Latest posts

FVMMTB - Rasmiy kanali
24 Sept, 14:39
💎XALQARO HAMKORLIK — YANGI IMKONIYATLAR POYDEVORI📊Oltiariq tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Germaniyadan tashrif buyurgan Yustus bilan uchrashuv tashkil etildi.♻️Goethe-Institut bilan hamkorlik doirasida janob Yustus olti oy davomida maktab o‘quvchilariga nemis tilini o‘rganishda ko‘maklashadi.✔️Mazkur hamkorlik o‘quvchilarning xorijiy tilni zamonaviy va interaktiv usullarda o‘zlashtirishi, madaniyatlararo muloqotini rivojlantirishi hamda xalqaro ta’lim loyihalari va stipendiya dasturlarida ishtirok etishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.



FVMMTB - Rasmiy kanali
24 Sept, 12:10
💎Rahbar va yoshlar uchrashuvi🪙Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ishtirokida Farg‘ona shahridagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.📍Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i maktabdagi “Iste’dod”, “Mohir qo‘llar”, “Sehrli qo‘llar” va “Yashil maktab” kabi bir qator to‘garaklar faoliyati, o‘quvchilarning yutuqlari hamda ijodiy ishlari bilan tanishdi.🔹Yoshlar bilan o‘tkazilgan samimiy muloqotda kitob mutolaasi, xorijiy tillarni o‘rganish, kasb-hunar egallash, oilaviy qadriyatlar va Vatanga muhabbat kabi mavzularda fikr almashildi.⌛Muloqot davomida o‘quvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularga bilim olish, izlanish va mehnat qilishdan to‘xtamaslik tavsiya etildi.Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati




FVMMTB - Rasmiy kanali
24 Sept, 08:04
#Fargʻona #Yil_oʻqituvchisi💎“Yil o‘qituvchisi” — ustoz mehnati e’tirofi🪙Jasurbek Qo‘shaqov — Beshariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining tom ma’noda fidoyi, tajribali va mahoratli o‘qituvchisi.🔹U yoshligidan matematika faniga qiziqib, o‘z kasbini aynan shu fan bilan bog‘ladi. 17 yillik pedagogik faoliyati davomida muntazam izlanib, kasbiy mahoratini oshirib kelmoqda.🔹Bugungi kunda u oliy malaka toifasiga ega, o‘z fani bo‘yicha qator sertifikatlar sohibi hamda Vazir jamg‘armasi oluvchisidir.🔹Jasurbek Qo‘shaqovning 17 yillik samarali mehnati davomida ko‘plab shogirdlari fan olimpiadalari va turli tanlovlarda muvaffaqiyatlarga erishdi.⬇️ Ularning ayrimlari bugun o‘zlari ham ta’lim sohasida faoliyat yuritib, peshqadam pedagoglar safidan joy olgan.🌐Ustozning pedagogik mahorati — o‘quvchini darsga qiziqtira olish, murakkab mavzularni sodda va tushunarli tarzda yetkazish hamda har bir bolaning qobiliyatini yuzaga chiqarishda namoyon bo‘ladi.➡️ Buning uchun esa pedagogning o‘zi ham doimo izlanishi, o‘rganishi va har bir darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishi zarur.⌛Jasurbek Qo‘shaqov faoliyatida ana shu mahorat, tajriba va izlanish uyg‘unlashgan.📊Ushbu video “Yil o‘qituvchisi” tanlovining Beshariq tumani bosqichi g‘olibi, matematika fanining mahoratli o‘qituvchisi Jasurbek Qo‘shaqov haqida.Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.
FVMMTB - Rasmiy kanali
24 Sept, 07:50
forwarded from @press_secretary_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim, – dedi davlatimiz rahbari.Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.Facebook|Instagram|X


FVMMTB - Rasmiy kanali
24 Sept, 06:56
💎ASOSIY FAN OLIMPIADASI — BILIM VA IQTIDOR MAYDONI📍Quvasoy shahridagi 2-IDUMda Asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichi o‘tkazildi.🪙Unda 9–11-sinf o‘quvchilari 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.➡️Jami 110 nafar o‘quvchi qatnashgan olimpiada yoshlarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va fanlarga bo‘lgan qiziqishini namoyon etish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.🌐Asosiy fan olimpiadasi iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.




