Latest posts

FACTOR BOOKS
20 Sept, 05:38
😁📖Shunaqa doʻstingizga yuborib qoʻying ✈️@factor_books 📚


FACTOR BOOKS
17 Sept, 07:22
🎉 Tez kunda !Sevimli kitob doʻkoningiz- factor booksda !@factor_books 📚


FACTOR BOOKS
15 Sept, 13:10
🎉 TEZ KUNDA!#kitobdanU kulbasiga qaytib kirib, xotiniga qahr bilan dedi: – Sotadigan nimaiki qolgan bo‘lsa, hammasini sotib yuboraman. Keyin yana o‘z tuprog‘imga qaytaman! Agar qari otam bo‘lmaganida, ochlikdan o‘lsak ham yuraverardik. Ammo u bilan kichkina bolamiz yuz mil yo‘lni qanday bosib o‘tadi? Yana sen ham bu yuking bilan yo‘lga qanday yaraysan?.. Shu paytda O-lan kosalarni suv bilan chayayotgandi. Ularni kulba burchagiga taxlab qo‘ygach, boshini ko‘tardi va cho‘kkalab o‘tirgan joyidan Vang Lungga qaradi. Ayol past ovozda dedi: – Qizimizdan boshqa sotiladigan hech narsamiz yo‘q...📖“Serhosil zamin” ✍🏻 Pierl Bak☎️ Buyurtmalar uchun: @factorbooks_info +998 95 035 95 11@factor_books 📚
FACTOR BOOKS
14 Sept, 14:05
#kitobdanKechir meni, Alixon. Seni qanday bo‘lsang, shundayligingcha sevaman. Biroq sening dunyongdan qo‘rqaman. Axir men, sening Ninong, sen nafratlanadigan Yevropaning bir qismiman...📖 “Ali va Nino” ✍🏻 Qurbon Said 💰 45.000 so’m☎️ Buyurtma uchun: @factorbooks_info +998 95 035 95 11@factor_books 📚
FACTOR BOOKS
12 Sept, 04:33
❤️ Chinakam sevgi qissasi..Bu kitobni qo‘lingizga olganingizdan so‘ng, uni bir o‘tirishda tugatgingiz keladi. Sevgi, sadoqat va hayot sinovlari haqidagi ta’sirli hikoya sizni befarq qoldirmaydi.💬 Buyurtma berish uchun izohlarda ”+” qoldiring.📖 “Ali va Nino” ✍🏻 Qurbon Said 💰 45.000 so’m☎️ Buyurtma uchun: @factorbooks_info +998 95 035 95 11@factor_books 📚




FACTOR BOOKS
11 Sept, 06:53
#kitobdan”Bir paytlar Kamron menga: “Choliqushi, vaqti kelib, o‘zingni yomon his qilganingda kundalik tutasan”, deganida, ustidan kulgandim. U haq ekan! Bu kundalikni birinchi navbatda Nejetga qoldiraman. Shuning uchun uning muqovasiga “Vafot etgan taqdirimda bu daftar quyidagi manzilga yuborilsin...” deb yozdim.”📚 “Feride yoxud Choliqushining baxti” ✍🏻 Badri Rahmiy Hametdin 💰 39.000 so‘m☎️ Buyurtmalar uchun: @factorbooks_info +998 95 035 95 11@factor_books 📚
FACTOR BOOKS
8 Sept, 16:21
🫠📚Kimga yuborishni bilasiz..✈️@factor_books 📚


FACTOR BOOKS
7 Sept, 13:43
#kitobdanU nuqul yutaverdi-yutaverdi. Aftidan, uning raqiblari oxirigacha kurashishga bel bog‘lashgandi. “Bas, yetar. Bir kun kelib dunyo teskari aylanib bir tishlam nonga zor bo‘lib qolishim hech gap emas”, deyishga Kapitanning g‘ururi yo‘l qo‘ymasdi. Binobarin, omad hamisha kelavermaydi, ertami-kechmi, vafo qilmasdan qolmaydi, ana o‘shanda u qo‘lga kiritganlaridan mosuvo bo‘ladi. Bundan qutulishning chorasi bormikin?📖 72-kamera ✍🏻 O’rxon Kamol 💰29.000 soʻm☎️ Buyurtma uchun: @factorbooks_info +998 95 035 95 11@factor_books 📚




