gram news
DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO channel avatar

DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

@dilrabo_kamoliddinova

Kamoliddinova Dilrabo Raxmiddin qiz Bu kanalda yosh havoskor qalamkash bir qizning ijodi bilan tanishib borasiz . Kanal sizga manzur bõladi degan umida man 🥰 OHANGRABO 🔥

ProjectsTR

133subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    20 Sept, 14:32

    Boshimga bir tushdi ishqing, Yetsa-yetar boshga endi — Endi mening dunyom boshqa, Butun dunyo boshqa endi.Koʻrdim husni kamolingni, Jonga tushdi zaxmi, koʻrdim. Koʻrdim, tengsiz jamolingni, Jamolingda Haqni koʻrdim.Shundan beri koʻzimda yosh, Toʻxtatolsam koshki, endi. Endi olam gʻami boshqa, Mening gʻussam boshqa endi.Na ustimdan oʻtgan filni, Na-da oʻtgan vaqtni koʻrdim. Koʻrdim, koʻrdim, barcha ilm-u A’molingda Haqni koʻrdim.
    37voice message211Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    19 Sept, 14:52

    МУШКИ АНБАРИМСен пари пайкарим, мушки анбарим, Лаблари шакарим, мушки анбарим, Бошимдаги тожим, тожимдаги дур, Гулнорим, дилбарим, мушки анбарим.Юлдуз учган чоғда севишингни айт, Тун ярмида боғда севишингни айт, Дард-у оромгоҳда севишингни айт, Зумрадим, гавҳарим, мушки анбарим.Жаҳонойим ўзинг, гулойим ўзинг, Моҳларойим ўзинг, мулойим ўзинг, Ўзимники бўлгин илойим ўзинг, Шоҳона асарим, мушки анбарим.Келасан-ми, ёрим, келмассан-ми ё!? Биласан-ми, ёрим, билмассан-ми ё!? Бўласан-ми ёрим, бўлмассан-ми ё!?
    49video21111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    19 Sept, 03:01edited

    Ket desang jimgina ketaman mayli...https://t.me/dilrabo_kamoliddinova
    46video111111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    19 Sept, 01:25edited

    Boshingizda qani ayting, Chust do‘ppingiz, Oq yaktak-u, belingizdagi chorsungiz. Yana atlas kiygan qizmi orzuyingiz, O‘zbek bo‘lib, bitta do‘ppi kiying oldin.Sochi uzun, qirq kokil qiz izlaguncha, Milliy o‘zbekona qizni hohlguncha. Adi-badi aytib, o‘zni oqlaguncha, O‘zbek bo‘lib, boshga do‘ppi kiying oldin.Qiz izlaysiz o‘sha eski momolarga xos, Avval bo‘ling mard pahlavon bobolarga mos. Sizdan talab qilganlarim shugina, xolos, O‘zbek bo‘lib, bitta do‘ppi kiying oldin.Qalam, qoshga o‘sma tortgan suluv qizlar, Sochi o‘rim, labi shakar, anor yuzlar. Qarash uchun qotsangiz gar gap-u so‘zlar, O‘zbek bo‘lib, boshga do‘ppi kiying oldin.
    4631111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    14 Sept, 14:42edited

    Anchadan beri she'r oʻqiyolmayotgan edim . Bugun Erkin Vohidovning men uchun eng sevimli boʻlgan bir she'rini oʻqidim 😌💕https://t.me/dilrabo_kamoliddinova
    84video211111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    14 Sept, 02:27edited

    Senga aytsam, eh, do‘stim, Pul ortidan quvmayman. Pul quvadi ortimdan, Men-chi, tutqich bermayman.Berkinmachoq o‘ynaymiz, Topolmaydi hech meni. Yutayapman o‘yinda, Habardor qilay seni.Shu sabab, aziz do‘stim, Kerak menga oz-moz qarz. O‘z pullarim topolmay, Qilishgan mendan araz.Berib turgin uch-to‘rt so‘m, Deydilar: «Pul pul topar». Meni topsin pullarim, Ko‘p bo‘lsa, juda yoqar.
    83111111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    12 Sept, 18:27edited