FVMMTB - Rasmiy kanali
24 Sept, 04:35
ДИҚҚАТ, ЯНГИ КАНАЛ - АНТИНАРКО!Наркотиклар ва ўқотар қуролларни назорат қилиш агентлиги маълумотларига кўра, Ўзбекистонда жорий йилнинг 8 ой давомида гиёҳввандлик воситалари, психотроп ва кучли таъсир қилувчи моддаларнинг ноқонуний муомаласи билан боғлиқ 12 104 та жиноят содир этилган. Демак, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралар томонидан кунига ўртача 50 га яқин жиноят фош этилмоқда.Ушбу ҳолатлар ҳақида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идораларнинг расмий саҳифа ва каналларида, ижтимоий тармоқларда ва оммавий ахборот воситалари орқали ҳар куни юзлаб хабар ва янгиликлар эълон қилиб борилмоқда.Аммо, шу пайтга қадар айнан наркожиноятлар ҳақида хабарларнинг биринчи расмий ва ягона манбаи мавжуд эмас эди.Шу сабабли Наркотиклар ва ўқотар қуролларни назорат қилиш агентлиги ҳамкор вазирлик ва идоралар билан биргаликда “Антинарко” телеграм канали ишга туширилганини маълум қилади.Канал орқали нафақат гиҳёвандлик воситаларини аниқлашга қаратилган тезкор тадбирлар тафсилотлари, балки ушбу иллатга қарши тарғибот материаллари ҳам эълон қилиб борилади.Каналимизга обуна бўлинг ➡️https://t.me/antinarkokanal1,270Open in Telegram
FVMMTB - Rasmiy kanali
23 Sept, 10:42
forwarded from @fvhokimligi
#Fargʻona_farzandlariBeshariqdan Londongacha: bir yosh uchun qariyb 70 ming dollarlik investitsiyaFarg‘onaning olis Beshariq tumanidagi 11-maktabda boshlangan orzu bugun Buyuk Britaniyada davom etmoqda.E’tiborlisi, maktab o‘qituvchisi Shahloxon Boltayeva ustozligida 4 nafar o‘quvchi «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. Ular orasida hozirda Londondagi Queen Mary University of London universitetida tahsil olayotgan magistrant Asadbek Odilov ham bor.“Bir o‘zim uchun qariyb 70 ming dollar atrofida investitsiya kiritildi. Shunday ekan, kelgusida, albatta, o‘rganganlarimni Vatanimiz ravnaqi uchun sarflayman. Biz — Prezidentimizning qanotlarimiz”, — deydi “El-yurt umidi” stipendiati Asadbek Odilov.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
FVMMTB - Rasmiy kanali
23 Sept, 10:34
forwarded from @uzedu
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashkil etilgan texnikum faoliyati bilan tanishdi.Mamlakatimizda yangi sanoat korxonalarini ishga tushirish bilan bir qatorda ular uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bunda taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash muhim oʻrin tutadi.“Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi ana shu maqsadda tashkil etilgan. Texnikum “Ipak yoʻli” hududidagi toʻqimachilik, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa yuqori texnologiyali korxonalar uchun talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi.Loyihaning umumiy qiymati 15 million dollarni tashkil etib, toʻliq xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi. Natijada 150 ta yangi ish oʻrni yaratildi.Toʻrt gektar maydonda 5 ming nafar oʻquvchiga moʻljallangan zamonaviy oʻquv binosi qurib bitkazildi. Keyingi bosqichda yotoqxona, laboratoriya binosi, sport maydonchasi, oshxona va yashil hudud barpo qilinadi.Muassasada dual taʼlim tizimi joriy etilgan. Oʻquvchilar nazariy bilimlarni texnikumda egallab, amaliyotni sanoat zonasidagi yirik korxonalarda oʻtaydi. Shu tariqa ular oʻqish davridayoq ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan yaqindan tanishadi.Texnikum joriy yil iyun oyida ishga tushirildi. Hozirda bu yerda 210 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. 2030-yilga qadar yillik qabulni 1 ming 800 nafarga, oʻquvchilarning umumiy sonini esa 4 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarining soni 20 tagacha koʻpaytiriladi.Prezidentimiz texnikumda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, yoshlar va investor bilan suhbatlashdi.Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin




FVMMTB - Rasmiy kanali
22 Sept, 08:39
#MyDigitalRights — raqamli huquqlar haftaligi💎Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Dang‘ara, Beshariq va Bag‘dod tumanlaridagi umumta’lim maktablarida “Digital Rights Week” — Raqamli huquqlar haftaligi doirasida “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida interaktiv tadbirlar davom etmoqda.🪙Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar raqamli huquq va majburiyatlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, akkauntlar xavfsizligi, internet firibgarligi, kiberbulling hamda ijtimoiy tarmoqlardan mas’uliyatli foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.🔹Trening va bahs-munozaralar real hayotiy vaziyatlar, savol-javoblar va jamoaviy topshiriqlar asosida tashkil etilmoqda.➡️Asosiy maqsad — yoshlarning raqamli huquqiy savodxonligi va kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish.




