gram news
DTPI rasmiy kanali channel avatar

DTPI rasmiy kanali

@dtpi_uz

🌍 https://dtpi.uz/ ✅ https://t.me/dtpi_uz ✅www.facebook.com/DTPI.UZ ✅https://www.instagram.com/dtpi.uz ✅https://www.youtube.com/@DTPI Murojaat uchun: @DTPI_Matbuot_kotibi @Dtpi_rektor_bot ©Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rasmiy kanali

ProjectsUZTravel

22,200subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • DTPI rasmiy kanali

    24 Sept, 12:09

    Janubiy afrikalik ingliz tili o‘qituvchisi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutidaDenov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Janubiy Afrikalik ingliz tili o‘qituvchisi Bridget Seduwa tashrif buyurdi. Mehmonni institut rektori Oybek Ruziyev qabul qilib, institutning ta’lim yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va xalqaro hamkorlik faoliyati bilan tanishtirdi. Uchrashuvda ingliz tilini o‘qitishning amaliy usullari, talabalarning og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Bridget Seduwa Janubiy Afrika Respublikasi hamda Janubiy Koreya ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilik tajribasi haqida so‘zlab berdi.Tashrif davomida mehmon institutning o‘quv xonalari va Axborot-resurs markazi, muzey eksponatlari bilan tanishdi, ingliz tili darslarida qatnashib, talabalar bilan bevosita muloqot qildi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar bilan interaktiv mashg‘ulotlar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha fikr almashdi.Samimiy ruhda o‘tgan tashrif talabalar uchun ingliz tilida erkin suhbatlashish, professor-o‘qituvchilar uchun esa xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Tashrif yakunida mehmonga institut nomidan esdalik sovg‘asi topshirildi.Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    320421Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    24 Sept, 10:40

    forwarded from @sshmirziyoyeva

    BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladim.Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.Nutqimda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdim.Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.Выступила на 81-й Генеральной Ассамблее ООН. С трибуны этой организации я говорила о позиции Узбекистана в мире, где становится всё больше конфликтов и всё меньше доверия.Наш выбор ясен — открытость, добрососедство и диалог. Мы выступаем за мир, сотрудничество и уважение человеческого достоинства.Говорила о переменах в Центральной Азии, реформах в Узбекистане, экологии и трагедии Арала, развитии искусственного интеллекта, верховенстве закона и правах человека.Сегодня ни одна страна не может справиться с глобальными проблемами в одиночку. Узбекистан готов вносить свой вклад в мир, основанный на доверии и взаимном уважении.
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
  • DTPI rasmiy kanali

    24 Sept, 10:12

    🌷 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni! 🌷Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi jamoasi kafedrada uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, hozirda nafaqada bo‘lgan, Elmurodova Lolaxon ustozni kasb bayrami bilan tabriklashdi.Elmurodova Lolaxon ustoz bilan samimiy suhbat qurib, ezgu tilaklar bildirishdi. Ularning ko‘p yillik mehnatlari, yosh avlodga bergan bilim va saboqlari biz uchun doimo qadrlidir.Elmurodova Lolaxon ustozga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va fayzli kunlar tilashdi.Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    1,0107211Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    24 Sept, 10:12

    Talabalar xavfsizligi doirasida profilaktik tadbir⏺️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti profilaktika katta inspektori O.Toshtemirov, 1-son TTJ mas’ullari ishtirokida TTJ yashovchi talaba-qizlar ishtirokida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.⏺️ TTJ ichki tartib intizomiga amal qilish, jamoat joylarida sodir etilishi mumkun bo’lgan huquqbuzarliklarni oldini olish hamda turli xil salbiy holatlar sodir etmaslik va uning salbiy huquqiy oqibatlari to’grisida tushuntirib o’tildi.⏺️ Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga va uchrayotgan muammolariga javoblar olishdi.Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    8953221Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    24 Sept, 08:44

    forwarded from @uzauzilmfan

    📚Shukurov Dilmurod Xursanovichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻlingOzbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    1,10014632Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    23 Sept, 12:16

    4+2 dasturi va uzluksiz malakaviy amaliyotni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminarDenov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yilida 4+2 dasturi va uzluksiz malakaviy amaliyotni samarali tashkil etish, talabalar amaliyotini faollashtirish hamda amaliyot jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan.23-sentabr kuni Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari, amaliyot rahbarlari M. Yo‘ldosheva hamda N.Niyozovalar institut Karyera markaziga tashrif buyurdi.Mazkur o‘qituvchilar o‘zlariga biriktirilgan talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, ularning amaliyot jarayonidagi ishtirokini nazorat qilish, topshiriqlar ijrosini monitoring qilish hamda talabalarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida amaliyot rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.Seminar davomida Karyera markazi rahbari A. Allanazarov tomonidan amaliyot rahbarlariga career.edu.uz elektron platformasidan foydalanish tartibi bo‘yicha batafsil amaliy ko‘rsatmalar berildi. Jumladan, talabalarni elektron tizim orqali amaliyotga biriktirish va faollashtirish, amaliyotga oid ma’lumotlarni platformaga kiritish, amaliyot jarayonlarini elektron qayd etish, monitoring olib borish hamda yakuniy natijalarni shakllantirish masalalari tushuntirildi.Shuningdek, elektron platformadan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik va tashkiliy masalalar muhokama qilinib, ularni samarali hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
  • DTPI rasmiy kanali

