gram news
Prokuratura Departamenti channel avatar

Prokuratura Departamenti

@department_uz

Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментининг расмий Telegram-канали, https://prodepartament.uz/ расмий веб-сайти

ProjectsKKPolitics

22,300subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Prokuratura Departamenti

    26 Sept, 06:46

    Дори воситаларининг ноқонуний савдоси билан шуғулланиб келган шахс ушландиБош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Тошкент шаҳри бошқармаси ва бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда дори воситаларининг ноқонуний савдоси билан шуғулланиб келган Б.А. фуқаро А.Х.га 170 қути “Rocuronium Rompharm” номли дори воситасини 144,5 сўмга дорихонадан ташқарида сотган вақтида ушланиб, ундан яна умумий баҳоси 108,4 млн сўмлик 230 қути дори воситаси ашёвий далил сифатида олинган. Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 276-12-моддаси (сифатсиз ёки қалбакилаштирилган дори воситаларини ёхуд тиббий жиҳозларни ўтказиш мақсадида ишлаб чиқариш, тайёрлаш, олиш, сақлаш, ташиш ёки ўтказиш, дори воситаларини дорихоналардан ва уларнинг филиалларидан ташқарида реализация қилиш, шунингдек таркибида кучли таъсир қилувчи моддалар мавжуд бўлган дори воситаларини рецепт бўйича чакана реализация қилиш тартибини бузиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда. 👉@Department_uz
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    25 Sept, 14:16

    Вазият 24 | Тошкент шаҳри, Тошкент ва Сурхондарё вилоятлари Фирибгарлик ҳолатлари фош этилди👉@Department_uz
  • Prokuratura Departamenti

    25 Sept, 12:03

    forwarded from @sshmirziyoyeva

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan birgalikda demografik barqarorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdik.​O‘zbekistonning eng asosiy kapitali — uning yosh avlodi. Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun bugundanoq har bir insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritishimiz zarur.​Bu boradagi sa’y-harakatlarimiz manzilli va uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlash maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yyapmiz hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz.​Mamlakatimiz kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo ular qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.—Вместе с Фондом ООН в области народонаселения (ЮНФПА) провели мероприятие, посвящённое вопросам демографической устойчивости.Главный капитал Узбекистана — его молодое население. Чтобы оно стало источником будущего демографического дивиденда, уже сегодня необходимо инвестировать в здоровье, образование и безопасность людей, особенно детей и женщин.Чтобы эти усилия были адресными и долгосрочными, мы будем заниматься демографическим прогнозированием и планируем разработать стратегию «Демографический дивиденд — 2050».Будущее страны определяется не только количеством людей, но прежде всего тем, какими возможностями они будут обладать.
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    25 Sept, 05:56

    forwarded from @shmirziyoyev

    Prezidentimizning Andijonga tashrifi: yuqori tashabbuskorlik, kuchli tadbirkorlik ruhi va sanoat maktabiga tayanib, o‘z texnologik bazasini yaratish, sanoat va investitsiya lokomotiviga aylanish, har bir oilaning farovonligini yuksaltirish sari. — Поездка Президента нашей страны в Андижан: опираясь на инициативность, предпринимательский дух и сильную промышленную школу – к созданию собственной технологической базы, превращению в локомотив промышленного и инвестиционного роста, повышению благосостояния каждой семьи.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • Prokuratura Departamenti

    25 Sept, 05:54

    forwarded from @sshmirziyoyeva

    Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdik.Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda oldimizda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildik.Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim.—Встретилась с Генеральным директором Всемирной торговой организации Нгози Оконджо-Ивеалой.Обсудили, как продвигается вступление Узбекистана в эту организацию и какую работу нам ещё предстоит завершить.Благодарю уважаемую госпожу Оконджо-Ивеалу за непрерывную поддержку и экспертную помощь. Мы уже прошли большую часть пути, и сейчас важно сохранить темп и довести этот процесс до конца.
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    25 Sept, 05:54

    forwarded from @sshmirziyoyeva

    Nyu-Yorkda “BlackRock” rahbariyati — kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, “Global Infrastructure Partners” raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Xatami bilan uchrashdik.Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildik. “BlackRock” ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdik.O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.—В Нью-Йорке встретилась с руководством BlackRock в лице Роберта Капито, президента компании, Томаса Донилона, вице-председателя, Адебайо Огунлеси, председателя и главного исполнительного директора Global Infrastructure Partners, и Чарльза Хатами, глобального руководителя Группы финансовых и стратегических инвесторов компании и руководителя по Ближнему Востоку.Мы обсудили запуск Ташкентского международного финансового центра в 2027 году. BlackRock помогает с формированием концепции и структуры Центра.На нашем совместном круглом столе с представителями деловых кругов Америки обсудили перспективы развития Узбекистана и региона на ближайшие десятилетия.Узбекистан открывается для крупных качественных инвестиций.
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    24 Sept, 11:38