    Ey amir, o‘z jismingga yomonliklardan shunday libos bichtirib kiydingki, u sening ustingda qiyomatgacha qoladi! Mirzo Junaydulloh Hoziqning Amir Nasrullohonga qarata o‘qigan she’rining mazmuni.Bir libos bichtirding qabohotlardan, Kiydinki, ustingga muborak bo‘lsin. Endi u turajak qiyomat qadar, Bu senga do‘zaxdan bir darak bo‘lsin, Ey amir, libosing muborak bo‘lsin.Xalq ichra shuhrating oshdi bir muncha, Qassob degan noming ming quluq bo‘lsin. O‘ldirding tab tortmay hatto go‘dakni, Og‘zingdan qon kelib, ol buloq bo‘lsin, Ey amir, libosing muborak bo‘lsin.Mazlumning yoshini daryolar qiliding, Avlodlarga ishing saboqlar bo‘lsin. Haq so‘zni gapirdim, boshimni olding, Amiri Qassobim, ho‘p ko‘ngling to‘lsin, Jaholat libosing muborak bo‘lsin.
    7821111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    12 Sept, 03:43edited

    ACHCHIQ SAN QALANPIR MISOLI DEYSIZAchchiq san qalanpir misoli deysiz, Aslida odatim uncha yomonmas. Salomga yarasha olarman alik, Tilim zaharligi mening aybimmas.Xushxulq-u takalluf bo‘ling avvalo, Shunda shirin so‘zlab lablarim tinmas. Taxir bo‘libmanmi qalanpir misol, Tilim zaharligi mening aybimas.Bir payit xush boqib qargan ko‘zlar Qoshlar chimirilib siz tomon boqmas. To‘g‘irlang avvalo kalomingizni, Tilim zaharligi mening aybimas.Yaxshiga yaxshidan yaxshiroq o‘zim, Yomonga aks bo‘lsam, odatim yoqmas. O‘pka qilib yurmang, xato sizdadir,
    8031111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    11 Sept, 02:54edited

    ERKYashamog‘im mumkin uysiz, makonsiz, Eplashim ham oson o‘zimni do‘stsiz. Ammo yasholmayman ikki qanotsiz, Erksiz yasholmayman, albatta, so‘zsiz.Men oson yashayman qashshoqlikda ham, O‘z-o‘zimga bek-u, o‘zimga sulton. Yashayman, ko‘zlarim sira bo‘lmay nam, Erkim yo‘qmi, hayot men uchun tamom.Men uchun qulaymas tilla qafaslar, Boshimga la’l gavhar qo‘ndirilgan toj. Qadrli tog‘u tosh, ozod nafaslar, Qanot qoqib mamnun, yuksalib Me’roj.Erk mening qonimga singan bir og‘u, Ajdodlardan o‘tgan isyonkor ruhim. So‘zim hanjar bo‘lar, ko‘zlarim jodu,
    8421111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    10 Sept, 15:36edited

    Nurmuhammad Abduzoir she'ri 📝 Kech kirsa she'r oʻqigim keladi negadur 😄 Eng sevimli she'rlarimdan biri ❤️
    6521111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    10 Sept, 15:34

    76voice message21111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    8 Sept, 03:13edited

    BILMAM, NEGA SENI ESLADIM BUGUNBilmam, nega seni esladim bugun, Yana orzularga ko‘milgim keldi. Osmonda oy nurin xira sochgan tun, Shirin xayollarga berilgim keldi.Borliqni allalar mayin shaboda, Shu tobda yuzingni bir ko‘rgim keldi. Oqshom uyqu bermas hijron yomonda, So‘zlashib, suhbating ham olgim keldi.DILRABO Kamoliddinova OHANGRABOhttps://t.me/dilrabo_kamoliddinova
    1093211Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    5 Sept, 15:13edited

    Ko‘changiz toshmi desam, Yor, ko‘nglingiz tosh ekan. Sizga bir gap aytiboq, Javob kutmay qoch ekan.Ko‘nglingiz torki, ey voh, Zahokiymuron ekan. Ishqingiz jannat emas, Jilovsiz bo‘ron ekan.Sevgingiz tashlab keldim Qo‘yqirilgan qal’aga. Qizil qumni qon qildim, Tuz sepmay dil yaraga.Dafin qildim kulguni Shahrim Chochtepasiga. Foniy libos kiydirdim Qalbim Oqtepasiga.
    1202111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    3 Sept, 07:41

    141voice message422211Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    3 Sept, 06:41edited

