Latest posts

fardukitobxon
19 Sept, 12:36edited
🎗 Kelayotgan payshanba kuni toʻgaragimizning navbatdagi mashgʻuloti boʻlib oʻtadi.🗞Uyga vazifa tariqasida ikkita badiiy kitob: Mehrobdan chayon hamda Ikki eshik orasi kitoblari berildi.📩Mashgʻulotda shu ikki asardan testlar beriladi, testlarni ishlaysiz va eng koʻp test ishlagan talabamizga toʻgarak uchun + ball va sertifikat beriladi.👉Toʻgarakka hali yozilmagan talabalarimiz harakatni tezlating, yil yakunida toʻgarak mashgʻulotlarimiz siz uchun aniq asqotadi!Kitoblarni PDF variantini koʻrish uchun bosing!
fardukitobxon
17 Sept, 13:10edited
#yoshlar_kuniFarg‘ona davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi!Tadbir davomida Kitobxonlar va Mushoira klubi aʼzolariga ijtimoiy faollik indeksining baholanish tartibi hamda uning talaba-yoshlar rivojidagi ahamiyati batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, klub rahbari Ozodbek Yigitaliyev va Axborot resurs markazi bo‘lim mudiri Yulduzxon Jo‘rayeva boshchiligida iqtidorli yoshlarga:Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish; Raqamli manbalar va axborot tizimlari bilan ishlashning asosiy qoidalari bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. Tashabbuskor va kitobxon yoshlarimizni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz!@fardukitobxon kanalida qoling!
fardukitobxon
17 Sept, 05:46
🎗Toʻgaragimiz maʼlum sabablar bilan 1-qavat kompyuter zalida boʻlib oʻtadi, hurmatli talabalar, barchangiz shu zalga keling, boshlaymiz 11:00da.🎗Toʻgarak jurnali oʻz faoliyatini boshladi, barchangiz kelib , jurnalga yoziling!
fardukitobxon
16 Sept, 10:24
📚 FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI KITOBXONLAR KLUBI🌿 Navbatdagi mashg‘ulotga marhamat!Aziz kitobsevar talabalar! Sizni Farg‘ona davlat universiteti Kitobxonlar klubining navbatdagi mashg‘ulotiga taklif etamiz.📖 Kitoblar, mutolaa, fikr almashish va qiziqarli suhbatlarga boy uchrashuvda birgalikda yangi bilim va taassurotlar olamiz!📅 17-sentabr, payshanba ⏰ Soat 11:00 📍 Axborot-resurs markazi, 2-qavat✨ Kitob — tafakkur kaliti, mutolaa esa kamolot sari yo‘l!Barchangizni kutib qolamiz! 🤍📚@fardukitobxon kanalida qoling!
fardukitobxon
16 Sept, 10:23
⚠️ DIQQAT, FIRIBGARLARDAN EHTIYOT BO‘LING!Sizdan pul so‘rab yozgan har qanday profil egasini shunchaki bloklang! ❌📌 Bizning yagona rasmiy akkauntimiz: 👉 @yigitaliyev_ozodbekBoshqa akkauntlardan keladigan pul so‘rash, yordam yoki boshqa mazmundagi xabarlarga ishonmang va pul yubormang!🔒 O‘zingizni va mablag‘ingizni asrang!@fardukitobxon maʼmuriyati.
fardukitobxon
8 Sept, 12:01
#klub_faoliyati 📨 Kitobxonlar klubi oʻz faoliyatini boshladi! Fargʻona davlat universiteti Axborot resurs markazi qoshida yangi tashkil etilgan "Kitobxonlar klubi"ning ilk taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirlarda universitetning faol va kitobsevar talabalari, ARM xodimlari hamda taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi. Yigʻilish davomida klubning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar oʻrtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarga boʻlgan qiziqishni oshirish hamda erkin fikrlash maydonini yaratish ekanligi taʼkidlandi. 📖Talabalar klubga a'zo qilindi. Kelgusi rejalar muhokama qilindi. 🔐 @fardukitobxon kanalida qoling.
fardukitobxon
7 Sept, 08:16
📚 KITOBXONLAR KLUBINING YANGI O‘QUV YILIDAGI ILK YIG‘ILISHI! 📚 🔔 Diqqat, kitobsevar talabalar! Seshanba kuni soat 09:00 da Farg‘ona davlat universiteti ARM qoshida faoliyat yurituvchi Kitobxonlar klubining yangi o‘quv yilidagi ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
fardukitobxon
7 Sept, 05:30
📚 KITOBXONLAR KLUBINING YANGI O‘QUV YILIDAGI ILK YIG‘ILISHI! 📚🔔 Diqqat, kitobsevar talabalar!Seshanba kuni soat 09:00 da Farg‘ona davlat universiteti ARM qoshida faoliyat yurituvchi Kitobxonlar klubining yangi o‘quv yilidagi ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.✨ Yig‘ilish davomida:📌 Klubga yangi tavsiya etilgan talabalarni rasmiy ravishda klub safiga qabul qilish;📌 Yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan ishlar va loyihalar bo‘yicha rejalarni muhokama qilish va sarhisob qilish;📌 Klub faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida klub rahbarini saylash uchun saylov rejalashtirilgan.🎓 Ma’lumot uchun: Kitobxonlar klubi nafaqat kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi jamoa, balki talabalar uchun grantlarni qayta taqsimlash jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan manbalardan biri hisoblanadi. Klubdagi faol ishtirok va tegishli ko‘rsatkichlar siz uchun qo‘shimcha ball olish imkoniyatini
fardukitobxon
5 Sept, 16:50
#talaba_minbari🗞Fargʻona davlat universiteti Axborot resurs markazi qoshida tashkil etilgan Kitobxonlar klubi rahbari, Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Ozodbek Yigitaliyevning navbatdagi maqolasi "Isfayram" gazetasining 15-sonida chop etildi.🎗Maqolada universitet ARM faoliyati hamda boʻlim boshligʻi Y.Joʻrayevaning hayot yoʻli haqida soʻz boradi.🔗FarDU rasmiy sahifalariTelegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
fardukitobxon
29 Aug, 10:05
forwarded from @fardu_mushoira_kanali
📚✨ «FarDU MUSHOIRASI» — IJODKORLAR UCHUN! ✨ Farg‘ona davlat universitetining talabalari, ustozlari va ijodkor xodimlari diqqatiga! 🖋 Sizning eng sara she’r, hikoya, esse va ijodiy ishlaringiz «FarDU Mushoirasi» nomli maxsus kitob-to‘plamidan joy olishi mumkin! 📖 Ijodingizni kitob sahifalarida abadiylashtiring! 📩 Ijodiy ishlaringizni taqdim eting va «FarDU Mushoirasi» mualliflari safidan o‘rin egallang! 🌟 Qalamingiz so‘zlasin — iste’dodingiz kitobga kirsin! 📌 Tashkilotchi: @sotsionomik 📨Qatnashish shartlarini admin orqali bilishingiz mumkin.
