Latest posts

Daryo — LIVE
28 Sept, 18:49
Shaxmat olimpiadasi chempionlari Toshkentda tantanali kutib olindiShimoliy vokzalda chempionlarni muxlislar, yoshlar va jamoatchilik vakillari qarshi oldi.@daryo_live
Daryo — LIVE
28 Sept, 18:19
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning hujjatlari olib qo‘yilgani aniqlandiIsh beruvchi berilmagan ish haqlarini 48 soat ichida to‘lab berish majburiyatini oldi. Migratsiya agentligi mazkur masala vakolatxona nazoratida ekanini bildirdi.@daryo_live
Daryo — LIVE
28 Sept, 17:45
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda muhim qadam: javobgarlik choralari kuchaytiriladiQonun loyihasi 29-sentyabr kuni o‘tkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.@daryo_live
4,420Open in Telegram
Daryo — LIVE
28 Sept, 17:22
“Ikki haftada Eronning savdo qiladigan hech narsasi qolmaydi” — AQSH moliya vaziriSkott Bessent Tehronning so‘nggi neft yuklari Xitoyga jo‘natilayotganini aytdi. Shundan so‘ng mamlakat savdosi to‘xtashi kutilayotgani ta’kidlandi.“Ular dunyodan uzilib qolgan. Ular qora ro‘yxatga tushgan davlatga aylangan”, dedi vazir.@daryo_live
5,470Open in Telegram
Daryo — LIVE
28 Sept, 16:25
Shavkat Mirziyoyev shaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotladiNodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyev “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.@daryo_live
7,450Open in Telegram
Daryo — LIVE
28 Sept, 14:28edited
Toshkentdagi Bo‘rijar ko‘chasi Pekin ko‘chasi deb qayta nomlandiXalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Rakatboshi mahallasidagi ko‘chani qayta nomlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ko‘chadagi peshlavhalar uch oy ichida yangi nomga almashtiriladi.@daryo_live
10,300Open in Telegram
Daryo — LIVE
28 Sept, 13:52
SpaceX’ning Starship kemasi ilk bor Yer orbitasiga chiqdiRaketa Texasdagi Starbase kosmodromidan uchirildi. Rejaga ko‘ra, Starship Yer atrofini qariyb olti marta aylanib chiqishi va orbitaga 26 ta Starlink V3 sun’iy yo‘ldoshini olib chiqishi kerak.Missiya qariyb 10 soat davom etadi. Parvoz yakunida Starship Chili sohillari yaqinida Tinch okeaniga qo‘nishi rejalashtirilgan.@daryo_live
Daryo — LIVE
28 Sept, 13:30
Tailand poytaxti Bangkokda suv toshqini ortidan oziq-ovqat “suzuvchi” bozorlarda sotilmoqda. Tabiiy ofat mamlakat iqtisodiyotiga 327 million dollar zarar yetkazgani ta’kidlandi.@daryo_live
Daryo — LIVE
22 Sept, 17:58
Akmal Jumanazarov Mudofaa sanoati qo‘mitasi raisi etib tayinlandiU 2024-yil fevralidan buyon Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori vazifasida ishlab kelayotgandi.@daryo_live
3,850Open in Telegram
Daryo — LIVE
22 Sept, 17:09
Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashlandiBu Latviya o‘z vetosini qaytarib olganidan so‘ng amalga oshirildi. Ro‘yxatdagi qolgan 3000 nafar jismoniy va yuridik shaxsga qo‘llangan cheklovlar muddati uch yilga uzaytirildi.@daryo_live
6,450Open in Telegram
Daryo — LIVE
22 Sept, 16:49
Xitoylik 6 yoshli qiz Rubik kubigini yigʻish boʻyicha jahon rekordini yangiladiLyan Yunchji ismli qizaloq Rubik kubigini besh marta yigʻib, oʻrtacha 4,27 soniyalik natija qayd etdi.@daryo_live
Daryo — LIVE
22 Sept, 16:08
Ozarbayjonda O‘zbekiston va Turkiya harbiylari ishtirokidagi qo‘shma mashg‘ulotlar boshlandiMashg‘ulotlarda uch davlat Mudofaa vazirliklarining harbiy xizmatchilari, jangovar texnika, aviatsiya va harbiy-dengiz floti vositalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari qatnashmoqda.@daryo_live
Daryo — LIVE
22 Sept, 15:51
Tramp sun’iy intellektni “super intellekt” deb qayta nomlashni taklif qildi.@daryo_live
Daryo — LIVE
22 Sept, 14:51
Toshkent shahri va viloyatida qariyb 2 kg giyohvandlik vositasining tarqalishiga chek qo‘yildiBir holatda gumonlanuvchi dala maydonida yashirilgan 550 gramm mefedronni olib ketayotgan vaqtda ushlangan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.@daryo_live
Daryo — LIVE
22 Sept, 14:22
Nikol Pashinyan Armaniston va Rossiya munosabatlarida “muqarrar o‘zgarishlar” bo‘lishini aytdiBosh vazir Moskva bilan munosabatlarni uzishni istamasligini, ammo bundan buyon aloqalar hech qachon avvalgidek bo‘lmasligini ma’lum qildi.Biz munosabatlarimizni chuqurlashtirmoqchimiz, lekin yangi muhitda va yangi sharoitlarda. Armaniston Moskva bilan nizoga kirishmaydi. Aksincha, o‘z pozitsiyasini xotirjam va izchil ravishda himoya qilishda davom etadi, dedi Pashinyan.@daryo_live
10,700Open in Telegram
Daryo — LIVE
22 Sept, 14:08
Toshkentda bugun kechqurun havo sifati yomonlashishi mumkinKechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya etildi. Atmosfera havosi sifati hozirda Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.@daryo_live
10,700Open in Telegram
Daryo — LIVE
22 Sept, 13:47
Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishdi 2030-yilgacha 16 ta yangi podstansiya va qariyb 5 ming kilometr elektr uzatish tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan. 2027—2029-yillarda esa strategik 500 kilovoltli10,600Open in Telegram
Daryo — LIVE
22 Sept, 13:42
Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishdi2030-yilgacha 16 ta yangi podstansiya va qariyb 5 ming kilometr elektr uzatish tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan. 2027—2029-yillarda esa strategik 500 kilovoltli tarmoqlar va yangi podstansiyalar ishga tushiriladi.@daryo_live


10,700Open in Telegram
Daryo — LIVE
22 Sept, 13:17
Toshkentdagi Milliy kutubxona ortida 1,3 gektarlik hududda pulli avtoturargoh tashkil etiladi Yer uchastkasini elektron auksionga chiqarish rejalashtirilmoqda. Hududdan 10 yil muddatga foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan xususiy sherik investitsiya majburiyatlarini

10,700Open in Telegram
Daryo — LIVE
22 Sept, 12:42
Janubiy Koreya sobiq birinchi xonimining qamoq muddati qisqartirildiSobiq prezident Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xining qamoq muddati yetti yildan besh yilga tushirildi. U tadbirkorlar va boshqa shaxslardan noqonuniy sovg‘alar olganlikda ayblangan edi.@daryo_live
11,300Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
