Latest posts

Esse Cho'lliyeva bilan
16 Sept, 07:09
Agar imtihonda esse yozayotganda unga mos keladigan maqol topilmasa nima qilish kerakYouTubeESSEDA LEKSIK XILMA-XILLIKNI TA’MINLOVCHI VOSITALAR VA ULARNING TO’G’RI QO’LLASH USULLARI.Telegram: https://t.me/esse_Cholliyeva https://t.me/Chulliyeva_ona_tili_va_adabiyot Instagram: https://www.instagram.com/gulchehra_chulliyeva?igsh=MThucm9qc2VwdTFkMA==
Esse Cho'lliyeva bilan
16 Sept, 07:07
Agar imtihonda esse yozayotganda unga mos keladigan maqol topilmasa nima qilish kerak
Esse Cho'lliyeva bilan
16 Sept, 07:06
Mavzu: Ba'zi odamlar hozirgi kunda muvaffaqiyatli martaba qurish uchun oliy ma'lumot diplomi shart deb bilishadi. Boshqalar esa amaliy ko'nikmalar va tajriba oliy ma'lumotran ko'ra muhimroq degan fikrda. Shu mavzuga fikr bering
Esse Cho'lliyeva bilan
16 Sept, 07:02
Mavzu: Ba'zi odamlar hozirgi kunda muvaffaqiyatli martaba qurish uchun oliy ma'lumot diplomi shart deb bilishadi. Boshqalar esa amaliy ko'nikmalar va tajriba oliy ma'lumotran ko'ra muhimroq degan fikrda. Shu mavzuga fikr bering
Esse Cho'lliyeva bilan
16 Sept, 03:49
Keyingi mavzu nima haqida bòlsin?Esseda nimada qiynalyapsiz?Izohlarda yozib qoldiring. 👇
Esse Cho'lliyeva bilan
16 Sept, 03:49
Sizning talabingizdan kelib chiqib, yuqorida 2 ta mavzu haqida fikrlarimni bildirdim:Kirish qismida esse topshiriq vaziyat matnini to'g'ri yoritish (perifraz qilish).Esseda mantiqiy izchillik.TelegramEsse Cho'lliyeva bilanAssalomu aleykum. Sizga va'da qilingan, ammo biroz kechikkan 3 mavzuda gaplashamiz! Bugungi mavzu: Kirish qismida esse topshiriq vaziyat matnini to'g'ri yoritish (perifraz qilish) @esse_Cholliyeva
Esse Cho'lliyeva bilan
14 Sept, 14:42
Assalomu alaykum manga mening fikrimcha va xulosaga kelganda fikr tugap qolyaptiYouTubeESSEDA VAQTNI TO’G’RI TAQSIMLASH VA REJALASHTIRISHMilliy sertifikat imtihoniga tayyorlaydigan kurslarimidan ro’yxatdan o’tish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeo7CVHrFhzak9VNnVytLbTut6ke906hFggDWq5EeXkh3nwrA/viewform?usp=dialog
Esse Cho'lliyeva bilan
14 Sept, 14:40
Assalomu alaykum manga mening fikrimcha va xulosaga kelganda fikr tugap qolyapti
Esse Cho'lliyeva bilan
14 Sept, 06:55edited
📝Esseda xatboshilar orasidagi mantiqiy izchillikni qanday saqlaymiz?1) A3 da fikrni A2 ga zid yo‘nalishda davom ettirib yubormaslik kerak.Agar A2 da biror masalaning salbiy jihatlari yoritilgan bo‘lsa, A3 da shu fikrni birdaniga inkor qilib, uning ijobiy jihatlarini sanab ketish mantiqiy uzilish hosil qiladi. Masalan, yuqoridagi esseda: A2: jamoat transportidan foydalanishning ayrim salbiy jihatlari aytilgan. A3: esa muallif yana jamoat transportining ijobiy jihatlarini sanay boshlagan. Natijada o‘quvchida: “Xo‘sh, muallif aslida jamoat transportini qo‘llab-quvvatlayaptimi yoki unga qarshimi?” degan savol tug‘iladi. Demak, A3 da shaxsiy pozitsiya aniq va izchil bo‘lishi kerak.2) A3 ni yozishdan oldin o‘zimizga bitta savol beramiz: “Men A2 da aytilgan fikrlardan qaysi birini qo‘llab-quvvatlayman?” Shu savolga javob berib olmasdan A3 ni yozishni
Esse Cho'lliyeva bilan
14 Sept, 06:52
Keyingi post biroz uzunroq boladi. O'qing, savollaringiz bo'lsa, ostida yozib qoldiring!
