gram news
Surxondaryo viloyati Kengashi channel avatar

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon

🌱 O'zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashining telegramdagi rasmiy kanali. Manzil : Termiz shahar Istiqlol ko'chasi, 64-uy Murojaat uchun telefoni:☎️ +998 95 307 75 75 Bot🤖@OzEPSurxonMurojaat_bot

ProjectsUZPolitics

1,760subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 14:39

    #Shorchi_tumani #Davra_suhbatiSHorchida ekologik targʻibotga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdiO‘zbekiston Ekologik partiyasi Sho‘rchi tumani Kengashi tomonidan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali Sho‘rchi tuman gaz ta’minoti bo‘limida partiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sho‘rchi tumani Kengashi raisi B. Xolmo‘minov ishtirok etib, partiyaning asosiy maqsad va vazifalari, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholining ekologik mas’uliyatini oshirish masalalari haqida ma’lumot berdi.Shuningdek, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, energiya tejamkorligi, hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash va ekologik muammolarga jamoatchilik e’tiborini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. Davra suhbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib,
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 13:57

    #Muzrabot_tumani #MurojaatCHiqindilarni o'z vaqtida olib chiqish bo'yicha chora belgilandiO‘zbekiston Ekologik partiyasi Muzrabot tuman partiya tashkilotiga “Shaffof” MFY hududida joylashgan Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani yuzasidan og‘zaki murojaat kelib tushdi.Murojaatda ko‘rsatilgan holat tuman partiya tashkiloti tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida murojaatda keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topdi.Aniqlangan muammoni bartaraf etish, hududda sanitariya va ekologik holatni yaxshilash maqsadida masala nazoratga olinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari hududlarda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ekologik muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 12:34

    #Boysun_tumani #Jamoatchilik_eshituvi_monitoringChiqindi poligoni jamoatchilik e'tiboridaO‘zbekiston Ekologik partiyasi Boysun tuman partiya tashkiloti raisi U. Boymatov hamda tuman Ekopolitisiya yetakchi mutaxassisi K. Bo‘ronov tomonidan Ganda chiqindi poligonida jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.O‘rganish davomida poligonga kuniga o‘rtacha 150–160 kub metr chiqindi, 15 ga yaqin maxsus avtomashina orqali olib kelinayotgani aniqlandi. Biroq poligonning sanitariya holati belgilangan talablarga to‘liq javob bermasligi, chiqindilar saralanmasdan aralash holda tashlanayotgani, hududning to‘siq bilan o‘ralmagani, tarozi o‘rnatilmagani hamda chiqindi tashuvchi avtomashinalarni dezinfeksiya qilish uchun maxsus maydon tashkil etilmagani kuzatildi.Shuningdek, chiqindilarning ochiq holda saqlanishi atmosfera havosi, tuproq va yer osti suvlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shamol ta’sirida
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 11:30

    forwarded from @axborot_xizmati

    Termizda 5 mingdan ziyod ishtirokchi ommaviy yugurish marafonida qatnashdiTermiz shahrida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarni sportga jalb etish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida "Silk Road Uzbekistan", "Talaba yugur" va "Inson uchun" ommaviy yugurish marafonlarining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.Sport tadbirida 5 ming nafardan ziyod sportsevar yoshlar, talabalar, o‘quvchilar, harbiy xizmatchilar hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi.Marafon davomida ishtirokchilar 3 kilometrlik masofani bosib o‘tib, belgilangan marraga ko‘tarinki kayfiyat va katta ishtiyoq bilan yetib kelishdi.Tadbir Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, oliy ta’lim muassasalari hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.Musobaqa yakunida yuqori natija qayd etgan hamda faol ishtirok
    1,310992Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 10:48edited

    #Termiz_tumani #TV_RadioO'zbekiston Ekologik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan Surxondaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida “EKO DEBAT” loyihasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati✅ Telegram | 🌐Wep site | 🌐Instagram|✅Facebook
    1,440video5Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 10:32

