gram news
Donishmand Dasturchi channel avatar

Donishmand Dasturchi

@donishmand_dasturchi

Muallif: Muhammadhusayn Olimjonov Dasturlash va shu sohada karera qilish haqida postlar yozib turaman.

ProjectsUZProgramming

1,360subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Donishmand Dasturchi

    6 Jan, 14:00

    AI haqida fikrlarim.Yosh dasturchilar uchun.Bu post balki siz AI haqida o'qishingiz kerak bo'lgan yagona post bo'lishi mumkin.https://telegra.ph/AI-haqida-fikrlarim-01-06
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    4,820181241Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    9 Mar 2025, 21:24

    Ishxonada musulmonlarga munosabat.
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    8,63060227Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    6 Mar 2025, 01:27edited

    Nursadan offer oldim.Yaqinda Amerikadagi nursa.com kompaniyasi bilan intervyu bo'lib o'tdi. Quyidagi postda sizlarga jarayon haqida to'liq ma'lumot berishga harakat qilaman.Maqola: https://telegra.ph/Nursadan-offer-oldim-03-06
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    8,5406519146Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    29 Dec 2024, 11:14edited

    IBM'dan offer oldim.Yaqinda Bahodirning tavfsiyasi bilan IBM kompaniyasida dasturiy ta'minot muhandisi lavozimiga ishga kirish jarayonini boshdan kechirdim. Jarayon quyidagi bosqichlardan iborat bo'ldi:Rekruter bilan suhbat: Rekruter bilan dastlabki suhbatda Polshada ishlash va yashash huquqim, vizamning amal qilish muddati, hozirgi maqomim, shartnoma turi haqida savollar berildi. Bu bosqichda kompaniya va loyiha haqida umumiy ma'lumotlar ham taqdim etildi.Texnik suhbat (savol-javob): Bu bosqichda dasturlash bo'yicha bilimlarim, resume bo'yicha savol-javoblar bo'ldi. Loyiha suniy intellektga aloqador bo'lganligi uchun LangChain, Vector Database, ML kabi mavzulardan savollar berishdi.Texnik suhbat (DSA): Ushbu bosqichda Rim raqamlariga oid, hash table bilan ishlanadigan mashxur masalalardan birini ishlab berishimni so'rashdiTaklif: Suhbatlar muvaffaqiyatli o'tgach, IBMdan ish
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    9,350722333Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    11 Nov 2024, 11:54edited

    Shartnomalar.Dasturchi sifatida qanday shartnomalar tuzish mumkinligi, ularning turlari haqida maqola yozdim.- Qanday turdagi shartnomalar bor?- Qanday qilib O'zbekistondan turib turib xorijga qonuniy ishlash mumkin?- Ishchi shartnomasi bilan Yevropada katta mol mulkni bo'lib to'lashga sotib olish mumkinmi?- Oylik maoshni crypto'da to'laydigan kompaniyalar bormi?- B2B shartnoma nima o'zi?Maqola: https://telegra.ph/Shartnomalar-11-10
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    10,2003816311Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    2 Jul 2024, 07:30

    Iyun.Bozorda ancha ishlar ko'payib qolgandek tuyulyapti menga. Ayniqsa start-up, crypto, web3 industriyalarida.
    7,4001233Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    19 Jun 2024, 16:37

    Qachonki ishxonang noutbuk borasida juda saxiy bo'lsa.Birini kod yozishga, birini kino ko'rishga, birini youtube ko'rishga, bittasini shunchaki olmasini ko'rib turish uchun ishlataman )
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    8,38082229875Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    17 May 2024, 13:43edited

    #updateSuhbatlardan so'ng, globant.com bergan taklifni qabul qildim va shu hafta kompaniyada ish boshladim. Qolgan kompaniyalar bilan jarayonni to'xtatdim. Faqatgina box.com bilan oxirgi bosqich qolgan. U uchun suhbat kelasi hafta bo'ladi.Ish boshlashimga, Globant birinchi business trip'ga ham taklif qildi. Kelasi hafta Romaniaga men qo'shilayotgan jamoa va loyiha bilan tanishib kelishlik uchun 4 kunlik sayohatga ketyapman 🧳
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    7,83057149522Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    4 May 2024, 15:51edited

