Latest posts

Davlat mehnat inspeksiyasi
22 Sept, 06:07
ТАЙИНЛОВ🇺🇿 Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирининг тегишли буйруғига асосан, Аҳмедов Олимхўжа Мухаметхон ўғли Наманган вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бошқармаси Давлат меҳнат инспекцияси бошлиғи лавозимига тайинланди.Тайинловга қадар О.Аҳмедов Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги Давлат меҳнат инспекцияси — давлат меҳнат ҳуқуқ инспектори лавозимида фаолият юритган.О.Ахмедовни янги лавозими билан табриклаб, ишларида улкан зафарлар тилаб қоламиз!
Davlat mehnat inspeksiyasi
19 Sept, 10:00
forwarded from @mehnatvazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣Munosib mehnatni ta’minlash — bosh maqsad!✅ O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi 2026-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida "Milliy monitoringni" tashkil etishga bag‘ishlangan brifing o‘tkazdi.✅ Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva hamda hududiy boshqarmalar mas’ullari ishtirok etdi.✅ Brifingda paxta yig‘im-terimi mavsumida mehnat huquqlarini ta’minlash, majburiy va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, terimchilar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda mehnatga o‘z vaqtida va adolatli haq to‘lanishini ta’minlash
Davlat mehnat inspeksiyasi
18 Sept, 17:33edited
📢 RASMIY MUNOSABATIjtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 56-maktab pedagog xodimlari obodonlashtirish, ko‘cha tozalash, yo‘l bo‘yidagi obyektlarni ta’mirlash va oqlash ishlariga jalb etilgani haqida xabarlar tarqaldi.Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.Hozirda xabarda keltirilgan holatlarning haqqoniyligini aniqlash, pedagog xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etilganligini o‘rganish maqsadida belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.O‘rganish yakunlari bo‘yicha holatga huquqiy baho berilib, qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan ta’sir choralari qo‘llaniladi.Davlat mehnat inspeksiyasi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘ladi.O‘rganish natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.
Davlat mehnat inspeksiyasi
18 Sept, 16:04edited
Ish joyingizda tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchradingizmi?Kimga va qanday murojaat qilishni bilmayapsizmi?O‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qiling!📲 @munosibmehnat_uz orqali murojaatingizni yuboring.Tazyiq va zo‘ravonlikka ish joyida o‘rin yo‘q!6,080Open in Telegram
Davlat mehnat inspeksiyasi
18 Sept, 10:57
forwarded from @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanida tashkil etilgan issiqxona majmuasi bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с тепличным комплексом, организованном в Кегейлийском районе.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #issiqxonaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X3,210Open in Telegram
Davlat mehnat inspeksiyasi
18 Sept, 05:51
⚖️ NOQONUNIY ISHDAN BO'SHATILGAN XODIM ISHGA TIKLANDI📝 Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan Furqat tumani 40-sonli DMTT tarbiyachisining ishga tiklash masalasiga oid murojaati Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.🔎 O‘rganish davomida fuqaro G.Yunusova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda mehnat qonunchiligi talablari buzilganligi aniqlandi.🖋 Aniqlangan holatlar yuzasidan Furqat tumani 40-sonli DMTT direktoriga qonunchilikda belgilangan tartibda yozma ko‘rsatma kiritildi.✅ Kiritilgan yozma ko‘rsatma belgilangan muddatda va belgilangan tartibda to‘liq ijro etildi, fuqaro G. Yunusova avvalgi ish joyiga — tarbiyachi lavozimiga ishga tiklandi.Davlat mehnat inspeksiyasi fuqarolarning mehnat
Davlat mehnat inspeksiyasi
17 Sept, 09:28
⚖️ XODIMLAR FOYDASIGA OYLIK ISH HAQLARI UNDIRIB BERILDI📝 Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi sobiq «Tabassum» oilaviy bog‘chasida mehnat qilgan ikki nafar xodimga bir necha vaqtdan buyon mehnat haqi to‘lanmayotgani haqida xabar tarqaldi.🔎 Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganildi.O‘rganish davomida xodimlar va ish beruvchi bilan muloqot qilinib, mehnat haqi bo‘yicha yuzaga kelgan masalaga oydinlik kiritildi.💰 Natijada ikki nafar xodimning jami 2 700 000 so‘m miqdoridagi mehnat haqi to‘liq to‘lab berildi.📌 Eslatib o‘tamiz: ish beruvchi xodimga mehnati uchun haqni qonunchilikda belgilangan muddatlarda va to‘liq to‘lashi shart.Davlat mehnat inspeksiyasi
