Latest posts

BUYUK TURKIYLAR TARIXI
22 Sept, 06:55
Hozircha, AQL va KUCH zarur boʻladigan 2 ta sport turidan dunyoda yetakchimiz!Ha, 200 dan ortiq davlatdan, 8 mlrd. odamlari bor millatlardan oldindamiz!Xudda asrlar davomida boʻlgani kabi, ajdodlarimiz AQL va KUCHda tengsiz boʻlganliklari kabi hozir ham barchani ortda qoldirdik!Demak, Oʻzbek shaxmatchilari haqiqatdan ham kuchli, Bokschilari aqllidirlar!BOKS boʻyicha: World Boxing versiyasi boʻyicha yetakchilar (2026-yil) Oʻzbekiston va Qozogʻiston: birinchi oʻrinni boʻlishib turibdi. Har ikki mamlakatdan turli vazn toifalarida jahon reytingida birinchi oʻrinni egallab turgan 6 nafardan bokschi bor.Oʻzbekiston: erkaklar vazn toifalarida ustunlik qilmoqda. Oʻzbekistonlik bokschilar 6 ta, yaʼni, 60 kg, 65 kg, 75 kg, 80 kg, 85 kg va 90 kg vazn toifalarida reyting yetakchilari hisoblanadi.Qozogʻiston: erkaklar oʻrtasida 4 ta vazn toifasida — 50 kg, 55 kg, 70 kg va 90 kgdan yuqori
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
22 Sept, 05:28
MEN KIM — SOHIBQIRON 1-QISMXIV asr. Movarounnahr.Yosh Temurning tarix sahnasiga chiqishi va uning buyuk Sohibqiron sari boshlagan yo‘li.🎬 Jonlangan Tarix Ushbu serial tarixiy manbalar asosida yaratilgan badiiy-tarixiy asardir.Serial to‘liq sun’iy intellekt vositalari yordamida yaratilgan. Undagi ayrim tasvirlar, personajlar, ovozlar, dialoglar, voqealar ketma-ketligi va tarixiy tafsilotlarda texnik yoki badiiy xatoliklar bo‘lishi mumkin.Mazkur serial ilmiy-tarixiy hujjatli film emas, balki tarixiy manbalar asosida yaratilgan badiiy talqindir.
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
22 Sept, 04:51
“Maʼrifat aks-sadosi” filmi Ispaniyadagi Terres Travel Festival 2026da oltin mukofotni qoʻlga kiritdi.Filmda “Oskar” sovrindori Ben Kingsli ishtirok etgani esa loyihaning xalqaro auditoriyadagi taʼsirini yanada kuchaytirgan.Bir paytlar Movarounnahr zaminidan dunyo ilm-faniga ulkan hissa qoʻshgan allomalar yetishib chiqqan. Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ulugʻbek va yana koʻplab mutafakkirlar...Ularning ilmiy merosi bugun ham insoniyat tafakkurining ajralmas qismi. Film ana shu buyuk merosni zamonaviy kino tili orqali dunyoga yetkazadi.Shuning uchun Ispaniyadagi oltin mukofotni faqat bir filmning muvaffaqiyati deb emas, Oʻzbekistonning ilmiy va madaniy merosiga boʻlgan xalqaro eʼtiborning yana bir koʻrinishi sifatida qabul qilish mumkin.
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
22 Sept, 04:50
Şaxmat olimpiadasidagi keçagi ğalabadan keyingi vaziyat.Yigitlarimiz peşqadam. Qizlarimiz pastroqda.Bugun dam oliş kuni. Ertaga yigitlarimizning asosiy jamoasi Xitoyga qarşi, qizlarimiz Sloveniyaga qarşi dona surişadi.
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
22 Sept, 04:33
SHAXMAT: OʻZBEKISTON HINDISTONNI MAGʻLUB ETDISamarqandda oʻtayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi amaldagi chempion — Hindistonni 2,5:1,5 hisobida magʻlub etdi.Uchrashuvda Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Shamsiddin Vohidov oʻz partiyalarini durang bilan yakunladi.Gʻalabani esa Nodirbek Yoqubboyev taʼminladi. U Nihal Saringa qarshi kechgan partiyada, murakkab vaziyatda raqibiga tuzoq qoʻyib, imkoniyatdan unumli foydalandi va Oʻzbekistonga hal qiluvchi ochkoni olib keldi.Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi amaldagi Olimpiada chempioni ustidan 2,5:1,5 hisobida gʻalaba qozondi.
