Latest posts

English worksheets
23 Sept, 14:11edited
❤️🩹 Hayotimdagi eng katta xatoyim...Inyazda talabaligimda ham o'qib, ham soliq gazetasida muhbirlik qilardim. Kursimizning tinim bilmaydigan a'lochi talabalaridan biri edim.O'sha vaqtda stipendiyalar endigina plastik karta tizimiga o'tgan. Odamlar 10-15% ga arang izlab yurib naqdlashtiradigan paytlar edi. Bizning redaksiyamiz soliq binosi ichida bo'lgani uchun, tanishlar talaygina, hechbir foizsiz stipendiyamni naqdlashtirardim. Kursdoshlarim menga bu borada havas qilardi. "5 yoki 10% li joyi bo'lsa ham topaylik" deb menga iltimos qilishardi.Shunday kunlarning birida, ish joyimizga bir ayol keldi. O'zini tadbirkor deb tanishtirib, zudlik bilan hech qanaqa foizsiz plastik yechib olishini aytganida avval shubxalandim, keyin esa idoramizdagi tanish ayol uning ishonchli ekanligini aytgach, pul qilolmay yurgan kursdoshlarimga bog'landim. Ertasi kuni 10 tacha guruhdoshim plastigini menga ishonib topshirdi. Avvaliga "tadbirkor" ayolni sinash uchun o'zimning kartamni berdim. Darrov naqdlab berdi. Keyingi kuni qolgan barcha kartalarni yechib oldi va pulni 1 kundan keyin ishxonamga olib kelishini aytdi.Oradan 1 kun emas, 3 kun o'tdi. Puldan darak yo'q... Endi yuragimni qo'rquv bosa boshladi. Tasavvur qiling, 2013-yilda bir talaba uchun jami 2 milliondan oshiq pulning mas'uliyatini... O'sha vaqtda 5 baho uchun 300 ming so'm stipendiya olardim. Yeb-ichish, kiyim-kechak, ijara to'loviga bemalol yetadigan summa edi. Pulni kuchi anchagina bor edi.Xullas, endi meni vahima bosa boshladi, kursdoshlarim esa pullarini so'rardi. Men ularga rostini aytaqoldim. Baxtimga, ular meni ahvolimni tushundi va birgalikda shu ayolni topishga bel bog'ladik. Izlab-surishtirib uyining manzilini topdik. Andijonning eski shaharidan ekan. Bir payt manzilga borganimizda uyining oldida 50-60 chog'li erkak-ayollar darg'azab, asabiy holda g'ala-g'ovur qilishar, yuragim battar vahimaga tushardi. Yaqinroq borganimizda bir ayol: "Sizlarni qanchaga tushurdi bu moshennik?" deganida hammasini tushunib yetdim: men qattiq aldangandim...Men yosh bo'lib aldangandirman, ammo, ro'paramda katta-katta boy-badavlat odamlar ham chuv tushgani juda ajablanarli edi... Afsuski, o'sha kuniyam, ertasigayam ayolni uyidan hech kim topolmadi. Tinimsiz uyiga qatnardim, oxiri ovoza bo'ldiki, "uddaburon ayol" allaqachon Rossiyaga qochib ketgan ekan.Endi nima qilish kerak? Buyoqda unashtirilganman, to'y tashvishlari turganda ota-onamga holatimni qanday aytaman? O'sha kunlari uyqu, halovat, ishtaxa yo'qligidan shu qadar cho'kib ketdimki, osmonlarda yurgan, hamma havas qiladigan qiz yerga gursillab tushgandim... Suitsid... Hayolimni hattoki shu o'y ham chetlab o'tmagan...Bir kuni boshimdan o'tganlarini eshitgan gazetadagi rahbarim yoniga chaqirib shunday dedi: "Stipendiyang 300 ming, oyliging 350 ming. To'yinggacha hali 4-5 oy bor. Shu daromadingdan har oyda asta-asta qarzlaringdan qutulib olasan. Men senga 2 oylik maoshingni avvaldan beray, sal bo'lsayam qarzlaringni uzib tinchlan". Miyasi azbaroyi muzlab, ishlamay qolgan oddiy bir talaba yuragiga bu gap xuddi chaqmoqday yorug'lik olib kirdi. Haqdor kursdoshlarimni yig'ib, qarzni oyma-oy uzishimni aytdim. Tabiiyki, moshennikni uyidagi qo'zg'alonlarni ko'rib kelgan do'stlarim meni to'g'ri tushundi va kutishga rozi bo'lishdi.Xullas, to'yimgacha barcha qarzlarimdan qutula oldim. Ming shukrki, Alloh mushkulimni oson qildi. O'z holimga tashlab qo'ymadi. Hayotimga qaytadan halovatli, osoyishta kunlar qaytdi...Bu voqeaga ham mana qariyb 13 yil bo'libdi. O'shandan beri odamlar aldoviga uchmaydigan, kimdir "yaltiroq" narsa taklif qilsa ming karra o'ylaydigan, faqat o'z kuchiga, o'z so'ziga, o'z puliga ishonadigan va javob beradigan Nafisaga aylandim.Bundan keyin ham siz-u bizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin! Qarzdorlik hissi hechkimni yo'qlamasin!👍Nafisa ORTIQOVA@english_worksheets_more
English worksheets
23 Sept, 12:44edited
💡G'oyalar oddiy narsalar ustida tug'iladi: bu usulni sizlarga aytgach menda ajoyib metodik g'oya tug'ildi... O'xshatsin ilohim!
English worksheets
23 Sept, 11:45edited
📝 Kanalimizga yangi qo‘shilganlar qayerda va kim bilan ekanliklarini bilib olishlari uchunO'zim haqimda qisqacha🟣Ism-sharifim: Nafisa Ortiqova Abduraxim qizi🟣Tug'ilganim: 22/02/1991-yil Namangan viloyati Pop tumani Sang qishlog'i🟣Hozirda: — Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani 29-umumta'lim maktabida ingliz tili fani o'qituvchisi, — teacher blogger; — erkin jurnalist🟣Mutaxassisligim: pedagogika, jurnalistika🟣Tahsilim: — 2010-2014 yillarda ADU xorijiy tillar fakulteti; — 2020-2024 yillarda O'zJOKU Bosma OAV jurnalistikasi;🟣Qo'shimcha hunarlarim: — Blog yuritish; — Kopirayting; — O'quv-metodik materiallar tayyorlash.🟣Hayotiy shiorim: "Omad boshlaganlarga keladi" (Alkimyogardan)🟣Oilada: Ziyoli va mehribon insonlarning suyangani, ikki o'g'il va bir qizning onasi🟣Men haqimda Vazirlikning rasmiy sahifasidagi postni o'qing: https://t.me/uzedu/32748🟣Ilg'or ish tajribam Respublikada ommalashgan.🟣Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim: 🌐 Facebook 😍 Instagram 😀 Telegram: @Nafisa_Ortiqova


