gram news
FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL channel avatar

FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

@forishtumani

🏛 Tumandagi islohotlar, yangiliklar va rasmiy xabarlarning birinchi manbasi. 🌐 Veb-sayt: gov.uz/oz/forish 📞 Murojaat uchun: 72 452-17-95 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: https://www.facebook.com/forishtum

ProjectsUZPolitics

5,144subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 16:47

    🇺🇿 Tinchlik, osoyishtalik va shukronalik – eng oliy ne’mat!💠 Forish tumani Egizbuloq mahallasi hududidagi madaniyat markazi binosida Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi raisi B.Uzoqov boshchiligidagi targ‘ibot guruhi ishtirokida Oqtom, Egizbuloq va Nurak mahallasi aholisi va faollari uchun "Islohotlarning asosiy maqsadi - inson qadri!" shiori ostida "Yangi O‘zbekiston shukronaligi" deb nomlangan ko‘tarinki ruhdagi shukronalik tadbiri yuqori saviyada o’tkazildi.☁️ Yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi va xalqimiz farovonligiga yo‘g‘rilgan bunday ma’rifiy tadbirlar tumanimiz aholisi uchun uch kun davom etishi rejalashtirilgan!🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 13:10

    🇺🇿 Forish tumanida yoshlar yetakchilari faoliyati va mahalla tizimi natijadorligi oʻrganildi.✅ Yoshlar ishlari Forish tumani boʻlimi boshligʻi F.Yoʻldoshev tomonidan hududlardagi yoshlar yetakchilarining faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlar hamda olib borilayotgan amaliy ishlar natijadorligi joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Oʻrganish jarayoni tumanning Osmonsoy va Xonbandi mahalla fuqarolar yigʻinlarini qamrab oldi. Nazorat va muloqot davomida yoshlar yetakchilarining “Yoshlar daftari” bilan ishlash tizimi samaradorligi, mahalla yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar qamrovi hamda yoshlar bandligini taʼminlash borasidagi ishlari atroflicha tahlil qilindi. Oʻrganish yakunida F.Yoʻldoshev tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 13:04

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Yangiobodda sportchilarga zamonaviy sport jihozlari va kiyim-kechaklar topshirildiYangiobod tumanida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.Shu maqsadda Sport vazirligi tomonidan tuman sport maktabiga zamonaviy sport jihozlari, zarur sport inventarlari hamda maxsus sport kiyimlari yetkazib berildi.Mazkur sport anjomlari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etayotgan yosh sportchilarga topshirildi.Yangi sport jihozlari va kiyim-kechaklar sportchilar uchun mashg‘ulotlarni yanada qulay va samarali tashkil etish, mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.Bunday e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar tuman yoshlari orasidan iqtidorli sportchilarni kashf etish, ularning mahoratini
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 13:03

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    🎥 Videoreportaj: Zafarobodda Pistalikent shaharchasi obodonlashtirilmoqdaZafarobod tumanidagi Pistalikent shaharchasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, shaharchadagi maktabda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy o‘quv jihozlari va doskalar bilan ta’minlandi.Ta’lim muassasasida ichki va tashqi qismi, isitish, deraza hamda tom qismlari ta’mirlanib, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratildi. Amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash va yoshlar uchun munosib ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 13:02

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Mirzacho‘lda mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqdaMirzacho‘l tumanining "Do‘stlik” mahallasida aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni obodonlashtirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.Ayni paytda mahallaning Ulug‘bek ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi uchun yanada qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.Jarayonga maxsus texnikalar jalb qilinib, ko‘chaning zarur qismlarida tuproq ishlari, tekislash va keyingi obodonlashtirish ishlariga tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirilmoqda.Mazkur ishlarni sifatli tashkil etish va belgilangan tartibda yakunlash natijasida ko‘cha yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, hududning obodligi yanada oshadi.Shuningdek, piyodalar va avtotransport vositalari
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 12:48

    🇺🇿 Tinchlik, osoyishtalik va shukronalik – eng oliy ne’mat!💠 Forish tumani O‘xum mahallasi hududidagi 14-maktab binosida Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi raisi B.Uzoqov boshchiligidagi targ‘ibot guruhi ishtirokida O‘xum va Do‘stlik mahallasi aholisi va faollari uchun "Islohotlarning asosiy maqsadi - inson qadri!" shiori ostida "Yangi O‘zbekiston shukronaligi" deb nomlangan ko‘tarinki ruhdagi shukronalik tadbiri yuqori saviyada o’tkazildi.🎥 Batafsil video lavhamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.☁️ Yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi va xalqimiz farovonligiga yo‘g‘rilgan bunday ma’rifiy tadbirlar tumanimiz aholisi uchun uch kun davom etishi rejalashtirilgan!🇺🇿🇺🇿
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 12:30