fardukitobxon
28 Aug, 08:00
forwarded from @shermuhammadovfardu
#talaba_minbari🎗Fargʻona davlat universiteti tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Yigitaliyev Ozodbekning Dunyo tan olgan fidoyi ayol nomli maqolasi "Quva hayoti" gazetasining 30-sonida chop etildi.🗞Maqola Birlashgan Millatlar Tashkiloti eʼtirof etgan universitetimizning faxriy professori Masturaxon Sayfutdinova haqida soʻzlaydi. 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
fardukitobxon
27 Aug, 06:39
#diqqat_tanlov 📚 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” 2026-yildagi 2-mavsumini e’lon qiladi! Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi: 🔹1-o‘rinTelegramKitobxon yoshlar ligasi | Tanlov boti“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi rasmiy boti Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin
fardukitobxon
27 Aug, 06:39
forwarded from @fardu_mushoira_kanali
#diqqat_tanlov📚 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” 2026-yildagi 2-mavsumini e’lon qiladi!Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi: 🔹1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔹2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔹3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128); 🔹4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64); 🔹5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi 🔸1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128); 🔸2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64); 🔸3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;✅ Tanlovda qatnashgan barcha QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.Tanlovda ishtirok etish👇 https://t.me/kitobtanlovbot?start=7796221847
fardukitobxon
27 Aug, 05:20
🎗Yangilangan toʻlov kontrakt narxlari bilan tanishing!👉 @fardukitobxon kanalida qoling!
fardukitobxon
25 Aug, 03:00
#bizda_bayram 🎉 Hurmatli va qadrli ustozimiz Yulduz Saminovna!Bugun Farg‘ona davlat universiteti Axborot-resurs markazi Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi mudiri, jonkuyar va fidoyi ustozimiz Yulduzxon Jo‘rayeva o‘zlarining qutlug‘ tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar! Ustozimiz 1970-yil 25-avgust kuni Farg‘ona viloyatining go‘zal Buvayda tumanida tavallud topganlar. 2007-yilda Farg‘ona davlat universitetini "Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, o‘z hayotlarini ma’rifat, ziyo va ta’lim-tarbiya maskaniga bag‘ishlaganlar. 2017-yildan buyon ARM bo‘lim mudiri sifatida talaba-yoshlar hamda ilmiy izlanuvchilarning bilim olishi va davriy nashrlardan samarali foydalanishida beqiyos hissa qo‘shib kelmoqdalar. ✨ Farg‘ona davlat universiteti Kitobxonlar jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!
fardukitobxon
23 Aug, 15:47
#tezkor🎗FarDUda super kontrakt narxlari!👉 @fardukitobxon kanalida qoling!
fardukitobxon
13 Aug, 17:13
🎗Koʻplab universitetlarda talabalarga grandni qayta taqsimlash natijalari chiqib ulgurdi! 🎗Natijasi chiqishini kutayotgan barchaga omad tilaymiz! ✊Grand natijalarini kutayotganlar reaksiya bosing! @fardukitobxon
fardukitobxon
13 Aug, 17:09
🎗Koʻplab universitetlarda talabalarga grandni qayta taqsimlash natijalari chiqib ulgurdi!🎗Natijasi chiqishini kutayotgan barchaga omad tilaymiz!✊Grand natijalarini kutayotganlar reaksiya bosing!@fardukitobxon
fardukitobxon
11 Aug, 04:30
forwarded from @fardu_mushoira_kanali
📣 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida test ishlash jarayoni boshlandi!Barchangizni ushbu onlayn viktorinada faol ishtirok etishga chorlaymiz. Hoziroq kirib testlarni yeching va rasmiy vazirlikning QR kodli elektron sertifikatini qo‘lga kiriting!Batafsil ma’lumot va ishtirok etish uchun: https://t.me/bilimtanlovbot?start=7796221847 https://t.me/bilimtanlovbot?start=7796221847 https://t.me/bilimtanlovbot?start=7796221847
fardukitobxon
10 Aug, 13:02
forwarded from @fsu_uz
#chorlov #35000_tashabbus📌Mening tashabbusim “35 000 tashabbus” loyihasi doirasida tasdiqlandi!Men, Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Ozodbek Yigitaliyev, barchangizni ushbu loyihada faol ishtirok etishga chorlayman.Siz ham o‘z tashabbusingizni yuboring! Katta o‘zgarishlar kichik tashabbusdan boshlanadi.🌐 tashabbus.yito.uz 🔗FarDU rasmiy sahifalariTelegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
