gram news
erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️ channel avatar

erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

@erpmaktabuzyuriqnoma

“Yagona elektron tizimi” (erp.maktab.uz) foydalanuvchilarini texnik qo‘llab-quvvatlash markazi ishga tushirildi: +998 (71) 203-04-03 +998 (71) 203-07-04 Dushanba - Juma 09:00 - 18:00

ProjectsUZEducation

3,660subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    22 Sept, 15:04

  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    22 Sept, 12:20

    #Tezkor #Xushxabar⚡Bog‘cha tarbiyachilarining farzandlariga ham oliy ta’limda kontrkat uchun 30% chegirma beriladiBatafsil videoda to‘liq ma’lumot oling!📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    22 Sept, 10:20

  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️ 🇺🇿 pinned a photo

    22 Sept, 09:17

  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    22 Sept, 09:17

    ⚡️MILLIY SERTIFIKAT IMTIYOZLARI UCHUN RUXSATNOMALAR EʼLON QILINDI📌 Biologiya, kimyo, fizikavamatematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan; 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan; 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan; 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.✅ 26–28-sentyabr kunlari biologiya va kimyo fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:▫️​​ 1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar ▫️​​ 2-smena uchun: 13:00 dan 14:30 ga qadar✅ 29–30-sentyabr kunlari fizika hamda 2–4-oktyabr kunlari matematika fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:▪️ 1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar ▪️ 2-smena uchun: 12:30 dan 14:00 ga qadarHar bir talabgor ushbu ma’lumotlarni o‘z ruxsatnomasidan ham ko‘rishi mumkin.
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    22 Sept, 07:14

    #olimpiada_2026OLIMPIADA UCHUN TAYYOR HUJJATLAR TOʻPLAMI❗️Yuklab olish uchun kerakli hujjat ustiga bosing📚 Olimpiada maktab bosqichi chora-tadbirlsr rejasi 📚 Olimpiada Pedkengash bayoni 📚 Olimpiada konvert 📚 Olimpiada hujjatlar betligi 📚 Olimpiada dalolatnoma 📚 Olimpiada javoblari varaqasi 📚 Olimpiada tituli 📚 Olimpiada maktab gʻoliblari 📚 Birinchi bosqich olimpiada natijalarni baholash 📚 Olimpiada Qaydnoma va Qaror 📚 Maktab bosqichi test namumalari 📚 Olimpiada Nizomi 📚 2026–2027-oʻquv yilida Asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar 🎞 Platformaga kiritish boʻyicha video yoʻriqnoma
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    22 Sept, 01:26

    🚀 MATNLARNI YANGI ALIFBOGA ÖTKAZIŞ ENDI JUDA OSON!✍️ Eski yozuvdagi matnlarni yangi özbek alifbosiga moslaştiriş kerakmi?🤖 Yozuv Moslaş Bot — matnlarni bir neça soniyada yangi yozuvga moslaştiruvçi qulay Telegram bot!✨ Bot imkoniyatlari:🔹 Matnni avtomatik yangi alifboga ötkaziş 🔹 Maxsus harflarni töğri moslaştiriş 🔹 Katta va kiçik harflarni saqlaş 🔹 Tayyor matnni bir zumda nusxalaş 🔹 Tezkor, sodda va foydalaniş uçun qulay interfeys🎓 Talabalar | Öqituvçilar | Jurnalistlar | Taşkilotlar | Kontent yaratuvçilar📌 Matn bilan işlaysizmi? Unda Yozuv Moslaş Bot siz uçun!👉 Sinab köring: Yozuv Moslaş Bot
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    21 Sept, 14:47

