Latest posts

Markaziy Osiyo
22 Sept, 18:21
Ostona — «poytaxt»Qozog‘iston poytaxti o‘tgan asrning 30-yillaridan shaharga aylana boshlagan. O‘sha paytlarda bu shahar Oqmola deb atalgan va unda ikki mingdan sal ko‘proq kishi istiqomat qilgan.«Oqmola» nomining so‘zma-so‘z tarjimasi «oq qabr» ma’nosini bildiradi. Hududning bunday nomlanishi Oqmoladan ko‘plab karvon yo‘llar o‘tgani va ularga jung‘orlarning muttasil hujum qilgani bilan izohlanadi.Boshqa bir taxminga ko‘ra, Oqmola savdo yo‘lida joylashgani bois bu yerda juda ko‘p sut mahsulotlari (qimiz, qimron va hokazo) sotilgan va shu sabab hudud «oqmo‘la», ya’ni «oq mo‘l-ko‘lchilik» deb atalgan.Batafsil: https://telegra.ph/Ostona--poytaxt-03-13Markaziy Osiyo | Library | Science


Markaziy Osiyo
22 Sept, 12:21edited
⭐️Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali tizim joriy etiladi▫️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.Library @centerasia_libraryKanalga ulanish👇 @centerasiastudy
Markaziy Osiyo
21 Sept, 16:02
Варраклар шамол кучи билан эмас, балки ўша кучга қаршилик кўрсатгани учун ҳавога кўтарилади.© Уинстон Черчилл.Markaziy Osiyo | Library | Science


Markaziy Osiyo
21 Sept, 02:02
🎓 DOKTORANTURA–2027 | QABUL YAQIN!PhD yoki DSc uchun hujjat topshirmoqchimisiz? Ilmiy maqola va tezislaringizni oxirgi kunga qoldirmang.📅 HUJJATLAR QABULI 🔴 15-SENTABR — boshlanadi 🔴 15-OKTABR — yakunlanadi💻 Hujjatlar: daraja.ilmiy.uz orqali onlayn topshiriladi.📚 NASHRLAR TAYYORMI?🔹 PhD uchun: ✅ kamida 1 ta ilmiy maqola ✅ kamida 2 ta konferensiya tezisi🔹 DSc uchun: ✅ kamida 3 ta ilmiy maqola ✅ kamida 2 ta konferensiya tezisi
Markaziy Osiyo
20 Sept, 16:01
🎧 DIPLOMATIYADA BITTA NOTO‘G‘RI SO‘Z NIMAGA OLIB KELISHI MUMKIN?Diplomatik hujjatda bir-biriga yaqin ko‘ringan so‘zlar mutlaqo boshqa siyosiy ma’noni anglatishi mumkin.Masalan:— “tan olamiz” va “qayd etamiz”; — “qoralaymiz” va “tashvish bildiramiz”; — “kafolatlaymiz” va “qo‘llab-quvvatlaymiz”; — “sulh” va “gumanitar tanaffus” bir xil tushunchalar emas.Noto‘g‘ri tarjima davlat zimmasiga rejalashtirilmagan majburiyat yuklangandek taassurot uyg‘otishi mumkin. Ba’zan bitta ibora hududiy masala, siyosiy maqom yoki xalqaro huquqiy pozitsiya sifatida talqin qilinadi.Shu sababli yuqori darajadagi muzokaralarda tarjimon faqat til biladigan mutaxassis emas. U siyosiy kontekst, protokol va soha terminlarini ham mukammal tushunishi kerak.Muhim hujjatlar odatda bir necha bosqichda tekshiriladi:— asosiy atamalar oldindan kelishib olinadi; — matn huquqshunoslar tomonidan ko‘rib


