Latest posts

O'zbekiston Ekologik partiyasi
27 Sept, 10:52
forwarded from @a_xamzayev
Paxtachilikda misli ko'rilmagan natijalar qayd etilmoqdaPaxtakor fermerlarimizning yuksak natijalaridan hayratlangan qo‘shni davlatlar prezidentlari tajriba almashish uchun dehqonlarimizni Yurtboshimizdan so‘rab olgani ko‘pchilikka ma’lum.Bugun avj pallaga kirgan paxta yig‘im-terimida bu e’tirofga munosib natijalar yana namoyon bo‘lmoqda. Kecha terimni boshlagan arnasoylik ayrim fermerlarimiz gektaridan 60–70 sentnerdan hosil olib, shartnoma rejasini muddatidan ancha oldin uddalamoqda.Yer, suvni tejash va kam xarajat bilan ikki karra ko‘p hosil! Bu misli ko'rilmagan natijalar yurtdoshlarimiz farovonligiga xizmat qiladi.Hormang, aziz mirishkorlarimiz! Mehnatingizga baraka, hosilingizga baraka!✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube
O'zbekiston Ekologik partiyasi
26 Sept, 16:30
Ekopartiya ekologiya bilan yonma-yonPartiyamiz binosi yonidan oqib o‘tuvchi kanal yovvoyi va xonaki o‘rdaklar, g‘ozlar hamda ondatralarning makonidir. Suv bo‘yidagi yashillik, qushlarning erkin parvozi va jonzotlarning tabiiy harakati bu maskanga o‘zgacha ruh, kuch va jon baxsh etadi.2-iyul – 26-sentabr. Oradan qariyb uch oy o‘tdi. Jajji polaponlar bugun erkin qanot qoqayotgan mustaqil qushlarga aylandi. Shahar o‘rtasidagi bu maskanda jonli tabiat o‘z hayotini davom ettirmoqda.Bu bizga bir haqiqatni anglatadi: tabiatga joy va imkon berilsa, u hatto odamlar gavjum, mashinalar serqatnov shaharning o‘rtasida ham yashaydi. Uni asrash, muhofaza qilish va kelajak avlodga sog‘lom holda yetkazish – barchamizning mas’uliyatimiz.Ma’lumot uchun: Partiya Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 2-G uy manzilida joylashgan.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O'zbekiston Ekologik partiyasi
26 Sept, 08:26
#Qonunchilikdagi_yangiliklar“Yashil makon”ning mahallalarda yangi bosqichiPrezidentimizning PF–206-sonli Farmoni (23.09.2026 y.) bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalarning roli va mas’uliyati kuchaytirilmoqda.2026-yil 1-oktyabrdan respublikada “Tozalik va ozodalik” 2 oyligi o‘tkazilib, yashil hududlarni belgilash, yerlarni tayyorlash hamda ko‘chat va butalar zaxirasini yaratish choralari ko‘riladi.Ko‘chat ekish mavsumi:1-noyabr — Qoraqalpog‘iston va Xorazm; 5-noyabr — Buxoro va Navoiy; 10-noyabr — Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Toshkent, Farg‘ona va Toshkent shahri; 20-noyabr — Surxondaryo va Qashqadaryo.2027-yil 1-yanvardan “Yashil mahalla” doirasida “Mahallani yashillashtirish” paketi joriy etiladi.Har bir mahallaga O‘rmon agentligi tomonidan o‘rmonchi-murabbiy biriktiriladi. “Mahalla yettiligi” a’zolari har bir ekish mavsumi oldidan qisqa o‘quv kurslarida tayyorlanadi.Yangi yondashuvning asosiy maqsadi ko‘chat ekishni bir martalik tadbir emas, balki har bir mahallada rejali va mas’uliyatli jarayonga aylantirishdir.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O'zbekiston Ekologik partiyasi
26 Sept, 08:00
Yosh ekologlar amaliy mashg‘ulotlarda bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandiO‘zbekiston Ekologik partiyasi "Yosh ekologlar" qanoti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Eko volontyorlar" loyihasining II mavsumi doirasida navbatdagi tadbirlar ham qiziqarli tarzda, amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘tkazildi.Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekistondagi ekologik muammolar, ularni hal etishda jamoat tashkilotlarining o‘rni, shuningdek, ekologiya va inson salomatligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi."Ekolog.uz" rahbari, taniqli eko-jurnalist Nargiza Qosimova "O‘zbekistonda ekologik muammolarga qarshi Ekolog jamoat birlashmasi qanday kurashmoqda?" mavzusida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berdi.Suhbat davomida ekologik muammolarga jamoatchilik e’tiborini kuchaytirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va bu borada jamoat tashkilotlarining amaliy faoliyati haqida fikr almashildi.Tadbirning keyingi qismi "Salomatlik va ekologiya: birinchi yordam ko‘rsatish" mavzusiga bag‘ishlandi. Toshkent davlat tibbiyot universitetining 6-kurs talabalari, "Salomatlik volontyorlari" koordinatorlari Ilyosbek Tojialiyev va Abdulaziz Abduhamidov ishtirokchilarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur ma’lumot va amaliy tavsiyalarni berdilar.Tadbirning yakuniy qismida "Eko-volontyor" dasturining II mavsum ishtirokchilari faol ishtiroki uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube




