gram news
Chortoq ma'naviyat channel avatar

Chortoq ma'naviyat

@chortoq_manaviyat

Республика Маънавият ва маърифат маркази Республиканский Центр духовности и просвещение Republican Center of Spiritualiti and Enlightenme РМММ Чортоқ тумани бўлинмасининг расмий канали Боғланиш учун @MurojatChortoq_bot

ProjectsUZReligion

1,670subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Chortoq ma'naviyat

    22 Sept, 14:23

    ЭЪЛОН ОАВ ходимлари ўртасида “Заковат” интеллектуал ўйини ўтказилади! Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси Наманган вилояти бўлими ташаббуси ва Республика Маънавият ва маърифат маркази вилоят бўлими, Мажбурий ижро бюроси, Ёшлар ишлари агентлиги вилоят бошқармалари билан ҳамкорликда оммавий ахборот воситалари, Маънавият ва маърифат маркази вакиллари ўртасида “Заковат” интеллектуал ўйини ташкил этилмоқда. 🗓 Сана: 25 сентябрь 2026 йил 🕙 Вақт: соат 10:00 📍 Жой: Ёшлар маркази. Танловда қуйидаги йўналиш вакилларидан шаклланган жамоалар иштирок этиши мумкин: — маънавият йўналишида фаолият олиб бораётган ходимлар; — матбуот ходимлари; — телевидение соҳаси вакиллари; — ахборот хизматлари ходимлари; — ёш журналистлар; — блогерлар. 👥 Жамоа таркиби — 5 нафар иштирокчидан иборат бўлиши шарт. Интеллектуал баҳс, билимлар синови ва ҳамкасблар билан самимий мулоқот муҳитида ўтадиган ушбу тадбирга барча
  • Chortoq ma'naviyat

    22 Sept, 13:14

    Жаҳолатга қарши маърифат биланЧортоқ туманида меҳнат жамоаларида соғлом ижтимоий-маънавий муҳитни мустаҳкамлаш, ёшлар ва ходимларни турли ёт ғоялар таъсиридан асрашга қаратилган маърифий тадбирлар давом этмоқда.Туман Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш бўлимида «Жаҳолатга қарши маърифат билан» мавзусида очиқ мулоқот ўтказилиб, ижтимоий тармоқлардан оқилона фойдаланиш, диний мутаассибликнинг олдини олиш ва миссионерликнинг мазмун-моҳияти ҳақида фикр алмашилди.Тадбир якунида иштирокчиларнинг саволларига жавоб берилиб, зарур тавсиялар берилди.
  • Chortoq ma'naviyat

    21 Sept, 17:08

    #KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan"Jadidlar izidan" tanlovi yana Siz bilan!🤐 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan oʻtkaziladigan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumi boshlanmoqda!🔹 Tanlov ikki yosh toifasida 6-8 hamda 9-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida o‘tkaziladi.🔗 Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish: ✅6-8-sinf ✅9-10-sinf▪️ Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.➖ Eslatib oʻtamiz, Respublika bosqichi g’oliblari xorijga ta'lim sayohati va oliy ta'lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.👉 Tanlov NIZOMI bilan tanishing.Jadidlar merosini birgalikda o‘rganamiz!
  • Chortoq ma'naviyat

    21 Sept, 16:51

    ♟G‘ALABAAAAAAAAAAA!!!!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov durang o‘z partiyalarida o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘ydi va g‘alabani ilib ketdi! Nodirbek — qahramon!!!
  • Chortoq ma'naviyat

    21 Sept, 11:28

    forwarded from @namangan_ziyolilari

    #birdam_jamiyat🇺🇿Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, aholi farovonligini ta’minlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatini yuksaltirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.➡️Shuningdek, nutqda belgilab berilgan vazifalarni barcha sohalarda samarali amalga oshirish, jamoatchilikni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirish hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish muhim vazifa ekani qayd etildi.✅Rasmiy sahifalarimiz: 🌐Telegram | 📱Facebook 📱Instagram | 🖥YouTube
  • Chortoq ma'naviyat