Markaziy Osiyo
20 Sept, 14:37
Асарнинг электрон шаклиКаналга уланиш @centerasiastudy
Markaziy Osiyo
19 Sept, 15:05
🔎XALQARO YANGILIKNI 5 DAQIQADA QANDAY TEKSHIRISH MUMKIN?Shov-shuvli xabarni darhol ulashishdan oldin besh daqiqa tekshiruv uchun vaqt ajrating.Birinchi daqiqa — asl manbani toping.Telegram kanali, skrinshot yoki noma’lum sahifa manba hisoblanmaydi. Xabarni birinchi bo‘lib kim e’lon qilganini aniqlang.Ikkinchi daqiqa — sana va joyni tekshiring.Eski video yoki surat yangi voqea sifatida tarqatilishi mumkin. Material qachon va qayerda olinganiga qarang.Uchinchi daqiqa — ikkinchi mustaqil manbani izlang.Bir-biridan ko‘chirgan o‘nta kanal o‘nta manba degani emas. Xabarni boshqa ishonchli nashr yoki axborot agentligi tasdiqlaganmi?To‘rtinchi daqiqa — rasm va videoni tekshiring.Tasvirni teskari qidiruv orqali tekshirib, uning avval qayerda e’lon qilinganini aniqlash mumkin. Videodagi ob-havo, avtomobil raqami, bino va yozuvlarga ham e’tibor
Markaziy Osiyo
19 Sept, 02:15edited
❗RASMAN: Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi2026/2027-o‘quv yilidan boshlab har yili pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi. Bu haqda tegishli Hukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) qabul qilindi,👥 Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 oizlik chegirma beriladi.📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.❌ Quyidagilarga chegirma berilmaydi:➖ oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari uchun; ➖ nodavlat oliy ta’lim
Markaziy Osiyo
18 Sept, 15:51
И.Каримов "Госплан"да. https://t.me/centerasiastudy


Markaziy Osiyo
18 Sept, 08:18edited
⚡️Ichki ishlarga ishga kirish yoshi 36 yoshgacha etib belgilandi!Prezidentning 26-avgustdagi PQ-303-son qarori bilan ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish bo‘yicha yosh talabi o‘zgartirildi.Avval xizmatga qabul qilish yoshi 30 yoshgacha etib belgilangan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra ushbu chegara 35 yoshgacha oshirildi. Ya’ni, fuqaro 36 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun hujjat topshirishi mumkin.Каналга уланиш @centerasiastudy


Markaziy Osiyo
18 Sept, 04:46edited
❗️🇮🇱🇰🇿Қозоғистон фуқаролари Исроилга визасиз ташриф буюришлари мумкин бўлган Марказий Осиёдаги биринчи давлатга айланадиИсроилнинг Қозоғистондаги элчиси Ёав Бистрицкий Остонада бўлиб ўтган учрашувда журналистларга бундай келишувга аллақачон эришилганини ва Исроил уни амалга оширишга тайёрлигини айтди.Жараён Қозоғистон ташқи ишлар вазири Мухтор Тилеуберди тегишли ҳужжатларни имзолаш учун Исроилга ташриф буюрганидан кейин бошланадиКаналга уланиш @centerasiastudy


Markaziy Osiyo
18 Sept, 04:25
🧠 Inson miya hujayralari sichqonning nerv tizimi bilan bog‘landiInson miyasi qanday rivojlanishini laboratoriyada o‘rganish oson emas. Idishda yetishtirilgan hujayralar tirik organizmdagi barcha sharoitlarni takrorlay olmaydi.Olimlar shu muammoni o‘rganish uchun inson hujayralaridan yetishtirilgan miya organoidlarini maxsus o‘zgartirilgan sichqonlarga ko‘chirdi. Organoid — to‘liq miya emas, balki uning rivojlanishidagi ayrim jarayonlarni takrorlaydigan kichik to‘qima tuzilmasi.Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda ko‘chirilgan inson hujayralari sichqonning nerv tizimi bilan aloqalar hosil qilgani ko‘rsatildi.Bu usul miya rivojlanishidagi buzilishlarni o‘rganish va ehtimoliy davolash yo‘llarini tekshirish uchun foydali model bo‘lishi mumkin.Biroq natijani “inson ongiga ega sichqon yaratildi” deb talqin qilish noto‘g‘ri. Tadqiqot bunday xulosani bermaydi. Hayvon


