gram news
Yakun channel avatar

Yakun

@byyakun

• Olganing emas, berganing seniki. • Sizga foydasi tegar deya u-bu narsa yozib turaman. Aslida yordam sizga emas, o‘zimga kerak. Ketkazgan vaqtingizga rozi bo‘ling! •aloqa: @azxariy_bot

ProjectsUZBlogs

3,380subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Yakun

    21 Sept, 14:30

    Eslab koʻr-chi, oxirgi marta qachon oʻzing uchun bir nimalar qilding? Oʻtgan oymi? Oʻtgan yilmi? Koʻp yillar oldinmi yoki? Balki, hech qachon qilmagandirsan? Nima deding? Aslida, ehtiyojing tushadigan hamma narsaga egasan. Ammo oʻz hayotingga umuman ahamiyat bermaysan. Faqat atrofingdagilarni baxtli qilishga intilasan. Butun quvvatingni oʻzgalar uchun sarflaysan. Hammani baxtli etgulik toza qalbing bor, ammo buni oʻzing uchun hecham ishlatmaysan. Soʻng esa nima sababdan men baxtsizman, deya xafa ham boʻlasan.Xoʻsh, oʻzing uchun nimalardir qilish payti kelmadimi? Yana qancha oʻzingni esdan chiqarib yashaysan? Yana qancha oʻzingni ikkinchi oʻringa surib qoʻyasan? Oʻzingga bunchalik ehtiyojing boʻlgan bir paytda yana qancha payt oʻzgalar uchun yashaysan? Oʻzingni boshqalar uchun qilgan kurashlaringdan mahrum etma. Atrofdagilar uchun sarflagan koʻngil boyligingni biroz boʻlsa ham
  • Yakun

    20 Sept, 13:10

    Jonlari-yu mollarini sening yo’lingda fido qilib, ushbu ilohiy oyatlarni sof va mukammal holatda bizgacha yetib kelishiga sababchi bo‘lgan ulug‘ sahobalardan, Qur’onni hifz etgan qurrolardan, ilmni omonat bilan yetkazgan muhaddislardan va shariat ahkomlarini bayon qilgan faqihlardan barchalaridan O‘zing rozi bo‘lgin Bizlarni ularga munosib izdoshlardan qilgin.Ya Robbi Qayerda muborak Kalomingni eshitsak undan haybatlanib qalban va jismonan tavoze ko‘rsatishni O‘zing bizga nasib ayla, Qiyomat kunida Sening Qur’oningni e’zozlab hurmat qilgan aziz bandalaring qatorida mag‘rur va baxtiyor turishimizni nasib ayla!Yo Alloh! Bizni va to qiyomatgacha keladigan zurriyotlarimizdan munofiqlarni, Qur’onga qarshi bo‘ladigan kimsalarni, Sening Kaloming eshitilganda nafsi torayib, yuragi siqiladiganlarni va Qur’onga qarshi kurashadigan kimsalarni aslo chiqarib qo‘ymagin! Ularning joylari
  • Yakun

    19 Sept, 13:10

    Tarixdagi hech bir ayol pishirgan taomlari yoki uyni toza tutgani bilan eslanmaydi. Ular ilmi, aql-zakovati, turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlagani, hamda tarbiya qilgan solih va soliha farzandlari bilan eslanadi va maqtaladi.Oy-yuzligim, ilm ol, tafakkur ol, o‘zingni angla. Chunki qozondagi taom tanani to‘ydiradi, ammo ilm bilan yo‘g‘rilgan ayol butun avlodni uyg‘otadi. Sen ruhimizni oziqlantiradigan tuganmas manba bo'l.Kelsang, ovqat pishirishni o‘zim o‘rgataman — ungacha ilm ol.
  • Yakun

    18 Sept, 02:07

    Hofiz Abu Bakr ibn Murdavayh Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan xadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kim «Kahf» surasini Juma kuni o‘qisa, qiyomat kuni uning qadami ostidan nur chiqib, osmonu falakni yoritadi va uning ikki Juma orasidagi xatolari kechiriladi», deganlar.
    2,150voice messageOpen in Telegram
  • Yakun