    21 Sept, 08:01

    Ёшлар етакчилари учун маънавий-маърифий китоблар тарқатилдиБугун Чортоқ туман Ёшлар ишлари агентлиги томонидан маҳаллаларда фаолият олиб бораётган ёшлар етакчиларига маънавий-маърифий мазмундаги китоблар тарқатилди.Тадбирдан кўзланган асосий мақсад — маҳалла ёшлар етакчиларининг китобхонлик маданиятини юксалтириш, уларнинг маънавий-маърифий билим ва дунёқарашини бойитиш ҳамда ёшлар билан ишлаш жараёнида бадиий ва илмий адабиётлардан самарали фойдаланишини қўллаб-қувватлашдан иборат.Тақдим этилган китоблар орасида тарих, маънавият, миллий қадриятлар ва инсон камолотига оид асарлар ўрин олган.Қайд этиш жоизки, маҳаллада ёшлар билан бевосита ишлайдиган етакчиларнинг китоб мутолаасига бўлган қизиқиши нафақат уларнинг шахсий ривожи, балки ёш авлод билан ишлаш самарадорлигини оширишда ҳам муҳим аҳамият касб этади.
  • Chortoq ma'naviyat

    21 Sept, 03:30

    BUGUN — “KELAJAK SOATI”Bugun, 21-sentabr — dushanba. Yangi hafta yurtimiz maktablarida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari bilan boshlandi.Darslarda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlash hamda kelajak oldidagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan mavzular yoritiladi.Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chortoq tumani bo‘linmasi rahbari Rasulbek Ummatov 48-maktabda mazkur darsda ishtirok etdi.🎓 “Kelajak soati” — bugungi suhbat, ertangi natija.
  • Chortoq ma'naviyat

    21 Sept, 03:16

    forwarded from @namangan_ziyolilari

    #xalqchildavlat #kunhikmati 🌍Biz bilan kuzatib boring!🕊Telegram | 📸Instagram
  • Chortoq ma'naviyat

    19 Sept, 14:56

    “Menimcha” teleloyihasining ushbu sonida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tarixiy davlat tashrifi tafsilotlari tahlil qilinadi.Ko‘rsatuvni bugun, 19-sentabr soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling.Ertaga, 20-sentabr soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi.Facebook|Instagram|X
  • Chortoq ma'naviyat

    19 Sept, 14:09

    ТАҚДИМОТБугун Наманган Ихтисослашган санъат мактабида журналист ва ижодкор Дилбар Ҳайдарованинг таниқли режиссёр, телевидение ижодкори Зокиржон Қаюмов ҳақидаги "Синовларда синалган умр" китоби тақдимоти бўлди.Батафсил кейинроқ
  • Chortoq ma'naviyat

    19 Sept, 08:22

    ПРЕЗИДЕНТ НУТҚИ — ЖАМОАТЧИЛИК ЭЪТИБОРИДАЧортоқ туманидаги 1-сонли техникумда Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқида илгари сурилган ташаббус ва устувор вазифаларни аҳолига етказишга қаратилган тарғибот тадбири ўтказилди.Унда "Нуроний" жамғармаси вилоят бўлими вакиллари А.Болтабоев, Ш.Тўраев, туман жамоатчилик кенгаши раиси У.Саттаров, Маънавият ва маърифат маркази туман бўлинмаси раҳбари Р.Умматов ёшлар, маҳалла еттилиги, "Кексалар маслаҳати гуруҳи" аъзолари иштирок этди.Вилоят тарғибот гуруҳи аъзоси, Наманган вилояти ҳокимлиги ҳузуридаги Малака ошириш маркази директори, иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори Раҳмонжон Эгамбердиев нутқда белгиланган муҳим вазифалар ва тарихий ташаббуслар ҳақида батафсил маълумот берди. Тадбирда мамлакат тараққиёти, инсон қадри ва жамият фаровонлигига қаратилган
  • Chortoq ma'naviyat

    18 Sept, 15:15

    Chortoq tumani Sog'liqni saqlash bo'limi tomonidan yuritilayotgan ish hujjatlari, ish dasturlari, shuningdek, o‘rnatilgan peshlavha va ko‘rgazmali axborot matnlarining davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida xatosiz yozilishi o‘rganildi.O‘rnatilgan peshlavhalar va ko‘rgazmali axborot matnlarining davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida xatosiz yozilishi, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilish, kirill alifbosida yozilgan tashqi yozuvlarni bartaraf etilish va lotin yozuvida bo‘lishini ta‘minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
  • Chortoq ma'naviyat

    18 Sept, 02:53edited

    #36_sonHurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.#uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring!♻️ Telegram ♻️ YouTube ♻️ Twitter
  • Chortoq ma'naviyat

    17 Sept, 10:07

    Chortoqda yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Chortoq tumanidagi 40- umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.Maktabda “Giyohvandlik - kelajak kushandasi” mavzusida profilaktik yig‘ilish hamda 10–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Biz narkotiklarga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.5–7-sinf o‘quvchilari uchun “Salbiy ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllantirish” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi. Shuningdek, kitoblar ko‘rgazmasi,