    Globant.com dan Senior Node.js Engineer o'rni uchun offer oldim.22-aprel kuni globant.com dan bir recruiter menga LinkedIn orqali yozdi. LinkedIn'da qisqacha position haqida ma'lumot berdi. Men rozi bo'lgacha HR call uchun interview belgiladik.HR call. 23-aprel kuni call bo'ldi. Har doimgidek call'da o'zim haqimda qisqacha, eski ishimdan nega ketganim, qanday kompaniya qidirayotganim, kompaniyaning qanday jihatlari men uchun muhimligi kabi savollar so'radi. Globant haqida va ochilgan ish o'rni haqida batafsil ma'lumot berdi. Polshada ishlash qonuniy huquqim bor yoki yo'qligini aniqlashtirdi. Suhbat so'ngida interview'ning ikkinchi bosqchi "Technical Interview" uchun vaqt belgilashini aytdi.Technical Interview. 25-aprel kuni texnik interview bo'ldi. Interview 1.5 soat davom etgan bo'lsa, suhbatning 45 daqiqasi chuqur JavaScript'ga, qolgan qismi TypeScript, va Node.js doir savollar
    16,300391273Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    4 May 2024, 14:34edited

    3 Kunda 7 ta kompaniyadan ishga suhbat taklifini oldim. Maqola: https://telegra.ph/3-Kunda-7-ta-kompaniyadan-ishga-suhbat-taklifini-oldim-05-04
    6,0503283Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    4 May 2024, 14:22edited

    3 Kunda 7 ta kompaniyadan ishga suhbat taklifini oldim.Maqola: https://telegra.ph/3-Kunda-7-ta-kompaniyadan-ishga-suhbat-taklifini-oldim-05-04
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    11,10027104Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    19 Apr 2024, 09:50edited

    Yaqinda usedigest.com dan ketdim.Loyiha ayni daromadga kirish arafasiga chiqqandi. Hozirda 2000 ga yaqin foydalanuvchilar ishlatayapti. Loyihaning to'liq backend qismini, AWS bilan bog'liq ishlarini va qisman frontend qismini loyiha boshidan beri qilib kelayotgan edim.Loyiha ko'z o'ngimda tug'ildi, katta bo'ldi. Uni "katta qilish" davomida juda ko'p narsalar o'rgandim. Ko'plab tajriba oldim. Qanday qilib bir g'oyani, g'oya holatida bozorga tayyor mahsulot sifatida olib chiqish jarayonini his qildim. Bu bilimlar kelajakda o'z start-up'imni qilishimda ayni as qotadi deb o'ylayman.Tafsilotlar haqida to'liq aytib o'tirmayman. Lekin loyiha yana rivojlantiriladi. U to'xtatilgani yo'q. Men qaysidir bosqichda o'zim uchun kerak deb bilgan qarorni qabul qildim xolos.Bu mening hayotimdagi ikkinchi bor start-up'da ishlab ko'rish tajribam edi. Start-up loyihalarda ishlashning boshqacha
    6,470489611Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    7 Mar 2024, 01:35edited

    box.com dan ish uchun rad (reject) oldim.Maqola: https://telegra.ph/Boxcom-dan-rad-javob-oldim-03-07
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    9,4106616733Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    5 Jan 2024, 14:43edited

