Latest posts

Buxoro IIB | Rasmiy kanal
23 Sept, 17:05
Buxoroda jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish borasida profilaktik tadbirlar kuchaytirilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i polkovnik Diyorbek Sattarov boshchiligidagi ishchi guruhning Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davomida ilgari surilgan takliflar qo‘llab-quvvatlanib, hududda “Buxoro tajribasi”ni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar boshlab yuborildi.Mazkur tashabbus doirasida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati jamoat xavfsizligi xizmati avtomashinalarini favqulodda vaziyatlarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, jabrlanganlarga sifatli birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur vositalar bilan jihozlash va shay holatga keltirish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Xizmat avtomashinalarini maxsus vositalar va tibbiy jihozlar bilan ta’minlashning ahamiyati, ulardan samarali va to‘g‘ri foydalanish tartibi bo‘yicha mas’ul xodimlarga amaliy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi. Kelgusida mazkur chora-tadbirlarning izchil davom ettirilishi va Buxoro tajribasining ommalashtirilishi orqali fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda ularga tezkor va sifatli yordam ko‘rsatish samaradorligi yanada oshiriladi.Shu bilan bir qatorda, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni jadallashtirish hamda jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida "S. Ayniy" mahalla fuqarolar yig‘inida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar ishtirokida xizmatoldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhi ishtirok etib, shaxsiy tarkibga tegishli ko‘rsatmalar berdilar.Tungi xizmat yo‘riqnomasiga shahar ichki ishlar bo‘limi, qo‘riqlash va patrul-post xizmatlari, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari hamda Milliy gvardiyaning bir guruh xodimlari xizmat avtomashinalarida saf tortgan holda jalb etildi. Shuningdek, jarayonda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ham bevosita ishtirok etib, hudud osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube




Buxoro IIB | Rasmiy kanal
23 Sept, 16:41
Jondor tumanida jinoyatchilikni jilovlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlar tanqidiy o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatining Jondor tumanida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.Xususan, 2026-yil davomida jinoyatchilik ko‘rsatkichlari oshib, "qizil" toifaga tushib qolgan tumanidagi "Obod" hamda "Qorovul" mahallalaridagi vaziyatga alohida e'tibor qaratildi. Ishchi guruh tomonidan ushbu hududlarda sodir etilgan har bir jinoyatning kelib chiqish sabablari, ularga imkon bergan shart-sharoitlar hamda ijtimoiy muammolar hudud faollari va mahalla yettiligi ishtirokida chuqur tahlil qilindi. O‘rganishlar natijasida profilaktika inspektorlarining aholi bilan ishlashdagi kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilib, kelgusida jinoyatchilikni jilovlash va hududlarni "yashil" toifaga o‘tkazish bo‘yicha manzilli hamda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.Shuningdek, o‘rganishlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4-sentabrdagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-314-son qarori ijrosi ham qat'iy nazoratdan o‘tkazildi. Mazkur qaror talablari asosida tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan jamoat xavfsizligini ta'minlashda joriy etilayotgan yangicha ishlash tizimi, xodimlarning kundalik xizmat faoliyati hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi ko‘zdan kechirildi.Tadbirlar yakunida mas'ul rahbarlar va shaxsiy tarkibga yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat intizomi va qonunchilikka qat'iy amal qilish, shuningdek, fuqarolar osoyishtaligini ta'minlashda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube


2,380Open in Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
23 Sept, 14:01
Buxoro viloyati IIB Patrul-post xizmati xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
23 Sept, 13:03
©️Istiqlol TV "Xabarlar" informatsion dasturiJinoyatchilikning oldini olish.🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
23 Sept, 12:03
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Mashhurlar niqobi ostidagi firibgarlik: Peshkuda 73 yoshli otaxon "Yulduz Usmonova"ning tuzog‘iga tushdi🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
23 Sept, 11:35
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Qorako‘l tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda aholi murojaatlari manzilli o‘rganildi ▶️Batafsil — — — — Қоракўл туманида ўтказилган сайёр қабулда аҳоли мурожаатлари манзилли ўрганилди ▶️Батафсил 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
23 Sept, 11:03
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Qorako‘l tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda aholi murojaatlari manzilli o‘rganildi▶️Batafsil — — — — Қоракўл туманида ўтказилган сайёр қабулда аҳоли мурожаатлари манзилли ўрганилди▶️Батафсил🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube


3,520Open in Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
23 Sept, 10:03
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoro davlat tibbiyot instituti talabari uchun "Buxoro smart qalqon" mobil ilovasini o'rnatish va kiberxavfsizlik bo'yicha tushuntirish hamda targ'ibot tadbirlari tashkil etildi🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube


2,660Open in Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 Sept, 17:00
Buxoro viloyati IIB jamoasi "Zakovat" intellektual o‘yinida mutlaq g‘olib bo‘ldi Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o‘rtasida ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati kengashi hamkorligida tashkil etilgan qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan ushbu bilimlar bellashuvida boshqarmaning sohaviy xizmatlari hamda shahar va tuman hududiy bo‘limlari xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. O‘yin davomida ishtirokchilar qiziqarli va mantiqiy savollarga tezkorlik bilan javob qaytarib, o‘zlarining yuqori bilim darajasi va kuchli jamoaviy birdamligini namoyish etishdi.Murosasiz kechgan intellektual bahslar yakuniga ko‘ra, eng yuqori natija va bilim qayd etgan jamoalar


1,750Open in Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 Sept, 14:33
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoroda "qizil" toifadagi mahallada xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha profilaktik tadbirlar o'tkazildi Buxoro shahar IIO FMB 2-sonli IIB hududiga qarashli, kriminogen vaziyati nisbatan murakkab bo‘lgan “qizil” toifadagi “Nizomiy Ganjaviy” mahallasida Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari ishtirokida xizmatoldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Yo‘riqnoma davomida xodimlarga hududda osoyishtalikni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.Shundan so‘ng, tegishli mutaxassis va xodimlardan iborat ishchi guruh tuzilib, mahalla hududidagi 57 ta ko‘p qavatli uy hamda ulardagi xonadonlarda keng qamrovli xatlov ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, xavfsizlikka ta’sir qiluvchi omillar va profilaktik e’tibor


2,850Open in Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 Sept, 14:03
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoro shahrida sodir etilgan og‘ir jinoyat yuzasidan tanqidiy muhokama o‘tkazildi Buxoro shahrining "S. Ayniy" mahallasida sodir etilgan jinoyat va uning kelib chiqish sabablariga bag‘ishlangan tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyati IIB rahbariyati, shahar huquq-tartibot idoralari boshliqlari, sog‘liqni saqlash tizimi vakillari hamda mahalla faollari qatnashdi.Yig‘ilish davomida huquqbuzarliklar va og‘ir jinoyatlarning oldini olish nafaqat ichki ishlar organlari, balki "mahalla yettiligi" va keng jamoatchilikning hamkorlikdagi asosiy vazifasi ekanligi alohida ta'kidlandi. Xususan, joriy yilning 2-sentabr kuni Ulgurji bozori atrofida yuz bergan mudhish holat keskin qoralandi. Bir fuqaro hech qanday sababsiz o‘z qo‘shnisini "Labo" rusumli avtomashinada urib yuborib, unga hamda ziddiyatni bartaraf etishga uringan boshqa


2,660Open in Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 Sept, 13:00
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Kogon shahrida fuqarolar murojaatlari mutasaddilar va mahalla yettiligi hamkorligida joyiga chiqqan holda o‘rganildi Xalq bilan muloqot qilish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularga qonuniy yechim topish ichki ishlar organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.Xususan, Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Kogon shahrida sayyor o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayonda viloyat IIB boshlig‘ining shaxsiy qabulida fuqarolar tomonidan qoldirilgan murojaatlar Kogon shahar IIB rahbariyati hamda hududdagi mahalla "yettiligi" vakillari bilan hamkorlikda, bevosita joylarga chiqqan holda atroflicha muhokama qilindi.O‘rganishlar davomida har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligi ta’kidlanib, aholi tomonidan ko‘tarilgan


2,750Open in Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 Sept, 12:36
forwarded from @iivuz
🇺🇿 EʼLON✅Aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida, joriy yilning 24-sentyabr (payshanba) kuni Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Tergov departamenti rahbari, polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligida sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirokida IIV huzuridagi “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi binosida sayyor qabul oʻtkaziladi.📱 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Beruniy koʻchasi, 3-uy.❗️ Fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qabul quyidagi tartibda tashkil etiladi:Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun — soat 10:00 dan 16:00 gacha;Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar aholisi uchun — onlayn tarzda, soat 16:00 dan 20:00 gacha videokonferensaloqa orqali.Hududlardan ishtirok etuvchi fuqarolar
2,350Open in Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 Sept, 12:05
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoro viloyati IIBda bo'lib o'tgan haftanoma yig'ilishida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar sarhisob qilindi ▶️Batafsil — — — — Бухоро вилояти ИИБда бўлиб ўтган ҳафтанома йиғилишида жиноятчиликнинг
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 Sept, 11:03
https://youtu.be/1U9izjJuLgQYouTubeDavr qahramonlariERKIN RAJABOV3,140Open in Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 Sept, 10:04
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoro ta'lim muassasalarida bolalar yo'l xavfsizligiga oid tadbirlar o'tkazildi Buxoro shahridagi "Osiyo xalqaro maktabi" va "Lastochka" maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar xavfsizligini ta'minlash hamda voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida amaliy o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Amaldagi hukumat qarori ijrosi doirasida "Yo'l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida tashkil etilgan ushbu targ'ibot tadbirlarida yoshlarga yo'l harakati qoidalari bo'yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube


3,360Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