    17 Sept, 13:40

    Agar xafagarchilikni boshdan kechirishni xohlamasang, Alloh uchun yonmagan qalbdan, haromdan tiyilmagan ko‘zdan, nazorat ostida tutilmagan nafsdan va xato qilganda qizarmagan yuzdan yaxshilik kutma.Agar xafa bo‘lmayin desang, gunohga botib undan tiyilmagandan, yonidagi kishini mensimagandan, xato qilib, xulosa chiqarmagandan va o‘ziga ham yaxshiligi tegmaydigan kimsadan biror narsa so‘rama.Agar kayfiyating buzilmasligini xohlasang, o‘ylamay gapiradigan bilan, kattalarni hurmat qilmagan bilan, do‘stlariga tepadan qaragan bilan va doimo yolg‘on gapiradigan kishi bilan suhbatlashma.Agar ibrat olishni xohlasang, soch-soqoli oqarganlar bilan, qariyalar uyida yashayotganlar bilan, jiddiy kasallikdan davolanayotganlar bilan va ko‘cha-ko‘yda bir o‘zi yolg‘iz yashaydiganlar bilan suhbatlash.Agar Allohni eslashni xohlasang, mittigina zarradan paydo bo‘lganlarni, qattiq uyquga ketganlarni,
  • Yakun

    16 Sept, 13:00

    Mendan ishq o‘zi nima deya ko‘p so‘raydilar, javobini ayta qolay: ishq – bir insonga “Ol, bu mening qalbim, biroz sev, keyin yer bilan yakson qilasan”, deyishdir. Yoki yillar davomida yig‘gan barcha qadrli narsalaringni va kuch-quvvatingni begona bir kimsaga: “Ularni ishlatishga ko‘zim qiymayapti, yaxshisi o‘zing talon-toroj eta qol”, deyishdir. Afsuski, hozirgi kun o‘lchovlari bilan ta’riflaydigan bo‘lsak, ishq shudir.Bugun ishqning qadrini bilgan yuraklar yomon niyatli kishilarning o‘yinchog‘iga aylandi. Bevafolar muhabbat niqobi ostida ko‘ngli toza insonlardan o‘z mezonlari yo‘lida foydalanib, ularning qalblarini vayron qilyaptilar. Ishlari bitgach esa, hech kimga hisob bermay, bemalol yashashda davom etyaptilar. Agar kimnidir yo‘q qilishni xohlasang-u, oqibatda qamalib ketish niyating bo‘lmasa, uni o‘zingga oshiq qil! Sababi, afsuski, dunyoning hech bir nuqtasida sevib qolgan,
  • Yakun

    12 Sept, 14:30

    Istasang dengiz qarida boʻl, istasang balchiq ichida, istasang qoya labida boʻl, istasang qorongʻilik komida... "Qiladigan hech qanday ish, chiqadigan biror yoʻl qolmadi", deb oʻylagan paytingda ham zinhor umidsizlikka tushma!Zero, ilojsiz degan tushunchaning oʻzi yoʻq, chunki Alloh yoʻqdan bor qilguvchidir.Hamma narsadan mahrum boʻlsang ham, gʻamlar tikoni ustida yumalasang ham, ushlab qoladigan biror tayanch topa olmasang ham, baribir umidsizlikka tushma!Zero, chorasizlik degan tushuncha mavjud emas, chunki Alloh har narsaga kuchi yetadigan Zotdir.Xafa boʻlgan chogʻing: "Endi baxtli boʻlmasam kerak", deb oʻylama. Chunki Alloh yaxshi bandalarining madadkoridir.Yolgʻiz qolganingda: "Hech kimim yoʻq", deb oʻylama. Chunki Alloh sevgan qullarining yonidadir.Yaralangan chogʻing: "Endi tuzalmasam kerak", degan oʻy xayolingdan oʻtmasin. Chunki Alloh shifo beruvchilarning eng
  • Yakun