    Instagram va Facebook'ni yaqin 1 yildan oshiq vaqt bomaynida deyarli ishlatmay qo'ygan edim. Dasturlarini o'chirib tashlagan edim. Judayam zarur bo'lib qolsa, browser orqali kirardim.Bugun butunlay voz kechishga qaror qildim. Jahongir aka to'g'ri aytadi. Bu tarmoqlarni foydasidan zarari ko'proq.FOMO (The fear of missing out) - o'ylashimcha, bu tarmoqlar keltiradigan eng katta zarar. Bu shunday narsaki, siz boshqalar sizdan ko'ra yaxshiroq, baxtliroq, osonroq va qulayroq hayotda yashayotganini ko'rasiz va bu narsalarning sizda yo'qligini bilib, depressiyaga tushishni boshlaysiz. Bu keyinchalik hayotingizdan qoniqmaslik va shu kabi turli ruhiy muammolarga sabab bo'ladi.Fikrimcha, baxt - ommatan odamlar ongida "baxt" standartlariga aylangan ne'matlarga ega bo'lish emas. Qalbingiz taskin topadigan va rozi bo'ladigan hayotga ega bo'lish.
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    8,410100155332Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    22 Dec 2023, 14:17edited

    I am laid off.Oxirgi paytlar Fleekdagi ishdan judayam charchagan edim. Ishning ko'pligi, ichki tizimdagi judayam ko'p kamchiliklar ham ish jarayonini judayam qiyinlashtirib yuborgandi. Dekabrning boshida rosa ketmoqchi bo'lib aytmoqchi bo'ldim.Lekin, undan ko'ra judayam past performance bilan bo'lsa ham oy oxirigacha ishlab turishga qaror qildim. Oy oxiriga kelib men ham, ular ham kompaniyaga judayam katta foyda keltirmayotganimni sezishdi.Well, then they fired me.Men allaqachon shunday bo'lishini kutayotgan va bunga tayyorlanib turgandim. Lekin ularning dekabr oyi uchun ham va qo'shimchasiga yanvar oyiga ham severance uchun oylik beramiz deyishlarini umuman kutmagandim. Men Dekabr oyi uchun ham "sen deyarli ishlamadingku" deb oylik berishmasa kerak deb turgandim.I am super surprised and happy for that.
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    7,2107742Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    13 Dec 2023, 14:38edited

    Remote ish topishning siri.Agar siz Intern yoki Junior bo'lsangiz, ish topishda eng ko'p qiynalayotganlardan bo'lsangiz kerak. Xatto bazi joylar ular uchun ishlashingiz yoki internship o'tashingiz uchun maosh berish o'rniga, pul ham talab qiladi O'zbekistonda. (Men internship qilayotganlarga oylik berilishi kerak deb hisoblaydiganlardanman. Yoki kamida tekin bo'lishi kerak.)Agar Middle yoki Senior bo'lsangiz unda erkinroq va ko'proq maoshli ish qidirayotgan bo'lsangiz kerak.Men remote ish topish uchun o'zim tushunib yetgan qisqacha yo'lni tushuntirishga harakat qilaman.1. Zo'r resume yozing.2. LinkedInni zo'r qilib to'ldiring.3. Barcha o'zingiz haqingizda yozgan joylaringizda bir xil, bir biri bilan compatible ma'lumot yozing.4. O'zingizning stack'dagi tech interview savollariga yaxshilab tayyorlaning5. Tez-tez beriladigan HR savollariga yaxshilab tayyorlaning. Ish
    7,740402244Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    10 Dec 2023, 10:30edited

    O'zbekistonda dasturchi bo'lib ishlashning achchiq haqiqatlari.Men remote, xalqaro bozorda dasturchi bo'lib ishlashga qaror qilishimdagi sabablardan biri bu ishdagi erkinlikni xohlashim bo'lgan. Erkinlik - istagan vaqt, istagan joyda, qattiq bosimlarsiz ishlay olish. O'ylaymanki, agar siz o'zbek mahalliy IT kompaniyalardan birida ishlasangiz, quyidagi cheklov, taqiq va bosimlardan hech bo'lmasa bittasini ko'rgansiz yoki boshdan o'tkazgansiz.- Haftasiga 6 kun, kuniga 8+ soat ishlash majburiyati- Kunlik ishlar aslida sizga bog'liq bo'lmagan muammolar tufayli tugallanmay qolsa, ish vaqti tugashiga qaramasdan, ishxonada yarim kechasiga majburlab ushlab turish.- Ishga kech qonganlik uchun, kech qolingan har bir daqiqa uchun oylik maoshdan ushlab qolinadigan qandaydir jarima.- Ishdan erta ketib qolganlik uchun, ofisda o'tmagan har bir daqiqa uchun oylik maoshdan ushlab qolinadigan
    6,98067123Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    3 Dec 2023, 19:37

