gram news
BZ GLOBAL - USA channel avatar

BZ GLOBAL - USA

@bz_global

🇺🇸 BZ GLOBAL – 🚨 Amerika haqidagi eng tezkor va ishonchli yangiliklar shu yerda! 📲 Murojaat uchun: @bzglobal_admin 📞 888-888-7417

ProjectsUZNews

2,130subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • BZ GLOBAL - USA

    22 Sept, 03:01

    🚗 Nyu-Yorkda ko‘prik va tunnellaridagi ish zonalarida tezlikni oshirgan haydovchilar jarimaga tortila boshlaydi🇺🇸 NBC New York xabariga ko‘ra, Nyu-York shahar transport boshqarmasi (MTA) 22-sentabrdan e’tiboran o‘z tasarrufidagi ko‘prik va tunnellarning faol ta’mirlash zonalarida (work zones) tezlik me’yorini buzgan haydovchilarga rasman jarima yozishni boshlaydi. Yangi tizim doirasida qurilish hududlariga maxsus tezlik kameralari o‘rnatilgan.🛑 MTA ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyidan buyon ogohlantirish rejimida ishlagan ushbu kameralar 33 mingdan ortiq qoidabuzarlikni qayd etgan. Endilikda ta’mirlash zonalarida belgilangan tezlikdan soatiga 10 mildan (mph) ortiq oshirgan haydovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarimaga tortiladi. Nyu-York shahrida harakatlanuvchi barcha haydovchi va kurer vatandoshlarimizdan qurilish hududlarida tezlik cheklovlariga qat’iy rioya qilishlari so‘raladi.- N
  • BZ GLOBAL - USA

    21 Sept, 23:29

    🤝 Nyu-York meri Donald Tramp bilan Greysi qarorgohida uchrashuv o‘tkazdi🇺🇸 Nyu-York merining rasmiy sahifasi (@nycmayor) xabariga ko‘ra, shahar hokimiyati rahbari Donald Tramp bilan Greysi qarorgohida (Gracie Mansion) yuzma-yuz muloqot o‘tkazgan. Tomonlar muzokaralarni samarali va konstruktiv o‘tganini ta’kidlagan.🛑 Uchrashuvda Nyu-York shahrining federal hukumat bilan munosabatlari, xavfsizlik va moliyaviy masalalar muhokama qilingani kutilmoqda.@bz_global
  • BZ GLOBAL - USA

    21 Sept, 13:13

    ⛽️ Tramp yoqilg‘i narxi oshishi bo‘yicha tanqidlarga javob berdi: «Bayden davrida narxlar ancha yuqori bo‘lgan»🇺🇸 AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat bo‘ylab benzin narxi va yashash qiymati oshishi bo‘yicha bildirilayotgan tanqidlarni rad etdi. Tramp o‘z bayonotida amerikaliklar sobiq prezident Jo Bayden davrida yonilg‘i quyish shoxobchalarida va kundalik iste’mol tovarlari uchun ancha ko‘proq pul to‘laganini ta’kidladi.🛑 Ma’lumot uchun bugungi kunda AQSh bo‘ylab oddiy benzinning o‘rtacha narxi galoniga 4,50 dollarga yaqinlashib, dizel yoqilg‘isi narxi esa 6 dollardan oshgan. Yoqilg‘i va logistika xarajatlarining ko‘tarilishi ayniqsa yuk tashish (trucking) sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar va haydovchilarimiz uchun dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.@bz_global
  • BZ GLOBAL - USA

    20 Sept, 02:18

    forwarded from @shimoliyamericaquronmusobaqasi

    🟢 QUR’ON MUSOBAQASIDAGI XAYRLI ISHGA QO‘SHILING!وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَىٰ“Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilinglar.”(Moida surasi, 2-oyat)Aziz yurtdoshlar, Qur’on Musobaqasi 2026 ni tashkil etishdek xayrli ishga siz ham qo‘shiling.Ehsoningiz orqali musobaqa tashkilotchiligining bir qismiga aylaning, yoshlarimizni rag‘batlantirish va Qur’on atrofida jamoamizni birlashtirishga o‘z hissangizni qo‘shing!💳 Ehson qilish:https://buy.stripe.com/28EcN4ah3dYOdsU9Rs08g0l📞 Savollar uchun: +1 530 730 0000🤲 Alloh qilgan ehsonlaringizni qabul qilib, ajrini ziyoda qilsin.
    783video32Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    19 Sept, 13:38