    23 Sept, 10:09

    #tyutorlar_faoliyati BESH TASHABBUS OLIMPIADASI🔷 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida, Filologiya fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Qizlar o‘rtasida: 🥇 Umida O'razaliyeva, 220-O'T A. 🥈 Ruhshona Mamadmurodova, 220-O'TA 🥉 Dilafro'z Shomurodova, 218-O'TA goliblikni qo'lga kiritdi.Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    909941Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    23 Sept, 08:58

    Talabalar xavfsizligi doirasida profilaktik tadbir⏺ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti profilaktika katta inspektorlari O.Toshtemirov hamda kapitan O.Gulomovlar 1-son TTJ mas’ullari va tyutorlar bilan hamkorlikda 1-son TTJda yashovchi o‘gil talabalar ishtirokida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.⏺ TTJ ichki tartib intizomiga amal qilish, jamoat joylarida sodir etilishi mumkun bo‘lgan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarni oldini olish hamda turli xil salbiy holatlar sodir etmaslik va uning salbiy huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.⏺ Davra suhbati yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga va uchrayotgan muammolariga javoblar olishdi.Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    1,1704111Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 12:03

    forwarded from @eduuz

    #SavolJavobPedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓Chegirma kimlarga beriladi❓Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.Chegirmadan qanday foydalaniladi❓1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi. 2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi. 3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.Endi eng muhim savol: qancha
    979video21Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 11:13edited

    #№17#Dotsent_2026Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar" kafedrasi mudiri Sodiqova Baxtigul Ibodullayevna O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasining qaroriga muvofiq “10.00.04-Yevropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.Mazkur ilmiy unvon olimaning fidokorona mehnati va samarali ilmiy-pedagogik faoliyatining munosib e’tirofi hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu yutuq Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ilm-fan rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ilmiy salohiyatning izchil oshib borayotgani hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi samarali sa’y-harakatlarning yorqin ifodasidir.Institut jamoasi nomidan Sodiqova Baxtigul Ibodullayevnani ushbu nufuzli ilmiy unvon bilan samimiy
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    1,250951Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 11:11edited

    #№16#Dotsent_2026Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar" kafedrasi mudiri Sobirjonova Muxlisa Sobirjonovna O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasining qaroriga muvofiq “10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.Mazkur ilmiy unvon olimaning fidokorona mehnati va samarali ilmiy-pedagogik faoliyatining munosib e’tirofi hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu yutuq Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ilm-fan rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ilmiy salohiyatning izchil oshib borayotgani hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi samarali sa’y-harakatlarning yorqin ifodasidir.Institut jamoasi nomidan ushbu nufuzli ilmiy unvon bilan Sobirjonova Muxlisa
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    1,1301431Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 10:27

    SHOIR VA YOSHLAR UCHRASHUVIBugun Pedagogika fakultetida "Ustozlar ulug‘" o‘n kunligi doirasida O‘zbekiston va Tojikiston Yozuvchilar uyushmalari a’zosi, taniqli shoira Saodat Sanginova bilan talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda taklif etilgan mehmonlarga mahoratli o‘qituvchi Manzura Xalilova hamda shoira Roziya Badalova hamrohlik qildilar.Uchrashuv davomida Saodat Sanginova o‘zining ijodiy faoliyati, she’rlari va adabiyotga bo‘lgan munosabati haqida so‘zlab, yoshlar bilan ijodiy fikr almashdi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari A.A’zamqulov, Sh.Umaraliyeva, A.Amirqulov, A.Yusupov va S.Do‘stov tomonidan tashkil etilgan mazkur uchrashuv yoshlarning adabiyot va ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    1,43031Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 10:18

    forwarded from @dtpi_yoshlari

    #oxirgi_kitobim #yoshlar_ittifoqi 📚📚📚📚📚📚📚🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 📢 Diqqat, kitobxonlar!Tanlovimizning ilk bosqichi uchun o‘qilishi lozim bo‘lgan kitob:📖 «Qoʻshchinor chiroqlari» ✍️ Muallif: Abdulla Qahhor📆Tanlov sanasi: 02.10.2026 ⏰ Vaqti: 15:00Endi esa navbat sizda! 🔥Kitobni diqqat bilan o‘qing, mazmunini chuqur
    898video211Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 09:45