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    📌Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqidan muhim iqtiboslar 1️⃣ Ochiqlik tanlovi “Bugun insoniyat oson davrda yashayotgani yo‘q. Dunyoda urushlar davom etmoqda. Geosiyosiy ziddiyat keskinlashmoqda. Ishonch muhiti susaymoqda.
  • Prokuratura Departamenti

    24 Sept, 11:38

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    📌Saida Mirziyoyevaning BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasidagi nutqidan muhim iqtiboslar1️⃣ Ochiqlik tanlovi “Bugun insoniyat oson davrda yashayotgani yo‘q. Dunyoda urushlar davom etmoqda. Geosiyosiy ziddiyat keskinlashmoqda. Ishonch muhiti susaymoqda. Tengsizlik kuchaymoqda. Bunday paytda har bir davlat oldida tanlov turadi. O‘zbekiston o‘z yetakchisi – Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘z tanlovini qilgan. Bu – ochiqlik tanlovi”. 2️⃣ Ochiqlik — zaiflik emas Ochiqlik — zaiflik emas. Aksincha, tinchlik uchun harakat qilish — kelajak oldida mas’uliyatni zimmasiga olishdir. Biz insoniyat tomondamiz. Bilim olish, kasb egallash va o‘z kelajagini o‘zi belgilashni istagan yoshlar tomondamiz”. 3️⃣ Davlat qudrati inson qadri bilan o‘lchanadi “Davlatning haqiqiy qudrati faqat uning iqtisodiy yoki harbiy salohiyati bilan o‘lchanmaydi. Davlatning qudrati, avvalo, inson qadrini, uning huquq va manfaatlarini qanchalik himoya qila olishi bilan belgilanadi. Shuning uchun tinchlik, taraqqiyot va inson qadrini biz uch alohida maqsad emas, bir butun vazifa, deb bilamiz”. 4️⃣ BMTning o‘rni har qachongidan muhim “Bugun eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yolg‘iz hal qila olmaydi. Tahdidlarning hech biri davlatlar chegarasida to‘xtab qolmaydi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘rni bugun har qachongidan ham muhim. Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, qarorlarni amalga oshirishga qodir BMT kerak. Bizga har bir davlatning ovozi eshitiladigan BMT kerak”. 5️⃣ “BMT — 80” tashabbusi “O‘zbekiston BMT Bosh kotibining tashkilotni zamon talablariga moslashtirishga qaratilgan “BMT — 80” tashabbusi doirasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini zamonaviy reallikdan kelib chiqib kengaytirish tarafdorimiz. Kelgusi yilda biz Qo‘shilmaslik harakatiga raislikni qabul qilamiz. Bu mas’uliyatni muloqot uchun yangi maydon yaratish imkoniyati, deb bilamiz”. 6️⃣ Xalqaro huquq — umumiy qoida “O‘zbekiston 2035–2036-yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga o‘z nomzodini ilgari surgan. Biz sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz. Biz uchun xalqaro huquq — manfaatga qarab o‘zgaradigan vosita emas. U — barcha davlatlar uchun umumiy qoida. Qoida umumiy bo‘lmasa, adolat ham umumiy bo‘lmaydi”. 7️⃣ Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar “Yaqin-yaqingacha Markaziy Osiyo hal etilmagan chegaralar va ziddiyatlar fonida tilga olinardi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli mintaqadagi vaziyat tamomila o‘zgardi. Biz bir-birimizga raqib emas, sherik sifatida qaray boshladik”. 9️⃣ Afg‘onistonga yondashuv “Afg‘onistonga faqat xavf manbai sifatida qarash muammoni hal qilmaydi. Ko‘p millatli afg‘on xalqini muammolari bilan yolg‘iz qoldirish ham yechim emas. Ularga tinch hayotga erishish uchun umid, ishonch berilishi kerak”. 9️⃣ Islohotlar markazida inson “O‘zbekiston rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida “insonlar hayoti yaxshilanayaptimi?” degan mezon turibdi. Biz natijani ana shu mezon bilan o‘lchaymiz. 1️⃣0️⃣ Iqtisodiy o‘sish So‘nggi o‘n yilda aholimizning xarid qobiliyati ikki barobar oshdi”. “Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi. 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi. Eksport qariyb uch barobar o‘sdi. Kambag‘allik darajasi 4 foizga tushib, qariyb 10 million nafar odam kambag‘allikdan chiqarildi”.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • Prokuratura Departamenti