Markaziy Osiyo
17 Sept, 16:21
🔬 Ilmiy maqolani o‘qishdan uning usulini qo‘llashgacha — yangi AI tizimi nima taklif qilmoqda?Tadqiqotchi uchun maqolani tushunish ishning bir qismi, xolos. Undagi usulni takrorlash uchun dasturiy kodni topish, sozlash va o‘z ma’lumotlariga moslashtirish kerak. Ba’zan bunga maqolani o‘qishdan ko‘proq vaqt ketadi.Nature jurnalida 16-sentabr kuni taqdim etilgan Paper2Agent tizimi aynan shu ishlarni yengillashtirishga qaratilgan. U maqola, kod va ma’lumotlarni birlashtirib, savollarga javob beradigan hamda tegishli tahlillarni bajara oladigan sun’iy intellekt yordamchisini yaratadi.Mualliflar tizimni genomika va hujayralarga oid ma’lumotlarda sinagan. Ayrim vazifalarda u dastlabki tadqiqot natijalarini takrorlash va usullarni yangi ma’lumotlarga qo‘llashga muvaffaq bo‘lgan.Lekin bu imkoniyat barcha maqolalarda ishlamaydi. Kodning ochiq emasligi, ma’lumotlar yetishmasligi va texnik8,189Open in Telegram
Markaziy Osiyo
17 Sept, 15:32
☢️ YADRO QUROLI URUSHNI TO‘XTATADIMI YOKI XAVFNI OSHIRADIMI?Yadroviy tiyib turishning asosiy mantiqi oddiy: agar hujum qilgan tomon javoban halokatli zarba olishini bilsa, urush boshlashdan tiyiladi.Bu tizim ishlashi uchun uchta shart zarur:— javob zarbasini berish imkoniyati saqlanishi; — bu imkoniyatga qarshi tomon ishonishi; — tomonlar bir-birining niyatini to‘g‘ri tushunishi.Yadroviy tiyib turish tarafdorlari aynan shu qo‘rquv yirik davlatlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushni cheklab kelganini ta’kidlaydi.Ammo muammoning ikkinchi tomoni ham bor. Qaror qabul qilishdagi xato, texnik nosozlik, yolg‘on ogohlantirish, kiberhujum yoki noto‘g‘ri talqin tuzatib bo‘lmaydigan oqibatga olib kelishi mumkin.Bundan tashqari, yadroviy qurol barcha urushlarni to‘xtatmaydi. Yadroviy davlatlar o‘rtasida ham mahalliy to‘qnashuvlar, vositachi kuchlar orqali olib boriladigan urushlar va


Markaziy Osiyo
16 Sept, 15:55
💳 SANKSIYALAR ASLIDA QANDAY ISHLAYDI VA KIM KO‘PROQ ZARAR KO‘RADI?Sanksiya — urush boshlamasdan turib boshqa davlat, tashkilot yoki shaxsning qaroriga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan bosim vositasi.U turli shaklda bo‘lishi mumkin:— bank hisoblarini muzlatish; — xalqaro to‘lovlarni cheklash; — ayrim mahsulotlar eksportini taqiqlash; — texnologiya va uskunalar yetkazib berishni to‘xtatish; — transport, sug‘urta yoki investitsiyaga to‘siq qo‘yish; — mansabdor shaxslarga safar taqiqi joriy etish.Sanksiyaning ta’siri faqat taqiqlangan mahsulot bilan cheklanmaydi. Banklar xavfdan qo‘rqib qonuniy operatsiyalarni ham rad etishi, logistika kompaniyalari yo‘nalishlarni o‘zgartirishi va biznes xarajatlari oshishi mumkin.Eng katta savol: zararni kim ko‘radi?Siyosiy elita ko‘pincha o‘z resurslarini himoya qilish yo‘lini topadi. Biznes yangi vositachilar va qimmatroq yo‘nalishlarga


Markaziy Osiyo
15 Sept, 15:50
⚖️ BMT REZOLYUTSIYASI BARCHA DAVLATLAR UCHUN MAJBURIYMI?Qisqa javob: yo‘q, barcha rezolyutsiyalar bir xil huquqiy kuchga ega emas.Avvalo hujjatni BMTning qaysi organi qabul qilganini aniqlash kerak.BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalari odatda tavsiyaviy xususiyatga ega. Ular davlatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyat yuklamaydi. Ammo ko‘pchilik davlatlar qo‘llab-quvvatlagan rezolyutsiya katta siyosiy va ma’naviy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlari esa boshqa maqomga ega. Ayniqsa, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid yuzasidan BMT Nizomining VII bobi asosida qabul qilingan qarorlar a’zo davlatlar uchun majburiy bo‘lishi mumkin. Bunday hujjatlar sanksiya, qurol embargosi yoki boshqa choralarni nazarda tutadi.Deklaratsiya muayyan prinsip va siyosiy pozitsiyani ifodalaydi. U shartnoma kabi avtomatik ravishda majburiy bo‘lmaydi, biroq xalqaro