  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    21 Sept, 12:00

    📌 MAKTABLAR UCHUN MUHIM HUJJAT🏫 Voyaga yetmaganlar bilan yakka tartibda ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 18-dekabrdagi 308-son buyrug‘i asosida ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash tartibi belgilangan.📋 Hujjatda:🔹 ichki nazoratga olish va chiqarish tartibi; 🔹 o‘quvchi bilan individual profilaktik ishlar; 🔹 mas’ul xodim va uning vazifalari; 🔹 sinf rahbari va psixolog faoliyati; 🔹 davomat va o‘zlashtirish nazorati; 🔹 ota-onalar bilan hamkorlik; 🔹 to‘garaklarga jalb etish va ijtimoiy moslashuv masalalari yoritilgan.⚠️ Maktab rahbariyati, sinf rahbarlari, psixologlar va mas’ul xodimlar uchun muhim hujjat!📥 To‘liq hujjatni yuklab oling, o‘rganing va saqlab qo‘ying.🔔 Ta’lim sohasidagi muhim hujjatlar va amaliy tavsiyalar uchun kanalimizga obuna bo‘ling!
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    21 Sept, 09:41

  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    21 Sept, 05:28

    ⚡️ Kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 15-oktabrgacha uzaytirildi2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.✅ Bu muddat:➡️ bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar; ➡️ o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan talabalar; ➡️ o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.➡️ 15-oktabrga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida 50 foizi to‘lanishi lozim.📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    21 Sept, 02:11

    ​📌 #olimpiada #2026_2027​⚡️ DIQQAT, MUHIM XABAR!🏆 Umumtaʼlim fanlari olimpiadasining maktab bosqichi sanalari eʼlon qilindi!​⚡️ 2026–2027 oʻquv yili uchun respublika fan olimpiadasining ilk — birinchi (maktab) bosqichi joriy yilning 11–30-sentabr kunlari yuqori saviyada tashkil etiladi.​📚 Oʻquvchilarning bilim choʻqqilarini zabt etishdagi ilk qadami boʻlgan ushbu jarayonga puxta tayyorgarlik koʻring!Olimpiadaning maktab bosqichini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar, videoyoʻriqnomalar, Nizom va test savollaridan namunalar📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    20 Sept, 09:38

    #hafta4 Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 1-11-sinf oʻquvchilari uchun "Kelajak soati" mashgʻulotlarini oʻtkazishda foydalaniladigan materiallar"Kelajak soati" mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tarbiyachilar va oʻqituvchilar uchun metodik yoʻriqnomaMTT - 3-6 yoshli tarbiyalanuvchilar uchun1-4-sinflar uchun5-8-sinflar uchunMTT tarbiyalanuvchilari va 1-8-sinflar uchun taqdimot9-11-sinflar uchun📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    20 Sept, 06:08

    Maktab xodimlarining malaka talablari yangilandi⚡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 13-yanvardagi 9-son buyrug‘i bilan maktab xodimlarining lavozim malaka tavsiflariga o‘zgartirishlar kiritildi.📌 Asosiy talablar:🔹 Direktor — oliy ma’lumot, menejerlik sertifikati va 5 yillik pedagogik staj. 🔹 Direktor o‘rinbosari — oliy ma’lumot va 4 yillik pedagogik staj. 🔹 O‘qituvchi — tegishli oliy ma’lumot yoki qayta tayyorlov. Xorijiy til o‘qituvchisi uchun B2 sertifikat. 🔹 Stajyor-o‘qituvchi — pedagogika yo‘nalishida 3-kurs va undan yuqori talabalar. 🔹 Musiqa o‘qituvchisi — kamida bitta cholg‘u asbobini chalish ko‘nikmasi. 🔹 Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi — tegishli jismoniy tayyorgarlik va sport ko‘nikmalari. 🔹 Psixolog, logoped, maxsus pedagog va assistent-o‘qituvchi uchun ham tegishli malaka talablari belgilandi.📜 Asos: Maktabgacha va maktab taʼlimi
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    20 Sept, 01:39

    Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatining yangi tartibi belgilandi⚡️ Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 498-son qarori bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.📌 Agentlikning asosiy vazifalari:🔹 qabul va malaka imtihonlarini tashkil etish; 🔹 test natijalarini hisoblash va e’lon qilish; 🔹 milliy sertifikatlarni berish va yagona reyestrini yuritish; 🔹 test topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish; 🔹 davlat tilini bilish darajasini sertifikatlash; 🔹 xorijiy ta’lim hujjatlarini tan olish va hujjatlarga apostil qo‘yish.🏛 Agentlik bilim va malakalarni baholash sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi bo‘lib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga bevosita bo‘ysunadi.📜 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi
    1,18021Open in Telegram
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    19 Sept, 14:30edited