    #Talaba_yoshlar_bilan_uchrashuv📅 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan Boshqaruv samaradorligi agentligi Surxondaryo viloyati filiali mas’ul xodimi I.Karimov hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rahbari O.Ro‘ziyev ishtirokida bitiruvchi bosqich talabalari hamda institut o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.📍 Muloqotda yoshlarning muammolari, taklif hamda tashabbuslari tinglandi.✨ Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yanada faol bo‘lishga undash hamda rahbarlar bilan ochiq va samimiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.❇️ Shuningdek, Agentlik filiali tomonidan muloqot davomida bitiruvchi kurs talabalari hamda pedagog o‘qituvchilarning agentlik tomonidan yaratilgan test.argos.uz tizimi orqali bilimlari
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    1,28032Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 09:29

    #Scopus_2026Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti "Umumiy fizika va qurilish muhandisligi" kafedrasi katta o'qituvchisi, Sherzod Reyimbaev Bozorboyevichning "Enhancement of harmonics and parametric waves in the extreme ultraviolet region during propagation of "nomli ilmiy maqolasi Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan nufuzli Physics of Plasmas (Q2) jurnalida muvaffaqiyatli chop etildi.Mazkur ilmiy natija institutda ilmiy-tadqiqot salohiyati yuksalib borayotgani va professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilm-fan maydonidagi nufuzi ortayotganidan dalolat beradi.Institut jamoasi nomidan Sherzod Reyimbaevni ushbu muhim ilmiy natija bilan samimiy tabriklaymiz. Kelgusidagi ijodiy izlanishlarida yangidan-yangi marralarni zabt etishini tilab qolamiz!Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇 Telegram|Facebook|Website|Youtube
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    1,11051Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 08:25

    forwarded from @dtpi_yoshlari

    💧🌱 SUVNI ASRAYMIZ — KELAJAKNI ASRAYMIZ! 🌱💧Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchilari tomonidan suv resurslarini asrash, undan oqilona va tejamkor foydalanish, atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan “Suvni asraymiz!” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.💦 Suv — hayot manbai! Uni asrash, isrof qilmaslik va kelajak avlod uchun bebaho tabiiy boyliklarimizni muhofaza qilish har birimizning vazifamizdir.Seminar davomida suvni tejashning samarali usullari, kundalik hayotda suvdan oqilona foydalanish, ekologik muammolarning oldini olish hamda tabiatga e’tiborli munosabatda bo‘lish masalalari haqida fikr va tavsiyalar beriladi.🌿 Tabiatni asrash — o‘zimizni va kelajagimizni asrashdir!📅 Sana: 24.09.2026 ⏰ Vaqt: 14:00 📍 Manzil: Sharof Rashidov
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
    1,08043Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 08:22

    #oxirgi_kitob #yoshlar_ittifoqi #dolzarb_90_kun⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️Talabalar yaqinroq keling siz uchun ajoyib yangilik Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi BT yetakchilari hamda Suxrobjon.life jamoasi Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va unumli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish maqsadida “Oxirgi_kitobim” loyihasiga start berildi.❗️Tanlov shartlari: -Uch kishidan iborat jamoangizni shakillantiring; -Instagram profilimizga obuna bo'ling; -Tanlovda ishtirok etish uchun @jurayev1_9
    1,130video22111Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 08:11

    forwarded from @yoshlareduuz

    😚😋😛😝🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” shiori asosida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari hamda ularning ota-onalari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Barchangizdan befarq bo‘lmagan holda, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️
    Image from a post by DTPI rasmiy kanaliImage from a post by DTPI rasmiy kanali
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 08:10

    Talabalarimiz uchun yana bir yangilik📍 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Koryera markazida "Sovg'alar uchun qutichalar tayyorlash" to'garagi o'z faoliyatini boshlaydi.🔹 Agarda siz ushbu san'at turini tayyorlash sirlarini o'rganmoqchi bo'lsangiz quyidagi (91-710-22-24) telеfon raqamiga qo'ng'iroq qilib bog'laning.✅ To'garak mashg'ulotlari o'tkaziladigan joy: Koryera markazi. Tikuvchilik xonasi.📌 To'garak mashg'ulotlari juma va shanba kunlari soat 14-00 dan 17-00 gacha o‘tkaziladi.✍️ DTPI Matbuot xizmati
    1,070video32Open in Telegram
  • DTPI rasmiy kanali

    22 Sept, 08:04

    Institutimiz qizlari uchun ajoyib yangilik.🗣 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti «Koryera markazi”da "Diadema" san'at turi bo'yicha to'garak mashg'ulotlari o'z ishini boshladi.✨ Agarda siz milliy taqinchoqlar tayyorlash sirlarini o'rganmoqchi bo'lsangiz quyidagi (99-636-49-07) telefon raqamiga qo'ng'iroq qilib bog'laning.❇️ To'garak mashg'ulotlari o'tkaziladigan joy: “Koryera markazi”dagi tikuvchilik xonasi.👍 To'garak mashg'ulotlari o'tkaziladigan kunlar: Dushanba, payshanba va juma kunlari. Soat 14:00 dan 16:00 gacha.✍️ DTPI Matbuot xizmati
    1,170video31Open in Telegram