    ⛽️ Kaliforniyada dizel narxining rekord darajada oshishi yuk tashish (trucking) kompaniyalarini og‘ir ahvolga solib qo‘ydi 🇺🇸 California Post nashrining eksklyuziv xabariga ko‘ra, Kaliforniya shtatida rekord darajaga ko‘tarilgan dizel yoqilg‘isi narxlari mahalliy yuk tashish kompaniyalariga jiddiy zarba bermoqda. Sug‘urta to‘lovlari, transport vositalari va ehtiyot qismlarining qimmatlashishi hamda qat’iy shtat talablari ostida faoliyat yuritayotgan tashuvchilar yoqilg‘i narxi oshishi sababli o‘z furalarini yo‘lda ushlab turish imkonsiz bo‘lib borayotganidan ogohlantirmoqda. 🛑 Ayrim kompaniya egalari va haydovchilar xarajatlar tushumlarni qoplamayotgani tufayli qatnovlarni to‘xtatishga yoki biznesni yopishga majbur bo‘lishlarini bildirmoqda. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi, xususan Kaliforniya yo‘nalishlarida qatnovchi o‘zbekistonlik haydovchi va dispetcherlar uchun xarajatlarni
  • BZ GLOBAL - USA

    17 Sept, 23:49edited

    🚛 Trump ma'muriyati yoqilg'i tashiydigan yuk haydovchilari uchun ish vaqtini uzaytirdi📱 Donald Trump ma'muriyati benzin va dizel yoqilg'isini tashiydigan yuk avtomobillari haydovchilari uchun 90 kunlik maxsus imtiyozni e'lon qildi. Yangi tartibga asosan, endilikda bunday haydovchilar 24 soatlik muddat ichida standart 14 soat o'rniga 16 soatgacha avtomobil boshqarishlariga ruxsat beriladi.- Kettu dizel tashiymiz $$ 🤩🤩🤩@bz_global
    1,05091Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    15 Sept, 23:27

    🇺🇿🇺🇸 Nyu-Jersida qalbaki CDL reydi doirasida ikki nafar O'zbekiston fuqarosi ICE tomonidan hibsga olindi📰 AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xabariga ko'ra, Nyu-Jersi shtatida qalbaki tijorat haydovchilik guvohnomalari (CDL) amaliyotiga qarshi kurash bo'yicha o'tkazilgan keng ko'lamli operatsiya doirasida ikki nafar O'zbekiston fuqarosi qo'lga olindi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 23-avgust kuni Vudbridj shahrida 37 yoshli Zohid Zahidov, Gamiltonda esa 30 yoshli Xayrullo Fayzullayev hibsga olingan.🚨 Nyu-York shtatiga tegishli tijorat haydovchisi ruxsatnomasiga ("learner permit") ega bo'lgan Zohid Zahidov avvalroq, 15-may kuni mast holda avtomobil boshqarganlikda ayblanib sudlangan. Bundan tashqari, unga nisbatan 26-yanvardagi jismoniy jarohat yetkazish maqsadida qilingan hujum va shilqimlik holatlari bo'yicha ayblovlar ham mavjud bo'lib, 28-aprel
    1,9105441Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    15 Sept, 12:47

    ⚖️ AQShda muhojirlar 1,7 m² hajmdagi temir qafaslarda saqlangani fosh bo‘ldi🇺🇸 CNN xabariga ko‘ra, federal nazorat organi Florida shtatidagi «Alligator Alkatras» nomli vaqtinchalik ushlab turish markazida AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi (DHS) tomonidan muhojirlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘linganini aniqladi. Hisobotda keltirilishicha, rasmiylar tomonidan «tinchlantirish zonalari» deb atalgan, maydoni atigi 1,7 kvadrat metr bo‘lgan tor temir qafaslarga 80 nafarga yaqin muhojir ikki soatgacha qamab qo‘yilgan.🛑 Inspektorlar xulosasiga ko‘ra, mazkur qafaslar aslida tartib saqlash emas, balki qamoqdagi shaxslarni noqonuniy jazolash vositasi sifatida qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin.@bz_global
    1,090642Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    13 Sept, 20:21

