gram news
MM "MUFEED MOLIYA" channel avatar

MM "MUFEED MOLIYA"

@chiroylimoliya

Бизнесда молия чиройли бўлиши лозим, шунда бизнес чиройли бўлади. Молия тўғри бўлиши лозим, шунда бизнес ҳам адолатли, одил бўлади. Канал асосчиси: Хондамир Нусратхўжаев Муаллиф ҳақида: https://telegra.ph/Muallif-haqida-11-09 Боғланиш: @HN_Jed_bot

ProjectsENBusiness

6,590subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • MM "MUFEED MOLIYA"

    22 Sept, 06:46

    Nega bizga doim kamdek tuyuladi?Biz doim deyarli bir xil gapni eshitamiz: Yaxshiroq yashashni xohlaysanmi, ko‘proq pul top. Ko‘proq topdingmi, o‘zingga ko‘proq narsani ravo ko‘rishing mumkin. Keyin yana ko‘proq pul top.Bir qarashda hammasi mantiqli. Men ham inson o‘sishi, ko‘proq daromad topishi va kapital yaratishi kerak, deb hisoblayman. Lekin bitta muammo bor. Ko‘pincha daromadimiz oshishi bilan ehtiyojlarimiz ham xuddi shunday tezlikda oshib boradi.15 mln so‘m topardingiz, 12 mln so‘mga yashardingiz. Daromadingiz 25 mln so‘mga chiqdi va negadir endi 22 mln kerak bo‘lib qoldi, ba’zida esa 30 mln ham yetmaydi. Yaxshiroq mashina. Yangiroq telefon. Qimmatroq dam olish. Restoranlarga tez-tez borish. Keyin atrofingizdagi odamlar ham o‘zgaradi va daromadingiz darajasida sizga nimalar “yarashishi” haqida yangi tasavvurlar paydo bo‘ladi.Natijada inson haqiqatdan ham ancha ko‘proq pul
    6,7001510Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    21 Sept, 07:31

    JOB ANNOUNCVEMENTExecutive Opportunity: Chief Business Officer (CBO) — Open Bank We are hiring a Chief Business Officer (CBO) to build and scale Central Asia's first mobile-first, Shariah-compliant digital bank in Tashkent, Uzbekistan!Role Overview: Location: Tashkent, Uzbekistan (Full relocation supported) Reporting to: CEO Scope: Full P&L ownership (Retail, SME, Corporate), digital acquisition, Shariah products (Murabaha, Ijara, Sukuk), and BNPL ecosystem partnerships.Requirements: 12+ years in banking with 4–5+ years in senior executive leadership (C-suite/MD/Group Head). Proven track record scaling digital or Islamic banking franchises (e.g., Maybank Islamic, Bank Islam). Fluent English.@chiroylimoliya
    1,260133Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    21 Sept, 06:11edited

    @chiroylimoliya noto”g”ri lombard va sherikchilik
    1,210voice message66Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    20 Sept, 06:10

    1,350voice message15132Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    18 Sept, 07:09

    Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Biz hozir Islom moliyasi bo‘yicha yangi kurs ustida ishlayapmiz. Lekin bu kursni shunchaki nazariy ma’lumotlar bilan to‘ldirishni xohlamaymiz. Kurs aynan sizga kerak bo‘lgan bilim, real savollar va kundalik moliyaviy ehtiyojlarga
    1,7601913Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA" pinned a photo

    17 Sept, 05:41

  • MM "MUFEED MOLIYA"

    17 Sept, 05:41

    Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!Biz hozir Islom moliyasi bo‘yicha yangi kurs ustida ishlayapmiz.Lekin bu kursni shunchaki nazariy ma’lumotlar bilan to‘ldirishni xohlamaymiz. Kurs aynan sizga kerak bo‘lgan bilim, real savollar va kundalik moliyaviy ehtiyojlarga javob berishini istaymiz.Shu sababli qisqa so‘rovnoma tayyorladik. Unda:— hozirgi faoliyatingiz; — Islom moliyasi bo‘yicha bilim darajangiz; — bu yo‘nalishni o‘rganishdan maqsadingiz; — sizga qulay bo‘lgan o‘qish formati haqida bir nechta savol bor.⏱️ So‘rovnomani to‘ldirishga 3–4 daqiqa kifoya.Sizning javoblaringiz kursni shakllantirishda bizga katta yordam beradi.🎁 Formani to‘liq to‘ldirgan ishtirokchilarga maxsus instrumentimizni taqdim qilamiz.👇 So‘rovnomani quyidagi havola orqali to‘ldiring:
    Image from a post by MM "MUFEED MOLIYA"Image from a post by MM "MUFEED MOLIYA"
    1,870185Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    16 Sept, 11:12