FVMMTB - Rasmiy kanali
22 Sept, 05:45
forwarded from @eduuz
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman, — dedi Saida Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni




FVMMTB - Rasmiy kanali
22 Sept, 05:26
MAKTAB VA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA PUL YIG‘IMI QAT’IYAN TAQIQLANADI!🔰Ta’lim muassasalarida turli tadbirlarga, ta’mirlash, jihoz olish va turli sovg‘a-salomlar uchun pul yig‘ish qat’iyan ta'qiqlanadi!🔸Agarda Siz qaysidir ta’lim muassasasida, maktab yoki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining +998 73 244 31 18 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz so‘raladi.🔻Murojaatingiz haftaning dushanba-juma kunlari soat 09.00 dan 18.00 ga qadar qabul qilinadi.❇️Shuningdek, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining 94 632 90 01 raqamdagi shaxsiy telegramm kanaliga ham murojaat qilish mumkin.👆Sizning murojaatingiz shaxsan boshqarma boshlig'i nazoratida bo‘lib, O'zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslar
FVMMTB - Rasmiy kanali
21 Sept, 16:03
forwarded from @uzedu
#KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan"Jadidlar izidan" tanlovi yana Siz bilan!🤐 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak” markazi tomonidan oʻtkaziladigan “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining uchinchi mavsumi boshlanmoqda!🔹 Tanlov ikki yosh toifasida 6-8 hamda 9-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida o‘tkaziladi.🔗 Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish: ✅6-8-sinf ✅9-10-sinf▪️ Arizalar 15-oktabrgacha qabul qilinadi.➖ Eslatib oʻtamiz, Respublika bosqichi g’oliblari xorijga ta'lim sayohati va oliy ta'lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonida soha bo‘yicha eng yuqori ball olish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.👉 Tanlov NIZOMI bilan tanishing.Jadi
FVMMTB - Rasmiy kanali
21 Sept, 12:07
🕊 #Bugun_Xalqaro_tinchlik_kuni💎Rishton tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21-sentabr — Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.➡️Tadbirda o‘quvchilarga tinchlikning inson hayoti, xalq farovonligi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi.⬇️O‘quvchilar tinchlik, do‘stlik va Vatanga muhabbat mavzularida she’r va hikmatli so‘zlar aytib, “O‘zbekiston — tinchliksevar diyor” mavzusida rasmlar tanlovida ishtirok etdilar.⏸Tadbir yakunida yoshlarni tinchliksevarlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash muhimligi ta’kidlandi.Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.


FVMMTB - Rasmiy kanali
21 Sept, 10:33
💎FARG‘ONADA HUQUQIY NIGILIZM VA KORRUPSIYAGA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI📊Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazida 250 nafar tinglovchi ishtirokida huquqiy nigilizmning oldini olish, huquqiy madaniyat va savodxonlikni oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.📍Tadbir Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorligida tashkil etildi.🪙Unda qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, ta’lim tizimida ochiqlik va qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik hamda imtihon jarayonlarida salbiy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.




FVMMTB - Rasmiy kanali
21 Sept, 08:47
forwarded from @uzedu
#Диққат_эълон✅ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.❗️Joriy yilning 5-sentabridan 5-oktabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
FVMMTB - Rasmiy kanali
21 Sept, 08:47
forwarded from @ecoschools_uzbekistan

FVMMTB - Rasmiy kanali
21 Sept, 07:20
💎“KELAJAK SOATI” — KELAJAK SARI MUHIM QADAM🌐2026/2027-o‘quv yilidan “Kelajak soati” mashg‘ulotlari yangi mazmun va yondashuvlar asosida tashkil etilmoqda.⌛Quvasoy shahar 2-sonli ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i N. Mo‘minova tomonidan 11-sinf o‘quvchilari uchun navbatdagi “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi.➡️“Yangi O‘zbekiston — yangi yutuqlar maskani” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, maqsad qo‘yishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda kelajak kasbini ongli tanlashiga alohida e’tibor qaratildi.Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.




FVMMTB - Rasmiy kanali
21 Sept, 07:16
💎“YASHILLIK VA TOZALIK KUBOGI” G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI📊“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar doirasida “Yashillik va tozalik kubogi” respublika tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.💥Yakuniy natijalarga ko‘ra:🔸1-o‘rin — Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanidagi 49-maktab; 🔸 2-o‘rin — Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi 9-maktab; 🔸3-o‘rin — Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi 33-maktab.📊G‘olib o‘quvchilar qimmatbaho sovg‘alar, kubok va diplomlar bilan taqdirlandi.Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.




FVMMTB - Rasmiy kanali
21 Sept, 04:59
💎“KELAJAK SOATI” — O‘QUVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT🌐Bugun Farg‘ona shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Gulxumor Xalilova shahardagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-“A” sinf o‘quvchilari bilan “Kelajak soati” mashg‘ulotini o‘tkazdi.🔹Mashg‘ulot davomida belgilangan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.📍Mavzuning mazmun-mohiyati, uning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida fikr almashildi.⬇️Shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, o‘z nuqtayi nazarini erkin ifodalashi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mavzu yuzasidan esse yozish hamda uni himoya qilish topshirig‘i berildi.⌛Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar




FVMMTB - Rasmiy kanali
21 Sept, 04:52
💎“MUHAMMAD AL-XORAZMIY VORISLARI”: FARG‘ONADA SARALASH IMTIHONI🪙“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida Farg‘ona shahridagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8-sinf o‘quvchilari uchun saralash imtihoni o‘tkazildi.⌛Unda 600 nafardan ortiq o‘quvchi o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.🔹Saralash jarayoni belgilangan tartibda tashkil etildi.Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
