Latest posts

BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
22 Sept, 14:16
Farg‘ona viloyatida davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovi o‘tkazildi📆 2026-yil 22-sentabr kuni Farg‘ona viloyatida “Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash” bo‘yicha test sinovi o‘tkazildi.💻 Test sinovi Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg‘ona viloyati bo‘limi binosida belgilangan tartibda tashkil etildi.
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
22 Sept, 12:17
forwarded from @baholashuz
#Ovozli_chat #Milliy_sertifikat🎶 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chatning audioyozuvi.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
22 Sept, 12:17
forwarded from @baholashuz
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
22 Sept, 08:10
forwarded from @baholashuz
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi📚 Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan; 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan; 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan; 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.⏰ 26–28-sentyabr kunlari biologiya va kimyo fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar 2-smena uchun: 13:00 dan 14:30 ga qadar⏰ 29–30-sentyabr kunlari fizika hamda 2–4-oktyabr kunlari matematika fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
22 Sept, 07:57
forwarded from @baholashuz
#Ovozli_chatMilliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chat📣 Bugun bo‘lib o‘tishi belgilangan OVOZLI CHAT soat 16:00 da boshlanadi va Bilimni baholash agentligining Telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) orqali o‘tkaziladi.🎙️ Unda Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlarga oid savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.📨 Savollaringizni aniq, qisqa va tushunarli tarzda bu yerda qoldiring.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
22 Sept, 02:12
forwarded from @rasmiy_axborot_official
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
21 Sept, 13:44
forwarded from @baholashuz
#Rasmiy_munosabatRASMIY MUNOSABATSo‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.Shundan
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
21 Sept, 12:24
🎙 Farg‘ona radiosi | FM 90.8 ▶️ ━━━━━━━━━ 02:56
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
21 Sept, 12:24
Nogironligi bor talabgorlar uchun tashkil etilgan chet tili imtihoni OAVda yoritildi🗓17-sentabr kuni Farg‘ona viloyatida ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihon respublikamizning barcha hududlarida tashkil etildi.🏢 Jumladan, Farg‘ona viloyatida imtihon Bilim va malakalarni baholash agentligining Farg‘ona viloyati bo‘limi binosida, kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida tashkil etildi.🎧 Imtihonda talabgorlarning tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalari baholandi.📺 Mazkur imtihon jarayoni Farg‘ona viloyati teleradiokanali tomonidan yoritilib, teleefirda namoyish etildi.🎙️ Shuningdek, imtihon haqida FM 90.8 — “Farg‘ona radiosi” orqali ham axborot berildi.
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
21 Sept, 11:12
forwarded from @nostrifikatsiyabba
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 24-sentabr kuni o‘tkaziladi.📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
21 Sept, 11:11edited
📕Farg‘ona viloyatida 2026-yil 22-sentabr kuni “Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash” test sinovi bo‘lib o‘tadi😎 Test sinovi o‘tkaziladigan bino: Bilim va malakalarni baholash agentligi Farg‘ona viloyati bo‘limi binosi😎 Manzil:Farg‘ona shahar, «Ilg‘or» MFY, Farovon turmush ko‘chasi, 422/3-uy («EKO shahar»)🗺 Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/ZRs1c7sQVZJQ49Es5🕝Talabgorlarning test sinoviga kelish vaqti: soat 14.30🕒Test sinovi boshlanish vaqti: soat 15.00👤 Talabgorlardan belgilangan vaqtda kelishlari hamda pasportlarini o‘zlari bilan olib kelishlari so‘raladi.