    11 Sept, 14:10

    Inson ilk boshida bergan ahamiyati qadrlanadimi, qadrlanmaydimi, bilmaydi… Natijani esa so‘ngida ko‘radi. Bergan ahamiyating javobsiz qolganida, ayni ahamiyatni takroran bera olmaysan. Loyiq bo‘lmagan insonga loyiq bo‘lganidan ortiq ahamiyat berib, ahamiyat berilishiga loyiq bo‘lganlar nohaq e’tiborsizlikni ko‘radilar.Ahamiyat va ishonch — bu insondagi eng qimmatli xazina. Uni shamolga sovursang, bag‘ring bo‘shab qalbing muzlaydi; to‘g‘ri tuproqqa eksang, senga soyabon bo‘ladigan chinorga aylanadi. Yo‘lingda uchragan har bir soya seni tushunishga loyiq emas.Ahamiyat berish ishonch berish kabidir. Bir insonga birdan ortiq ahamiyat bera olmaysan. Buning faqatgina davomiyligiga ta’sir qila olasan.Qalbingning qimmatli bir parchasini arzon nigohlarga tortiq qilma. Chunki noto‘g‘ri qalbga berilgan har bir e’tibor — seni chinakam qadrlaydigan ko‘zlarga yopilgan pardadir. O‘zingni xazon
  • Yakun

    9 Sept, 02:50

    Ko'zguga termulib bandalar nazargohini go'zal qilishga urinar ekansan hech o'ylab ko'rdingmi Xoliqning nazargohida ahvol qanday?!Yuzingdagi husnni sayqallash uchun soatlab vaqt topasan, ammo qalbingdagi kibr, hasad, riyo va gunoh dog‘larini artish uchun necha daqiqa ajratding?..Suv bilan yuzingdagi zohiriy kirni yuvish oson, ammo tavba va ko‘z yoshi bilan qalbni poklashga kelganda nega ikkilanasan?.. O‘tkinchi qarashlar uchun ziynatlanishga kuch topasan-u, har soniyada seni kuzatib turgan Zotning huzurida ruhining yalang‘och va qashshoq ekanidan uyalmaysanmi?..Bandalar seni chiroyli desin deb libosingni bezaysan, lekin farishtalar sening gunoh amallaringni yozaverishdan hayo qilmayaptimikan?..Sen tana ko’rinishingga oro berayotgan bir vaqtda, qalb imorating ichdan yemirilib borayotganini sezmayapsanmi?..Ko‘zguda o‘zingni ko‘rib quvonishing mumkin, ammo bir kun qabr
  • Yakun

    7 Sept, 14:00edited

    Hayot — inson o‘z irodasi va rejalari bilan cheksiz mag‘rurlanadigan, ammo har safar uning kutilmagan burilishlari qarshisida ojizligini tan oladigan ajoyib bir sahna. Biz ko‘pincha taqdirimiz xaritasini o‘z qo‘llarimiz bilan chizayotgandek tuyulamiz. O‘zimizcha qat’iy chegaralar tortamiz, o‘zgarmas qoidalar o‘rnatamiz va kelajakka qarata mag‘rur va’dalar beramiz. Biroq zamon charxpalagi aylangani sayin, inson zoti o‘zi qurgan mustahkam devorlarining qanchalik mo‘rt va o‘tkinchi ekaniga guvoh bo‘laveradi.O‘tmayman degan yo‘llaringiz bor edi — oyoq bosish tugul, xayolingizga keltirishni ham istamaydigan. Ammo vaqt kelib, aynan o‘sha soqov va begona yo‘llardan qadamingizni uzolmay qolasiz, ularning har bir toshi va changi hayotingizning ajralmas qismiga aylanadi.Yashamayman degan yerlaringizda kun kelib ildiz otasiz; begona devorlar va notanish ufqlar vaqt o‘tib sizga o‘z uyingizdek
  • Yakun

