gram news
Matbuot kotibi | Furqat Po'latov channel avatar

Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

@boyovut_matbuot

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari, hokimning Axborot siyosati bo'yicha maslahatchisi; "Nurli Istiqbol" gazetasi bosh muharriri; @Championatasia sayti muhbiri. Murojaat uchun: @Furqat_Polatov

ProjectsUZBlogs

5,400subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    22 Sept, 07:00edited

    Muqimiy mahallasiga hokim yordamchisi tayinlandiMamirov Dostonbek Rustam o‘g‘li — Boyovut tumani “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘alikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi etib tayinlandi.D.Mamirov ushbu tayinlovga qadar Boyovut tumanidagi “Shirin” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat olib borgan.Kanalga ulanish: @Boyovut_matbuot
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    22 Sept, 06:54

    1-sonli sport maktabiga direktor tayinlandiQosimov Mirjalol Suyunqul o‘g‘li — Boyovut tumanidagi 1-sonli sport maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.M.Qosimov ushbu tayinlovga qadar Boyovut tumani 2-sonli sport maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.Kanalga ulanish: @Boyovut_matbuot
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    21 Sept, 07:27

    Boyovutlik pedagog -“Yil oʻqituvchisi-2026” tanlovi gʻolibi sifatida 50 ming AQSH dollari mablag'ga ega bo'ldi 👏🏻🎉Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining g‘oliblari aniqlandi. Mazkur tanlovda respublika bo‘yicha 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. Kasbiy bilim va mahoratini namoyon etgan ishtirokchilar orasidan 208 nafar pedagog o‘z hududida birinchi o‘rinni egallab, tanlov g‘olibiga aylandi.Boyovut tumanidagi 54-umumta’lim maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Xolbutayeva Barno Abdurasulovna ham ana shu e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ilg‘or pedagog yetti yildan buyon shu maktabda o‘quvchi-yoshlarga ona tili va adabiyoti fanidan saboq berib keladi.Ma'lumot uchun, tanlovda 208 ta tuman va shahar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning har biri 616 mln so‘m (50 ming AQSH dollari) miqdorida pul mukofoti bilan
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    18 Sept, 15:29

    forwarded from @minbarortida

    📍Qoraqalpog’istonKech tushganiga qaramasdan davlatimiz rahbarining ushbu hududga tashrifi qizg’in davom etmoqda.Nukusga yetib kelgan viloyat hokimlari har bir obyektning o’zidayoq prezidentimizdan zaruriy ko’rsatmalar olishmoqda.
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    16 Sept, 13:58

    forwarded from @sirdaryossb

    #jarayondaKUZ-QISH MAVSUMIDA MAVSUMIY KASALLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDISirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Vohidjon Xudoyqulov hamda Xitoy tibbiy xayriya delegatsiyasi tarkibidagi shifokorlar hamkorligida mavsumiy kasalliklarning oldini olish mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.Unda hududiy telekanal ijodiy guruhi, ijtimoiy tarmoq faollari va fuqarolar ishtirok etdi.Anjumanda gripp va o‘tkir respirator kasalliklar profilaktikasi, tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.Fuqarolar savollariga mutaxassislar tomonidan javob va tegishli tavsiyalar berildi.Shuningdek, jamoatchilik bilan ochiq muloqot va OAV bilan hamkorlikni tizimli davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.👩🏻‍💻Sog'liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati🚑Tibbiyot haqida
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    16 Sept, 02:48edited

    Xurshid Qarshiyev yangi lavozimga tayinlandiBugunga qadar Boyovut tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Qarshiyev Xurshid Uzakbayevich Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Urgut tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.Boyovut tumani hokimligida Xurshid Qarshiyevni kuzatish marosimi tashkil etilib, unga to‘n kiydirildi va yangi mas’uliyatli faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilandi.✅Kanalga ulanish: @Boyovut_matbuot
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    15 Sept, 02:01

    “Guliston” jamoasi “Bunyodkor-2” darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi 🤩Kanalga ulanish: @Boyovut_matbuot
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    13 Sept, 08:23

    “Endi odamlarimiz yanada yuqori talablarni qo‘ymoqda — madaniyat saroylari, ommaviy tadbirlarni so‘ramoqda. Bu, albatta, bizni xursand qiladi”, - Erkinjon Turdimov.Kanalga ulanish: @Boyovut_matbuot
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    13 Sept, 08:23

    Odamlarni tinglashdan boshlanadigan o‘zgarishlarBa’zan bir insonning muammosi qog‘ozdagi oddiy bir murojaatdek ko‘rinishi mumkin. Ammo uning ortida bir oilaning tashvishi, yillar davomida kutilgan imkoniyat yoki kundalik hayotini qiyinlashtirib kelayotgan muammo turadi. Shu bois odamlarni tinglash, ularning dardini eshitish va imkon qadar joyida yechim topishga harakat qilish eng kerakli ishlardan biri.Boyovut tumanida Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning ommaviy sayyor qabuli ham ana shunday maqsadga xizmat qildi. Viloyatimizning turli hududlaridan kelgan 301 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ular turli sohalarga oid masalalarni ko‘tardilar, o‘zlarini qiynayotgan muammolarini ochiq aytdilar.Eng muhimi, bu murojaatlar shunchaki eshitilibgina qolmadi. Har bir masala bo‘yicha imkoniyat va vakolat doirasida yechim izlandi, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.M
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    12 Sept, 04:11

    forwarded from @sirdaryouz

    Boyovut tumanida sayyor qabul boshlandiAyni paytda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Boyovut tumanida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilmoqda.Sayyor qabulda fuqarolarning muammo va takliflari bevosita tinglanib, har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar bilan birgalikda yechim izlanmoqda.Qabul davom etmoqda.
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    10 Sept, 11:12

    Qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlarning sifati va nazorati yuzasidan press-tur tashkil etildiBoyovut tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun qurilish obyektlariga press-tur uyushtirildi. Unda jurnalistlar tumanda ayni vaqtda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, obyektlarda sifat nazoratini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishtirildi.Press-tur davomida, xususan, ko‘p qavatli uylarning tashqi qismiga bazalt qoplamasi o‘rnatish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar tomonidan mazkur qoplamaning afzalliklari, binolarning issiqlik samaradorligini oshirish, tashqi ta’sirlardan himoyalash hamda obyektlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilashdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi.Shuningdek, qurilish jarayonlarida belgilangan me’yor va talablarning bajarilishi,
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    10 Sept, 11:06edited

    Maktab psixologi lavozimiga ishga taklif qilamiz!Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi maktab psixologi shtatlari uchun bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinadi.Nomzodga qo‘yiladigan asosiy malaka talablari:🔹 oliy ma’lumotli bo‘lishi, asosan “Psixologiya” yo‘nalishini tamomlagan bo‘lishi; 🔹 bolalar va o‘smirlarning yosh va individual psixologik xususiyatlarini bilishi; 🔹 psixologik diagnostika, maslahat, profilaktika hamda korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; 🔹 o‘quvchi, ota-ona va pedagoglar bilan samarali muloqot qila olishi; 🔹 psixologik xizmatga oid hujjatlarni yuritish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlashni bilishi;Maktab psixologining asosiy vazifasi — o‘quvchilarning psixologik holatini o‘rganish, muammolarini aniqlash, ularga psixologik yordam ko‘rsatish hamda
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    10 Sept, 05:52

    💼 Boyovut tumanidagi bo'sh ish o'rinlariga marhamat!1 — Boyovut tumani hokimligiLavozim: Muqimiy mahallasi hokim yordamchisi👉 Batafsil (ariza yuborish)2 — Boyovut tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limiLavozim: Tashkiliy-nazorat bo‘yicha bosh mutaxassis👉 Batafsil (ariza yuborish)Kanalga ulanish: @Boyovut_matbuot
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    10 Sept, 05:52

    🎓 XORIJDA TA’LIM OLISHNI ISTAYSIZMI?🌍 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti 3+1 qo‘shma ta’lim dasturi orqali talabalarga xalqaro ta’lim muhitida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.📚 Dastur doirasida: 🇺🇿 3 yil — O‘zbekistonda🌍 1 yil — xorijda tahsil olish imkoniyati mavjud.✨ Xalqaro ta’lim muhitida tajriba orttiring, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallang!🚀 Sizdan — intilish va qat’iyat, imkoniyat esa bizdan!🎓 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti — xalqaro ta’lim sari ishonchli qadam!Murojaat uchun: 55 902 22 02 55 902 02 22@TIPU_Bekobod_yoshlari
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    9 Sept, 12:58

    Murojaatlar ortida inson taqdiriBa’zan bir murojaat ortida uzoq kutilgan yechim, bir oilaning tashvishi yoki insonning ertangi kunga bo‘lgan umidi yashirinadi. Shu bois xalq bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va muammolariga yechim izlash davlat idoralari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Boyovut tumanida ana shunday ochiq va samimiy muloqotga boy navbatdagi qabul o‘tkazildi.Boyovut tumani Xalq qabulxonasi tomonidan tashkil etilgan qabulda tuman hokimi Niyoz Xazratkulov ham ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Qabul davomida 40 nafardan ortiq fuqaro o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildi. Ularning ayrimlari ijtimoiy masalalar, ayrimlari bandlik, uy-joy, infratuzilma, tadbirkorlik va boshqa yo‘nalishlarga oid bo‘ldi.Har bir murojaat ortida turgan insonning fikri, talabi va muammosi diqqat
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    8 Sept, 14:19

    📢 DIQQAT, E’LON!Hurmatli fuqarolar, Boyovut tumani hokimi Niyoz Xazratkulovning navbatdagi shaxsiy qabuli ertaga, 9-sentabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi binosida o‘tkaziladi.Sana: 9-sentabr Vaqt: 10:00 Manzil: Madaniyat mahallasida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi binosiBarcha fuqarolarni o‘z murojaatlari bilan shaxsiy qabulda ishtirok etishga taklif etamiz.Kanalga ulanish: @Boyovut_matbuot
  • Matbuot kotibi | Furqat Po'latov

    8 Sept, 11:14

    O‘qituvchilarga 1-oktabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot berilishi mumkinPedagog va rahbar xodimlarga 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan beriladigan mukofot miqdori oshirildi. Prezidentning PF-51-son farmoniga ko‘ra, mukofot miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi.Hozir mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 360 ming so‘m. Shunga ko‘ra, o‘qituvchilarga 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin.Kanalga ulanish: @Boyovut_matbuot