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
21 Sept, 07:38
Temur Boyaziddan Temurga qarshi boʻlgan Qora Yusuf va Jaloyiriylar hukmdori Ahmadni himoya qilmaslik, ularni topshirish yoki hududidan chiqarib yuborish, Anadoludagi ayrim hududlar va amirliklar masalasida uning manfaatlarini hisobga olishni talab qilgan.Shuningdek, Temur oʻzini Sharqdagi katta siyosiy kuch va katta yoshli hukmdor sifatida koʻrsatib, Boyaziddan unga hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilgan.Boyazid esa Temurning bunday talablarini qabul qilmadi, oʻzini islom dunyosining mustaqil hukmdori sifatida koʻrsatib, Temurning Anadolu ishlariga aralashuvini rad etgan.Boyazidning javoblarida keskin, haqoratomuz iboralar ham uchraydi. Shu sababli uning maktublari diplomatik nuqtayi nazardan vaziyatni yumshatishga emas, balki ziddiyatni kuchaytirishga xizmat qilgan.Albatta, davlat mustaqilligi nuqtayi nazaridan Boyazidning eʼtirozlari asosli edi. Biroq u Temurga
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
21 Sept, 07:29
TURKIYLAR BIRLASHMOQDATurkiya soʻnggi oʻn yilliklarda harbiy sanoatni rivojlantirish, mahalliy mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarish, harbiy taʼlimni yangilash, raqamli boshqaruvni joriy etish, harbiy kadrlar tayyorlash, xususiy sektorni mudofaa sanoatiga jalb qilish yoʻnalishlarida katta tajriba toʻpladi.Shuning uchun Oʻzbekistonda 2026-yil uchun Oʻzbekiston–Turkiya harbiy hamkorlik rejasi doirasida qoʻshma mashgʻulotlar, kadrlar malakasini oshirish, tajriba almashish va mudofaa sanoati boʻyicha hamkorlik belgilangan.
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
21 Sept, 07:23
BOSNIYA JAVOBGARLIGI: ALIYA IZZATBEKOVICHNING TURK XALQIGA MAKTUBIAssalomu alaykum, muhtaram doʻstim! Men Aliyaman. Aliya Izzatbekovich. Bosniya va Gersegovina Prezidentiman. Sizlarni Davlati Oliyning [1] eng goʻzal shaharlaridan biri boʻlmish, siz koʻproq Sarayevo deb ataydigan Bosnasaraydan salomlayman. Balki bilarsiz, mening bobom Davlati Oliy qoʻshinida, Uskudorda harbiy xizmatni oʻtagan. Oʻsha yerda tanishgan turk qizi — buvim Siddiqa bilan turmush qurgan. Otam Mustafobek ana shu oilada dunyoga kelgan. Bosniyada uch xalq yashar edi: musulmonlar, serblar va xorvatlar. Aslida ular bizni shunchaki musulmon deb ajratmas, "turklar" deb atardi. Serblarning nazarida biz 1389-yildagi Kosovo jangida bu tuproqlarni fath etgan oʻsha turklar edik. Xoʻsh, aslida boshnak deb kimga aytiladi? Serblar va ularni oʻz himoyasiga olgan Yevropadan soʻrasangiz, bu nom Yevropaga Islom dinini yoyishga
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
21 Sept, 06:57
Qoraxoniylar qanday xalqlardan tashkil topgan?Qoraxoniylar davlati X asr oʻrtalaridan XIII asr boshlarigacha Markaziy Osiyoning katta qismida, Yettisuv, Qoshgʻar, Sharqiy Turkiston va Movarounnahrda hukmronlik qilgan.Ularning etnik asosini Qarluqlar? Chigillar, Yagʻmolar, tuxsiylar tashkil etgan.Oʻzbek xalqining etnik va madaniy shakllanishida Qoraxoniylar davrining ahamiyati katta. Faqat ularning qarluqlarga tegishli qismiga. Qipchoq oʻzbeklari esa Qoraxoniylar bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqador emas.Uygʻurlar tarixida ham Qoraxoniylar davri juda muhim oʻrin tutadi.Qoraxoniylar davrida “xoqoniy turkiy tili” deb ataladigan adabiy til qoʻllanilgan.Bu til Qarluq-chigil til muhiti bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan;Mahmud Qoshgʻariy asarlarida keng tasvirlangan;Keyinchalik chigʻatoy tili va boshqa Markaziy Osiyo turkiy adabiy tillari rivojiga taʼsir koʻrsatgan.Shu sababli
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
21 Sept, 06:10
Xiva xonligi haqida maʼlumotlarUshbu suratdagi Xiva xonlarining tashqi koʻrinishi AI hosilasi va orqa fon sifatida ishlatilgan.Shu sabab suratlarni asl koʻrinish sifatida qabul qilmaslikni soʻragan boʻlar edik.