Esse Cho'lliyeva bilan
14 Sept, 06:50
Bu esseda boshqa kamchiliklar ham ko'p! (O'quvchining ilk yozgan essesi. Buni inobatga oling! )E'tibor berishimiz kerak bolgan o'rin: A2 (Asosiy qismning 2-xatboshisida o'quvchi jamoat transportidan foydalanishning salbiy natijalari haqida gapirsa-da, A3 (shaxsiy fikr qismi)da yana undan foydalanishning "+"lari haqida gapirib ketadi. Natijada xatboshilardagi fikrlar bir-birini inkor qiladi. Ya'ni izchillik buziladi!Bunday xatoga yo'l qo'ymaslik uchun tavsiyalar:👇@esse_Cholliyeva



Esse Cho'lliyeva bilan
14 Sept, 06:45
Xatboshilararo izchillikHar bir xatboshi alohida fikrga ega bo‘lsa-da, ular asosiy mavzu atrofida birlashishi kerak. Masalan:A1(Asosiy qism, 1-xatboshi): Birinchi qarashning sababi. A2: Ikkinchi qarashning sababi. A3: Muallifning shaxsiy pozitsiyasi. 4-xatboshi: Xulosa.Shunda esse: Mavzu → 1-qarash → 2-qarash → shaxsiy pozitsiya → xulosa ko‘rinishida rivojlanadi.Quyida bir o'quvchim tomonidan yozilgan essega e'tibor qarating:👇@esse_Cholliyeva
Esse Cho'lliyeva bilan
14 Sept, 06:40
Gaplararo izchillik (esse yozuvchilarda shu tur xatolikni ko'p uchrataman!)Bir gapdagi fikr keyingi gap bilan bog‘langan bo‘lishi kerak! Noto‘g‘ri: Bugungi kunda internetdan foydalanish keng tarqalgan. Yoshlar kitob o‘qishi kerak. Internet orqali ko‘plab ma’lumotlarni olish mumkin. Bu yerda gaplar alohida-alohida to‘g‘ri. Ammo ular orasidagi mantiqiy ko‘prik kuchsiz. Yaxshiroq: Bugungi kunda internetdan foydalanish keng tarqalgan. Uning ta’lim jarayonidagi imkoniyatlaridan oqilona foydalanilsa, yoshlar kerakli ma’lumotlarni tez topishi mumkin. Shu jihatdan, internet bilim olishning samarali vositasiga aylanishi mumkin. Bu variantda: internet → ta’lim imkoniyati → ma’lumot olish → bilim olish zanjiri hosil bo‘lgan.@esse_CholliyevaEsse Cho'lliyeva bilan pinned « Mantiqiy izchillik nima? Mantiqiy izchillik — essedagi fikrlarning tasodifiy emas, balki bir-biridan tabiiy ravishda kelib chiqishi, bir fikrning keyingi fikr uchun asos bo‘lishi va umumiy xulosaga xizmat qilishidir. Sodda qilib aytganda: Mantiqiy izchillik…»
14 Sept, 06:03

Esse Cho'lliyeva bilan
14 Sept, 06:02
Mantiqiy izchillikni uch darajada tushunamiz:1️⃣. Gaplararo izchillik. 2️⃣. Xatboshilararo izchillik. 3️⃣. Butun esse miqyosidagi izchillik.@esse_Cholliyeva
Esse Cho'lliyeva bilan
14 Sept, 05:59