    🏛 2026/2027 oʻquv yilidan pedagoglar farzandlari OTMda 30% chegirma bilan oʻqiydi2026/2027-o‘quv yilidan boshlab pedagoglarning farzandlari davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olganda kontrakt summasining 30 foizi chegiriladi.📌 Asosiy tartib:▫️ Chegirma — kontraktning 30% foizi ▫️ Ariza — kontrakt.edu.uz orqali ▫️ Pedagoglik holati — “Raqamli hukumat” orqali avtomatik tasdiqlanadi ▫️ Chegirma — har bir farzandga alohida qo‘llanadi ▫️ Xarajatlar Davlat budjeti hisobidan qoplanadi⚠️ Chegirma nodavlat, xorijiy va harbiy OTMlarga tatbiq etilmaydi.📜 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-sonli qarori📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    19 Sept, 06:53edited

    Magistratura to‘g‘risidagi yangi Nizom tasdiqlandiHukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 500-son qarori bilan Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.📌 2026/2027-o‘quv yilidan:▪️ Magistratura amaliy va ilmiy-pedagogik yo‘nalishlarda, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklda tashkil etiladi; ▪️ amaliy yo‘nalish bitiruvchilari loyiha, startap yoki boshqa amaliy ishni, ilmiy-pedagogik yo‘nalish bitiruvchilari esa magistrlik dissertatsiyasini himoya qiladi; ▪️ dissertatsiyalar plagiat tekshiruvi va “Yashirin ekspert taqrizi”dan o‘tkaziladi; ▪️ mavzu, annotatsiya va himoya sanasi OTM saytida e’lon qilinadi.🔹 Magistrlarni ish beruvchilar talablari asosida maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 🔹 Ayrim hollarda dissertatsiyani ikki talaba hamkorligida, fanlararo yo‘nalishda tayyorlashga ruxsat beriladi.📜 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    19 Sept, 04:45

    Pedagoglar uchun yangi imtiyozlarPrezidentning 2025-yil 15-sentabrdagi tashabbuslari doirasida pedagoglarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tartib joriy etildi.🔹 Malaka toifasi avtomatik beriladiVazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qaroriga muvofiq, 2026-yildan imtiyozli diplomli bakalavrlarga ikkinchi, aʼlo baholi magistrlarga birinchi malaka toifasi ishga kirganda avtomatik beriladi. Toifa navbatdagi attestatsiyagacha amal qiladi.🔹 Davlat xizmatlari toʻlovlari 2 baravar kamaydiVazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 175-son qaroriga asosan, pedagoglar uchun ayrim davlat xizmatlari narxi 50 foizga qisqartirildi. Jumladan, navbatdan tashqari attestatsiya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi toʻlanadi.Bu choralar yosh mutaxassislarni maktablarga jalb etish va pedagoglarning moliyaviy yukini yengillashtirishga xizmat qiladi.📲 Bizni ijtimoiy
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    18 Sept, 11:38

    ❗️Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumat qarori (501-son, 17.09.2026-y.) bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
    2,500video1Open in Telegram
  • erp.maktab.uz (yo‘riqnomalar)️️

    18 Sept, 10:27

    ❗️Tarbiyalanuvchilarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan tarbiyachilar uchun javobgarlik kuchaytirildi📃 2026-yil 11-sentabrdagi Qonun bilan voyaga yetmaganlarni himoya qilishga qaratilgan yangi normalar belgilandi.🔹 Ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik, kamsitish yoki xo‘rlash uchun — 1–5 BHM miqdorida jarima qo‘llanadi.🚫 Zo‘ravonlik sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs 1 yil davomida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullana olmaydi.📌 Mazkur cheklov maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etiladi.⚖️ Shuningdek, Qonun bilan voyaga yetmaganlar foydasiga aliment undirish va aliment to‘lovlaridan ozod qilish masalalariga oid yangi tartiblar ham belgilandi.📜 Asos: Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi 1174-sonli Qonuni📲 Bizni ijtimoiy
    1,33011Open in Telegram