Latest posts

Bek Olimjon
26 Sept, 11:21
Universitetda o’qish kerakmi?Agar universitet o’rniga maqsadingiz aniq bo’lsa, u maqsadga erishish bo’yicha reja detallarigacha yuqori darajada aniq bo’lsa, balki universitetni kechroqqa surish yaxshiroq variantdir.Agar siz allaqachon jamiyatdagi jiddiy muammoga yechim berayotgan bo’lsangiz, balki univer sizga emasdir.Aks holda siz uchun universitetda o’qish foydaliroq bo’lishi ehtimoli yuqori.Boshqarishdan boshqarilish osonroq.Kira olmasachi?Universitet darajasidagi bilimlarni olish uchun universitetda o’qish shart emas.Bek Olimjon 26.09.26 Norvegiya4,620Open in Telegram
Bek Olimjon
25 Sept, 16:08edited
Dada (39) va qiz (9) suhbatidan- Qizim, bola maktab darsini yoqtirmagan fanini ham o’qishi kerakmi? Vazifasini qilishi kerakmi?- Yo’q, yoqtirmasa qilmasligi kerak.- Nega? Darsni qilishi kerakku axir!- Yoqtirmasa baribir chin yurakdan qilmaydida. Qiziqsa yaxshiroq baribir. Majburlab qilishi yaxshimas. Majbur bo’lsa yolg’on bo’lishi mumkinda.- Unda faqat o’zi qiziqqanini qilaversa, qiziqmaganini qilmasa, ko’p narsa o’rgana olmaydiku. Ko’p narsa o’rganish yaxshi emasmi?- Baribir qiziqqanini qilishi yaxshiroqda.- To’g’ri aytasiz qizim. Qiziqqanini qilishi kerak.Bek Olimjon 25.09.26 NorvegiyaPS. Ba’zan fikrimizni yetkazish uchun argumentlarda «taslim» bo’lishimiz muhim.10,600Open in Telegram
Bek Olimjon
25 Sept, 04:58
Befarq bolaAgar bola maktabni yomon ko'rsa yoki unga nisbatan befarq bo'lsa...Ammo o'zi qiziqqan biror ish bilan soatlab vaqt sarflay olsa, tunu-kun shu haqida gapiraversa, shu haqida o'qisa, o'rgansa (ha, hatto u kompyuter o'yini bo'lsa ham), bolani bu yo'ldan qaytarishga aslo shoshmasligimiz kerak.Ota-ona yoki maktab bir ishga mukkasidan ketishni o'rgata olmaydi, ammo bu xislatni tez o'ldirib qo'ya oladi.Bek Olimjon 25.09.26 Norvegiya13,300Open in Telegram
Bek Olimjon
24 Sept, 04:45
Hozir ertamanda nonushtadan oldin yozgan insho mohiyati.Biror kun 4-5 varaqli to'liqroq versiyasini ham ulasharman.Bek Olimjon 24.09.26 Norvegiya
13,800Open in Telegram
Bek Olimjon
23 Sept, 07:19edited
men katta foyda olgan tweetlardan biri.tez-tez qaytib turaman.ba'zan 40 dona so'z 5-10 ta top kitob mazmunidan foydaliroq bo'ladi.bu ana shulardan biri.kichik o'zgartirish kiritgan holda.Bek Olimjon 23.09.26 Norvegiya
13,500Open in Telegram
Bek Olimjon
22 Sept, 13:27
Men triatlon bo’yicha dunyodagi top murabbiylardan biri bilan ishlayotganimga 1 yil bo’ldi.Gordo ayni vaqtda dunyodagi o’z yoshi bo’yicha eng tez Ironman.Triatlon bo’yicha AQSh chempioni.Bir yildan beri haftasiga 12-14 soat sport mashg’ulotlari qilib kelyapman.Murabbiy bilan har hafta video orqali gaplashamiz, haftani tahlil qilamiz, xatolar bo’lsa to’g’rilaymiz.Men ana shu suhbatlarni yozib olaman va ommaga tekinga taqdim etaman.Videolarda top murabbiylar yondashuvi qanday ekanligini bemalol ko’rish mumkin.Qiziqqan odam uchun juda ko’p ma’lumotlar bor suhbatlar ichida.Balki sizga ham foydasi tegar…https://youtube.com/@gordoandbek13,400Open in Telegram