🧠 Mantiqiy izchillik nima?Mantiqiy izchillik — essedagi fikrlarning tasodifiy emas, balki bir-biridan tabiiy ravishda kelib chiqishi, bir fikrning keyingi fikr uchun asos bo‘lishi va umumiy xulosaga xizmat qilishidir. Sodda qilib aytganda: Mantiqiy izchillik — “Nima uchun aynan shu fikrdan keyin bu fikr keldi?” degan savolga javob bera olishdir. Esse mantiqan izchil bo‘lishi uchun faqat gaplar grammatik jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi yetarli emas. Gaplar orasida ma’no va sabab-oqibat munosabati 🎯 ham bo‘lishi kerak.Muhim formula: Fikr → Izoh → Dalil/misol → Natija → Keyingi fikrAgar o‘quvchi shu zanjirni buzsa, esse o‘qilganda “sakrab-sakrab ketayotgandek” taassurot uyg‘otadi.@esse_Cholliyeva
Esse Cho'lliyeva bilan
14 Sept, 05:55edited
Assalomu aleykum, azizlar!Bugun siz bilan oldinroq va'da qilingan mavzu "Esseda mantiqiy izchillik" haqida suhbatlashamiz!
Esse Cho'lliyeva bilan
7 Sept, 03:50
forwarded from @esse_behruz
⚡️ESSE yozishda qo‘llaniladigan iboralar.1. Kirish qismi uchun iboralar • “Bugungi kunda … masalasi jamiyatimizda dolzarb bo‘lib turibdi.” • “Hech kimga sir emaski, … muammosi barcha insonlarni bevosita ta’sir qiladi.” • “Ko‘plab olimlar va mutaxassislar … haqida turli qarashlarni bildiradilar.” • “Mazkur mavzu bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud.” • “Avvalo, … masalasining ildizlariga nazar tashlaylik.” ____ 2. Birinchi tomon fikrlarini bayon qilish uchun iboralar • “Ayrimlar fikricha, …” • “Bir guruh mutaxassislarning ta’kidlashicha, …” • “Shuni e’tirof etish lozimki, … ga qarshi fikrlar ham mavjud.” • “Ba’zi odamlar bu borada quyidagicha o‘ylashadi: …” • “Ularningcha, … esa eng muhim yo‘ldir.” ____ 3. Ikkinchi tomon fikrlarini ifodalash uchun iboralar • “Boshqa bir qarashga ko‘ra, …” • “Shu bilan birga, qarama-qarshi fikrlar ham mavjud.” • “Aksincha, ayrimlar … deya ta’kidlaydilar.”
Esse Cho'lliyeva bilan
4 Sept, 05:05
forwarded from @chulliyeva_ona_tili_va_adabiyot
📢 E’lon!Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar va o’quvchilar!Dushanba kunidan boshlab Ona tili va adabiyot fanidan oktabr oyidagi imtihonlarga tayyorlaydigan tezlashtirilgan guruh ish boshlaydi.✅Qisqa muddatda yaxshi natija ✅ Testga tayyorlaydigan intensiv dastur ✅ Tajribali ustoz rahbarligida⏰ Vaqtingiz cheklanganmi? Aynan shu guruh siz uchun! Joylar soni cheklangan — shoshiling.📩 Ro’yxatdan o’tish uchun: 91-441-41-22
Esse Cho'lliyeva bilan
29 Aug, 04:42
Yuqorida siz bilan kirishni yozish, mavzuni perifraz qilish haqida gaplashdik. Keyingi mavzu "Esseda mantiqiy izchillik" hisoblanadi.Shu mavzuni o'tkazib yubormaslik uchun kanalimizni kuzatishda davom eting va do'stlaringizga ham tavsiya qiling.
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
