siz qaysidir yozuvchining 80% fikrlarini inkor qilishingiz, ammo o'zingiz uchun yangi ma'lumot olishingiz yoki shunchaki uning fikrlarini tahlil qilish orqali tiniqroq fikrlashni o'rganishingiz mumkin. Afsuski, ko'pchiligimiz kitoblarda yozilgan narsalarni haqiqat deb qabul qilamiz.@Bookerberg


Bookerberg
27 Aug, 11:07edited
🔰 Бўлажак таржимонлар, яқинроқ келинг. Сизларни «Таржима Маҳорат Мактаби»га таклиф этамиз! Жаҳон адабиёти дурдоналарини она тилимизга ўгиришни истайсизу, кўникмангиз етарли эмасми? Агар бирор хорижий тилни билсангиз ҳамда таржима санъатининг нозик сирлариниTelegramBookerberg🔰 Бўлажак таржимонлар, яқинроқ келинг. Сизларни «Таржима Маҳорат Мактаби»га таклиф этамиз! Жаҳон адабиёти дурдоналарини она тилимизга ўгиришни истайсизу, кўникмангиз етарли эмасми? Агар бирор хорижий тилни билсангиз ҳамда таржима санъатининг нозик сирларини…
Bookerberg
27 Aug, 10:54
Assalamu aleykum aka, uzr sal shaxsiylashyabman, bu savolinga rostini javob bersangiz hursand bolardim. Hozirgi paytda kitob tarjimonligi bilan qora qozonni qaynatsa boladimi, umuman yozuvchilik bilanchi?
Bookerberg
27 Aug, 10:45
1. Sizning yo‘lingizdan yurib, tarjimon, muharrir bo‘lmoqchi bo‘lganlarga nimalar qilishni yoki qilmaslikni aytgan bo‘lar edingiz?2. Aynan qaysi xatolar sizni bu nuqtaga olib keldi, deb o‘ylaysiz?
Bookerberg
27 Aug, 10:36
Tarjima sohasi va unga kirish, nimadan boshlash haqida ko'plab savollar yuborilgan ekan botga. Uzr, har biriga javob berib o'tirmadim, chunki bu bo'yicha bir-ikkita savollarga javoblarimni kanalda e'lon qildim va savollar mazmunan bir xil bo'lgani uchun shu postlarni javob sifatida qabul qilasizlar deb umid qilaman.@Bookerberg
Bookerberg
27 Aug, 10:12edited
Kanalizga yaqinda qoʻshildim, aynan qaysi kitoblarni tarjima qilgansiz, qiziqdim, oʻqib koʻrmoqchi edim, toʻgʻrirogʻi shu paytgacha kitob oʻqib tarjimoniga uncha qiziqib koʻrmagan ekanman, muhimi kitobdan nimadir oʻrganish edi maqsadim
Bookerberg
27 Aug, 08:02edited
Assalomu alaykum. Eshitishimcha kitoblarni original tilda o'qish tarjimasini o'qiganga qaraganda o'quvchiga ko'proa hissiyot berar ekan. Yana bir ma'lumotni eshitganman ya'ni biror kitob tarjima qilinganda kamida uning 10-15 % ma'nosi yo'qolar ekan. Siz tarjimon sifatida bu fikrlarga qanday izoh berasiz, bu fikrlar qanchalik o'rinli
Bookerberg
27 Aug, 06:23edited
Assalamu alaykum.Savolim biroz shaxsiy va kasbiy. Agar imkoni bo'lsa javob bersangiz hursand bo'lardim.Tarjimon bo'lmoqchiman.Eng asosiysi nimalar kerak? Va shu o'rinda universitetning o'rni haqida ham javob bersangiz hursand bo'lardim.Oldindan rahmat.
Bookerberg
26 Aug, 19:22edited
Eng birinchi bookblogerimsiz. Hammasi sizdan boshlangan desam boʻladi. Sizdan avval menda hech narsa yoʻq edi. Maqsadlarim koinotga sochib yuborilgan tumanlik kabi edi. ʼʼTuxumʼʼ hikoyasi, ayniqsa, oʻtmishimda chuqur iz qoldirgan. Baʼzan kanaldan chiqdim, qaytdim, yillar oʻtdi, biroq ilkim boʻlib qolmoqda. Qadrli kanalim, oʻtmishimning parchasi. Kitoblarsiz hayotimni tasavvur qilolmayman. Turmushga chiqdim, toʻrt oylik farzandim bor, oʻn oydan beri kitob dokonga yaqinlashmayman, oilamizda menga mablagʻ ajiratishmaydi, kitoblarga desam, aytmasa ham boʻlaveradi. Xullasi kalom, dispersiyadaman. Ishlashga imkonim yoʻq, bolamga qarashishmaydi. Onlayn ishlar qidiryapman, lekin kundan kun umidim puchga chiqmoqda. Ish menga kitob sotib olishim uchun kerak. Savolim shundan iborat: qanday qilib hozirgi holatimda kitob sotib olsam boʻladi?Kitob nashriyotlaridan menga hayriya qilib kitob
Bookerberg
26 Aug, 19:08edited
Birinchi o'qigan kitobizni eslolasmi?
Bookerberg
26 Aug, 19:03
Assalomu alaykum Nihoyat sizni topdima Ancha oldin tanirdim, keyin izlab topolmadim. Man chet elga ketdim oilam bilan, qandaydir kanalda help orqali kanalizga kirib qolibman. Qarasam oilalisiz, farzandlisizTabriklayman Baxtli bo'ling Siz man tanigan eng samimiy, eng jentelmen va tarbiyali yigitsizVa eng zo'r yozasiz ham Rahmat kattakon
Bookerberg
26 Aug, 18:54
Tahminan nechta kitobinggiz bor va nechtasini o‘qigansz🫣🫣
Bookerberg
26 Aug, 18:21edited
Taleb asarlaridan qaysi biri koproq yoqadi va nega?
Bookerberg
26 Aug, 18:07edited
Assalomu alaykumNashriyotlarga muharrir yoki tarjimon sifatida ishlashni maslahat berasizmi?
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