    Assalomu alaykum hammaga ! Faraz Adamning foydali postini tarjimasiAgar mijozingiz siz unga nima sot'yatganizni aniq tushunmasa, demak, nimadadir allaqachon muammo bor. Islomiy moliyaning eng asosiy tamoyillaridan biri bu rostgo'ylik. Lekin u nima bilamizmi ?Rostgo'ylik hech qachon marketing shiori bo‘lmasligi kerak — u bozor tamoyiliga aylanishi kerak. Nega?✅ Rostgo'ylik nizolarni kamaytiradi. ✅ Bitimlardagi ortiqcha to‘siq va noqulayliklarni kamaytiradi. ✅ Bir tomon ikkinchi tomon bilmagan narsadan foydalanib, manfaat ko‘rishi imkoniyatini kamaytiradi. ✅ Va oxir-oqibat, ishonchni shakllantiradi.Oddiygina mahsulot sotish misolini olaylik. Agar sotuvchi mahsulotdagi nuqsonlarni ochiq aytishi, mahsulotni to‘g‘ri tavsiflashi hamda muhim ma’lumotlarni yashira olmasligi kerak bo‘lsa, muhim bir jarayon yuz beradi. Sotuvchining sifatsiz mahsulotlarni bozorga olib chiqishga bo‘lgan
    1,700166Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    14 Sept, 06:21edited

    @chiroylimoliya halol nasiya halolmi
    1,830voice message168Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    11 Sept, 08:37

    forwarded from @husan_mamasaidov_rasmiy1

    🔴 PREMYERA! 🔴Kredit sizni boy qiladimi?📌 Hozirgi vaqtdagi eng ogʻriqli mavzu: Kredit va qarz vabosi boʻlib qoldi. Afsuski bu oʻsishda davom etyapti...▶️ Shu mavzuda Hondamir Nasratxoʻjayev aka bilan suhbatimizni, YouTube sahifamizga joyladik ✔️Videoni albatta koʻring, manfaatli boʻladi nasib qilsa👇https://youtu.be/hgL7qDi2ZsQ https://youtu.be/hgL7qDi2ZsQ
    YouTubeKredit Sizni Boy Qiladi(mi?) | Hondamir Nusratxo'jayev va Husan MamasaidovMy Life Planner dasturiga oldindan ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/2gZuAXBtWfL92KhdA ====== Oson kredit va muddatli to'lovlar qanday qilib insonni qarz qopqoniga tushiradi? Ushbu suhbatda moliya eksperti Hondamir Nusratxo'jayev bilan shaxsiy moliyani…
    2,10021102Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    11 Sept, 07:13edited

    Assalomu alaykum,Jiddiy yolg‘onning kamdan-kam o‘ylaydigan juda katta bir narxi bor: uni doimiy ravishda “saqlab turishga” to‘g‘ri keladi.Men tasodifiy xato yoki arzimas narsani nazarda tutmayapman. Gap muhim narsalardagi yolg‘on haqida: munosabatlarda, biznesda, sherikchilikda, pulda, obro‘da, majburiyatlarda, o‘zingizni boshqalarga qanday inson qilib ko‘rsatishingizda.Agar muhim bir narsaning asosida yolg‘on yotsa, keyin uni doimiy ravishda himoya qilishga to‘g‘ri keladi. So‘zlaringizni nazorat qilish. Kimga nima deganingizni eslab yurish. Keyingi harakatlaringizni oldingi gaplaringizga moslashtirish. Biri oshkor bo‘lmasligi uchun boshqasini yashirish. Va asta-sekin bitta yolg‘on yana ko‘proq yolg‘onni talab qila boshlaydi.Ishoning, buning uchun juda ko‘p kuch va energiya ketadi. Ba’zida esa bunga chidashning o‘zi juda qiyin...Tashqaridan hammasi barqarordek ko‘rinishi
    2,06023111Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    10 Sept, 07:26

    SIZNING ENG KATTA MOLIYAVIY XAVFINGIZ - EHTIMOL, QARZLARINGIZ EMAS. Asosiy xavf - agar ertaga daromadingiz to‘satdan yo‘qolsa, oilangiz bilan nima bo‘lishi.Keling, hayotimizga rostgo‘y qaraylik. - Mashina uchun hali ham to‘lovlar bor. - Uy uchun ipoteka yoki uzoq muddatli bo‘lib-bo‘lib to‘lash majburiyati bor. - Boshqa majburiy oylik to‘lovlar ham mavjud. - Farzandlar sizning daromadingizga bog‘liq. - Ota-onalar yoshi ulg‘aygani sari davolanish va parvarishga ko‘proq mablag‘ kerak bo‘ladi. - Jamg‘armalar esa ko‘pincha unchalik katta emas.Bugun bularning barchasi boshqariladigan muammodek ko‘rinadi - toki biz sog‘lommiz, ishlayapmiz va har oy daromad olayapmiz.Ammo ertaga ishingizdan ayrilsangiz-chi? Bir necha oy daromadsiz qolsangiz-chi? Yahshi ishdan to'satdan bo'shatishsa, kutilmagan jiddiy kasallik yoki nogironlik sababli ishlay olmasangiz-chi? Yoki undan ham yomoni sodir
    1,9702710Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    9 Sept, 06:51edited

    @chiroylimoliya depozit yoki ko’chmas mulk: 2 qism
    1,820voice message168Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    9 Sept, 06:42edited