English worksheets
23 Sept, 06:20edited
Boshlang'ich sinflarda "spelling" muammosini shunday davolash mumkin. Darrov foydasi bilinmaydi, ammo davomli qilinsa juda foydali. Xuddi ona tilida savodimiz chiqqanida yozganimiz kabi, ikkinchi tilda ham ana shunday an'anaviy usullar bilan yondashish lozim.Yozib kelishni uyga vazifa qilasiz, tekshirishni darsdan keyin yig'ib olib tekshirsangiz ham bo'ladi.Sizda spelling uchun yana qanday yechimlar bor?
English worksheets
23 Sept, 03:48
🛍 2026-2027 o'quv yili uchun Xorijiy tillar metodbirlashma yig'ma jildi tayyor!Ushbu hujjatni xorijiy tillar metodbirlashmasi rahbari sifatidagi 4 yillik tajribam asosida tartibli va mukammalroq yaratishga harakat qildim. Sotib olasiz va tegishli o'rinlarinigina o'zingizga moslab yil davomida oson foydalanasiz.Hujjat ichida quyidagilar mavjud:✅ Metodbirlashma betligi; ✅ Metodbirlashma nizomi; ✅ Metodbirlashma buyrug'i; ✅ Yillik ish rejasi; ✅ Yig'ilishda ko'riladigan masalalar; ✅ Yig'ilish bayonnomalari; ✅ Yillik hisobot; ✅ O'qituvchilar haqida ma'lumot; ✅Metodbirlashma a'zolarining ish taqsimoti; ✅Malaka oshirish rejasi. ✅ Ochiq darslar jadvali; ✅ To'garaklar jadvali; ✅ Monitoring natijalari jadvali;💸 Narxi: 40 ming so'm @sale_manager24 ga "metodbirlashma" deb yozib qoldiring.@english_worksheets_more
English worksheets
23 Sept, 03:11edited
🌇 Hayrli tong, barchaga!Yangi qo'shilgan ustozlar, har yakshanba yangi hafta mavzulariga tarqatmalar yuboramiz. Bu haftanikini buyerdan boshlangan. Manfaatli bo'lsin!
English worksheets
22 Sept, 15:49edited
✔️ PRESENTATIONS☑️ Countable & uncountable nouns ☑️ Verb "To be": am/is/are ☑️ Present Simple Tense ☑️ Present Continuous Tense ☑️ Present Perfect Tense ☑️ Present Perfect Continuous Tense ☑️ Present Perfect + Present Perfect Continuous difference ☑️ Vocabulary game: Family members ☑️ Past Simple Tense ☑️ Past simple tense ☑️ Past Simple Quiz ☑️ Past Continuous Tense ☑️ Past Perfect Tense ☑️ Past
English worksheets
22 Sept, 15:45edited
🔥


