Latest posts

Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 18:30
Farg‘ona shahar 1-son texnikumi hamda “Sinergiya” Rossiyadagi yirik ta’lim va innovasion klasterlardan biri bo‘lib xalqaro korporatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olishni ta’minlaydigan dual ta’lim dasturi asosida o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yildi.Bizni kuzatishda davom eting Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 18:24

Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 16:47
Farg‘ona viloyati hududida 129 nafar jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning yashash manzillarida tezkor tadbirlar o‘tkazildiViloyat IIB hamda DXX xodimlari tomonidan hamkorlikdagi tadbirlar natijasida 104 nafar shaxs tomonidan noqonuniy buyum va ashyolar saqlab kelinayotganligi aniqlandi.Ulardan 53 nafarining xatti-harakatlarida jinoyat tarkibi, 52 nafarining harakatlarida esa ma’muriy huquqbuzarlik aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.Tezkor tadbirlar natijasida 15 ta sovuq qurol, 7 kilogramm 673 gramm giyohvandlik vositalari, 65 tup giyohvandlik o‘simligi, 2 dona pnevmatik qurol, 1 dona ov miltig‘istvoli, 527 dona gilza va boshqa buyumlar daliliy ashyo sifatida olindi.Shuningdek, 5 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. 2 ta holatda noqonuniy onlay diniy ta’lim berish bilan bog‘liq jinoyat fosh qilindi.Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatiBizni kuzatishda davom
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 16:21
Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimotdan asosiy ma’lumotlar:▪ 2017-yildan buyon ma’muriy sudlarda 150 mingga yaqin ish ko‘rib chiqilib, 70 mingdan ortiq holatda davlat organlarining noqonuniy qarorlari bekor qilingan;▪ Soha rivojining navbatdagi bosqichida ilg‘or xorijiy tajriba asosida 15 ga yaqin yangi huquqiy institut joriy etilishi taklif qilinmoqda;▪ Fuqarolarning buzilgan huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishning 4 xil da’vo shakli joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu huquq buzilishidan oldin uning himoyasini proaktiv tarzda ta’minlash imkonini beradi;▪ Amaldagi 6 oylik murojaat muddati qayta ko‘rib chiqilib, davlat organi qonunbuzarlik sodir etganini tan olish bo‘yicha sudga muddatsiz murojaat qilish imkoniyati yaratilishi taklif etilmoqda;▪ Fuqarolarga mahalliy
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 16:21
Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha taqdimotdan asosiy ma’lumotlar:▪ 2030-yilgacha mamlakatdagi generatsiya quvvatlarini 46,1 gigavattga, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishni qariyb 129 milliard kVt-soatga yetkazish rejalashtirilmoqda. 2035-yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 57,2 gigavatt va 154,7 milliard kVt-soat bo‘lishi ko‘zda tutilgan;▪ Hozir quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 6,3 gigavattdan oshgan, gidroelektr stansiyalar soni esa 100 tadan ortgan. Ularning umumiy quvvati 2,5 gigavattga yaqinlashgan;▪ Energiya saqlash tizimlari bo‘yicha umumiy quvvati 4,2 gigavatt bo‘lgan 26 ta loyiha shakllantirilgan, ulardan 17 tasi amalga oshirish bosqichida. 2030-yilgacha yangi loyihalarni ham shakllantirish taklif qilindi;▪ 2030-yilgacha 9 ta 220 kV va 7 ta 500 kV podstansiya qurish hamda qariyb 5
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 16:20
#Eko-debatO‘zbekiston tumani 2-sonli kasb-hunar texnikumida yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik ruhida tarbiyalash maqsadida Yosh ekologlar bilan hamkorlikda “Eko-debat” tadbiri tashkil etildi.Mazkur tadbir O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘zbekiston tumani Kengashi raisi N. Kamoldinova tomonidan tashkil etildi. Unda texnikumning faol va tashabbuskor yoshlari, Yosh ekologlar hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.Eko-debat davomida bugungi kundagi dolzarb ekologik muammolar, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va ko‘chatlarni asrab-avaylash kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon etishdi.Bizni
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 16:13