Davlat mehnat inspeksiyasi
16 Sept, 14:43
💡 26 929 nafar xodimlarning 582,9 mlrd so‘mdan ortiq ish haqi undirib berildi.Respublika bo‘yicha joriy yilning 8 oyi davomida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 26 929 nafar xodimning jami 582 milliard 940 million. so‘m miqdoridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari undirib berildi.✅Xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash va qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.🟦Xodimlar huquqlari — davlat himoyasida!Davlat mehnat inspeksiyasi
Davlat mehnat inspeksiyasi
15 Sept, 05:09
⚖️ MAJBURIY MEHNATGA YO‘L QO‘YGAN MANSABDOR ShAXS JAVOBGARLIKKA TORTILDI🖋 Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi pedagog xodimlarining xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb etilganligi yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat kelib tushgan.🔎 Murojaatda ko‘rsatilgan holatlar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, o‘rganish davomida pedagog xodimlarni xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb etish orqali majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.⚠️ Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi asosida ma’muriy javobgarlik chorasi
Davlat mehnat inspeksiyasi
11 Sept, 14:14edited
MAJBURIY MEHNATGA QARSHI KURASHISH OYLIGI NATIJALARI.✔️ 2026-yil 21-iyuldan 21-avgustga qadar "Majburiy mehnatga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazildi.🔎 Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oylik doirasida o'tkazilgan monitoring tadbirlari natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan MJTKning 51-moddasiga muvofiq ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.⚖️ Davlat mehnat inspeksiyasi majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash hamda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.👆Batafsil infografikada.Davlat mehnat inspeksiyasi
Davlat mehnat inspeksiyasi
11 Sept, 09:20edited
⚖️ MAJBURIY MEHNATGA YO‘L QO‘YGAN MANSABDOR SHAXS JAVOBGARLIKKA TORTILDI📝📝 Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 69-sonli maktab direktori Y.Djumayeva pedagog xodimlarni ximat vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilganligi haqida xabarlar tarqaldi.🔎 Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topdi.⚠️ Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi asosida ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.❗️Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yish — qonunbuzilishdir.✅ Davlat
Davlat mehnat inspeksiyasi
11 Sept, 05:13
✅ ISH JOYLARIDA SHOVQIN TA'SIRIDAN XODIMLAR HIMOYASI KUCHAYTIRILADI👍 «Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun bilan ish joylarida xodimlarni shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish bo‘yicha davlat organlarining vakolatlari belgilab berildi.🏛 Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga quyidagi vakolatlar yuklatildi:🔵 xodimlar faoliyatini amalga oshiradigan ish joylarida yuzaga keladigan shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasiga muvofiq bo‘lishi ustidan nazorat qiladi; 🔵 ish joylarida yuzaga kelgan shovqinning zararli ta’siri to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqadi; 🔵 ish joylaridagi shovqin darajasini
Davlat mehnat inspeksiyasi
10 Sept, 15:17edited
⚖️ MAJBURIY MEHNATGA YO‘L QO‘YGAN MANSABDOR SHAXS JAVOBGARLIKKA TORTILDI📝📝 Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida ayrim pedagog xodimlar xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb etilganligi haqida xabarlar tarqaldi.🔎 Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topdi.⚠️ Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi asosida ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.❗️Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yish — qonunbuzilishdir.✅ Davlat
Davlat mehnat inspeksiyasi
9 Sept, 11:49
✅ ISH JOYIDA TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKKA YO‘L QO‘YMASLIK UCHUN NIMA QILISH KERAK?👍 Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish — xavfsiz va munosib mehnat muhitini yaratishning muhim shartidir.Ish beruvchilarga 7 ta muhim profilaktik chorani joriy etish tavsiya etiladi:❤️ Murosasizlik siyosatini belgilang. 🔸 Tazyiq, haqorat, tahdid, kamsitish, jinsiy shilqimlik va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘yilmasligini lokal hujjatlarda aniq belgilang. ❤️ Xavflarni oldindan aniqlang. 🔸Jamoada ruhiy bosim, nizolar, kamsitish, haddan tashqari ish yuklamasi va boshqa psixososial xavf omillarini muntazam baholang. ❤️ Xavfsiz murojaat kanalini
