gram news
Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги channel avatar

Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

@fargonauzpress

Sayt:👉new.fargona.uz Facebook:👉https://www.facebook.com/FargonaShaharHokimligi Youtube👉https://www.youtube.com/@FargonaShaharHokimligi Fuqarolar murojaati uchun: @fargona_murojaat_bot

ProjectsENPolitics

34,412subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    22 Sept, 14:41

    Farg‘ona shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildiFarg‘ona shahar hokimligida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, viloyat hokimi hamda shahar hokimi qabuliga kirish istagini bildirgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.Sayyor qabul Farg‘ona shahar hokimi boshchiligida o‘tkazilib, unda Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, shahar prokurori, shahar IIB boshlig‘i hamda tegishli tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.Qabul davomida 80 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari o‘rganib chiqildi.Fuqarolar tomonidan uy-joy, MIB faoliyati, moddiy yordam, tadbirkorlik, huquq-tartibot organlari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.Murojaatlarning bir qismi qabul davomida joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    22 Sept, 14:41

  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    22 Sept, 14:31

    “Sharshara” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘rganishlar olib borildiRejaga asosan Farg‘ona shahar hokimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki boshqarma boshlig‘i Shavkatjon Norov ishtirokida shahardagi “Sharshara” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganishlar davomida Kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning ijtimoiy va iqtisodiy holati, mavjud imkoniyatlari hamda daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Xonadonlar holati o‘rganilib, oilalarning bandligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda daromad manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish hamda oilalarning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    22 Sept, 12:44

    📊 Pensiyaga kechroq chiqish: qo‘shimcha moliyaviy manfaatPensiya yoshiga yetgan, ish haqi yuqori va ishlash imkoniyati bor fuqarolar uchun pensiyaga chiqishni biroz kechiktirish qo‘shimcha moliyaviy manfaat berishi mumkin.Xususan: ✔️2028-yildan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi chegarasi 6 million so‘mdan 6 million 600 ming so‘mga oshirilishi nazarda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 6 oy kechiktirganda hisobga olinadigan ish haqi chegarasi 7 million 100 ming so‘mgacha oshirilib, pensiya miqdori 8 foizga ko‘payishi ko‘zda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 12 oy kechiktirganda esa ushbu chegara 7 million 600 ming so‘mgacha yetib, pensiya miqdori 15 foizga oshishi mumkin.Ya’ni, ishlashni davom ettirgan fuqaroning qo‘shimcha mehnati pensiya miqdorida ham aks etishi ko‘zda tutilmoqda.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    22 Sept, 11:54

    📢 AZIZ FARG‘ONALIKLAR!⚽️ Katta futbol bayramiga tayyormisiz?!!Unda sizlarni 24-sentabr kuni, soat 19:00 da Farg‘onaning muhtasham “Istiqlol” stadioniga taklif etamiz!Bu kecha maydonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eron milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida bahs olib boradilar!Bu o‘yinning eng katta qahramonlari — maydondagi futbolchilar va farg‘onaning haqiqiy ishqibozlaridir!❗️Eslab qoling: “Istiqlol” stadioni bu safar har doimgiday sariq-qora rangga emas, O‘zbekistonning oq-ko‘k ranglariga burkanadi!🤝 Milliy terma jamoamiz bir ovozdan qo‘llab-quvvatlaylik!Bir yurak bo‘lib hayqiraylik! Bir maqsad bu - O‘zbekiston g‘alabasi! Shoshiling! Chiptalarni “Istiqlol”stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin!Farg‘ona, sening ovozingni butun O‘zbekiston eshitsin! 24-sentabr - “Istiqlol”da ko‘rishguncha!
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    22 Sept, 06:32

    #Xalqaro_hamkorlikFarg’onalik talaba Yaponiyadan yangi tajriba bilan qaytdi!🎓Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida tahsil olayotgan talabalar uchun xalqaro tajriba almashinuvi — bilim va ko‘nikmalarni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim imkoniyat.✅Yaponiyaliklar dori ichmaydi✅Robotlar Farg’onada ham borFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
    1,540video1Open in Telegram
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    22 Sept, 02:29

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    21 Sept, 20:31

    📌 TAYINLOVMatqulov Roʻziboy Mamathalilovich Fargʻona shahar davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.Roʻziboy Matqulov mazkur tayinlovga qadar Toshloq tumani davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.🔹 Yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan Roʻziboy Matqulovni samimiy muborakbod etamiz!Unga yangi va mas’uliyatli faoliyatida mustahkam sogʻliq, kuch-gʻayrat, ulkan muvaffaqiyatlar hamda aholi salomatligini muhofaza qilish yoʻlidagi ezgu ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!
    1,33021Open in Telegram
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    21 Sept, 18:30

    TAYINLOV🔹 Ahmedov Sherzodjon Zokirovich Farg‘ona shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.🔹 Tayinlovga qadar Sherzodjon Ahmedov Buvayda tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan.Yangi lavozim munosabati bilan Sherzodjon Ahmedovni samimiy muborakbod etib, mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam salomatlik hamda yurt ravnaqi yo‘lidagi ishlarida omad tilaymiz.
    1,39010Open in Telegram
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    21 Sept, 17:26

    📢 ҲУРМАТЛИ ФУҚАРОЛАР!Ер ва мулк солиғини ўз вақтида тўлашни унутманг!💳 Бугунги тўлов — эртанги фаровонлик!Солиқларни ўз вақтида тўлаш орқали маҳалла ва ҳудудлар ривожига муносиб ҳисса қўшинг!Солиқ тўлаш — ҳар биримиз учун масъулият!
    1,41011Open in Telegram
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    21 Sept, 16:53

    Samarqandda oʻtkazilayotgan shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston amaldagi chempion Hindistonni mag‘lub etgan tarixiy gʻalaba FIDEning rasmiy sahifalarida yoritildi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
    1,180video5Open in Telegram
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    21 Sept, 11:34

    Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildiFarg‘ona shahar hokimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki boshqarma boshlig‘i Shavkatjon Norov mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlarning faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun joy ajratish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar. Ko‘tarilgan har bir masala mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning qonunchilikda belgilangan tartibda hal etilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.Shahar hokimi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish va yangi loyihalarini amalga oshirishga
  • Farg‘ona shahar hokimligi | Фарғона шаҳар ҳокимлиги

    21 Sept, 11:01

    Farg‘ona shahridagi Xalq qabulxonasida murojaatlar muhokama qilindiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona shahridagi Xalq qabulxonasida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning ijobiy hal etilishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Abduxoshim Abdulloyev, Farg‘ona shahar hokimi hamda mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.Yig‘ilish davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Rahimov Tavakkal Esonaliyevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari etib tayinlandi.Tavakkal Rahimov
    1,20071Open in Telegram
Download the series as CSV
A feedback bot for your channel — free

Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.

How it works →
Create the bot