Latest posts

“FARG‘ONA HETK” AJ
22 Sept, 13:41
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о перспективах развития электроэнергетики и совершенствовании механизмов управления проектами в топливно-энергетической отрасли.⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
22 Sept, 10:38edited
#rasmiy_munosabat... elektr tarmoqlarining muhofaza hududlarida tegishli ruxsatsiz qurilish ishlarini amalga oshirmaslik, mavjud obyektlarni esa belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiq saqlashlarini so‘raymiz.O‘zbekiston tumani, "Katta Tagob" mahalla fuqarolar yig'ini, "Ziyolilar" ko‘chasida joylashgan elektr tarmog‘i bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.Mazkur murojaat “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, hududdagi elektr ta’minoti holati mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.Ta’kidlash joizki, ayni vaqtda O‘zbekiston tumanida elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, eskirgan infratuzilmani yangilash va iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.Xususan, loyiha doirasida umumiy uzunligi 81
“FARG‘ONA HETK” AJ
22 Sept, 10:14edited
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
“FARG‘ONA HETK” AJ
22 Sept, 08:35
#mutolaa_vaqti📚 “Farg’ona HETK” AJda mutolaa vaqti….🔴 “PARVOZ LAYLAKLARGA YARASHADI”📗 Energetika sohasida 46 yildan ortiq tajribaga ega. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining Kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo‘yicha maslahatchisi — “Ilmiy-texnik va xodimlarning malakasini oshirish markazi” filiali direktori Rayimov Ro‘ziqul Obloqulovichning “Bir xatoning ming jafosi” kitobidan.⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
22 Sept, 07:55edited
📌📌📌📌📌📌KORRUPSIYANING NARXI PUL BILAN EMAS, UMR BILAN O‘LCHANADIBu illat uchun hukm — qatʼiy, jazo —muqarrar, ammo vijdon hukmi undan ham og‘ir va umrbod.Yo‘qotilgan vaqt ortga qaytmaydi, ishonch esa oson tiklanmaydi, pushaymonlik ham ba'zan hech narsani o'zgartirolmaydi. Mazkur hayotiy hikoya ana shu kech anglangan haqiqat haqida. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
22 Sept, 04:02
FAVQULODDA VAZIYATLARDA TEZKOR HARAKATLANISH KO‘NIKMALARI MUSTAHKAMLANDI“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tizimida xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamlash, mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shu maqsadda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Oltiariq tuman elektr ta’minoti korxonasida favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.Mashg‘ulot davomida xodimlarga favqulodda holat yuzaga kelganda vaziyatni to‘g‘ri baholash, tezkor choralar ko‘rish, xavfsizlik talablariga rioya qilish, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda dastlabki yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
“FARG‘ONA HETK” AJ
22 Sept, 03:28
➡️ KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK: “ULUG‘BEK” MAHALLASIDA YANGI TRANSFORMATOR PUNKTI O‘RNATILDIFarg‘ona tumani “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholi iste’molchilarini ishonchli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, ayniqsa, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yuklamalarning oldini olish maqsadida muhim amaliy ishlar amalga oshirildi.Hududdagi mavjud elektr tarmoqlarining texnik holati va iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganilib, tarmoq quvvatini oshirish zarurati asosida yangi transformator punkti o‘rnatildi.Mazkur ishlar natijasida hududdagi elektr ta’minoti tizimining barqarorligi oshirilib, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlari kengaytirildi.Yangi transformator punkti, avvalo, kuz-qish mavsumida elektr yuklamalarining ortishi sharoitida
“FARG‘ONA HETK” AJ
22 Sept, 02:49
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
22 Sept, 01:34
#tezkor #22_09_2026HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI📌 DANG‘ARA, UCHKO‘PRIK HAMDA BUVAYDA TUMANLARIBugun, soat 09:00dan 17:00ga qadar Dang‘ara, Uchko‘prik hamda Buvayda tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Yashik" elektr uzatish tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;📌 FARG‘ONA TUMANIBugun, 09:00dan 15:00ga qadar Farg‘ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Langar" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;📌 QUVA TUMANIBugun, 09:00dan 15:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Navro‘z" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;📌 YOZYOVON TUMANIBugun, 09:00dan 17:00ga qadar
“FARG‘ONA HETK” AJ
21 Sept, 14:48