Bek Olimjon
21 Sept, 07:10
Mendan tibbiyot talabalari ko'p maslahat so'rashadi.Qanday soha tanlay? Shogird tushaymi? Chet elga ketaymi? Uylanaymi va hok.Ulardan birinchi so'raydigan savolim: Ingliz tilini bilasizmi?Ko'p hollarda "ha, darajam A2, B1" deyishadi. Bu degani tilni deyarli bilmaydi degani aslida.Keyin men "shimni qo'yib til o'rganish kerak birinchi o'rinda" deyman.Shu bilan maslahat so'ragan odam yo'q bo'lib ketadi.Endi, ayrim injiqroq talabalar ham bor. Argument keltiradigan (ularga hurmatim baland).Ular: "Ana anavi klinika glavrachi til bilmasdan ishlab yuriptiyu. Mana sizni kursdoshingiz falonchi mijozlari ko'p doktorku..." kabi argumentlar keltirishadi.To'g'ri argumentlar.Ammo ular sizdek talabalik paytida ingliz tilini o'rganganlar butun kurs bo'yicha 2-3 ta bo'lgan xolos. O'shalar hozir Uzbda emas. Siz hozir ko'rayotgan ingliz tili bilmaydigan zo'r doktorlar o'z vaqtida bilim14,700Open in Telegram
Bek Olimjon
20 Sept, 07:08
bir eshikni qoqishdan to'xtamasa, u qachondir baribir ochiladi,avval, nega u eshikdan kirmoqchi ekanligimizni bilishimiz,keyin, ochilganda nima deyishimizni aniq bilishimiz muhimBek Olimjon 20.09.26 Norvegiya15,100Open in Telegram
Bek Olimjon
19 Sept, 05:16
yosh bola edimeski kvartirada yashar edikdadam devor to’la kitoblarni ko’rsatib:«shular ichiga dollarlarni berkitib qo’yganman» der edi.Bek Olimjon 19.09.26 Arvika, Shvetsiya19,200Open in Telegram
Bek Olimjon
18 Sept, 19:26
Ba'zan meni juda ham optimist odamsiz deyishadi.Qanday qilib optimist bo'lmaslik mumkin azizlar.Ko'rlar uchun ham yechimi bor bu kompaniyani.What a great time to be alive!https://youtu.be/_j806JHhCRo?si=UgNQBAq2slMTY6zSYouTubeSpeaking With The Mind | NeuralinkTerry was diagnosed with bulbar-onset amyotrophic lateral sclerosis (ALS) in 2024. While he is still able to move his mouth and body, his speech has become impaired to the point where his loved ones have difficulty understanding him. Through the VOICE trial…18,300Open in Telegram
Bek Olimjon
18 Sept, 07:07edited
bizga yoqmagan xabarga jahl qilamiz.atrofimizdagilar bizni yaxshi ko'rishadi.ular bizni himoya qilishmoqchi bo'ladi.jahlimiz chiqishini aslo xohlamaydi.jahl qilsak, o'zlari sezmagan holda haqiqatni berkitishni boshlaydi.natijada biz o'zimizga "aks-sado xonasi" (echo chamber) yaratamiz.bu esa bizni haqiqatdan yanada uzoqlashtiradi.bu uzoq muddatda na o'zimizga, na atrofimizdagilarga foydasi bor...Bek Olimjon 18.09.26 Norvegiya17,200Open in Telegram
Bek Olimjon
17 Sept, 07:12
Oxirgi postni kinoya sifatida yozgan edim kecha.Yuzlab odamlar uni kinoya ekanligini aslo tushunishmadi.Izohlarda 10 daqiqa ichida 200 dan ortiq odamlar qopqonga tushganini bildirib yozishdi.Men havotir olganimdan izohlarni yopib, ularni o'chirib tashladim keyin.Havotirim, yana bir "aqlli" meni nomimdan chiqib kurs sotib yurmasin ularga deb.O'chirib tashlaganimdan keyin menga shaxsiyga ham yozishdi: "Aka, kech qoldim, o'zizga "kinoya" deb izoh qoldirib yozyapman" deb 🤦🏻♂️Meni bir narsa o'ylantirdi.Nahotki shu darajada sodda bo'lsak?!Bu o'zimizni qopqonga topshirish bilan bir xilku.Yana aldoqchilar ko'payib ketgan deb boshqalardan o'pkalaymiz.19,000Open in Telegram