O'zbekiston Ekologik partiyasi
26 Sept, 03:00
#yetti_milliy_dasturUchinchi milliy dastur – yuqori texnologiyali iqtisodiyot✅Uchinchi milliy dastur iqtisodiyotni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga o‘tkazishga qaratiladi. Buning uchun kelgusi o‘n yilda 450 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinadi.✅Iqtisodiyotda yuqori o‘sish sur’ati saqlangan holda, 2030-yilgacha YAIM hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi. Sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratiladi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O'zbekiston Ekologik partiyasi
25 Sept, 14:37
#Toza_dala #Ekologik_aksiyaQishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan boshlangan “Toza dala” chellenji tobora ommalashib bormoqdaBugun Toshkent davlat agrar universitetining Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti Ekologiya, iqlim o‘zgarishi va yashil transformatsiya kafedrasi hamda Agro Ecoklub hamkorligida Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi dala maydonida mazkur chellenj doirasida ekologik aksiya o‘tkazilibdi.Aksiya davomida dala hududi tozalanib, atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.Yurtdoshlarimizda tabiatni asrab-avaylash, atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga daxldorlik tuyg‘usi tobora ortib borayotgani, albatta, quvonarli.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube




O'zbekiston Ekologik partiyasi
25 Sept, 13:59
#Seminar"Yashil makon"ga tayyorgarlik avjidaNamanganda o‘tkazilayotgan o‘quv-seminarning amaliy qismida asosiy e’tibor ekilgan ko‘chatlarni to‘g‘ri parvarishlash, ularning saqlab qolish va kuzgi mavsumdagi holatini baholashga qaratildi.Mutaxassislar tomonidan ko‘chatlarni me’yorida sug‘orish, turli kasallik va zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Kelgusida yaxshi ildiz otib, barqaror o‘sishi uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar tushuntirildi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube




O'zbekiston Ekologik partiyasi
24 Sept, 16:05
📢 🟦🟦Ertaga — "Avtomobilsiz kun"🟢Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq, har oyning 10 va 25-sanalari respublika bo‘ylab "Avtomobilsiz kun" sifatida o‘tkaziladi.Farmonga ko’ra, ertaga davlat tashkiloti va idoralari xodimlarining xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi.Ushbu sanalar ish kuniga toʻgʻri kelganda, haydovchilarning ish haqi saqlanib qoladi.Keling, bir kun bo‘lsa-da avtomobildan voz kechib:✅ havoning tozaligiga hissa qo‘shaylik; ✅ yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytiraylik; ✅ jamoat transportidan samarali foydalanaylik; ✅ sog‘lom va faol turmush tarzini tanlaylik.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube


O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 15:01
"MUNOSABAT" ko‘rsatuviNavro‘zbek Yusupov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 14:49
Deputat tashabbusi bilan mahallada “Huquq-tartibot maskani” barpo etilmoqdaO‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva o‘zi saylangan “Qo‘yliq ota” mahallasida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalarni o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan amaliy tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda.Xususan, mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va o‘rganishlar davomida hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarga huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish uchun zamonaviy infratuzilmaga ehtiyoj mavjudligi aniqlangan.Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/937✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tu




O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 14:00
forwarded from @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о перспективах развития электроэнергетики и совершенствовании механизмов управления проектами в топливно-энергетической отрасли.#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #istiqbollarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 13:05
Ko‘chat ekishdan yashil muhit yaratishgachaEndilikda “qancha daraxt ekildi” degan savol bilan bir qatorda “qancha daraxt yashab qoldi”, “qanday parvarish qilindi”, “aholiga qanday naf bermoqda”, degan savollar ham muhim bo‘ladi.Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/936Alijon Jalilov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube


O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 12:45
"MUNOSABAT" ko‘rsatuviNavro‘zbek Yusupov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 12:35
Sapargul UTEMURATOVA,IMKONIYATLARDAN NATIJALAR SARI...Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy o‘sish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilyapti, investisiyalar jalb etilmoqda, ishlab chiqarish quvvatlari kengaymoqda, yo‘llar va muhandislik infratuzilmasi yangilanayotir.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube



O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 12:25
#QASHQADARYO_AXBOROTIQashqadaryo viloyati “Yashil texnikum”ida ekologik madaniyat va atrof-muhitni asrash masalalariga bag‘ishlangan jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 12:11
“Yashil makon”: ekilgan ko‘chat soni emas, natijasi muhimDavlatimiz rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish va innovatsion yechimlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishar ekan, juda muhim jihatlarga e’tibor qaratdi.Jumladan, endi bu jarayonda asosiy e’tibor faqat qancha ko‘chat ekilganiga emas, balki ularning qanchasi yashab qolgani, qancha soya bergani va inson hayoti uchun qanday sharoit yaratayotganiga qaratiladi.Xorazm viloyati sharoitida bu masala, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etadi. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, iqlim sharoitiga mos daraxt va buta turlarini tanlash, ularni parvarishlash va yashovchanligini ta’minlash ko‘kalamzorlashtirish ishlarining eng muhim qismi bo‘lishi lozim.Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/935Kamolbek Jumaniyozov, O‘zbekiston Ekologik


O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 10:59
#Termiz_tumani #TV_RadioO'zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan Termiz tumanidagi ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida “EKO DEBAT” loyihasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 06:54edited
🔹O‘tgan haftadagi Ekologik partiya fraksiyasidagi muhokamalar O‘zbekiston24 telekanali nigohida✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 05:41
forwarded from @raximov_oybek_raimovich
“Yashil makon” nafaqat ko‘chat ekish, balki tabiatga mas’uliyatni yuksaltirishga qaratilgan umummilliy harakatdirPrezident Shavkat Mirziyoyevning “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tashabbuslari yurtimizda ekologik muhitni yaxshilashga tizimli yondashuv shakllanayotganini ko‘rsatadi.Ayniqsa, ko‘kalamzorlashtirish samarasini ekilgan ko‘chatlar soni bilan emas, ularning bir, uch va besh yildan keyingi holati bilan baholash zarurligi juda muhim. Bu “ko‘chat ekish”dan “daraxtni voyaga yetkazish” tamoyiliga o‘tish demakdir.Mahallalar kesimida “yashil xarita”larni joriy etish, iqlim va tuproqqa mos daraxt turlarini tanlash, suv ta’minotini oldindan hal etish hamda ko‘chatlarni muntazam parvarishlash tizimi “Yashil makon”ning barqarorligini ta’minlaydi. “3-30-300” tamoyili esa aholi yashaydigan muhitni inson uchun yanada qulay, sog‘lom va


O'zbekiston Ekologik partiyasi
22 Sept, 05:17
ENDI SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYANI O‘RNATISHNING O‘ZI YETARLI EMASUlarning qanday ishlayotgani ham nazoratda bo‘ladi✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