    22 Sept, 12:17

    Фарғона шаҳрида 144 млн сўмлик кучли таъсир қилувчи дори воситаси ашёвий далил сифатида олиндиБош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Фарғона шаҳри бўлими ва бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда фуқаро М.Ў.нинг “Бешбола” МФЙ ҳудудидаги хонадони кўздан кечирилганда умумий баҳоси 144 млн 1 120 дона “Regapen” номли кучли таъсир қилувчи дори воситасини сақлаб келаётганлиги аниқланиб, ушбу дори воситаси ашёвий далил сифатида олинган. Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 276-8-моддаси (гиёҳвандлик воситалари, психотроп моддалар ёки уларнинг аналоглари ҳисобланмайдиган алоҳида тоифадаги кучли таъсир қилувчи моддаларни ўтказиш мақсадини кўзламай қонунга хилоф равишда тайёрлаш, олиш, сақлаш, ташиш ёки жўнатиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда. 👉@Department_uz
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    22 Sept, 11:00

    Аҳоли мурожаатлари билан ишлаш👉@Department_uz
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    22 Sept, 10:59

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • Prokuratura Departamenti

    22 Sept, 10:59

    forwarded from @dfcauzbekistan

    #DFCA #Narkovaziyat 🇺🇿 Respublikamizda 8 oy davomida giyohvandlikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar va narkovaziyat tahlili✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 Facebook
  • Prokuratura Departamenti

    22 Sept, 05:00

    Сурхондарё вилоятида туман санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими бошлиғи ушланди Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Шўрчи тумани бўлими ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбирда Шўрчи тумани санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими бошлиғи Э.Э. тумандаги мактабгача таълим ташкилотларидан бирининг раҳбари С.Х.га МТМнинг 42 нафар ходимига санитария сертификатларини беришини ваъда қилиб, 2,1 млн сўмни олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган. Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 210-моддаси (пора олиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.👉@Department_uz
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    22 Sept, 03:11

    forwarded from @rasmiy_axborot_official

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    21 Sept, 13:00

    Вазият 24 | Тошкент шаҳри Фирибгарлик ҳолатлари фош этилди👉@Department_uz
  • Prokuratura Departamenti

    21 Sept, 05:10

    Тошкент шаҳрида фуқаронинг омонатдаги 300 000 АҚШ долларини талон-торож қилган банк фош этилдиБош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Сергели тумани бўлими томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда тижорат банклардан бирининг масъул шахслари фуқаро И.М.нинг омонатга қўйилган 500 000 АҚШ долларидан И.М.нинг номидан қалбаки ариза ва бошқа ҳужжатларни расмийлаштириб 300 000 АҚШ долларини ўзлаштириб талон-торож қилганликлари аниқланган. Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) ва 228-моддаси (ҳужжатлар, штамплар, муҳрлар, бланкалар тайёрлаш, уларни қалбакилаштириш, сотиш ёки улардан фойдаланиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда. 👉@Department_uz
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    19 Sept, 10:15

    Андижон вилоятида тақиқни ечиб беришни ваъда қилган банк бош мутахассиси ушланди Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси ва бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда тижорат банкининг Андижон ҳудудий бошқармаси бош мутахассиси Б.У. фуқаро А.А.нинг банк кредити қарздорлиги юзасидан хорижга чиқиши учун Мажбурий ижро бюроси томонидан қўйилган тақиқни ечиб бериши эвазига 5,5 млн сўмни олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган. Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 168-моддаси (фирибгарлик) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.👉@Department_uz
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    19 Sept, 09:20

    forwarded from @uzbekistan24_tvnews

    #Axborot24 | 19.09.2026Axborot xizmati rahbarlari uchun o'quv-amaliy seminarmtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
  • Prokuratura Departamenti

    19 Sept, 09:17

    forwarded from @press_secretary_uz

    Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.Facebook|Instagram|X
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti
  • Prokuratura Departamenti

    19 Sept, 08:41

    forwarded from @press_secretary_uz

    Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.Facebook|Instagram|X
    Image from a post by Prokuratura DepartamentiImage from a post by Prokuratura Departamenti