Latest posts

Fajrun
7 Sept, 18:09
Alloh sizlarga soliha bir juft ato etsin, hurmatlik bo‘ydoq do‘stlar. Eri komada bo‘lgan paytda ham u bir lahza bo‘lsa-da, uni tark etmadi.Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, sabr qildi, tavakkul qildi va erining yonida mahkam turdi. U vafo, sadoqat va haqiqiy muhabbatning eng go‘zal namunasini ko‘rsatdi.Inson qo‘lidagi ne’matning qadrini vaqt o‘tmasidan bilishi kerak. Chunki haqiqiy muhabbat og‘ir kunlarda voz kechmaslik, yiqilganga qo‘l uzatish va birga mustahkam turishdir.Erkaklik ezish emas, himoya qilishdir; sindirish emas, tuzatishdir; kamsitish emas, sevishdir.akhliddin.qoriFajrun
Fajrun
5 Aug, 15:05
Boylik piramidasini larzaga soluvchi oyatYaqinda "Hashr" surasini o‘rganar chogʻimda, meni hayratga solgan bir oyatga duch keldim. Keyinchalik, do‘stim bilan boylik va moliya haqida suhbatlashayotganimda, bu oyatning nafaqat ma’naviy, balki iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham nechogʻlik abadiy va inqilobiy ekanligini angladim.Qur’on qisqa jumlada kuchli iqtisodiy tamoyilni bayon etadi: boylik bor-yoʻgʻi bir necha kishining qo‘lida to‘planib qolmasligi kerak.U aylanishi kerak. U jamiyat bo‘ylab oqishi kerak. U kambag‘allarni ko‘tarishi, o‘rta sinfni kuchaytirishi va elitani hayot imkoniyatlarini monopollashtirishdan to‘xtatishi lozim.Buni yanada ahamiyatliroq qiladigan narsa, bu oyatning nozil bo‘lish sharoitidir. "Hashr" surasi Banu Nazir qabilasi quvilgandan so‘ng boylikning qayta taqsimlanishini tasvirlaydi — biroq boylik hali musulmonlar qo‘liga o‘tmay turib, Alloh qonunni4,670Open in Telegram
Fajrun
22 Jun, 22:58
Men qo'lingni qo'yib yuboradigan yagona joy Safo va Marva orasidir.Fajrun1,870Open in Telegram
Fajrun
22 May, 19:49
Yana bir betni tugatib uxlayman... Yana bir reelsni tugatib uxlayman...Siz qaysi tarifdasiz?Fajrun2,530Open in Telegram
Fajrun
12 May, 19:38
“Va o‘g‘il qizdek emas.”Oli Imron, 36-oyat.Fajrun2,670Open in Telegram
Fajrun
10 Apr, 21:21
Bu qizlar nimani istayapti o‘zi?E’tibor-mi?Yoki “zamonaviylik” degan niqob ostida o‘zini arzonga sotishmi? Achinarlisi muammo faqat ularda emas. Yonida yurgan “erkaklar”da ham. Qizining, singlisining, hatto ayolining qanday kiyinishiga loqayd qaraydigan erkak erkak emas, u nomusni ijaraga bergan odam. Hayo bu mato emas. Lekin mato hayoning tarjimoni. Qanchalik tanani yopsa shunchalik qalbni ko‘rsatadi. Qanchalik ochsa ichidagi bo‘shliqni oshkor qiladi. Bugun “moda” deb sotilayotgan narsa aslida bozordagi eng arzon qadriyat. E’tibor uchun o‘zini ko‘rsatish. Eng og‘iri esa bu holat oddiylashib qolgani. Hech kim ajablanmaydi. Hech kim uyalmaydi. Hatto tanqid qilgan odam “eskicha fikrli”ga chiqariladi. Lekin haqiqat o‘zgarmaydi. Hayo ketgan joyda baraka bo‘lmaydi. Nomusi ketgan jamiyat uzoqqa bormaydi. Savol oddiy: Sen o‘zingni hurmat qilasanmi yoki faqat ko‘rsatishni xohlaysanmi?Fajru