FACTOR BOOKS
6 Sept, 03:01
☀️ Dam olish kunida mutolaa uchun TOP-5 kitob !• Zamonga yengilma 💰 Narxi: 29.000 so‘m• Bir parcha osmon 💰 Narxi: 30.000 so‘m• Samarqand xayoli 💰 Narxi: 30.000 so‘m☎️ Buyurtma uchun: @factorbooks_info +998 95 035 95 11@factor_books 📚




FACTOR BOOKS
4 Sept, 06:43
#kitobdan- Bir kun tongda uyg’onib: “Nino, sen shunchaki soyasan!”, deyishingdan doimo xavotir olaman. Javob ber: nima sababdan meni sevasan?- Seni nima uchun sevardim, Nino? Qanday bo’lsang, shundayliging uchun, ovozingni, iforingni, taftingni sevaman. Yana qanday ishontiray? Boringni sevaman. Sevgi bir xil bo’ladi: xoh Gruziyada, xoh Eronda, xohi boshqa yerda bo’lsin…📖 Ali va Nino ✍🏻 Qurbon Said 💰 45.000 so‘m☎️ Buyurtma uchun: @factorbooks_info +998 95 035 95 11@factor_books 📚
FACTOR BOOKS
3 Sept, 17:07
#kitobdan“Ochlik azobiga dosh berolmagan shaharliklarning ayrimlari kechalari pinhona devor oshib tashqaridagi chorbog‘lardan u-bu olib kela boshladilar. Ammo bundan ogoh bo‘lgan shayboniylar devorosharlarning anchasini ushlab olib, quloq-burnini kesib qo‘yib yubordilar. Shundan keyin devor oshadigan mard topilmay qoldi. Shu mojarolar orasida kuz osmonini to‘ldirgan qora bulutlar ichidan yalt etib chiqqan xira nurdek bir xabar yetib, Bobur mirzoning dilidagi so‘ngan chiroq piligi yana cho‘g‘lana boshladi. Emishkim, Andijondan Sulton Ahmad Tanbal qo‘shin yetaklab, Piskentga yetib qolibdi, Sulton Mahmudxon ham Toshkentdan qo‘shin chiqargan, Dizakka yetib kelganmish...”📖 Samarqand xayoli ✍🏻 Xurshid Davron 💰 30.000 so‘m☎️ Buyurtma uchun: @factorbooks_info 98 95 035 95 11@factor_books 📚




FACTOR BOOKS
1 Sept, 11:28
🍁 Sentyabr oyi ham kirib keldi!Bu oyni shunchaki o‘tkazib yubormang. Aksincha, hech bo‘lmasa bitta kitob o‘qishni rejalashtiring.Sizga tanlovni osonlashtirish uchun esa sentyabr oyida mutolaa qilishingizga arziydigan TOP-5 kitobni jamladik.📖 Mutolaani qaysi kitobdan boshlamoqchisiz ?☎️ Buyurtma uchun: @factorbooks_info 98 95 035 95 11@factor_books 📚




FACTOR BOOKS
1 Sept, 07:49edited
🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN !Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz qalbi xotirjam, kelajagimiz esa yanada porloq bo‘lsin !Faktor books jamoasi barchangizni 1-sentabr - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan chin qalbdan muborakbod etadi.@factor_books 📚


FACTOR BOOKS
30 Aug, 14:55
📚 Inson xarakteri faqat oq yoki qora ranglardan iborat emas. Unda boshqa qorishiq bo’yoqlar ham bo‘lishi tabiiy. Badiiy asar qahramoni xarakterida ham turfa chizgilarni to’g’ri qo’llash uning jonliligini, o’quvchi tasavvuridagi realligini ta’minlaydi.❤️ Ummonorti yozuvchisi Erik Sigalning “Love story. Bir muhabbat tarixi” kitobi ham amerikalik oshiqlarni, muhabbatga g’arq ikki qalbni ko’z o’ngimizda jonli namoyish etadi, ularning iztirobiga sherik qiladi. Kuldiradi, kuydiradi, xullas, muhabbat insonni ne ko’ylarga solsa, kitob ham o’quvchini shu tuyg’ularga oshno qiladi..📖 Love story ✍🏻 Erik Sigal 💰 25.000 so’m☎️ Buyurtma uchun: @factorbooks_info 98 95 035 95 11@factor_books 📚



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