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
21 Sept, 04:46
O‘zbekiston “kamikadze” dron ishlab chiqdi.U 1500 km gacha ucha oladi.O‘zbekiston Janubiy Afrikada xalqaro mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida yangi zarbdor uchuvchisiz uchish apparatini namoyish etdi.Dron 1500 kilometrgacha masofaga parvoz qila olishi aytilmoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi dron 30 kilogrammgacha bo‘lgan jangovar kallak bilan jihozlanishi, maksimal tezligi 200 km/soatga yetishi va 3 kilometrgacha balandlikda harakatlanishi mumkin.Uchuvchisiz apparatning taqdimoti Janubiy Afrikadagi Africa Aerospace and Defence xalqaro ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan. Ayrim manbalarda u funksional jihatdan “Shahed” turidagi zarbdor dronlarga muqobil sifatida tilga olinmoqda.Asosiy ko‘rsatkichlari: 🔹 Parvoz masofasi — 1500 km gacha 🔹 Maksimal tezligi — 200 km/soat 🔹 Jangovar kallak — 30 kg 🔹 Parvoz balandligi — 3 km gachaMazkur ishlanmaning namoyish etilishi O‘zbekistonning
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
21 Sept, 04:33
Google Mapsdan ming yil avval dunyoni xaritaga tushirishga uringan allomalar boʻlganini tasavvur qila olasizmi?IX asrda xalifa Maʼmun tashabbusi bilan Bagʻdoddagi Baytul Hikmada Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy va uning safdoshlari dunyoning eng aniq xaritalaridan birini yaratdilar. Unda Hind daryosi, Nil, Kaspiy dengizi va Xitoy hududi aks etgan, hatto qadimgi xaritalardagi ayrim xatolar ham tuzatilgan edi. Asrlar oʻtib, Maʼmun xaritasi qayta tiklandi. Ammo u qanday yaratilgan edi?
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
21 Sept, 04:31
Buxorodan yetishib chiqqan va nomi asrlar davomida tibbiyot ilmi bilan birga tilga olingan buyuk alloma — Abu Ali ibn Sino. U kasallik va inson tabiatini kuzatish bilan cheklanmay, inson aqli, jismi va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlikni ilmiy asosda tushuntirishga intildi.Uning “Tib qonunlari” asari asrlar davomida Sharq va Gʻarb tibbiyotining muhim manbalaridan biri boʻlib xizmat qildi. “Oskar” mukofoti sohibi, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsli ishtirokidagi “Maʼrifat aks-sadosi” hujjatli filmlar turkumining Ibn Sinoga bagʻishlangan qismida buyuk allomaning tibbiyot va falsafadagi ilmiy merosi, uning inson salomatligi va tafakkuri haqidagi qarashlari haqida hikoya qilinadi.
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
19 Sept, 11:33
"KATTA OʻYIN"Piter Hopkirkning "Katta oʻyin" kitobida bu voqelar juda batafsil bayon qilingan.Oʻshanda Turkiston xonlari (Qoʻqon, Xiva va Buxoro amiri) jiddiy diplomatik va harbiy xatolarga yoʻl qoʻygan. Hatto afgʻonlar bu masalada aql bilan ish tutib, sezilarli muvaffaqiyat qozongan edi.Oʻshanda (1820-yillar) ruslar bilan Oʻrta Osiyo uchun kurashga kirgan inglizlar oʻta mohirona diplomatiyasi bilan Rus podshosining Xivada qullikda saqlanayogan rus fuqaroligini ozod qilish haqidagi talabini (Xiva xonligiga shu bahona bilan bostirib kirkmoqchi edi) bajarishga Xiva xonini koʻndirishadi va oʻsha ingliz zobiti rus fuqarolarini oʻzi shaxsan eson-omon ruslarga olib borib berdi.Bostirib kirishga bahonasi qolmagan va Qrimda inglizlar va Usmonlilardan qaqshatqich kaltak yegan ruslar (1853-56 yillar Qrim urushi) xonliklarga bostirib kirishga jazm qila olmaydi.Buxoro xoniga ham xuddi
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