Farg‘ona shahar 2-son texnikumida “Bugungi kun tavsiyasi” nomli psixologik trening o‘tkazildi.O‘quvchi-yoshlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, ijobiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, stress va turli psixologik zo‘riqishlarning oldini olish, shuningdek, kundalik hayotda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish maqsadida texnikum psixologlari tomonidan “Bugungi kun tavsiyasi” nomli psixologik trening tashkil etildiBizni kuzatishda davom eting Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 15:47
O‘zbekiston tumani 2-son texnikumining «Oshpazlik» yo‘nalishi 3-2026-guruh o‘quvchilari o‘quv amaliyoti jarayonida o‘zlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.Amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar milliy va jahon taomlarini tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, oshxona jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishni o‘rganmoqdalar.Bunday o‘quv amaliyotlari bo‘lajak oshpazlarning kasbiy mahoratini oshirish, mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirish va mehnat bozori talablariga mos mutaxassis bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.Bizni kuzatishda davom eting Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 15:41
2-son Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida an'anaga aylanib ulgurgan talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining 2026-2027 o'quv yili uchun ilk bosqichi ustoz Omonova S.R tomonidan tashkillandi va yuqori kayfiyat va qizg‘in bahslar ostida bo‘lib o‘tdi.Mazkur intellektual bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.Bellashuv murosasiz va qiziqarli tarzda kechib, barcha jamoalar faol ishtirok etdi.O'yin natijalariga ko'ra 24-01 2 ballni 24-02-guruh 1 ballni qolga kiritdilar. O'yin 24-01-guruh hisobiga hal bo'ldi va yarimfinal bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.Ushbu intellektual o‘yin yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.Bizni kuzatishda davom eting Telegram |
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 14:40
Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi? 2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 14:40
Hududlarda qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori?Texnikumlarning 2025/2026 o‘quv yilida qabul parametrlarini shakllantirilishi, taqsimlanishi va bajarilish samaradorligi tahlil qilindi.Bunga ko‘ra respublikada eng ommabop yo‘nalish – avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish ekanligi ma'lum bo'ldi. Mazkur yo'nalishga 249 130 nafar o‘quvchidan 50 208 nafari, ya’ni 20,2 foizi hujjat topshirgan.Tahlilda hududlarning o'ziga xos bo'lgan yo‘nalishlari ham aniqlandi:➖Toshkent shahrida – kompyuter tizimlarida dasturlash; ➖Samarqand viloyatida – sartaroshlik; ➖Surxondaryo viloyatida – qutqaruvchilik; ➖Farg‘ona viloyatida – tikuvchilik mahsulotlari dizayni; ➖Toshkent viloyatida – kimyoviy ishlab chiqarish laboranti; ➖ Navoiy viloyatida – foydali qazilmalarni maydalash va saralash.Kasbiy taʼlim tizimida qabul parametrlarining batafsil sharhi bilan ushbu havolada
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 14:20
Farg‘onada xalqaro dual ta’lim loyihasi boshlandiViloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning yirik ta’lim va innovatsion klasterlaridan biri — “Sinergiya” korporatsiyasi vitse-prezidenti Mixail Yerofeyev va uning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.Uchrashuvda xalqaro ta’lim dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Farg‘ona shahrida raqamli kasblar texnikumini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi. — В Фергане стартовал международный проект дуального образования — International Dual Education Project Launched in FerganaFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 02:32
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
22 Sept, 02:01
#ObHavoQiziqarli faktlar: Inson 24 soat ichida o‘rtacha 4800 so‘z gapiradi.Valyuta kurslari: $: 11,809.82 €: 13,569.48 ₽: 140.68Bizni kuzatishda davom eting Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
21 Sept, 17:36