Davlat mehnat inspeksiyasi
8 Sept, 15:09
🇺🇿🇷🇸 MEHNAT XAVFSIZLIGI VA SOG‘LIQNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANADIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator muhim hujjatlar imzolandi.👍 Ular qatorida mehnat xavfsizligi va sog‘liqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat ham bor.✅ Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida mehnat xavfsizligini ta’minlash, xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ushbu yo‘nalishda ilg‘or tajriba va zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish hamda amaliyotga joriy etish uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.➡️ Ish joylarida xavfsiz va sog‘lom mehnat
Davlat mehnat inspeksiyasi
7 Sept, 15:11
Hokimliklar majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik haqida rasman ogohlantirildi👍Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan xodimlarni ularning roziligisiz, tahdid va bosim bilan ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlarga jalb etishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklariga rasmiy ogohlantirish xatlari yuborildi.Ma’lumot uchun: Joriy yilning 8 oyi davomida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 3 nafar hokimlik mansabdor shaxsi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.⚠️ Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yish bilan bog‘liq har qanday qonunbuzilish holatlari qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilib, aybdor shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.✅ Agar siz majburiy mehnat holatlariga duch
Davlat mehnat inspeksiyasi
7 Sept, 13:42
⚖️ MAJBURIY MEHNATGA YO‘L QO‘YGAN RAHBAR JAVOBGARLIKKA TORTILDI🎞📝📝 Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i R. Raxmatjonov tomonidan yoshlar yetakchilari “Open Budget” loyihasi uchun majburiy ravishda ovoz yig‘ishga jalb etilgani hamda ularga nisbatan haqoratli munosabatda bo‘linayotgani haqida xabarlar tarqaldi.🔎 Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topdi.📌 Aniqlangan qonunbuzilish yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi asosida ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.❗️Majb
Davlat mehnat inspeksiyasi
6 Sept, 08:56
forwarded from @bv_matbuot_kotibi
#Расмий_муносабатМАЖБУРИЙ МЕҲНАТГА ҲАМ, БОСИМГА ҲАМ ЙЎЛ ҚЎЙИЛМАЙДИ!⌨️ Ижтимоий тармоқларда айрим ҳудудларда ходимларни иш вақтидан ташқари, шунингдек, дам олиш кунларида турли топшириқларни бажаришга мажбуран жалб этиш ҳолатлари юзасидан мурожаатлар келиб тушмоқда.❗️Давлат меҳнат инспекцияси огоҳлантиради: мажбурий меҳнат қонунчилик билан тақиқланган. Ходимни жазо ёки босим таҳдиди остида, унинг розилигисиз меҳнатга мажбурлашга йўл қўйилмайди.✔️ Шунингдек, "Ижтимоий реестр"даги фуқароларни асоссиз ёки мажбуран реестрдан чиқариш ҳолатлари ҳам кузатилмоқда. Бу эса фуқароларнинг давлат томонидан кафолатланган ижтимоий ҳимоя ва кўмаклардан фойдаланиш имкониятидан маҳрум бўлишига олиб келиши мумкин.👉 Унутманг! Ҳеч қандай топшириқ ходимнинг меҳнат ҳуқуқларини ёки фуқаронинг ижтимоий ҳимоя ҳуқуқларини чеклаш учун асос бўла олмайди.✔️ Мурожаатлар ўрганилиб, ҳолатлар тасдиқланган
Davlat mehnat inspeksiyasi
31 Aug, 06:08
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!Aziz yurtdoshlar!Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin. Har bir xonadonda fayz-u baraka, oilaviy baxt va farovonlik hukm sursin.Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va munosib mehnat yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! 🇺🇿Hurmat bilan, Davlat mehnat inspeksiyasi jamoasi
Davlat mehnat inspeksiyasi
30 Aug, 09:45
🇺🇿 Mustaqillik — yuksak e’tirof va sharaf timsoli!🌠 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Davlat mehnat inspeksiyasi tizimida samarali va fidokorona faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.🎖 Taqdirlangan hamkasblarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatida yangi yutuqlar va yanada katta marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz !
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
