gram news
Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal channel avatar

Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

@emdra_uz

O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi https://gov.uz/emdra/ Ishonch telefoni – 55 520 10 99 (4008) Toshkent shahri Oybek ko’chasi 26-uy e-mail: info@emdra.uz https://www.facebook.com/share/1BbsmdBs2m/

ProjectsUZOther

5,020subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    22 Sept, 13:18

    Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.Website | Telegram
    74321Open in Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    22 Sept, 09:38edited

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    22 Sept, 06:25

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
    105111Open in Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    14 Sept, 07:44edited

    🇺🇿🇰🇷 Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi bilan hamkorlik haqidagi maqolasi nufuzli nashrlarda chop etildiShavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi munosabati bilan mamlakatning nufuzli nashrlari — “Chosun Ilbo”ning ingliz tilidagi platformasi “The Chosun Daily” hamda “The Korea Herald” gazetasida davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi chop etildi.Website | Telegram
    161111Open in Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    11 Sept, 16:27

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilish avvalida bugungi murakkab sharoitda har bir tuman va mahallaning mavjud imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, qo‘shimcha qiymat, investitsiya va yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirishga yangicha yondashish zarurligi ta’kidlandi.Poytaxt tumanlarining har biri o‘z salohiyatidan kelib chiqib, aniq yo‘nalishlarga ixtisoslashishi lozimligi qayd etildi.Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.“Dolzarb 40 kunlik” doirasida shahardagi 2 ming kilometr ariq chiqindilardan tozalandi, 500 ming tup mevali va manzarali
    162111Open in Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    8 Sept, 14:53edited

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.Website | Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    31 Aug, 04:04edited

    🇺🇿 1 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni📣Barcha yurtdoshlarimizni erkin va farovon hayot qurish yo‘lida keng imkoniyatlar eshigini ochib bergan O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan tabriklaymiz.🎉Shunday qutlug‘ kunda yurtimizga tinchlik, xalqimizga sihat-salomatlik, oilalarga farovonlik tilaymiz!🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!Website | Telegram
    2572211Open in Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    28 Aug, 16:19

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqiWebsite | Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    28 Aug, 16:17

    Davlatimiz rahbari xalqimizga bir fikrni ishonch bilan aytmoqchi ekanini ta’kidladi.– Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz!O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q, – dedi mamlakatimiz yetakchisi.Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘qligi ta’kidlandi.Yagona Vatan va yagona xalq bo‘lib, yangi hayot hamda buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etishga da’vat qilindi.Prezidentimiz matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetishiga ishonch bildirdi.Website | Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    28 Aug, 08:43edited

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.Website | Telegram
    165video1Open in Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    27 Aug, 05:19

    Agentlik xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildiMustaqillik bayrami arafasida mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, yuksak kasbiy mahorati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.Website | Telegram
    207442Open in Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    27 Aug, 03:42edited

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.Website | Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    26 Aug, 04:29

    Agentlikda davra suhbati bo‘lib o‘tdiO‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish va ijrosini taʼminlash maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Unda mazkur Konstitutsiyaviy Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifa va vakolatlari, shuningdek davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish mexanizmlari huquqiy jihatdan belgilab berilganligi taʼkidlandi.Xususan, Prezident Administratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash doirasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishi, ijro holatini o‘rganishi va monitoring qilishi, zarur
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    26 Aug, 03:32

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik 163 ta yangi obyektni ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.Website | Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    24 Aug, 05:12edited

    🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi
    129video1Open in Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    19 Aug, 12:33

    Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.Website | Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    18 Aug, 09:33edited

    Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz yetakchisi tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi.– Sizlar bilan gaplashib, bir narsaga amin bo‘ldim. Yurtimizda zamonaviy fikrlaydigan, o‘z biznesini kengaytirish uchun yangilikka intilayotgan yangi avlod tadbirkorlari shakllanmoqda.Hech qachon oldinga intilishdan, o‘sishdan, rivojlanishdan, yangilik qilishdan to‘xtamang! Sizlarning ortingizda doimo qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli davlat, huquq va manfaatingizni himoya qiladigan qonun, tashabbus va maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda yelkadosh boʻlgan Prezident bor! – dedi davlatimiz rahbari yakunda.Prezidentimiz yig‘ilganlarni yana bir bor Tadbirkorlar kuni bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, ishlarida rivoj va oilaviy xotirjamlik tiladi.Website | Telegram
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    18 Aug, 08:36edited

    Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa – to‘laydi” degan noto‘g‘ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid qilindi.– Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak, – dedi Prezidentimiz.Shu bois, barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi.Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish avtomatlashtiriladi.Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi. Tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa taʼsir chorasi qo‘llanmaydi.Shuningdek, “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi. Birinchi bor qoida buzgan va odamlar
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    18 Aug, 08:34edited

    Ko‘p tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov qilish aylanma mablag‘ni qisqartirayotganini bildirgan. Endi ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi.– Umuman, energetika bo‘yicha boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartiryapmiz. Barcha tumanlarda tadbirkorlarning hozirgi ehtiyoji va ertangi rejasiga qarab ishlaydigan yangi tizim bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz.Kelasi yildan qurilish sohasida pudratchi va loyihachilar o‘sishini rag‘batlantiradigan yangi yondashuv joriy etiladi. Qurilish qayerda bo‘lishidan qatʼi nazar, har bir ishchi-soat uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida mablag‘ rejalashtiriladi.Davlat obyektlari smetasida pudrat korxonalari uchun 7 foiz foyda ko‘zda tutiladi. Qurilish murakkabligiga qarab loyihalash ishlariga obyekt qiymatining 4-7 foizigacha mablag‘ ajratiladi.Davlatimiz
  • Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanal

    18 Aug, 07:13edited

    Prezidentimiz tadbirkorlar ko‘targan masalalar asosida yangi tashabbuslarni eʼlon qildi. Birinchi yo‘nalish – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini taʼminlash.Banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshdi. Birinchi yarim yillikning o‘zida kichik va o‘rta biznesga 76,5 trillion so‘m resurs ajratildi.Yaqinda “kredit xizmatlari yagona raqamli portali” ishga tushdi. Tadbirkor bitta ariza beradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi, biznesni endi boshlayotganlar 5 milliard so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin boʻladi.Endi biznesning har bir bosqichiga mos yaxlit ekotizim yaratiladi. Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi.“Biznes start” doirasida tadbirkorlar sunʼiy intellekt