Bek Olimjon
16 Sept, 09:14edited
Asr kinoyasi"Men boyman.Sizga ham boy bo'lishni o'rgataman.Izohlarda kinoya deb yozib qoldiring.Biz sizga shaxsiyda to'liq ma'lumot beramiz."Bek Olimjon 16.09.26 NorvegiyaPS. 10 minutda 200+ «kinoya» deb izoh qoldirishdi. Qo’rqib ketganimdan izohlarni o'chirib qo'ydim 😳17,200Open in Telegram
Bek Olimjon
15 Sept, 07:55
Men Yevropada yashayotgan odam sifatida vatanga borganimda bir narsa yaqqol seziladi.Vatanda hayot tempi juda baland. Odamlarda shoshish hissi juda yuqori. Stres balanddek.Buni chetda yashayotgan boshqa do'stlarimiz ham qayd etishadi.Vatandagi jamiyatni bunday hayot kechirishini ko'p hollarda salbiy deb qabul qilishadi do'stlarimiz.Ammo o'ylab ko'rsam, aslo unday emas ekan. Aksincha, bu holat uzoq muddatda jamiyat uchun ijobiy tomonlari ko'p ekan.Har qanday rivojlangan jamiyatlar ortida yuqori energiyaga ega, tinimsiz harakatdagi tadbirkorlar bo'lganligi ma'lum.Ular mavjud muammolarga yechim topish, bozor talablariga takliflar yaratish, yangi bozorlar ochish bilan mashg'ul bo'lishgan va hozir ham shunday.Bu esa vaqt o'tishi bilan butun jamiyatga ijobiy ta'sir qiladi. Bozor, raqobat va shu bilan parallel ravishda bozor ishtirokchilari - odamlarda turli ko'nikmalar20,300Open in Telegram
Bek Olimjon
14 Sept, 08:52
O'tgan kuni suzishdan qaytayotib qizim bilan telefon tutish haqida gaplashdik.Ikkimizni fikrimiz bir joydan chiqqandek bo'ldi."Telefon tutishni kamida 16 yoshgacha surib turamiz" deb kelishdik.Suhbat negizida "telefon nega kerak?" degan savolga javob berishga harakat qildik.Biz topgan sabablar: - ota-ona bilan aloqada bo'lib turish uchun - do'stlar bilan aloqada bo'lib turish uchun - Uzbdagilar bilan aloqada bo'lish uchun - internet ishlatish uchun - to'lovlar uchun - transport vaqtlarini bilish uchunKeyin har biriga qanchalik ehtiyojimiz borligini ko'rib chiqdik. - qizim uyda, home schoolingda, telefon orqali aloqaga ehtiyoj yo'q- do'stlari bilan ham telefonda aloqada bo'lishga ehtiyoj yo'q. Mahallada o'ynashadi. Uzoqdagi do'sti bilan 1-2 oyda bir ko'rishadi.19,100Open in Telegram
Bek Olimjon
13 Sept, 08:16edited
Moliyaviy erkinlik bo'yicha navbatdagi epizodUnda ko'nikmalar haqida suhbatlashdik.Ko'nikmalar zinasi nima?Mana shu markaziy savolga javob berishga harakat qildikMarhamathttps://www.youtube.com/watch?v=iN9wr1LA994YouTubeKo'nikmalar zinasi | Moliyaviy erkinlik darslariUshbu suhbatda ko'nikma, moliyaviy mustaqillik va zamonaviy biznes haqida gaplashamiz. Texnologiya, marketing, hamkorlik, O‘zbekiston iqtisodiyotidagi imkoniyatlar va biznesdagi muammolarni muhokama qilamiz. Shuningdek, shaxsiy rivojlanish, vaqt va bilimning…18,400Open in Telegram
Bek Olimjon
12 Sept, 13:55