Fajrun
9 Apr, 20:37
Sening koʻzlaring men uchun bir kitob. Yigʻlaganingda mahzun sahifalar, kulganingda baxtli bitiklarni oʻqiyotgandek boʻlaman goʻyo…)Ammo shuni bil, soʻnggi sahifagacha sen bilanman!Fajrun2,040Open in Telegram
Fajrun
2 Apr, 21:55
Agar zolim qat’iyat bilan zulm qilishda davom etsa, bilki uning oxiri yaqin. Agar mazlum qat'iyat bilan sabr qilsa, bilki g‘alaba yaqin."Hz AliFajrun
Fajrun
25 Mar, 20:41
Suhbat odobiAgar suhbatdoshingiz sizni bexabar degan oʻy bilan biror gapni aytsa, vaholanki, siz bundan boxabar boʻlsangiz, xabardorligingizni bildirib uni xijolat qilmang va noqulay vaziyatga solib qo'ymang. Aksincha, o'zingizni e'tiborli tutib, gaplarini jon qulogʻingiz bilan eshitayotgandek ko'rsating.Ulugʻ tobeinlardan bo'lgan Ato ibn Abu Raboh shunday deganlar: "Yosh yigit kelib menga bir hadis aytsa, agar u aytayotgan narsalarni u tug'ilishidan oldin bilgan boʻlsam ham, o'zimni xuddi birinchi marotaba eshitayotganday tutaman."Xalifa Umar ibn Abdulaziz va Hishom ibn Abdulmalikning majlislarida bo'lgan Xolid ibn Safvon Tamimiy aytadilar: "Agar bir kishining sen ilgari eshitgan va bilgan hadisni gapirib berayotganini ko'rsang, atrofingdagilarga bilishingni koʻrsatib qoʻyish maqsadida uning gapiga qo'shimcha qilma. Bu ishing yengiltak ekaningni alomati va suhbatdoshga nisbatan2,450Open in Telegram
Fajrun
22 Mar, 21:59
Eng buyuk Haj - bir ko'ngilni xushnud qilmoqdir.. Ka'bani Ibrohim (a.s) qurdi, ko'ngilni esa Alloh yaratdi.Fajrun2,270Open in Telegram
Fajrun
16 Mar, 13:30
Agar Qur’on Ramazondan keyin ham ochilsa, agar sajda Ramazondan keyin ham cho‘zilsa, agar til Ramazondan keyin ham gunohdan tiyilsa demak Ramazon ketmadi. Chunki Ramazon oy bilan emas, siz bilan yashaydi.Fajrun2,580Open in Telegram
Fajrun
6 Mar, 09:03
🇰🇼🇺🇸 Yaqin Sharqdagi urushning eng mashhur insonlaridan birining surati.Quvayt armiyasi harbiy xizmatchisi Mishal Al-Utaybiy. AQSHning 3 ta F-15 Strike Eagle qiruvchi samolyotlarini havodan himoya qilish tizimi yordamida adashib urib tushirgan harbiy.Davomli adashishlar tilab qolaman..)Fajrun3,130Open in Telegram
Fajrun
14 Feb, 21:01
Ramazondan maktub...Ey mo‘min qalb, seni sog‘indim…Yana bir yil ortda qoldi. O‘zingni menga tayyorladingmi? Sen bilan uchrashganimizda yuraging qay ahvolda bo‘ladi? Chunki men faqat ochlik va chanqoqlik uchun kelmayman. Men qalblarni poklash, ruhlarni yuksaltirish, mo‘min bandalarni Allohga yaqinlashtirish uchun kelaman.Men kelganimda Qur’onga bo‘lgan muhabbating oshgan bo‘lsin. Tilin Qur’on bilan namlanib, yuraging Qur’on bilan nurlansin. Chunki men Qur’on oyiman, menda seni o‘zgartirish, qalbingni tiriltirish uchun qudrat bor.Namozlaring qanday? Meni kutayotgan bo‘lsang, qiyomlaring uzun bo‘lishi, sajdalarin uzoqlashishi kerak emasmi? Chunki men kelganimda tunlaring Alloh bilan bo‘lishi kerak. Qadr kechasi shunday kechaki, agar sen undan bexabar bo‘lsang, qanchadan-qancha yaxshiliklardan bebahra qolasan.G‘iybat, hasad, – qalbingni qoraytiruvchi illatlar. Men kelganimda5,080Open in Telegram