    #Jarqorgon_tumani #AksiyaTozalik — Ekologik madaniyatning muhim qismiO‘zbekiston Ekologik partiyasi Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi raisi K. G‘afurjanov tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani “Soqchi” mahallasida joylashgan 32-sonli umumta’lim maktabida 19-sentabr — Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan obodonlashtirish va tozalik aksiyasi tashkil etildi.Aksiya davomida maktab xo‘jalik xodimlari ishtirokida ta’lim muassasasi hududi turli chiqindilar, jumladan, plastik chiqindilardan tozalandi. Yig‘ilgan chiqindilar belgilangan maxsus joylarga olib chiqildi.🌲 Shuningdek, maktab hududidagi 0,3 gektar maydonda ekilgan sosna ko‘chatlari holati ko‘zdan kechirilib, ularni asrab-avaylash va yashil hududlarni saqlab qolish maqsadida kuzgi sug‘orish ishlari amalga oshirildi.Bunday ekologik aksiyalar hududlarda tozalikni ta’minlash bilan birga, aholi va yoshlar o‘rtasida atrof-muhitga
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 10:25

    #Termiz_tumani #MurojaatSport maktabidagi shart-sharoitlar o'rganildiO‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz tumani Kengashi tomonidan Termiz tumani “Yangihayot” mahallasida joylashgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport mashg‘ulotlari uchun zarur jihoz va anjomlarning holati, shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklarga e’tibor qaratildi.Xususan, o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport inventarlarining foydalanish holati hamda mashg‘ulotlar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ko‘zdan kechirildi.📌 Aniqlangan muammolarni tegishli tartibda o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda bolalar va o‘smirlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Yosh
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 08:28

    #Ijtimoiy_rolik #XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati✅ Telegram | 🌐Wep site | 🌐Instagram|✅Facebook
    2,080video2Open in Telegram
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 08:06

    #Termiz_tumani #MurojaatFuqarolar murojaati eʼtibordaO‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz tumani Kengashi raisi, deputat Sh. Norsayev tomonidan “Uchqizil” mahallasi Bog‘dorchilik ko‘chasida yashovchi fuqaro M. Umarovning chorva mollarini vaksina bilan emlash bo‘yicha murojaati o‘rganildi.Murojaat yuzasidan tegishli holat fuqaroga tushuntirilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu holatni bartaraf etilishi ma’lum qilindi.Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati✅ Telegram | 🌐Wep site | 🌐Instagram|✅Facebook
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 07:48

    forwarded from @dtpi_yoshlari

    💧🌱 SUVNI ASRAYMIZ — KELAJAKNI ASRAYMIZ! 🌱💧Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchilari tomonidan suv resurslarini asrash, undan oqilona va tejamkor foydalanish, atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan “Suvni asraymiz!” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.💦 Suv — hayot manbai! Uni asrash, isrof qilmaslik va kelajak avlod uchun bebaho tabiiy boyliklarimizni muhofaza qilish har birimizning vazifamizdir.Seminar davomida suvni tejashning samarali usullari, kundalik hayotda suvdan oqilona foydalanish, ekologik muammolarning oldini olish hamda tabiatga e’tiborli munosabatda bo‘lish masalalari haqida fikr va tavsiyalar beriladi.🌿 Tabiatni asrash — o‘zimizni va kelajagimizni asrashdir!📅 Sana: 24.09.2026 ⏰ Vaqt: 14:00 📍 Manzil: Sharof Rashidov
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 07:35