"Bolalik travmalari" degan mavzu juda keng tarqalgandek.Hayotdagi muammolar barchasi "bolalik travmalari" bilan bog'liq emas, azizlar.Muammolarimizga bolalik travmalari sabab degan xulosa, bugun o'z hayotimiz uchun mas'uliyatdan qochishdek.O'tmish o'tdi-ketdi, taqdir ekan. O'tmishni tahlil uchun bir chimdim bilim sifatida olinadi, dastlab tafakkur, keyin xulosa qilinadi, keyin esa shukur. Bo'ldi, undan keyin oldinga qarab yuriladi.O'tmish bilan bog'liq "travma xotiralari" og'ushida o'ylanib, qandaydir bog'liqliklarni o'ylab topib, uzoq vaqt sarflab yurish aslo yechim emas.Inson o'zini surunkali baxtsiz his qilishni to'xtatish eng yaxshi usuli uchun quyidagilarni anglashi muhim:1. "men" ustida ko'p o'ylanish depressiya garovi. Nobody cares!2. bugun hal eta oladigan eng kichik muammoim nima? (misol stol ustini yig'ishtirish) Shuni qilish kerak.3. boshqalarga qanday yordam22,600Open in Telegram
Bek Olimjon
12 Sept, 07:12
boy bo'lishni xohlash kerak, ammo boy ko'rinishni emas.boy bo'lmay turib boy ko'rinishga harakat qilish bu o'zini aldash.boy bo'la turib boy ko'rinishga harakat qilish esa qopqon.boy ko'rinishga harakat qilish tinka-madorni quritadi.boy ko'rinish bu o'yin, uning dajalari bor. Bu o'yinda hech qachon yutib bo'lmaydi.boy ko'rinish o'yini ichki bo'shliqlarga to'la.boy bo'lishni xohlash kerak, talabi "negamizni" bilishimiz.Bek Olimjon 12.09.26 Norvegiya23,000Open in Telegram
Bek Olimjon
11 Sept, 06:04
Har kuni 1 soat sportga sarflash haftalik umrimizni 4% qismini tashkil etadi.Biz shu 4% haqida ko'p narsalarni o'rgangimiz keladi.Intervallar, VO2max, maxsus kiyimlar, protein, kreatin, vitamin va hok.Aslida qolgan 96% qismi muhimroq.U oila, ish, uyqu, ovqat, do'stlar, social media, stres, transport va hokazolardan iborat.Sport qilmoqchi bo'lsak mana shular ustida ko'proq ishlashimiz muhimroq.Hayotni katta qismini optimallashtirish kerak (96%), mayda detallarga (4%) e'tibor berishdan ko'ra.Majoring in the minor is waste of time!20 kg ozish uchun kuniga 1 soat yugurishdan ko'ra, to'yib uxlash muhimroq.2kg yengil bo'lgani uchun qimmat karbon velosipeddan ko'ra odam o'zi 2kg ozgani muhimroq.24,900Open in Telegram
Bek Olimjon
10 Sept, 08:25
Kecha menga ayolim sms yozdi.Qizingiz (9 yosh) quloqchin xohlayapti, nima deysiz deb.Mendagi reaksiya chuqur o'ylamagan holda yo'q deyish bo'ldi.Keyin o'zim o'ylab qoldim.Nega yo'q dedim? Sababi nima edi buni? kabi savollarni o'zimga berdim.Bir kun o'ylab yurgandan keyin va bir oz izlanish qilganimdan keyin xulosam to'g'ri ekanligiga yana ishonchim ortdi.Nega bolalar quloqchin taqishi yaxshi emas?- bola eshitish qobiliyati yuqori bo'ladi, kattalarga nisbatan balandroq eshitadi. Bu eshitish a'zosi zararlanishiga olib kelishi mumkin. Bu ehtimolligi kam muammo.- uzoq taqiladigan bo'lsa quloq kanalidagi tabiiy havo aylanishiga ta'sir qiladi va suv/sariq to'planish ehtimoli ortadi. Bu esa infeksiyaga riskini oshiradi.- diqqatni jamlashga qiynalishi mumkin. Tashqaridagi shovqinni bloklashga o'rganib qolsa, shovqinli joylarda diqqatni jamlay olmaydi. Diqqatni jamlay olish29,100Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