Fajrun
5 Feb, 04:16
Qani edi “Payg’ambar ahloqi” nomli bir dars o’tilsa maktablarda va o’qishlarda. Qanday so’zlar edi? Qanday kiyinar edi? Qanday yurar edi? Qilgan tijoratlari, insonlarga bo’lgan muomalasi, odobi, ahloqi, dasturhon oldidagi uslubi qanday edi? Qanday ibodatlar qilar edi? Kimlar bilan do’st bo’lar edi?Olamlarga rahm-shavqat bo’lib kelgan bu Payg’ambar Muhammad sоllallohu alayhi va sallam aslida kim edi? Uni bizlarga yuborgan Allohning bizdan talablari nima edi? Nima uchun kelgan edik dunyoga? Vazifamiz va asil maqsadimiz nima?Shularning barchasi o’rgatilsa, gul misoli endigina ochilayotgan yoshlar, ularni so’ldirib kelayotgan TikTok, Instagram va hokazo kabi Ohir zamon fitnalaridan o’zlarini himoya qila olgan bo’lmasmidilar?Fajrun3,690Open in Telegram
Fajrun
28 Jan, 20:58
Ona sizdek kim sevdi meni?Sevdim dedim yuzin burdilar Tik qaddimni yerga urdilar Bedor qilib yallo yurdilar Ona sizdek kim sevdi meni?Do‘stim bisyor podsho bo‘lsam gar Suyganimga kerak tillo-zar ''Eh ko‘nglim-a bo‘lding darbadar'' Ona sizdek kim sevdi meni?Qiziq emas yorga hasratim Do‘stga kerak faqat davlatim Ketar bir-bir ketsa savlatim Ona sizdek kim sevdi meni?Jonim og‘rib bo‘g‘zimda zardob Kundan-kunga ahvolim xarob Borin bergan bir oliyjanob
Fajrun
11 Jan, 17:46
Yaxshiyam qiyomat bor...Fajrun3,760Open in Telegram
Fajrun
4 Dec 2025, 20:43

Fajrun
1 Dec 2025, 16:22
Har narsani sen uchun bor qildim", degan sevgiliga: Har narsani Sen uchun tark etdim!" -deya olishlik, ishqdir...Shams TabriziyFajrun5,810Open in Telegram
Fajrun
26 Nov 2025, 19:16
Siz oila qurayotganda va oila qurgandan keyin ham sizga o’z fikrini bildiradiganlar, tavsiyasini ayamaydiganlar juda ko’p uchraydi. Ammo quyoshning va yomg’irning tagida ya’ni yaxshi va yomon kunda ham aslida ikki inson - siz va juftingiz qolasiz.Shu sababli boshqalar uchun, boshqalar xohlagani kabi emas, aynan o’zingiz xohlaganingiz kabi inson bilan oila quring. Boshqalar vaqti keldi degani uchun emas, o’zingiz tayyor bo’lgan vaqtdagina oila quring.Oila qurish oson, ammo uni saqlab qolish, eng qiyin sinov! Va bu sinovda faqatgina siz va juftingiz sinalasiz, boshqalar emas.Fajrun5,220Open in Telegram
Fajrun
23 Nov 2025, 15:11
Ikkita qiyin ish bor: Birinchisi: - o‘z fikringni boshqaning aqliga kirgiza olishing; Ikkinchisi: - boshqaning cho‘ntagidagi pulni tadbir bilan o‘z cho‘ntaginga kirgiza olishing. Birinchi ishni uddalay olganni professor, deyiladi. Ikkinchi ishni uddalaganni tadbirkor deyiladi. Ikkisini birdan uddalagan esa xotining bo‘ladi!Fajrun5,190Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