19 Sept, 09:02
DOKTRINAL BURILISH - MUDOFAA CHIZIGʻI EMAS, MUDOFAA MAYDONI22 kun 22 tun davom etgan jang (1921-yil 23-avgust - 13-sentabr) harbiy doktrina jihatidan tengsiz bir mantiqqa tayanardi.Taxminan 100 kilometrlik keng jabhaga yoyilgan toʻqnashuvlarda Yunon armiyasi klassik yorib oʻtish harakatlari bilan Turk mudofaasini agʻdarishni maqsad qildi. Mangaldagʻ va Chaldagʻ kabi kritik balandliklarning qoʻldan ketishi bilan jabha chiziqlari koʻp marotaba yorildi.Anʼanaviy harbiy doktrinalar jabha chiziqlarining yorilishi yuz berganda chekinish yoki taslim boʻlishni nazarda tutgan bir paytda Mustafo Kamol Posho ushbu tarixiy buyruqni berdi: — Mudofaa chizigʻi yoʻqdir. Mudofaa maydoni bordir. U maydon bugun vatandir.Vatan har qarich tuprogʻi fuqaroning qoni bilan sulanmagunicha tark etilolmas.Bu taʼlimot mudofaa chuqurligini jismoniy chiziqqa bogʻlashdan chiqarib, maydonning tamamiga yoydi. B
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
19 Sept, 09:01
𝗦𝗔𝗞𝗔𝗥𝗬𝗔 𝗠𝗔𝗬𝗗𝗢𝗡 𝗝𝗔𝗡𝗚𝗜 𝗚ʻ𝗔𝗟𝗔𝗕𝗔𝗦𝗜Sakarya maydon jangi shunchaki ikki armiyaning jabhada toʻqnashuvidan iborat harbiy nizo emas.Turk millatining gʻarbiy jabhada mavjud boʻlish-yoʻq boʻlish strategiyasi chizigʻini belgilab bergan operativ va strategik burilish nuqtasidir.Kutahya-Eskishahar janglarida olingan magʻlubiyat va Turk armiyasining Sakarya daryosining sharqiga chekinish qarori, harbiy zarurat qadar strategik tavakkalchilik edi.Yunon Bosh qoʻmondonligi Turk armiyasini uzil-kesil yoʻq qilish jangi bilan yoʻq qilib, Anqarani ishgʻol etib, Sevrni majburlab qabul qildirishni maqsad qilgandi.Turk tomonida esa armiyaning odam va ashyoviy manbalari tugash nuqtasiga kelgandi.Mustafo Kamol Posho 1921-yil 5-avgustda Turkiya Buyuk Millat Majlisidan keng kutilmalar bilan bosh qoʻmondonlik vazifasini qabul qilib olishi jarayonning burilish nuqtasi boʻldi.Ort
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
19 Sept, 08:35
TURKONA LIBOSLAR
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
19 Sept, 07:32
Fargʻona zaminidan chiqqan bir allomaning ilmiy merosi asrlar oʻtib, Sharqdan Gʻarbgacha boʻlgan ilm-fan taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi.Gʻarbda Alfraganus nomi bilan tanilgan Ahmad al-Fargʻoniy astronomiya, geografiya va muhandislik sohalaridagi kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani tarixida muhim iz qoldirdi.“Oskar” mukofoti sohibi, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsli ishtirokidagi “Maʼrifat aks-sadosi” hujjatli filmlar turkumining Fargʻoniyga bagʻishlangan qismida buyuk olimning Fargʻonadan Bagʻdodgacha, undan esa Yevropa ilm-fanigacha yetib borgan ilmiy merosi haqida hikoya qilinadi.
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
18 Sept, 12:00
Mustaqillik va erkinlik, hurlik va ozodlikka intilgan millat hech qachon tiz choʻkmaydi.Bugun yoshlarimiz ham oʻzligini anglashi, bu kunlarga qanday yetib kelgani, ota-bobobalrini kimlar xoʻrlaganini, kim doʻstu kim dushman ekanini anglab voyaga yetmogʻi shart!Ana shundagina hurlik, mustaqillik abadiy boʻladi!
BUYUK TURKIYLAR TARIXI
18 Sept, 11:53
Har joyning oʻz toshu tarozisi bor, Oʻgʻriyu toʻgʻrisi, oʻz qozisi bor. Har yurtning ahmogʻi boʻladi, ammo Ahmoqlar yurtidan asrasin Xudo!Vohid LuqmonHa, axmoqlar yurti shuning uchun ham xavfli: Bunda butun boshli davlat, millat dunyoga yovuzlik, urush va buzgʻunchilik urugʻini sochaveradi...\
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
