Latest posts

Dinamik
22 Sept, 14:04
❗️Ilmiy maqolalar yozishda yordam beradigan sun’iy intellekt vositalariQuyidagi platformalar ilmiy matn yozish, tahrirlash va tahlil qilish jarayonini ancha osonlashtiradi:1. Paperpal — akademik matnni tahrirlash va grammatikani tekshirish.2. Scholarcy — maqolalardan asosiy g‘oyalarni ajratib, qisqacha xulosa yaratadi.3. SciSummary — ilmiy matnlarni soddalashtirib, asosiy mazmunni saqlaydi.4. Resoomer — uzun matnlardan asosiy fikrlarni ajratadi.5. PaperDigest — ilmiy maqolalarni avtomatik tahlil qiladi.6. Writefull — ingliz tilidagi ilmiy yozuvlarni yaxshilash uchun.7. Scite — manbalarning ilmiy ishonchliligini tekshiradi.8. Jenni AI — maqola yozishda sun’iy intellekt yordamchisi.
Dinamik
22 Sept, 08:58
⚡️Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindiBiologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan; 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan; 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan; 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.❗️Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.
Dinamik
22 Sept, 07:20edited
⚡️VM-501-SON qarori boʻyicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar2026/2027-o‘quv yilidan boshlab pedagoglarning farzandlariga beriladigan 30 foizlik kontrakt chegirmasi bo‘yicha savollarga javoblar❓Chegirma olish uchun qaytadan to‘lov-kontrakt shartnomasi olish kerakmi?Javob: Yo‘q. Avval tasdiqlangan to‘lov-kontrakt shartnomasiga chegirma qo‘llaniladi.❓30 foiz chegirma olish uchun nima qilish kerak?Javob: VM-501-son qarorining 6-bandida belgilanganidek, chegirmani olish uchun zaruriy chora-tadbirlar 2 oy davomida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.❓To‘lov-kontrakt summasini to‘liq to‘lab qo‘ygan bo‘lsak-chi?Javob: To‘lov to‘liq amalga oshirilgan bo‘lsa, 30 foizlik chegirma summasi keyingi o‘quv yiliga o‘tkaziladi. Bitiruvchi talabalar
Dinamik
22 Sept, 04:00
⚡️Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirma haqida ayrim savollarga javoblar❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi
Dinamik
21 Sept, 15:28edited
⚡️Hong Kong Academy xalqaro tillarni o‘rganish va tegishli imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini taklif etadi🇨🇳 Xitoy tili - HSK 🇰🇷 Koreys tili - TOPIK 🇷🇺 Rus tili - So‘zlashuv 🇯🇵 Yapon tili - JLPT 🇹🇷 Turk tili - TYS 🇬🇧 Ingliz tili - IELTS 🇮🇹 Italyan tili - CILS 🇺🇿 O‘zbek tili - So‘zlashuv 🇫🇷 Fransuz tili - DALF 🇩🇪 Nemis tili - TestDaF✔️Manzillar:• Alisher Navoiy • Xalqlar Do‘stligi • Tinchlik • Chilonzor • Yunusobod
Dinamik
21 Sept, 13:43
❓Talaba qaysi holatlarda o‘qishdan chetlashtiriladi yoki kursda qoldiriladi?⚡️Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida talabalarni o‘qishdan chetlatish va kursdan-kursga qoldirish tartiblari belgilangan.❓Qanday holatlarda talaba chetlashtiriladi?Talabalar quyidagi holatlarda oliy ta’lim tashkilotidan chetlashtirilishi mumkin:- o‘z xohishiga ko‘ra; - o‘qishini boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirganda; - OTMning ichki tartib-qoidalari yoki odob-axloq qoidalarini buzganda; - bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganda. Bunda salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holatlar bundan mustasno; - to‘
Dinamik
21 Sept, 09:08
#sharqshunoslik #stipendiya❗️2, 3, 4-kurs hamda 2-kurs magistratura talabalari uchun chorshanba kunigacha(shu kuni ham) sentyabr oyi stipendiyasi tushadi.1-kurs bakalavr hamda 1-kurs magistratura talabalari uchun qachon tushishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.@dinamik_96
Dinamik
21 Sept, 08:05
#Qonunchilik_yangiliklari❗️Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etishning yangi tartibi belgilandiHukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 499-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.✔️Olimpiadalar uchun nazorat materiallarini ishlab chiqish, iqtidorli talabalar zaxirasini shakllantirish hamda tashkiliy jarayonlarni muvofiqlashtirish vazirlik huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan amalga oshiriladi.❗️Nizomga ko‘ra:• Olimpiada ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, jarayonlarni monitoring qilish va natijalarni shaffof e’lon qilish uchun yagona elektron axborot tizimi
Dinamik
20 Sept, 16:23
⚡️E-version booklarni(ingliz va rus tillarida) osonlik bilan topsa bo'ladigan bir qancha saytlarni havola qilib o'tmoqchimiz. Kitobning nomini va muallifini yozasiz va sizga bir kitobning bir nechta variantini chiqarib beradi: pdf, epub, mobi, doc va hokazo.1. Pdfdrive.com2. Fb2bookfree.com3. Yourpdfs.com4. Allbooksworld.com❗️Yuqoridagi manbaalar orqali faqat ingliz va rus tilidagi kitoblarni topishingiz mumkin!@dinamik_96
Dinamik
20 Sept, 12:36