    5 Sept, 13:00

    Bogʻbonning qoʻllari qanchalik mehribon va eʼtiborli boʻlsa, gul ham oʻz iforini shunchalik cheksiz sahovat bilan taratadi. Chunki gulning goʻzalligi, uning yaproqlaridagi tarovat va atrofga sochayotgan xushboʻy hidi faqatgina suv yoki tuproqning hosilasi emas. Bu — unga berilgan cheksiz mehr, sabr va iliq e’tiborning tirik natijasidir. Eʼtiborsizlikda qolgan nihol qanday qilib soʻlib, oʻz husnini yoʻqotsa, yovvoyi tikanzor orasida qolgan gul ham oʻz iforini ichiga yutadi. Ammo mehr nuri tushgan joyda moʻjiza yuz beradi: u oʻzidagi bor goʻzallikni olamga koʻz-koʻz qilishga, oʻz bogʻboniga minnatdorlik ramzi sifatida butun atrofni shirin iforga toʻldirishga intiladi.Inson qalbi ham xuddi shu nozik xilqatning oʻzginasidir. Agar siz atrofingizdagi insonlarga shafqat, samimiyat va chinakam eʼtibor bilan yondashsangiz, ularning qalb qatlamlariga iliqlik olib kirsangiz, ular ham xuddi bahor
  • Yakun

    3 Sept, 14:00edited

    Qahva ichuvchilar yaxshi biladi: Sovutilgan qahva va sovib qolgan qahva orasidagi farq bu — ta’mda. Birinchisi tanloving, ikkinchisi e’tiborsizlik natijasi.Munosabatlarda ham shunday: e’tiborsizlik hislar ta’mini o‘zgartiradi.Aynan shunday. Qahvaga e’tibor berilmasa, u shunchaki xonaning haroratiga moslashib, o‘z bag‘ridagi bor xushbo‘ylik va hayotni boy beradi. U zaharga aylanmaydi, lekin ichingni ham isitmaydi — shunchaki xira, sovuq bir suyuqlikka aylanib qoladi.Munosabatlar ham hech qachon bir kunda tugamaydi. Hech kim to‘satdan, kutilmaganda begona bo‘lib qolmaydi. Hamma gap — o‘sha sezdirmay keladigan e’tiborsizlikda.Boshida har bir nigoh, har bir so‘z, hatto javob berilmagan birgina xabar ham muhim edi. Qahvani aynan keragicha damlab, issig’ida ichishga shoshilgandek, bir-biringizning borligingizdan zavqlanardingiz. Keyin esa... keyin hammasi "o‘z-o‘zidan bo‘lishi
  • Yakun

    2 Sept, 14:00

    Issiqroq kiyin — havo sezilarli darajada sovib qoldi. Ertalabki nonushtani kanda qilma, kuning unumli oʻtsin.Bir finjon issiq choy yoki qahva ichib ol — u nafaqat tananggni issiq tutadi, balki qalbingga ham taskin beradi.Oʻzingga va tanangga gʻamxoʻrlik qil, axir barcha masʼuliyat va orzularing sening yelkangda.Oʻzingni asra... Chunki bu hayot sahnasida sening rolingni sen kabi muvaffaqiyatli va takrorlanmas tarzda ijro etadigan boshqa biror kimsaning oʻzi yoʻq.Charchaganingda toʻxtashni bil, soviganingda iliqlik izla, oʻzingga muloyim boʻlishdan qochma.O’zingni ehtiyot qil - hurmatli o’zing.
  • Yakun