Dang‘ara tumani 1-son texnikumida yoshlarning ijtimoiy mas’uliyatiga bag‘ishlangan «Kelajak soati» darslari o‘tkazildi.Yosh avlodni ma'nan barkamol, odob-axloqli va jamiyat uchun mas’uliyatli fuqarolar etib tarbiyalash tizimli ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.Shu munosabat bilan, texnikumda «Yuksak odob — yarqin kelajak!» shiori ostida navbatdagi «Kelajak soati» darslari tashkil etildi.Mashg‘ulotlar davomida talaba-yoshlarga jamiyatda yashash qoidalari, ijtimoiy odob va mas’uliyat tushunchalarining mazmun-mohiyati hayotiy misollar orqali tushuntirib o‘tildi.Tadbirda odobli inson jamiyatning ko‘rki ekanligi, mas’uliyatli yoshlar esa davlatimiz kelajagining mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.Interfaol usulda tashkil etilgan dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.Bizni kuzatishda
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
21 Sept, 17:36
“UCH AVLOD” UCHRASHUVIFurqat tuman texnikumida o‘quvchi-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, nuroniylarning hayotiy tajribasi va ibratli o‘gitlarini yosh avlodga yetkazish maqsadida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi.Tadbirda Furqat tuman Nuroniy jamg‘armasi rahbari R. Meliqo‘ziyev, faol nuroniy otaxon va onaxonlar, o‘rta yosh vakillari hamda texnikumning o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida nuroniylar tomonidan yosh avlodga xalqimizning boy ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, odob-axloq me’yorlari, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ko‘rsatish, Vatanga sadoqat, halollik, mehnatsevarlik hamda insoniy fazilatlarning ahamiyati haqida hayotiy misollar asosida fikrlar bildirildi.Bizni kuzatishda davom eting Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
21 Sept, 15:20
#E’TIROFToshkentda ilm-fan va ta’lim fidoyilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Yuksak e’tirof – 2026” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tanlovda Farg‘ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamshiralik kafedrasi oliy toifali o‘qituvchisi Matkarimova Matlubaxon tomonidan tayyorlangan “An’anaviy va zamonaviy tibbiyot nuqtai nazaridan hijoma terapiyasining davolashdagi o‘rni va samaradorligi” mavzusidagi ilmiy maqola mutaxassislar tomonidan yuqori baholanib, tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritdi.Tantanali taqdirlash marosimida g‘olibga maxsus sertifikat, “Yuksak e’tirof” esdalik ko‘krak nishoni hamda “Scientific Publication” ilmiy matbuot markazining sovg‘alari topshirildi.Shu bilan birga, ushbu ilmiy maqola “Yuksak e’tirof” xalqaro ilmiy-amaliy to‘plamining 4-qismida keng jamoachilik e’tiboriga havola etilib, nashr
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
21 Sept, 15:20
Bag‘dod tumani 1-son texnikumida maktab o‘quvchilari uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildiYoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning kelajakda zamonaviy mutaxassisliklarni egallashlariga ko‘maklashish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Bag‘dod tumanidagi 25-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari texnikumiga tashrif buyurdilar.Sayohat davomida o‘quvchilar texnikumdagi mavjud o‘quv va amaliyot xonalaridagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.Texnikumning ishlab chiqarish ta’limi ustalari va o‘qituvchilari maktab bitiruvchilariga muassasada tayyorlanadigan mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumot berdilar.Bu kabi tadbirlar maktab bitiruvchilariga to‘g‘ri kasb tanlashda yo‘nalish berish va ularning kelgusi rejalarini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Bizni kuzatishda davom eting Telegram | Facebook | YouTube |
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
5 Sept, 15:08
Beshariq tuman 2-son texnikumi talabasi qo‘l jangi bo‘yicha viloyat kubogini qo‘lga kiritdi Sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha kichik o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat kubogi musobaqasida yuqori natija ko‘rsatgan texnikum talabasi Mansurova Shohsanam o‘quvchisi 58 kg vazn
Farg‘ona viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi
4 Sept, 17:49
Boshqarma boshlig‘i T.Boymatov Farg‘ona tumanidagi ta’lim muassasalarida bo‘lib, mavjud sharoitlar va o‘quv jarayonlari bilan tanishdi. Tashrif davomida boshqarma boshlig‘i Farg‘ona tumani tibbiyot texnikumi, 2-son hamda 4-son texnikumlarida bo‘lib, pedagoglar va talaba-yoshlar bilan samimiy
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