    ⚖️ AQSh immigratsiya sudlarida siyosiy boshpana bo‘yicha rad javoblari rekordi: 94,1% arizalar qanoatlantirilmadi🇺🇸 Sirakyuz universiteti huzuridagi TRAC tadqiqot markazi hisobotiga ko‘ra, 2026-yil iyul oyida AQSh immigratsiya sudlarida boshpana so‘rash bo‘yicha rad javoblari ko‘rsatkichi rekord darajaga — 94,1 foizga yetdi. Bir oy ichida ko‘rib chiqilgan 14 mingdan ortiq ishning atigi 5,5 foiziga (771 kishi) ijobiy qaror chiqarilgan. Taqqoslash uchun, bir necha yil avval ijobiy qarorlar ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan.🛑 Vaziyatning keskinlashuviga sudlar tarkibining jiddiy yangilanishi va talablarning kuchaytirilishi asosiy omil sifatida ko‘rsatilmoqda: 2025–2026 moliya yillarida 279 nafar immigratsiya sudyasi lavozimini tark etgan, ularning o‘rniga yuzlab yangi sudyalar tayinlangan. Ular esa buyruqni bajarishyapti xolos…@bz_global
    1,30054Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    13 Sept, 12:33

    ⚠️ Filadelfiya va uning atrofida hayot uchun xavfli toshqin (Flash Flood) ogohlantirishi e’lon qilindi🇺🇸 AQSh Milliy ob-havo xizmati (NWS Mount Holly) Pensilvaniya va Nyu-Jersi shtatlarining ayrim hududlari, jumladan Filadelfiya shimoli-sharqiy qismi uchun soat 12:00 gacha shoshilinch suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berdi. Rasmiylar ushbu holatni o‘ta xavfli va hayotga tahdid soluvchi deb baholamoqda.🛑 Aholidan toshqin ostida qolgan ko‘chalar va trassalarda harakatlanmaslik, xavfli yo‘llarga kirmaslik qat’iy so‘ralmoqda («Turn around, don't drown»). Ushbu hududda istiqomat qiluvchi yoki trassalarda harakatlanayotgan vatandoshlarimizdan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so’raladi.@bz_global
    2,21095Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    11 Sept, 02:50edited

    11-sentabr fojiasida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz: Ular kim edi? 🕊2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazi (WTC) minoralariga uyushtirilgan terrorchilik xurujlari qariyb 3 ming insonning umriga zomin bo‘lgan. Ushbu dahshatli fojiada orzulari ortidan okean ortiga borgan O‘zbekiston fuqarolari ham qurbon bo‘lgan edi. Ular o‘z oilasi, halol mehnati va yorug‘ kelajagi ilinjida xizmat qilayotgan vatandoshlarimiz edi:Gavharoy Kamardinova (26 yosh) — Nyu-Yorkdagi «Amish Market» do‘konida ishlagan. Fojia yuz bergan kuni ertalab u Janubiy minorada (2 WTC) joylashgan mashhur «Aon Corporation» kompaniyasiga tashrif buyuruvchi sifatida kirgan paytida qolib ketgan. Abdujabborbek Egamov (35 yosh) — Andijonlik. Shimoliy minoraning 106–107-qavatlarida joylashgan mashhur «Windows on the World» restoranlar majmuasi xodimi bo‘lgan va o‘z ish joyida halok bo‘lgan. Sobirjon
    1,74014432Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    10 Sept, 20:33

    🧱 Donald Tramp kelgusi prezidentlarga chegarani ochishni taqiqlovchi qonun loyihasini ilgari surmoqda🇺🇸 Respublikachilarning oraliq saylovoldi syezdida nutq so‘zlagan Donald Tramp kelajakda biror prezident AQSh janubiy chegaralarini qayta ochishini qonunan noqonuniy deb belgilaydigan yangi qonun loyihasini taklif qildi. U o‘z chiqishida kelgusi rahbarlarning chegaradagi qat’iy choralarni bekor qilishiga yo‘l qo‘ymaslik mexanizmini yaratmoqchi ekanini ma’lum qildi.- Buni bilmadimu, keyingi prezident “Trumpni va uning qarorlarini unutishni” targ’ib qiluvchi qonun taklif qilsa ajablanmayman 😂@bz_global
    1,2101741Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    10 Sept, 04:55edited