    31 Aug, 19:00

    Kuz va ishq — bir-biriga uzukka koʻz qoʻygandek yarashadigan, tushunchasi ham, tuygʻusi ham birlashib ketgan tushunchalar.Kuzni bejizga ishqqa eng yaqin fasl deyishmaydi...Kuz bu shunchaki yomgʻirlar, sargʻaygan yaproqlar va sovuq shamollar mavsumi emas. Kuz — tuygʻularning saralanadigan, ortiqchasidan tozalanadigan va eng samimiysi qoladigan vaqt.Yozning shovqin-suroni, issiq va otashin harorati oʻrnini bosa olmagan sokinlikni kuz olib keladi. Aynan shu sokinlikda inson oʻz yuragi bilan yolgʻiz qoladi. Haqiqiy ishq esa shovqinni emas, sukunatni sevadi.Kuzda barglar daraxtni shunchaki tark etmaydi ular yerga egilib, sokin xayrlashadi. Ishq ham shunday: keraksiz gʻururni, ortiqcha manmanlikni toʻkib tashlaydi va insonni oʻz Asliga qaytaradi. Kuz barchasini ochiq-oydin koʻrsatgani kabi, ishq ham qalbdagi barcha pardalarni shilib oladi.Sovuq havodan panoh izlab, issiq choy yoki
  • Yakun

    30 Aug, 13:30

    “Barchasi koʻnglingdagidek boʻlsin” deb emas, “Barchasi baxayr boʻlsin” deb duo qilish yaxshiroqdir. Chunki koʻngil baʼzan bexayrga yopishib oladi.“Shoshilgan ishga shayton aralashadi”, derlar, haqiqatdan ham shunday. Siz aslingiz kabi boʻling, yolgʻizligingizni baham koʻrar ekansiz, shoshqaloqlik qilmang.Unutmang, notoʻgʻri boshlanishdan koʻra toʻgʻri kutish yaxshiroqdir. Charchaganingiz tufayli oʻylab, mulohaza qilishdan aslo voz kechmang. “Oʻylab koʻraman” deb ham oʻzingizga aziyat yetkazmang. Demoqchimanki, tuygʻularingizning ham, oʻy-fikrlaringizning ham asiri boʻlib qolmang.Shuni unutmang: yolgʻiz yashamoq notoʻgʻri yashashdan koʻra yaxshiroqdir. Tuygʻularingizning shovqini aqlingizni kar qilishiga izn bermang. Fikrlaringizning tuygʻularingizni egarlab olishiga ham izn bermang, ikkalasini tarozining ikki pallasiga qoʻying. Tarozining qaysi pallasi ogʻir kelayotgan boʻlsa,
  • Yakun

    28 Aug, 16:20

    Ayolga nisbatan noto'g'ri qarashlar, uni shunchaki ro'zg'or xizmatchisi yoki ortiqcha yukdek ko'rish afsuski, bugungi jamiyatning eng og'riqli va yashirin muammolaridan biridir. Qur'oni Karimda ayol kishining qadri qanchalik ulug'langani, u erning ajralmas bir bo'lagi, ruhiy xotirjamlik manbai ekani ochiq-oydin bayon qilingan.Xotin – ro'zg'or xizmatchisi emas, qalbingizning bir bo'lagi!Bugungi jamiyatimizda juda og'riqli va afsuslanarli bir qarash bor: ko'pchilik ayolga nisbatan faqat "farzandlarning onasi", "ro'zg'ordagi xizmatchi" yoki go'yoki oiladagi "yana bir ortiqcha xarajat" kabi munosabatda bo'ladi. Vaholanki, bu qarash nafaqat insoniylikka, balki dinimiz mohiyatiga ham to'liq ziddir. Qur'oni Karim ayolning jamiyatdagi va oiladagi qadrini qanchalik yuksakka ko'targaniga bir e'tibor bering:“Alloh sizlar uchun o'zlaringizdan juftlar yaratdi..." (Nahl surasi, 72-oyat)Oyatdag
  • Yakun

