Latest posts

"El-yurt umidi" Foundation
25 Sept, 15:10
#Suhbat⚡️“BIR KUN” podkastida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailova bilan stipendiat boʻlish sirlari, tanlov mezonlari va ayol rahbar yoʻli haqida ochiq suhbat.🖥 Suhbatni tomosha qilish🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube
"El-yurt umidi" Foundation
25 Sept, 08:01
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi: yuqori tashabbuskorlik, kuchli tadbirkorlik ruhi va sanoat maktabiga tayanib, o‘z texnologik bazasini yaratish, sanoat va investitsiya lokomotiviga aylanish, har bir oilaning farovonligini yuksaltirish sari.🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube
"El-yurt umidi" Foundation
25 Sept, 07:13
#Xalqaro_stajirovka⚡️Sudyalar uchun Germaniyadagi xalqaro stajirovka: ochiq tanlovning ikkinchi bosqichi yakunlandiSudyalarni xalqaro darajada tayyorlash inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylanmoqda. Bu jarayonda “El-yurtumidi” jamg‘armasi nafaqat moliyalashtirish, balki kadrlarni maqsadli tayyorlash instituti sifatida faoliyat yuritmoqda.Xususan, Jamg‘arma Germaniyaning Vismar universitetida “Sudyaning ish yuritishi metodikasi”dasturi bo‘yicha xalqaro stajirovkada ishtirok etish uchun sudyalar o‘rtasida ochiq tanlov e’lon qildi. 23–24-sentabr kunlari tanlov komissiyasi tomonidan ikkinchi bosqich — suhbatlar oflayn va onlayn shakllarda o‘tkazildi.Nomzodlar o‘zlarining kasbiy yutuqlarini taqdim etib, stajirovkada ishtirok etishdan ko‘zlangan maqsadlarini asoslab berdilar hamda kelgusi ikki yil davomida amalga oshirishni rejalashtirgan vazifalarini bayon etdilar. Komissiya talabgorlarning kasbiy dunyoqarashi, tahliliy fikrlashi, xorijiy tilni bilish darajasi va ilgari surgan tashabbuslarining amaliy ahamiyatini baholadi.Eslatib o‘tamiz, arizalar 28-avgustdan 14-sentabrga qadar onlayn platforma orqali qabul qilindi. Birinchi bosqichda qariyb 80 nafar talabgorning hujjatlari ko‘rib chiqildi. Belgilangan muddatda hujjatlarini to‘liq taqdim etgan va tanlov talablariga muvofiq deb topilgan 55 nafar nomzod suhbat bosqichiga tavsiya etildi.Batafsil: https://el-yurt.uz/news/189🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube
"El-yurt umidi" Foundation
25 Sept, 06:34
⚡️O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuvO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.“Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim”, — deydi S. Mirziyoyeva.Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023-yildan boshlab, yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026-yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi.Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 ta davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube




"El-yurt umidi" Foundation
25 Sept, 05:54
#Islohotlar_raqamlarda“Maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshdi. Oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 45 foizga yetdi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66 yoshdan 75 yoshdan ziyodga oshdi. Onalar va go‘daklar o‘limi to‘rt baravar kamaydi. Islohotning haqiqiy qiymati ana shu insonlarning hayotida namoyon bo‘ladi”.🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube




"El-yurt umidi" Foundation
24 Sept, 11:03
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Siz boshlang — ortingizdan boshqalar ham ergashadi.Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253“El-yurt umidi” jamgʻarmasi: korrupsiya holatlari haqida xabar berishga moʻljallangan bot @EYUFANTIKORBOT 📞Telefon raqam +998936688855, +998712030045🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube


"El-yurt umidi" Foundation
24 Sept, 08:35
📌“Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — bu O‘zbekiston”Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrifi davomida hududdagi vaziyat va yechimini kutayotgan masalalar haqida fikr bildirar ekan, so‘nggi kunlarda kam uxlayotganini aytdi.Davlat rahbari Andijonda havo yaxshi ekanini, biroq hududda hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘pligi sababli o‘ylar uni qiynayotganini ta’kidladi.Shuningdek, Prezident kecha suhbatlashgan oqsoqollardan birining “Notinch dunyoda tinch mamlakat bor — O‘zbekiston” degan so‘zlarini alohida qayd etdi.“Siyosatdan yiroq odam, lekin yuragidagi bor gapni gapirdi. Men juda xursand bo‘ldim”, — dedi Prezident.🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube
"El-yurt umidi" Foundation
24 Sept, 07:15
⚡️ BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning pozitsiyasi bildirildiBMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi: “Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz”. Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi. “Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor”.🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube




"El-yurt umidi" Foundation
22 Sept, 10:21
#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladi2026-yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv
"El-yurt umidi" Foundation
22 Sept, 09:45edited
⚡️“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografikalar to‘plami"Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida maxsus infografikalar to‘plamini tayyorlangan.To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube
"El-yurt umidi" Foundation
22 Sept, 07:41
#OAV_biz_haqimizda“El-yurt umidi” orqali Buloqboshidan Birmingemga ochilgan yoʻl🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube
"El-yurt umidi" Foundation
22 Sept, 06:36
#OAV_biz_haqimizda“Xorazm haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Islombek Tojiddinovning intervyusi chop etildi.Islombek oʻqishini Glazgo universitetining magistraturasida veterinariya yoʻnalishi boʻyicha davom ettiradi. U Buyuk Britaniyada olgan bilimlari va xalqaro tajribasini Oʻzbekistonda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirishda qoʻllash niyatida.🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube


"El-yurt umidi" Foundation
22 Sept, 06:06
Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiPrezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.“Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman”, — dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash


"El-yurt umidi" Foundation
22 Sept, 05:13
#OAV_biz_haqimizda⚡️Uchqoʻrgʻondan — Londonga: “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Sherzod Komilovning hikoyasiSherzod Komilov — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati va University College London (UCL) magistranti. Buyuk Britaniyada u moliya sohasida zamonaviy bilimlarni egallab, xalqaro tajribani oʻrganmoqda va global iqtisodiyot rivojini belgilovchi yondashuvlarni oʻzlashtirmoqda.“Oʻzbekiston 24” telekanalining maxsus lavhasida Sherzod Londondagi oʻqishi, xorijiy taʼlim imkoniyatlari va Oʻzbekiston yoshlari oldida ochilayotgan kasbiy istiqbollar haqida soʻzlab berdi. Uning asosiy maqsadi — Vatanga qaytish hamda orttirilgan bilim va tajribasini mamlakat moliya tizimi va iqtisodiyotini rivojlantirishda qoʻllashdan iborat.Sherzodning hikoyasi — orzudan katta maqsad sari yoʻl, bildirilgan ishonch uchun masʼuliyat va taʼlimni OʻzbekistonYouTubeUchqoʻrgʻondan — Londonga: “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Sherzod Komilovning hikoyasiSherzod Komilov — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati va University College London (UCL) magistranti. Buyuk Britaniyada u moliya sohasida zamonaviy bilimlarni egallamoqda, xalqaro tajribani oʻrganmoqda va global iqtisodiyot rivojini belgilovchi yondashuvlarni…
"El-yurt umidi" Foundation
21 Sept, 05:33
#Munosabat #AntiFake⚠️ Telegram messenjerida tarqalayotgan ushbu akkaunt Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismailovaga tegishli emasligini maʼlum qilamiz.Shu munosabat bilan, fuqarolarni ushbu manba orqali tarqatilayotgan axborot, xabarlar, murojaatlar va boshqa materiallarga ishonmaslikka hamda faqat rasmiy axborot manbalariga tayanishga chaqiramiz.Hozirda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli amaliy choralar koʻrilmoqda.❗️Hurmatli fuqarolar, agar siz shunday vaziyatga duch kelsangiz yoki shubhali taklif olsangiz bu haqda toʻgʻridan-toʻgʻri Jamgʻarmaga xabar bering: ▫️@EYUFANTIKORBOT Telegram-boti; ▫️Telefonlar: +998 93 668-88-55, +998 71 203-00-45 (3003)🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube


"El-yurt umidi" Foundation
18 Sept, 17:57
⚡️"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube
"El-yurt umidi" Foundation
18 Sept, 13:16
#Farzandimiz_stipendiat #Minnatdorlik_maktublariGulziba Qazimbetova, hisobchi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi), “El-yurt umidi” stipendiati Shinbergen Xojanbergenovning onasi:— Farzandimizning xorijga oʻqishga kirishi va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatiga aylangani oilamiz uchun katta quvonchdir. Yoshlarimiz uchun shunday imkoniyatlar yaratilayotgani uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorligimizni bildiramiz. Oʻgʻlimiz bolaligidan konstruktorlar, robototexnika, matematika va fizikaga qiziqqani uchun mahsulot dizayni muhandisligi yoʻnalishini ongli ravishda tanladi. Biz ota-ona sifatida uning IELTS va SAT imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishidan boshlab, har bir qadamida qoʻllab-quvvatlashga harakat qildik. Ishonamizki, u xorijda egallagan bilim va tajribasi bilan Vatanimizga qaytib, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadi.🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook
"El-yurt umidi" Foundation
18 Sept, 11:52
#Men_stipendiatmanMurodjon Abdurahmanov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Reding universiteti (Buyuk Britaniya) magistratura bosqichi bitiruvchisi:— Buyuk Britaniyaning Reding universitetida meteorologiya va iqlimshunoslik yoʻnalishi boʻyicha magistraturani tamomlab, olgan bilimlarimni yurtimiz taraqqiyotiga yoʻnaltirish maqsadida Oʻzbekistonga qaytdim. Magistrlik tadqiqotimda sunʼiy intellekt yordamida Oʻzbekiston hududidagi ob-havoni prognoz qilish masalalarini oʻrgandim va bu ishni mahalliy olimlar bilan davom ettirmoqchiman. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasida faoliyatimni boshlab, atmosfera havosi sifatini monitoring qilish va kelgusidagi holatini prognozlash tizimini rivojlantirishga oʻz hissamni qoʻshmoqchiman.🔗 Website: El-yurt.uzTelegram | Facebook |Instagram| YouTube
"El-yurt umidi" Foundation
18 Sept, 09:37
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi.Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi. — Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Республику Каракалпакстан.В ходе двухдневной поездки глава нашего государства ознакомится с проектами в сферах промышленности, сельского хозяйства, образования, медицины, транспорта, туризма и спорта, а также с работой по обеспечению занятости населения и
"El-yurt umidi" Foundation
18 Sept, 07:40
#Stipendiatlar_hayotidan⚡️Stipendiatlar joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqdaDunyoning yetakchi universitetida taʼlim olish sari yoʻl baʼzan maktabdagi bir samimiy suhbatdan boshlanadi. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari hududlarda oʻquvchilar bilan uchrashib, oʻz tajribasi, xorijda oʻqish imkoniyatlari va maqsadga erishish yoʻllari haqida soʻzlab bermoqda.“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati, Birmingem universitetining aerokosmik muhandislik yoʻnalishi talabasi Ogʻabek Uzbekov Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 54-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda Sugʻonchi qishlogʻidagi 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari bilan uchrashdi.Muloqot davomida u xorijiy universitetlarda taʼlim olish, muhandislik yoʻnalishlarini tanlash, oʻqishga puxta tayyorgarlik koʻrish va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