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
20 Sept, 13:46
forwarded from @baholashuz
Hafta voqeliklari dayjesti▶️ O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografikalat to‘plami▶️ Prezident Sh. Mirziyoyevning nufuzli nashrlar – “Chosun Ilbo”ning ingliz tilidagi platformasi “The Chosun Daily” hamda “The Korea Herald” gazetasida“O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi chop etildi▶️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi▶️ Chet tillidan sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi▶️ Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida urgʻu berildi▶️ Dav
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
19 Sept, 04:44
forwarded from @ilmiymarkazuz
🎓 Toshkent shahrida ilk bor — College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri!Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi hamda College Board hamkorligida 2026-yil 12-oktabr kuni College Board SAT | AP Day xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.🤝 Tadbir davomida: ✅ SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari; ✅ xalqaro universitetlarga qabul jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar; ✅ ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro ekspertlar bilan professional muloqot masalalari muhokama qilinadi.📅 Sana: 12-oktabr, 2026-yil 🕘 Vaqti: 09:00 📍 Manzil: Azimut Grand Hotel, Toshkent📝 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘ting: https://shorturl.at/MFfKM💪 Nufuzli xalqaro tadbirda ishtirok etish
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
18 Sept, 12:56
Chet tilidan gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi davom etmoqda📝 13–14-sentabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.🎧 Ayni kunlarda gapirish (speaking) ko‘nikmasini baholash bosqichi davom etmoqda.📆 21-sentabr — Farg‘ona viloyatida gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlarining so‘nggi kuni.👤 Talabgorlardan belgilangan vaqtda kelishlari hamda pasportlarini o‘zlari bilan olib kelishlari so‘raladi.📷 Jarayondan olingan ayrim foto lavhalarni e’tiboringizga havola qilamiz.
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
17 Sept, 12:46
forwarded from @ilmiymarkazuz
The Scientific-Educational Practical Center is pleased to announce the launch of the Uzbek language proficiency examination for foreign citizens.The examination is conducted for the following proficiency levels: A1, A2, and B1, providing candidates with the opportunity to officially confirm their level of Uzbek language competence in accordance with approved standards.📝 Registration is now open and will continue until September 28 🗓 Examination date: September 30 🕙 Time: 10:00 AM📝 Registration is now open and will continue until October 13 🗓 Examination date: October 15 🕙 Time: 10:00 AMApplicants must complete their registration online via the official platform: uzpro.uzbmb.uz We encourage all interested candidates to register within the deadline and take advantage of this opportunity to obtain an officially
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
17 Sept, 12:46
Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tili imtihoni tashkil etildi🗓 Bugun, 2026-yil 17-sentyabr kuni ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar respublikamizning barcha hududlarida tashkil etildi.🏢 Jumladan, Farg‘ona viloyatida imtihon Bilim va malakalarni baholash agentligining Farg‘ona viloyati bo‘limi binosida, kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida tashkil etildi.👨🦱 Maxsus imtihon jarayonida ko‘zi ojiz shaxslar uchun yordamchi (assistent)lar biriktirilib, talabgorlarga zarur ko‘mak ko‘rsatildi.🎧 Imtihon tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini baholashga qaratildi.
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
16 Sept, 15:24
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi doirasida chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda.📆 2026-yil 16-sentyabr kuni Qo‘qon davlat universitetining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi tashkil etildi.👨💻 Imtihonda talabgorlar Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar. Test yakunlangach, ular o‘z natijalarini elektron platforma orqali bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.📝 Imtihon natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, tegishli oliy ta’lim tashkilotiga taqdim etiladi.3,370Open in Telegram
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
15 Sept, 08:25
forwarded from @baholashuz
Nogironligi bor talabgorlar uchun chet tili imtihoni bo‘yicha ruxsatnomalar taqdim etildi📆 Koʻzi ojiz, gapirish va eshitishda nuqsoni bor hamda yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 17-sentyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.🆔 Imtihon joyi va aniq vaqti ruxsatnomada ko'rsatilgan bo'lib, talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.⏳ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
15 Sept, 03:29
forwarded from @baholashuz
Hafta voqeliklari dayjesti▶️ Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida davlat yordamining raqobatga ta’sirini baholash tartibi belgilandi▶️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Serbiya davlatiiga tashrif buyurdi▶️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi▶️ Elektron shaklda oʻtkazilishi belgilangan nemis va fransuz tillaridan sertifikat imtihonlari dasturlarining aprobatsiyasi oʻtkazildi▶️ Xo‘jalik sohalari mutaxassislari imtihondan o‘tdilar▶️ Navoiy viloyatida sayyor qabul va yoshlar bilan ochiq
BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
14 Sept, 09:46
forwarded from @baholashuz
#Chet_tili_imtihoni〰️〰️〰️Chet tillidan sertifikat imtihonlari📝 Chet tili (ingliz, nemis, fransuz, turk va arab tillari)ni bilish darajasini aniqlashning tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari bo‘yicha imtihonlar bo‘lib o‘tdi.📆 Imtihonlar 2026-yil 13-14-sentyabr kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.👥 Ularda salkam 18,5 ming nafardan ko‘p talabgor ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan 46 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.🎶 Mazkur imtihonning gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi 15-sentyabrdan
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