    27 Aug, 14:30edited

    Ishq yoqar... Togʻri boʻlsa, bu dunyoda... Notogʻri boʻlsa, narigi dunyoda...Nega odamlar shunchalik azob chekishadi? Javobi tilsimli shu jumlada yashirin: "Harom sevgining natijasi shafqatsiz azob chekmoqdir".Qalbning egasi Allohdir. Qalbga sevish, cheksiz sevilish xususiyatini bergan Allohdir. Unga yoqadigan narsalarni inʼom etish orqali Oʻzini tanitib sevdirgan Allohdir. Qanday sevish kerakligini yoki qanday qilib sevmaslik kerakligini bildirgan Allohdir.U istamagan haromni sevib, qaysarlik bilan haromga yuzlangan kishi qalbidagi huzurni, saodatni, baxtni yoʻqotib, azob chekishga loyiqdir."Qilma", degan qatʼiy amrga qaramay, harom qilingan narsaga yuzlangan inson, albatta, azob chekishga munosibdir.
  • Yakun

    26 Aug, 14:50

    Kuz bu shunchaki fasl almashinuvi emas, bu tabiatning va inson ruhining eng sokin, eng samimiy suhbatidir. Yozning shovqin-suroni ortda qolib, havo salqinlashgani sayin odamning ichki dunyosi ham asta-sekin sokinlik so'ray boshlaydi. Tilla rangga burkangan ko'chalar, ayovsiz yog'adigan shaffof yomg'ir tomchilari va barglarning oyoq ostidagi shitirlashi... Bularning barchasi qalbning eng chuqur, yashirin burchaklaridagi tuyg'ularni uyg'otishga yetib ortadi.Odamlar kuzni bejiz ishq fasli deb atashmaydi. Chunki aynan shu kunlarda qalbga alohida bir issiqlik, qandaydir bir yaqinlik yetishmayotgani seziladi. Tashqarida sovuq shamol esganida, issiq choy finjonini ushlab tugamaydigan samimiy suhbatlarga sho'ng'ish — bu dunyodagi eng katta huzurlardan biri. Kuzda aytilgan so'zlar samimiyroq, qarashlar teranroq, kulgular esa yurakka yaqinroq tuyuladi.Ehtimol, bu kuz shunchaki navbatdagi uch
  • Yakun

    24 Aug, 19:00

    Erishilgandan so'ng tugasa, bu ishq emas, hirsdir.Oshiq bo'lganni to'ydirish mumkindir, ammo hirsli inson hirsi bilan o'ladi.Ishq urug’ kabidir. Kirgan ko'nglining tuprog’i unumdor bo'lsa, u yerda unadi, ildiz otadi, ko'ngilni har tomonidan o'rab oladi.Ishq — hech qachon tugamaydigan ne'matdir, sevgiga aylanadi, jonga aylanadi, erishilgach esa yanada qudratli bo'ladi.Agar bunday bo'lmasa, demakki, u ko'ngilning tabiati buzuq-dir.
  • Yakun

    24 Aug, 14:00edited

    Otam bilan kechgan bugungi teran va hikmatli suhbatdan soʻng, u kishining har bir qalbga darmon boʻluvchi oʻgitlarini bir joyga jamlashni lozim topdim.Shunday fayzli suhbat boʻldiki... Xuddi toliqib borayotgan ruh va soʻnayotgan gʻayrat qayta gurkiragandek, ruhiyatim tamomila yangicha bir quvvat va sokinlikka toʻldi. Agar ushbu satrlarda siz uchun ham bir ma’naviy oziq, zarracha yaxshilik boʻlsa, otamning haqqilariga ixlos bilan duo qilib qoʻyishingizni so’rayman.Dadamning aytganlari: Haq yoʻli hech qachon tekis va ravon boʻlmagan. Bu yoʻlga qadam qoʻygan har bir inson, eng avvalo, sinov va mashaqqatlarga roʻbaroʻ keladi. Negaki, Alloh taolo Oʻzining suyukli bandalarini toat-ibodatda, farovon kunlarda qanday yashagan boʻlsa, dardi va qiyinchiligi kelganda ham shunday sobit qoladimi-yoʻqmi — buni sinaydi. Sinov kelganda munofiqning niqobi tushadi: u sabrsizlik qiladi, isyon koʻtaradi