    Lekin hamma ham bir vaqtda ko'p ishlarda ishlay oladimi? - Afsuski yo'q. Dasturchilarni omadi bor. Asosan remote (online) ishlash mumkin bo'lgan ishlardagina qilish mumkin buni odatda.Bir vaqtda ko'p ishda ishlash, qonunga xilofmi? Bir nechta ishxonalardagi meeting'lar bir vaqtga to'g'ri kelib qolsa nima bo'ladi? Ko'p ishda ishlash hisobiga ishxonadagi performance tushib ketishichi? Bunaqa qilishim, ishxonamga nisbatan adolatsizlik bo'lmaydimi?Bunaqa savollar ko'p. Bu kabi savollarga javob beradigan, aynan shunday ishlaydigan odamlar allaqachon community ham tuzishgan - overemployed.com. Deyarli hamma savollarizga reasonable javob berishgan.Shaxsiy xulosam shundayki, kimdir qisqa muddat davomida ko'p pul topishi kerak bo'lsa, Bunga har xil sabab bo'lishi mumkin - uy sotib olish, qarzlarni yopish va hokazo, shu yo'lni tanlashi mumkin agarda buni eplay olsa.Lekin buning ham o'ziga
    5,7704651Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    3 Dec 2023, 19:36

    Overemployment.Disclaimer: faqat pul haqida gaplashamiz.Avval boshqa dasturchilarning bir vaqtda bir nechta ishda ishlagan vaqtlari va bu davrdagi turli qiyinchiliklari haqida hikoyalarini eshitgandim. Men ham sal kam 3 oydan beri 2 ta ishda ishlayapman. Bu vaqt davomida juda qattiq stressli kunlarni boshdan o'tkazdim. Bunga sabab faqatgina ikkita ishda ishlaganim emas. Ikkala ishning deyarli bir xil vaqtda boshlangani va ikkalasida ham ish ko'p va qiyin qismiga to'g'ri kelib qolgani, boshqa davlatga ko'chib o'tishim, universitetda o'qishni boshlashim hammasi bir vaqtda sodir bo'lgani vaziyatni judayam qiyinlashtirib yubordi. Hozir ham judayam erkin va ko'p vaqtga ega emasman. Bularning hammasini bittagina yaxshi tomoni bo'ldi xolos - pul.O'tgan ikki yarim oy mobaynida, o'tgan bir yilda ishlab topgan pulimdan ko'proq topdim. Keyin yaxshilab o'ylashni boshladim. 1 yil erkin
    5,170353Open in Telegram
  • Donishmand Dasturchi

    2 Dec 2023, 12:50

    Bir paytlar ashaddiy Windows'chi va Android'chi edim.Macbook ishlatishni 1 yilcha avval boshladim. Sifatli noutbuk. Hozirgacha biror boshqa noutbuk Macbook'nikidek sifatli touchpad, speaker va mikrofon bilan chiqqanini ko'rmadim.iPhone olganimga 1 hafta bo'ldi. Hozircha judayam maqtab tashlaydigan darajada yaxshi taraflarini ko'rmayapman. Android telefonlardagi judayam ko'p imkoniyatlar yo'q. Noqulay taraflari ham ko'p. Lekin judayam chiroyli dizayn va ushlaganda beradigan premium his bor.
    Image from a post by Donishmand DasturchiImage from a post by Donishmand Dasturchi
    4,160631715522Open in Telegram