    MAKTABSalom, qadrdonim, bag‘ri keng maskan, Hatto darvozang ham azizdir menga. Bag‘ringda o‘rgandim ona kim, Vatan, Bugun sog‘inchlarim bisyordir senga.Bilaman, eng yaxshi bolang emasdim, Xayolparast, sho‘xchang bo‘lganman biroz. Qochardim darslardan, ba’zan kelmasdim, Senda kechgan davrim ertaklarga xos.Ko‘tarding borki injiqligimni, Alqab suyaverding, goh tergab oz-moz. Bilarding sal shoir tabiatligimni, «Yoz», deya qo‘limga tutqazding qog‘oz.Har kun sog‘inaman sinf xonamni, Yangragan qo‘ng‘iroq sadolarini. Sen-chi, qumsadingmi, faqat rostin ayt,
    15231111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    2 Sept, 15:17edited

    Nima deb zeb beray rost so‘zlarimga, Nima deb yashiray ko‘zdagi g‘amni. Peshonamga o‘yib qo‘yilgan qismat, O‘g‘irlab olishgan kulgularimni.Nima deb pand berdi do‘stim hiylagar, Yelkamga suyangan bosh endi qani? Yurakda borini to‘kib kuylayman, Bir silkinib tushsin to‘rt tomon g‘anim.Nima deb yashadim yigirma uch yil, Yelkamga yiqilgan iztirob g‘olib. Qishloqni orqalab shaharga chopdim, Ko‘ngilga bir uyum orzuni solib.© https://t.me/Elyor_Haydarhttps://t.me/dilrabo_kamoliddinova
    249video21111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    2 Sept, 07:32

    She'rimiz oshufta qilgan ehtimol, To‘qima so‘zlari bo‘lar g‘azalning. Nahot bilmagaysiz qizlar fe’lini, Hazili ko‘p bo‘lar Chochlik go‘zalning. Oltin-u olmos deb oshiq bo‘lmangiz, Qadri yo‘q biz uchun tillo-yu zarning. Samarqand deb biroz hazil qilgandim
    983111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    2 Sept, 07:31edited

    She'rimiz oshufta qilgan ehtimol, To‘qima so‘zlari bo‘lar g‘azalning. Nahot bilmagaysiz qizlar fe’lini, Hazili ko‘p bo‘lar Chochlik go‘zalning.Oltin-u olmos deb oshiq bo‘lmangiz, Qadri yo‘q biz uchun tillo-yu zarning. Samarqand deb biroz hazil qilgandim, Shaddodligi ko‘p-da Chochlik go‘zalning.E’tibor bermadi so‘ylasam, demang, Jilvasi olar ko‘z ba’zi so‘zlarning. Sho‘x she’rim jiddiyga olmang-da endi, Hazilli ko‘p bo‘lar Chochlik go‘zalning.DILRABO Kamoliddinova OHANGRABOhttps://t.me/dilrabo_kamoliddinova
    1153111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    1 Sept, 14:19edited

    Maqtaysiz menga ko‘p asal-qandingiz, Dilda bor bir so‘z-u sizg‘mas hadingiz. Yo o‘zga qizgami paymon ahdingiz, Chochdan qiz olarmi Samarqandingiz?Ko‘hna poytaxt deysiz, mardlarlar farzandi, Men ham tosh shaharning erka dilbandi. Kelini bo‘lsammi shu Samarqandni, Chochdan qiz olarmi Samarqandingiz?Bizda faqir yo‘qdur, hamma davlatmand, Omad shu shaharda ko‘plar san’atmand. So‘zingizdan bo‘ldim men ham havasmand, Chochdan qiz olarmi Samarqandingiz?Dilrabo dil yordi, bo‘lingiz xursand, Har yigitga boqmas bundayin omad. Meni oshiq qilgan ko‘hna Samarqand, Chochdan qiz olarmi Samarqandingiz?
    10622111Open in Telegram
  • DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO

    31 Aug, 16:33

    Bo‘g‘zim to‘la cho‘g‘, yurak kuyindi, Qanday kuylash mumkin hirqirab?! Olamga jar solma, so‘rma suyunchi, Yashnay oladurman o‘tda gurkirab! Bo‘ynimga sirtmog‘in solsa-da dunyo, Qarshimda dard chekib, ming o‘ksir g‘am. Jonimga quvvatin berdimi Xudo, Evohki
    10911111Open in Telegram
Download the series as CSV
A feedback bot for your channel — free

Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.

How it works →
Create the bot