English worksheets
22 Sept, 14:47edited
⭐️ Sevimli kanalingizga yangi mehmonjonlar oqimi qo‘shilishmoqda...Xush kelibsiz, hamkasblar!Mezbonjonlar, mehmonlarimizga kanalni qanday ta‘riflab tanishtirgan bo‘lardingiz?
English worksheets
22 Sept, 09:35
👆Yuqoridagi "grammar auction" o'yini uchun mana bu kupyuralarni ishlatish mumkin@english_worksheets_more
English worksheets
22 Sept, 09:31
🔥 Yuqoridagi "Grammar auction" o'yini uchun turli darajadagi namunalar! Mavzu va darajaga moslab o'zingiz yoki Chatgptda tuzdirsangiz ham bo'ladi.Super o'yin bu, bilganlar biladi, bir ochib qaramaganlar qattiq adashadi, aufff! 😎@english_worksheets_more
English worksheets
22 Sept, 09:20
💵 "Grammar Auction" — darsni jonlantiruvchi super o‘yinGrammar Auction — bu grammatik xatolarni topish va “sotib olish” orqali to‘g‘rilashga asoslangan, juda quvnoq va samarali mashq hisoblanadi.Qanday o‘ynaladi?1️⃣ O‘qituvchi bir nechta gaplar tayyorlaydi — ba'zilari to‘g‘ri, ba'zilari xato. 2️⃣ Har bir guruhga ma’lum miqdorda teng “pul” beriladi (money, points, stars). 3️⃣ Gaplar “auksionga qo‘yiladi”. Guruhlar esa to‘g‘ri deb o‘ylagan gaplarga pul tikadi. 4️⃣ O‘qituvchi oxirida gaplarning javobini aytadi. 5️⃣ To‘g‘ri gaplarni sotib olgan guruh ball yig‘adi — xato gap sotib olinsa, ball yo‘qotiladi.Qanday foyda beradi?➖ Grammatikani eslab qolish
English worksheets
22 Sept, 07:50edited
🎉 Biz 3⃣3⃣K bo'ldik, ustozlar!!!! 👏Ishonch uchun rahmat! Har bir xizmatimiz ikki dunyomizga hayr keltirsin!@english_worksheets_more


English worksheets
22 Sept, 05:37
🔈🔈🔈Olimpiadaning maktab bosqichini o'tkazish uchun namunaviy testlarimiz tayyor!Aynan darslik asosida darslikning grammar, vocabulary, reading kontentiga tayanib yaratildi. Chunki tuman bosqichida ham shu ko'nikmalar baholanadi.✅ 9-10-11 sinflar uchun ✅ 2 xil varyantda — 30 tadan jami 60 ta test; ✅ Testlar shifrlanadi; ✅ 3 xil qiyinlik darajasi qamrab olingan — 0,9/1,5/2,6 balldan iborat. ✅ Test kalitlari, manbasi bilan taqdim etilgan.Testning real video obzori buyerda💲Narxlarimiz chegirmali 🔥 — 1 ta sinf uchun 25 ming — 2 ta sinf olinsa 45 ming — 3 ta sinf olinsa 60 ming so'mSifat




English worksheets
22 Sept, 04:22edited
#energizer 🏀 Bu enerjayzerda biz yostiq emas to'p yoki gijimlab yumaloqlangan qog'oz otamiz. Kimga to'p otilsa ikki yonidagi o'quvchilar o'tirishi kerak. Chalg'ib boshqa o'quvchilar o'tirib olsa, yoki o'tirmasa o'yindan chiqadi.Judayam qizg'in kechadi, feedback yuborishni unutmang!@english_worksheets_more
English worksheets
22 Sept, 01:50edited
#seminar #Fergana "Narsalarni emas, tajribalarni sotib oling" degan edi britaniyalik mashxur faylasuf Jon Ruskin.Farg'onadagi seminarimizda ustozlarimizga respublikabop metodik ish yozish sir-asrorlarini qizg'onmay ortig'i bilan ulashdik. Keyingi safar siz bu tirik tajribadan quruq qolib ketmang!Kelgan bo'larmidingiz?@english_worksheets_more
English worksheets
21 Sept, 16:00edited
📝 BSB va CHSB MATERIALLAR (2026-2027)I–CHORAK🟣BSB-1. 5/6/7/8/9-sinflar topshirig'i 🟣BSB-1. 5/6/7/8/9-sinflar audiolariRo'yhat to'ldirib boriladi. Qidirganda "pin"da qadalgan "Mundarija"dan topasiz
English worksheets
21 Sept, 15:45edited
5️⃣/6️⃣/7️⃣/8️⃣/9️⃣– sinf BSB-1 audiolari@english_worksheets_more
English worksheets
21 Sept, 15:44edited
5️⃣/6️⃣/7️⃣/8️⃣/9️⃣– sinf BSB-1 Audiolari pastda ⬇️ (10-11 sinf hali chiqmagan)@english_worksheets_more
English worksheets
21 Sept, 15:01edited
🔈🔈🔈 Shuncha reaksiyadan keyin sizlarga yaxshi yangilik bor:Talab va takliflaringizni inobatga olib, BSB / CHSB topshiriqlarini kanalga davomli joylab boramiz!Ma'qulmi, hay?
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
