Latest posts

FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
22 Sept, 16:47
⚡️Milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun ariza berish yana qayta ochiladiMilliy sertifikat imtihoniga roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan talabgorlar uchun toʻlov muddati yakunlangach, boʻsh qolgan oʻrinlarga ariza berish imkoniyati qayta ochiladi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlum qildi.Agentlikka koʻra, imtihonlar uchun belgilangan limitlar avvalgi imtihonlar statistikasi asosida shakllantirilgan.Ayni paytda oktyabr oyidagi sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning 60 foizi hali toʻlovni amalga oshirmagan. Toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilingach, boʻshagan oʻrinlarga yana ariza qabul qilinadi.Ariza topshirish qayta ochilishi haqida bir kun avval eʼlon beriladi. Masalan, oʻzbek tili va adabiyoti fanidan toʻlov muddati 3-oktyabrda yakunlansa, 4–5-oktyabr kunlari boʻsh oʻrinlar uchun qayta ariza topshirish imkoniyati berilishi mumkin.E
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
22 Sept, 09:18
⚡️Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi📌Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan; 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan; 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan; 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.✔️26–28-sentyabr kunlari biologiya va kimyo fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar 2-smena uchun: 13:00 dan 14:30 ga qadar✔️ 29–30-sentyabr kunlari fizika hamda 2–4-oktyabr kunlari matematika fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar 2-smena uchun: 12:30 dan 14:00 ga qadar@FarDU_al
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
21 Sept, 14:19
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish nega tez yopilmoqda?So‘nggi kunlarda milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish ayrim hududlarda qisqa vaqt ichida yopilib qolgani yuzasidan murojaatlar ko‘paydi.Bilim va malakalarni baholash agentligi ushbu holatga munosabat bildirib, imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish endilikda har bir hudud uchun belgilangan o‘tirish o‘rinlari sonidan kelib chiqib amalga oshirilishini ma’lum qildi.Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan joriy etilgan.Qarorga ko‘ra: “Test sinovini o‘tkazish joyi, muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni va sanasi Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Agentlikning rasmiy veb-sayti va YIDXP orqali e’lon qilinadi. Bunda talabgorlar muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soniga muvofiq YIDXP orqali ro‘yxatga olinadi”. Bu nimani anglatadi?Sodda qilib aytganda,
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
18 Sept, 12:25edited
#XushxabarFarg'ona davlat universiteti akademik litseyining xorijiy tillar yo‘nalishi 2-bosqich 8.25 guruhi o‘quvchisi MUHIDDINOV MUHAMMADRIZO ingliz tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro IELTS imtihonida 7 ballik natijani qayd etdi.👏👏👏👏👏@FarDU_al
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
17 Sept, 13:58
#Fan_olimpiadasi 🏆 FAN OLIMPIADASI BOSHLANMOQDA! 📚 Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyida fan olimpiadasining akademik litsey bosqichi o‘tkaziladi. 🎯 O‘z bilimi va iqtidorini sinab ko‘rish istagidagi o‘quvchilar fan o‘qituvchisiga murojaat qilishlari
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
17 Sept, 10:18
#MyDigitalRightsFarg‘ona davlat universiteti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning raqamli huquqiy savodxonligini oshirish, internetdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida bir qator targ‘ibot va amaliy tadbirlar tashkil etildi.Jumladan: 🔹 “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida interaktiv treninglar, viktorinalar va bahs-munozaralar o‘tkazildi; 🔹 o‘quvchilar ishtirokida “Digital Rights Week” — “Raqamli huquqlar haftaligi” tashkil etilib, raqamli muhitda inson huquqlarini ta’minlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet xavfsizligi va raqamli madaniyat masalalari keng yoritildi; 🔹 “Mening huquqim buzilganda” mavzusida keys-stadi asosidagi simulyatsion mashg‘ulotlar tashkil etilib, o‘quvchilar turli hayotiy vaziyatlarni tahlil qildilar, huquq buzilgan holatda qanday harakat qilish va o‘z huquqlarini qonuniy yo‘l bilan himoya qilish
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
17 Sept, 07:02
“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plami keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. U ma’ruzada ilgari surilgan g‘oya va
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
17 Sept, 05:10edited
#YoshlarKuniBugun Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyida ertalabki subhidam yig‘ilishi o‘tkazildi.O‘quvchilarga matematika fani oyligi tadbirlar rejasida belgilangan viktorinalar va qiziqarli o'yinlar bilan birga, akademik litseyning ichki tartib qoidalari bo‘yicha ham ma'lumotlar berildi.@FarDU_al
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
16 Sept, 14:11
forwarded from @eduuz
#Qonunchilik_yangiliklari❗️ Tibbiyot xodimlariga har oylik ustamalar to‘lab boriladi 🔰 Farmonga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab:➡️ o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik o‘quv dasturlariga qabul bekor qilinadi;➡️ oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashda rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etiladi;➡️ tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida magistratura dasturi yo‘lga qo‘yiladi.✅2027-yil 1-yanvardan tibbiyot, farmatsevtika va pedagog xodimlarning oylik maoshlariga quyidagi miqdorlarda bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga nisbatan har oylik ustamalar belgilanadi:▪️ Bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari;▪️