#sharqshunoslik⚡️Erta(21-sentyabr)dan barcha kurslar uchun oʻquv jarayonlari boshlanadi.Dars jadvali barcha kurs va masullarga tarqatildi. Dars jadvali tez orada hemis tizimiga ham yuklanadi. Dars boshlanish vaqti, xonasiga eʼtiborli boʻling.❗️Dars boshlanish vaqtlarini yuqoridagi rasmdan koʻrishingiz mumkin.@dinamik_96
Dinamik
20 Sept, 06:18
Dauletmuratov Muxamedali Mirzamuratovich Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.U tayinlovga qadar institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.@dinamik_96
Dinamik
19 Sept, 18:31
❗️Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 15-oktabrgacha uzaytirildi2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 2026-yil 15-oktabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Mazkur yengillik quyidagilarga taalluqli:- Bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan abituriyentlar (bazaviy to‘lov-kontraktning kamida 25 foizi miqdorida);- Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qish istagini bildirganlar (bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida);- O‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) hamda qayta tiklangan talabalar.@dinamik_96
Dinamik
19 Sept, 15:20edited
⚡️"Kompyuter Savodxonligi" boʻyicha 28 ta eng qaymoqli dars1- dars. Kirish2- dars. Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar3- dars. Kompyuter nimalardan iborat4- dars. Vazifalar paneli5- dars. Ish stoli6- dars. Mening kompyuterim bo'limi7- dars. Ilovalar8- dars. Chrome Brauzeri Disk9-dars. Chrome qoʻshimchalari
Dinamik
19 Sept, 04:46
#magistratura⚡️2026/2027 o‘quv yilidan boshlab o‘qish davrida Scopus hamda Web of Science ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda maqola e’lon qilgan magistratura talabalarini belgilangan tartibda rag‘batlantirib borishga ruxsat etiladi.@dinamik_96
Dinamik
18 Sept, 12:47
#Qonunchilik_yangiliklar⚡️Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.❗️Batafsil videodaHukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.✔️2026-2027-o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.📌 Chegirma davlat oliy
Dinamik
18 Sept, 06:31
❗️Talabalarga qanday holatlarda stipendiya tayinlanmaydi(stipendiya berish toʻxtatiladi)?1. Davlat grantiga kirgan talaba umumiy fanlarining 30 foizidan ortigʻini 3(qoniqarli) bahoga yopsa;2. Kontrakt shartnomasini stipendiyali qildirgan, ammo kontrakt toʻlovining 50 foizini (ikkinchi yarim yillikda qolgan 50 foizini) toʻlov qilmaganda(❗️eslatma: qachon belgilangan tartibdagi miqdorni toʻlasa stipendiya tushirib beriladi);3. Davlat grantida oʻqiyotgan talaba fandan qarzdor boʻlsa va shu qarzdorlikni yopish muddatigacha stipendiya tayinlanmaydi(qachon yopsa va baholarining belgilagan miqdorida 3 boʻlmasa keyingi oyning 1-sanasidan stipendiya tayinlanadi);4. Talaba akademik taʼtil olsa;5. Talabalar safidan chetlashtirilsa stipendiya tayinlanmaydi.Eslatma: toʻlov kontrakt oʻqiydigan talaba shartnomasini stipendiyali qildirsa baho turidan yoki
Dinamik
17 Sept, 15:23
⚡️Ingliz tilini o'rganish uchun qulay onlayn lug'at dasturlarLongman Contemporary DictionaryOxford Learner's DictionaryMacmillan DictionaryCollins DictionaryDictionary.comUrbanDictionary.com@dinamik_96
Dinamik
17 Sept, 10:22
#sharqshunoslikDiqqat 1-kurslar uchunHemisga shaxsiy kabinetga kirish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:1-qadamQuyidagi havolaga kiring - https://student.tsuos.uz/dashboard/login (faqat shu ilova orqali kiring)2-qadamLogin yozing(loginga talaba ID yoziladi, tyutoringizdan oling); Parol yozing(o'zingizning pasport seriya va raqami).3-qadamShaxsiy kabinetga kirganingizdan so'ng, o'zingiz yangi parol o'ylab yangilang.
Dinamik
17 Sept, 04:36
#abituriyent❓Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan 6 ming 500 ta kvota qaysi hududlarga tegishli?Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qilishicha, Prezident farmonida ko‘zda tutilgan 6 ming 500 ta kontrakt kvotasi Toshkent shahri hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari, barcha viloyatlardagi oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun ajratilgan.Shuningdek, mazkur toifadagi yoshlar uchun qo‘shimcha 700 ta maqsadli davlat granti o‘rni ham mavjud.❗️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratiladigan kvota keyingi hafta chiqadi, Xudo xohlasa! — oliy ta’lim vaziri@dinamik_96
Dinamik
16 Sept, 16:43edited
#sharqshunoslik⚡️Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar hamkorligida barcha oliy maktab va kafedralarda universitetning talabalari uchun to'garaklar va klublar tashkil etilgan.• Arabshunoslik oliy maktabi - Minbar klubi - Balogʻat ilmi - Boshlang‘ich arab tili - Yosh zakovatchilar• Eronshunoslik va afg'onshunoslik oliy maktabi - Kitobxonlar davrasi - Fors adabiyoti• Turkshunoslik oliy maktabi - Liderlar klubi - Mangu bitik - Erdem Tiyatro Kulübü - Yosh turkshunos
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