♟G‘ALABAAAAAAAAAAA!!!!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov durang o‘z partiyalarida o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘ydi va g‘alabani ilib ketdi! Nodirbek — qahramon!!!⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
21 Sept, 14:39edited
#Atlas_bayrami_taronalari🎶 “Yangi O‘zbekiston Farg‘onasi” ✍️ O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo so‘ziDiyoru maskanlar ko‘pdir dunyoda, Ammo bir gulshan bor fayzi ziyoda.Yurtga chiroy bergan ezgu tilakdir, Ezgu tilak to‘la tolmas yurakdir...Fidoyi insonlar zamonasi bu, Yangi O‘zbekiston Farg‘onasi bu!⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
21 Sept, 14:39edited
#Atlas_bayrami_taronalari"Farg‘ona tong otguncha”O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva ijrosida⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
21 Sept, 14:39edited
#Atlas_bayrami_taronalari“Farg‘ona”. “Beshariq navolari” guruhi ijrosida⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
21 Sept, 14:17
📌📌📌📌📌📌Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
21 Sept, 12:27
FARG‘ONA TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGINI OSHIRISHGA QARATILGAN ISHLARFarg‘ona tumani “Afrasiyob” mahalla fuqarolar yig'ini hududida elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish hamda mavjud tarmoqlardagi yuklamani kamaytirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.Xususan, mahalla hududidagi 268-sonli transformator punktiga tushayotgan yuklamani yengillashtirish maqsadida yangi KTP (komplekt transformator punkti) o‘rnatildi. Mazkur KTPni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 6 kVli yangi elektr tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshiriladi.Mazkur loyiha natijasida elektr tarmog‘idagi yuklamalarni maqbullashtirish, iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda tarmoqning texnik imkoniyatlarini oshirish ko‘zda tutilgan.Asosiy maqsad — yuklamani to‘g‘ri taqsimlash, tarmoq barqarorligini oshirish va iste’molchilar uchun ishonchli elektr
“FARG‘ONA HETK” AJ
21 Sept, 12:23
QO‘QON SHAHRIDA ELEKTR TARMOQLARINING TEXNIK HOLATI YAXSHILANMOQDAQo‘qon shahridagi 154-sonli transformator punktida elektr ta’minoti barqarorligi va uskunalarning texnik sozligini ta’minlash maqsadida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.Mutaxassislar tomonidan transformator punkti va unga tutash elektr tarmoqlarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlar bajarildi.Amalga oshirilayotgan bunday ta’mirlash va profilaktik tadbirlar elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
21 Sept, 10:31
#mutolaa_vaqti📚 “Farg’ona HETK” AJda mutolaa vaqti….🔴 “BIR XATONING MING JAFOSI”📗 Energetika sohasida 46 yildan ortiq tajribaga ega. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining Kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo‘yicha maslahatchisi — “Ilmiy-texnik va xodimlarning malakasini oshirish markazi” filiali direktori Rayimov Ro‘ziqul Obloqulovichning “Bir xatoning ming jafosi” kitobidan.⚡️ t.me/farhetk_admin
“FARG‘ONA HETK” AJ
21 Sept, 05:51edited
📌📌📌📌📌📌“Hududiy elektr tarmoqlari” AJga murojaat yo‘llash uchun rasmiy aloqa kanallariHurmatli iste’molchilar!Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq barcha turdagi ariza, taklif, shikoyat va murojaatlaringizni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin:📞 1154 – Call-markaz ☎️ (71) 202 23 76– ishonch telefoni 📱 Telegram bot – @HET_admin 📱 het.uz rasmiy saytidagi onlayn maslahatchi 📱 Shuningdek, Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifalar orqali ham murojaatlar qoldirish mumkin.Sizning murojaatla
“FARG‘ONA HETK” AJ
21 Sept, 03:16
#tezkor #21_09_2026HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI📌 MARG‘ILON SHAHAR, QO‘SHTEPA HAMDA FARG‘ONA TUMANLARIBugun, soat 09:00dan 15:00ga qadar Marg‘ilon shahri, Qo‘shtepa hamda Farg‘ona tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Satkak" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;📌 O‘ZBEKISTON TUMANIBugun, 09:00dan 17:00ga qadar O‘zbekiston tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Mingtut" podstansiyasida va "Qo‘qon" podstansiyasidan chiquvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini boshlanish qismida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi;📌 QUVA TUMANIBugun, 09:00dan 15:00ga qadar Quva tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Tinchlik" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
“FARG‘ONA HETK” AJ
20 Sept, 13:00
ENERGETIKLAR ZAKOVATI SINOVDAN O‘TKAZILDIBatafsil "Mahalla" telekanali "Joyida" informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan mazkur lahdan tanishib olishingiz mumkin.⚡️ t.me/farhetk_admin
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