    Surxondaryoda — Xalqaro avtomobilsiz kun22-sentyabr — Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan Surxondaryo viloyatida ham atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslar davom etmoqda.Ushbu kun munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Yosh ekologlar qanoti faollari ish joylariga shaxsiy avtomobillardan foydalanmagan holda jamoat transportida, velosipedda va piyoda yetib kelish orqali tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.📢 Shuningdek, keng jamoatchilik vakillari bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, fuqarolarni avtomobildan foydalanishni vaqtincha cheklash, piyoda yurish, velosiped va jamoat transportidan foydalanish orqali ushbu ekologik tashabbusda faol ishtirok etishga chaqirildi.🌱 Xalqaro avtomobilsiz kun — shunchaki bir kun avtomobildan voz kechish
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 05:16

    forwarded from @eco_eshanqulov

    #Munosabat“Yashil makon” — ko‘chat ekishdan uni asrab-avaylashgachaO‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun qulay ekologik muhit yaratishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalarni qo‘llab-quvvatlaydi.Davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlanganidek, ko‘kalamzorlashtirish ishlarining samaradorligini faqat ekilgan ko‘chatlar soni bilan emas, balki ularning bir, uch va besh yildan keyingi holati bilan baholash muhim. Bu esa daraxt ekish bilan bir qatorda uni to‘g‘ri tanlash, sug‘orish, parvarishlash va muhofaza qilishga tizimli yondashishni talab etadi.Ayniqsa, har bir hududning iqlimi va tuproq sharoitiga mos daraxt turlarini tanlash, suv ta’minotini oldindan rejalashtirish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish hamda
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    22 Sept, 05:05

    forwarded from @ecopartyuzb

    22-sentabr — "Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni"Ma’lumotlarga ko‘ra atmosfera havosiga chiqariladigan zaharli gazlarning katta qismi avtotransportlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Toshkent shahrida bir kunda 700 minga yaqin avtomobil harakatlanadi. Poytaxtimiz atmosferasiga chiqariladigan zaharli gazlarning 93 foizi ayni shu avtomobillardan chiqadi.22-sentabr — "Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni". Piyoda yursak, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalansak, bir kun bo‘lsada ona tabiatimizni juda katta zaharlanishdan asragan bo‘lardik.O‘zbekiston Ekologik partiyasi barcha fuqarolarimizdan bir kun bo'lsada shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishni so‘rab qoladi.Ma’lumot uchun, 1995-yildan beri bu sana dunyoning yuzlab shaharlarida o‘tkazib kelinmoqda.Hukumat
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    21 Sept, 16:10

    #Munosabat“Yashil makon” — ekish emas, asrab qolish muhimOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish hamda zamonaviy va innovatsion yechimlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.Unda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, hududlarning iqlimi va tuproq sharoitiga mos daraxt turlarini tanlash, suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish hamda ekilgan ko‘chatlarni kamida uch yil davomida parvarishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘zbekiston Ekologik partiyasi ushbu yondashuvni mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish borasidagi muhim yo‘nalishlardan biri, deb hisoblaydi. Chunki bugungi kunda ko‘kalamzorlashtirishning asosiy mezoni faqat qancha daraxt ekilgani emas, balki ekilgan
  • Surxondaryo viloyati Kengashi

    21 Sept, 15:33

    #Termiz_tumani #MurojaatFuqaro murojaati o‘rganilib, tushuntirish ishlari olib borildiO‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz tuman Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Sh. Norsayevga “Uchqizil” mahallasida yashovchi fuqaro B.Toshev tomonidan tomorqasiga suv kelishi bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat qilindi.📌 Murojaatni o‘rganish davomida fuqaroning tomorqasiga suv yetib borishida yuzaga kelgan muammo holati joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. O‘rganish jarayonida fuqaroning ariq qazish va tozalash tadbirlarida ishtirok etmagani, buning natijasida qo‘shnilari tomonidan suv yo‘lining yopib qo‘yilgani aniqlandi.Fuqaroga suvdan foydalanish masalasida qo‘shnilar bilan o‘zaro hurmat, hamjihatlik va ahillik asosida murosaga kelish, shuningdek, ariqni saqlash va tozalash ishlarida faol ishtirok etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.Murojaat yuzasidan tushuntirish ishlari olib