Markaziy Osiyo
14 Sept, 15:45
🚢 DUNYO SAVDOSINI BOSHQARAYOTGAN 5 TA GEOGRAFIK NUQTADunyo savdosining katta qismi dengiz orqali amalga oshiriladi. Kemalar esa istalgan yo‘ldan emas, muayyan bo‘g‘oz va kanallardan o‘tadi. Shu nuqtalardan biridagi muammo butun dunyoda narxlar va yetkazib berish muddatlariga ta’sir qilishi mumkin.1. Hormuz bo‘g‘oziFors ko‘rfazidagi neft va gazning tashqi bozorlarga chiqishida muhim yo‘l. Bu hududdagi keskinlik energiya narxlariga tez ta’sir ko‘rsatadi.2. Malakka bo‘g‘oziHind va Tinch okeanlarini bog‘laydi. Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Janubi-Sharqiy Osiyo savdosi uchun katta ahamiyatga ega.3. Suvaysh kanaliOsiyo bilan Yevropani eng qisqa dengiz yo‘li orqali bog‘laydi. Kanal yopilsa, kemalar Afrikaning janubidan aylanib o‘tishga majbur bo‘ladi.4. Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlariQora dengiz davlatlarini O‘rta yer dengizi bilan bog‘laydi. Don, neft mahsulotlari va


Markaziy Osiyo
14 Sept, 04:06
London metrosining "Pikadilli" stantsiyasi.Ushbu metro bekati shu nomli ko'chada joylashgandi. Ko'chaning nomi XVII asr boshlarida zodagonlar orasida modaga kirgan pikadil yoqalar tufayli yuzaga kelgan. XVII asrgacha bu ko'cha Portugaliya deb nomlangan. Tikuvchi Robert Beyker ushbu ko'chada o'sha davrning elita dizayn studiyasi hisoblangan "Piccadilly Hall"ni ochgandi.Keyinchalik ko'chaga aristokratlar joylasha boshlaydi. Tez orada u yerda yopiq klublar, restoranlar va kazinolar ochiladi. "Clarendon House", "Berkley House", "Burlington House", "Bath House" va "Cambridge House" kabi hashamatli uylar qurilgan. Ko'cha oxiri "Picadadilly Circus" nomli maydon bilan tugaydi.Library @centerasia_libraryKanalga ulanish👇 @centerasiastudy


Markaziy Osiyo
13 Sept, 15:45
🤝YOPIQ ESHIKLAR ORTIDA DIPLOMATLAR QANDAY MUZOKARA OLIB BORADI?Diplomatik muzokara delegatsiyalar stol atrofida o‘tirgan paytdan emas, undan ancha oldin boshlanadi.Birinchi bosqichda tomonlar o‘z maqsadini aniqlaydi: nimaga erishmoqchi, qaysi masalada yon berishi mumkin va qaysi talabdan voz kechmaydi?Keyin qarshi tomon o‘rganiladi. Uning ichki siyosiy vaziyati, iqtisodiy imkoniyatlari, vaqt bosimi va muqobil variantlari tahlil qilinadi.Muzokara davomida esa uchta jarayon bir vaqtda kechadi:— rasmiy takliflar muhokama qilinadi; — norasmiy kanallar orqali haqiqiy imkoniyatlar aniqlanadi; — har bir jumlaning kelajakdagi huquqiy va siyosiy oqibati tekshiriladi.Diplomatlar ko‘pincha bitta masalani alohida hal qilish o‘rniga “kelishuv paketi” tuzadi. Bir tomon savdo bo‘yicha yon bersa, ikkinchi tomon transport, xavfsizlik yoki boshqa masalada


Markaziy Osiyo
13 Sept, 09:06
Ривоят қилишларича, ҳозирги Паст Дарғом тумани ҳудудида жойлашган Чимбой дашти ҳокими чорвасининг кўплиги билан донғи кетган экан. У ўғлига муносиб қиз ахтариб, Суғд подшоси Ихшидхоннинг қизига совчи қўяди.Суғд ҳукмдори қизини унинг ўғлига бир шарт билан беришини айтади. Унга кўра баланд даштдан пастдаги шаҳар қалъасига ер ости орқали қувурда сут етказиб бериши лозим эди. Шундан сўнг дашт ҳокими катта сопол қувурлар ясатиб уни қалъа ичкарисигача олиб киради. Қалъага юқоридан шу қувурлар орқали сут оқиб турган.Энг аввал сутдан хон ҳузур қилиб ичгач ўртадаги чопар ва жарчилар «Ичди хон», деб бақириб кетаверади. Шу-шу, бу шаҳар Иштихон, шартни бажарган чорвадор эса чин бой эканлиги тан олиниб, дашт ҳудуди «Чимбой» деб номланади.🚀Ps: маълумотларни Иштихонликларга жўнатиб қўйинг.Library @centerasia_library✅Асосий канал @centerasiastudy

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