    🇺🇸Tramp Hormuz bo‘g‘ozini o‘z nomi bilan qayta nomlashni taklif qildi— Oʻylashimcha, Hormuz boʻgʻozini “Tramp boʻgʻozi” deb qayta nomlashimiz kerak. Men bundan nimadur olishim kerak-ku. Xonimlar va janoblar, bu joy aynan shunday nomlanadi. Men bu haqda tez orada rasman e’lon qilaman”— deya ta’kidladi Qoʻshma Shtatlar prezidenti Dallasdagi Respublikachilar partiyasi qurultoyida.P.S. Bu ketishda dunyo xaritasi janob Tramp nomi bilan bogʻliq nuqtalar ancha-munchaga yetib qolsa keragov. )))👉@bz_global👈
    1,33013933Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    9 Sept, 22:49

    🇺🇸 DHS yangi video e’lon qildi. Unda nelegallar haqida har qanday ma’lumotni qabul qiladigan maxsus telefon raqami ishga tushirilgani haqida aytilgan. Videoda tanish ismlar ham bor. Tomosha qiling!@bz_global
    1,470video10Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    9 Sept, 18:55edited

    📱 Apple rasman yangi iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini taqdim etdi🍏 Bugun Apple korporatsiyasi yangi avlod flagmanlari — iPhone 18 Pro hamda 18 Pro Max modellarini namoyish qildi. Yangi qurilmalar 2 nanometrli ilg‘or texprotsess asosida ishlab chiqarilgan A20 Pro chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u avvalgi A19 Pro’ga qaraganda 20–40 foiz tezroq ishlaydi hamda iPhone tarixidagi eng uzoq vaqt quvvat saqlash ko‘rsatkichini ta’minlaydi.📸 Korpus dizayni o‘tgan yilgi shaklni saqlagan holda alyuminiy asosda tayyorlangan; asosiy yangiliklar qatorida kichraytirilgan Face ID moduli, yorug‘likka qarab moslashuvchi o‘zgaruvchan diafragmaga ega 48 MP kameralar hamda to‘rtta rang (kumushrang, qora, moviy va to‘q qizil) taqdim etilgan.@bz_global
    1,53062Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    9 Sept, 01:15

    ⚖️ AQShda 75 ta davlat fuqarolariga qo‘yilgan immigratsion viza taqiqi bekor qilindi🇺🇸 AQSh Nyu-York Janubiy okrug federal sudi (CLINIC v. Rubio ishi bo‘yicha) davlat departamenti tomonidan 2026-yil yanvar oyida 75 ta davlat fuqarolariga nisbatan joriy etilgan «davlat yordamiga qaram bo‘lish xavfi» (public benefits reliance) sababli immigratsion viza berishni to‘xtatish tartibini noqonuniy deb topdi va uni bekor qildi. Davlat departamenti ham ushbu cheklov 2026-yil 21-avgustdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotganini rasman tasdiqladi, natijada to‘xtatib turilgan immigratsion vizalar (jumladan, oilaviy viza arizalari) bo‘yicha ko‘rib chiqish qayta tiklandi.🇺🇿 Mazkur 75 ta davlat ro‘yxatiga O‘zbekiston kiritilmagan bo‘lsa-da, cheklov bekor qilinishi AQSh konsulliklaridagi umumiy immigratsion navbatlar, arizalarni qayta ko‘rib chiqish sur’ati hamda qarindoshlarini AQShga chaqirayotgan
    Texas Lawyer Referral ServiceCourt Strikes Down 75-Country Immigrant Visa PauseA federal judge vacated the State Department pause on immigrant visas for 75 countries on August 21, 2026. What it changes for Texas families.
    1,690113Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    7 Sept, 21:26

    🚨 O’zbekistonlik trak haydovchisi trassada orqaga harakatlanib, o‘limga sabab bo‘lgan avariya tufayli hibsga olindi🇺🇸 Texas shtatining Meskit shahrida Interstate 30 trassasida sodir bo‘lgan halokatli yo‘l-transport hodisasi ortidan 39 yoshli yuk mashinasi haydovchisi Xasan Begbayev (Khasan Begbaev) hibsga olindi va unga nisbatan ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘ldirish (manslaughter) ayblovi qo‘yildi. Dashcam videoyozuvlariga ko‘ra, Bruklin (Nyu-York) shahrida yashovchi Begbayev trassaning chiqish qismida trakni noqonuniy ravishda orqaga haydagan va ortidan kelayotgan yengil avtomobil unga urilib, 33 yoshli ayol halok bo‘lgan.🛑 Bu ayblovlar hali sud tomonidan isbotlanmagan. Avtohalokatning asl sababi boshqa bo’lishi ham mumkin. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring! @bz_global
    1,52012Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    7 Sept, 21:02