    @chiroylimoliya depozit yoki ko’chmas mulk: 1 qism
    1,920voice message189Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    8 Sept, 06:43

    izohlaringiz, talqiningiz
    Image from a post by MM "MUFEED MOLIYA"Image from a post by MM "MUFEED MOLIYA"
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    6 Sept, 08:09

    kimda bu gapni tasdiqlaydigan misollar bor ?
    Image from a post by MM "MUFEED MOLIYA"Image from a post by MM "MUFEED MOLIYA"
    2,660102Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    6 Sept, 04:46edited

    Aqlli odamlar nega ahmoqona qarorlar qiladi?Meni anchadan beri bir savol qiziqtirardi. Nega aqlli, bilimli, odatda juda ratsional odamlar ba’zida juda ahmoqona moliyaviy qarorlar qiladi? Axir u nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanini biladi. Oqibatini ham tushunadi. Lekin baribir qiladi.Shu fenomenni o‘rganishni boshladim. Va bir narsani tushundim: muammo ko‘pincha bilimda emas. Ba’zida hozirgi istak va emotsiya kelajakdagi oqibatdan kuchliroq bo‘lib qoladi.Bu yerda ikkita tanish “qahramon” ham bor: dopamin va kortizol )) Dopamin (mukofot va uni kutish bilan bog‘liq gormon) ayniqsa biror narsani juda xohlab qolganimizda kuchli ishlaydi: yangi mashina, qimmat telefon, tez foyda beradigandek ko‘ringan investitsiya, katta chegirma yoki “bunday imkoniyat boshqa bo‘lmaydi” degan taklif.U miyaga: “Buni ol! Mukofot yaqin!” degan signalni kuchaytiradi. Natijada hozirgi zavq kattaroq,
    2,79024123Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    5 Sept, 04:22

    Boylik daromaddan boshlanmaydiYaqinda bir qiziq fikrni eshitib, bir paradoks haqida o‘ylanib qoldim. Ekspert shunday deydi: biznesga qaraganimda, meni hech qachon faqat daromad qiziqtirmaydi.Kompaniyaning yalpi daromadi 100 mlrd so‘m bo‘lishi mumkin, lekin barcha xarajatlardan keyin 2 mlrd so‘m foyda qolsa, demak, biznes amalda topganining atigi 2 foizini saqlab qolgan. Boshqa biznesning daromadi esa atigi 30 mlrd so‘m bo‘lib, 6 mlrd so‘m foyda olishi mumkin.Shuning uchun biznesda biz juda yaxshi tushunamiz: faqat qancha topganing emas, qancha qolgani muhim.Lekin shaxsiy moliyada negadir boshqacha fikrlaymiz. Odatda: “U qancha topadi?” deb so‘raymiz. Deyarli hech qachon: “Topganimdan qancha qismini saqlab qolaman?” deb fikrlamaymiz. Oyiga 30 mln so‘m topib, 28 mlnini sarflash mumkin. Yoki 15 mln so‘m topib, 10 mlniga yashab, qolgan 5 mlnini muntazam ravishda aktivlarga
    2,2803616Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    3 Sept, 07:44edited

    Assalomu alaykum,Toshkentda bo‘lganimda o‘nga yaqin tadbirkor bilan uchrashdim va bir nechta biznes klubda biznes sherikchiligi mavzusida chiqish qildim. Va yana bir bor bitta narsaga amin bo‘ldim: so‘nggi yillarda bizneslarimiz juda katta o‘sdi, lekin ko‘plab kompaniyalarda mulkdorlik madaniyati biznes endi kichik bo‘lgan davrdagi darajada qolib ketgan.Kompaniyada yuzlab xodimlar, katta aylanma, bir nechta yo‘nalish va professional menejment bo‘lishi mumkin. Lekin biznes egasi hamon eski usulda boshqaradi: delegatsiya qilmaydi, chunki “mensiz buzib qo‘yishadi” deb qo‘rqadi; tizimni emas, odamlarni bevosita boshqaradi; CEO’ni chetlab o‘tib, xodimlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshiriq beradi va boshqaruv iyerarxiyasini buzadi; istagan qaroriga aralashadi, biznesdan pulni xohlagan paytda oladi, vazifasini uddalay olmayotgan qarindoshini lavozimda ushlab turadi, lekin ayni paytda
    2,1602311Open in Telegram
  • MM "MUFEED MOLIYA"

    2 Sept, 11:29

    Pulning eng katta foydasi har doim ham kattaroq uy, yaxshiroq mashina yoki qimmatroq narsalar emas. Pulning eng katta qiymati - erkinlik.Moliyaviy mustaqillik - yoqtirmagan ishingizdan ketish imkoniyati. Favqulodda vaziyatda hech kimga qaram bo‘lmaslik. Qarorlarni pul yetishmasligi sababli emas, o‘z xohishingiz bilan qabul qilish.Shuning uchun pulning haqiqiy boyligi - qancha narsaga egaligingizda emas, qancha erkinlik sotib olganingizda.@chiroylimoliya
    2,5204718Open in Telegram