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
16 Sept, 14:11
forwarded from @eduuz
#Qonunchilik_yangiliklari❗️ Tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlariga qabulning minimal chegarasi 60 foiz etib belgilanadi📜 Farmonga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida to‘plash lozim bo‘lgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.🔎 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari, magistratura va rezidentura dasturlarida har bir o‘quv modulining akademik ko‘rsatkichlarini o‘zlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida minimal o‘tish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, o‘rta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foizi etib belgilanadi;📖 2027/2028-o‘q
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
14 Sept, 11:03
#Fan_olimpiadasi🏆 FAN OLIMPIADASI BOSHLANMOQDA!📚 Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyida fan olimpiadasining akademik litsey bosqichi o‘tkaziladi.🎯 O‘z bilimi va iqtidorini sinab ko‘rish istagidagi o‘quvchilar fan o‘qituvchisiga murojaat qilishlari mumkin. 🌟 Bilimingizni namoyon eting — g‘oliblik sari qadam tashlang!@FarDU_al
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
14 Sept, 10:41
Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyining guruhlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan - yagona xalq” mavzusida “Ma’rifat darsi” o'tkazildi.📚 Darslarda mustaqillikning tarixiy ahamiyati, tinchlik va birlikning qadri, yoshlarning Vatan ravnaqidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.@FarDU_al
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
11 Sept, 15:39
#CEFR #C1Xorijiy tillar yo‘nalishi 1⃣-bosqich 6.26 guruhi o‘quvchisi ANVARJONOVA MOHLAROYIM MA'MURJON QIZICEFR C1 👏👏👏@FarDU_al
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
11 Sept, 15:27
#CEFR #C1Xorijiy tillar yo‘nalishi 1⃣-bosqich 6.26 guruhi o‘quvchisi XOLBOYEVA MADINABONU ABDURAHIM QIZICEFR C1 👏👏👏@FarDU_al
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
11 Sept, 06:36
#Tanishtiruv_haftaligi #Davra_suhbatiBugun akademik litseyning 1-bosqichiga qabul qilingan o‘quvchi-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Do‘stona ruhda o‘tkazilgan davra suhbati Farg'ona viloyat din ishlari bo'yicha boshqarma mutaxassisi G'ofurova Dilorom Baxodirovna, psixologlar va xotin-qizlar qo'mitasi raisi ishtirokida o‘quvchilarning salomlashish, kiyinish va muomala ma'daniyati, diniy ta'lim va tarbiya, o‘quvchilar salomatligini asrash, ularning litseydagi ta'lim jarayonlariga moslashishlarida ko‘maklashish va mobil aloqa vositalaridan oqilona foydalanish kabi mavzularni qamrab oldi. @FarDU_al
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
10 Sept, 16:42
⚡️OʻQUVCHIMIZ SAT IMTIHONIDA YUQORI NATIJA KOʻRSATDIFarg‘ona davlat universiteti akademik litseyining aniq fanlar yo‘nalishi 1-bosqich 1.26 guruhi oʻquvchisi SALOXIDDINOV ODILBEK 1310 ballik natija bilan SAT sertifikatiga ega bo‘ldi.✅SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash mezoni 400–1600 ball shkalasida baholanadi. Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan boʻlib, dunyoning nufuzli universitetlariga oʻqishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Hukumat qaroriga muvofiq SAT imtihonida 1200 dan yuqori ball olganlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. @FarDU_al
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
10 Sept, 16:36
#Milliy_sertifikatDIQQAT, E'LON!Chet tilidan bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihon sanalari e’lon qilindi.Unga ko‘ra:✍️ imtihonning yozma qismi — 13-14-sentyabr kunlari;🎙 gapirish ko‘nikmasini baholash bosqichi — 15-sentyabrdan 25-sentyabrgacha (dam olish kunlaridan tashqari) o‘tkaziladi.🆔 Talabgorlar my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan ruxsatnomani yuklab olishlari va undan imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini bilishlari mumkin.⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
10 Sept, 04:10
#Yoshlarkuni #SubhidamBugun Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyida ertalabki subhidam yig‘ilishi o‘tkazildi.O‘quvchilarga matematika fani oyligi tadbirlar rejasida belgilangan axborotlar bilan birga, yo‘l harakati qoidalari va akademik litseyning ichki tartib qoidalari bo‘yicha ham ma'lumotlar berildi.@FarDU_al
FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
8 Sept, 17:34
📌 JIDUga bu yil maksimal 189 ball to‘plagan 3 200 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi — kelgusi yildan tartib o‘zgarishi mumkinOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga (JIDU) joriy o‘quv yilida reja bo‘yicha 550 nafar abituriyent qabul qilinishi belgilangan edi. Biroq, sertifikatlar va imtiyozlar hisobiga 3 200 nafar abituriyent maksimal — 189 ball to‘plagan.Joriy o‘quv yilida maksimal ball to‘plagan barcha abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan. Biroq vazirning ta’kidlashicha, kelgusi yildan e’tiboran bunday holatlarning oldini olish uchun JIDUga qabul tartibini qayta ko‘rib chiqish o‘ylab ko‘rilmoqda.@FarDU_al
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