    🇺🇸 Donald Tramp Nyu-Meksiko shtati nomini «Yangi Amerika» deb o‘zgartirishni taklif qildi🏛 AQSh prezidenti Truth Social tarmog‘ida Nyu-Meksiko xaritasini joylashtirib, undagi «Mexico» so‘zini qizil bilan o‘chirgan holda o‘rniga «America» deb yozilgan suratni e’lon qildi. Oq uyning rasmiy sahifasi ushbu postni ulashgan bo‘lsa-da, shtat nomini o‘zgartirish bo‘yicha rasmiy huquqiy qadamlar e’lon qilinmadi — AQSh qonunchiligiga ko‘ra, prezident shtat nomini bir tomonlama o‘zgartira olmaydi, shuning uchun bu hozircha ramziy imo-ishora hisoblanadi.🗺 Bungacha Tramp ma’muriyati Meksika qo‘ltig‘ini (Gulf of Mexico) federal hujjatlarda «Gulf of America», Ontario ko‘lini esa «Lake America» deb atash bo‘yicha farmoyishlar imzolagan edi.- Trump tog’a zeriktirmayapti)@bz_global
    1,24065Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    7 Sept, 04:00

    AQShda viza va grin-karta kutayotgan muhojirlarni tezkor deportatsiya qilish xavfi kuchaymoqda🇺🇸 AQSh bo‘ylab immigratsiya sudyalariga sud eshituvlarini keyinga qoldirish (continuance) imkoniyatini keskin cheklash bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. The Guardian surishtiruviga ko‘ra, sudyalarga arizachilarning qonuniy vizasi yoki grin-kartasi tasdiqlanishini kutish uchun qo‘shimcha vaqt bermaslik topshirilgan. Bu esa hatto mamlakatda qonuniy qolish uchun rasmiy asosi bor bo‘lgan, jumladan, zo‘ravonlik qurbonlari yoki vasiysiz qolgan bolalarni ham deportatsiya xavfi ostida qoldirmoqda.🛑 Mazkur yangi yo‘riqnoma AQShda immigratsiya ishlari ko‘rib chiqilayotgan, navbat kutayotgan yoki boshqa toifadagi immigratsion arizalari ko‘rib chiqilishi jarayonida bo‘lgan o‘zbekistonlik muhojirlar uchun ham sud jarayonlarining keskin tezlashishi va hujjatlari tayyor bo‘lguncha chiqarib
    the GuardianUS immigration judges told to slash time given to people awaiting visas or green cards before being deportedExclusive: Mandatory training for judges also urged them to threaten attorneys who accept too many cases
    1,39054Open in Telegram
  • BZ GLOBAL - USA

    4 Sept, 12:20

    ⚖️ Green Card DV-2027 atrofida sud bahslari: federal sudya arizani tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqadi🇺🇸 Janubiy Kaliforniya federal sudi davlat kotibi Marko Rubioga qarshi ochilgan Green Card (DV-2027) lotereyasi arizalarini zudlik bilan ochish bo‘yicha shoshilinch talabni (TRO) rad etdi. Biroq sudya asosiy da’voni yopmasdan, uni tezkor jadval bo‘yicha ko‘rib chiqishga ruxsat berdi: da’vogar yuridik firma (Red Eagle Law) 8-sentabrgacha iltimosnoma kiritishi, Davlat departamenti 14-sentabrgacha javob berishi va yangi sud majlisi 24-sentabrda o‘tkazilishi belgilandi.🇺🇿 Ushbu lotereya taqdiri har yili yuz minglab ariza topshiruvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun bevosita ahamiyatli bo‘lib, DV-2027 mavsumi butunlay bekor qilinishi yoki kechiktirib ochilishi masalasiga 24-sentabrdagi sud eshituvidan so‘ng oydinlik kiritilishi kutilmoqda.@bz_global
    2,080105Open in Telegram