    🇺🇿Amir Temur mahallasida aholining salomatligini mustahkamlash va ularni jismoniy faollikka keng jalb etishga qaratilgan hamda Biz giyohvandlikga qarshimiz shioiri ostida ommaviy soglomlashtirish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.🇺🇿 Yoshlar ishlari tuman bo‘limi hamda Sport seleksionerlari tomonidan tasdiqlangan qo‘shma tadbirlar rejasiga asosan, mahallada aholini ommaviy yurish, jismoniy mashqlar hamda ertalabki va kechki badantarbiya mashg‘ulotlariga tizimli jalb etish ishlari yuqori saviyada tashkil etildi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kundalik jismoniy faollikni ta'minlashga qaratilgan ushbu tashabbus barcha mahalladoshlarimizda katta qiziqish uyg‘otdi.💠 Barcha mahalla aholisini sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlagan holda ertalabki va kechki
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 12:19

    JIZZAX VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDIO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'iga binoan, Nazarqosimov Sarvar Inatullayevich Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.Tayinlovga qadar Sarvar Nazarqosimov Jizzax viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Sh. Karimov, Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari D. Xudoyshukurov ishtirok etgan yig'ilishda rahbar jamoaga tanishtirilib, kelgusi ishlariga rivoj tilandi.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 11:03

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Sharof Rashidov tumani Ushtepa SIU hududidagi «Botir Qilich” fermer xo‘jaligida ham paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqdaTumanda joriy yilda 7 ming 100 gektar maydonga paxta ekilib, mavsum davomida barcha zarur agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirildi.Hozirda hosil zamonaviy "Bashiran” rusumli paxta terish kombaynlari yordamida yig‘ib olinmoqda. Mexanizatsiyalashgan terim hosilni sifatli va tezkor yig‘ish, mehnat unumdorligini oshirish hamda nobudgarchilikning oldini olish imkonini bermoqda.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 11:03

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Do‘stlikda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosil olinmoqda"Parinj” fermer xo‘jaligi rahbari Olim Shukurov Do‘stlik tumanida zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etib kelayotgan ilg‘or fermerlardan biri.Joriy yilda fermer xo‘jaligi a’zolari tomonidan jami 49 gektar maydonda dehqonchilik ishlari amalga oshirildi. Shundan 19 gektar yer maydonida Xitoy tajribasi asosida 67-sxema bo‘yicha qo‘shqator usulda paxta yetishtirildi.Ekinlarni parvarishlash jarayonida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Yerni tayyorlash, chigit ekish, oziqlantirish, sug‘orish hamda zararkunandalarga qarshi kurashish kabi muhim tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish yuqori hosil olishda muhim omil bo‘ldi.Ayni kunlarda fermer xo‘jaligida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda. Dastlabki natijalar ham samarali mehnat
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 11:01

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Jizzaxda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 283 ta korxona faoliyat yuritmoqdaJizzax viloyatida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy sarmoyalarni hudud iqtisodiyotiga keng jalb etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.Bu jarayonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxonalar muhim o‘rin tutmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1 avgust holatiga Jizzax viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 283 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.Mazkur ko‘rsatkich hududda xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samaradorligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.O‘zbekiston
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 11:00

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Zafarobodda avtomobil yo‘llarining texnik holati yaxshilanmoqdaZafarobod tumanida avtomobil yo‘llarining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.Xususan, ayni kunlarda Zafarobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan D-049 avtomobil yo‘lining Jizzax shahri va Chimqo‘rg‘on oralig‘idagi 14–18-kilometrlarida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.Ta’mirlash jarayonida yo‘l qoplamasining yaroqsiz holga kelgan qismlari tiklanib, belgilangan texnologik talablar asosida zarur ishlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, yo‘lning texnik holatini yaxshilash, foydalanish muddatini uzaytirish va transport vositalarining xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Mazkur ta’mirlash ishlari yakunlanishi
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 10:02

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 09:05

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    🎥 Videoreportaj: Nuroniylar va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildiNuroniylarning hayotiy yo‘li va yillar davomida orttirgan boy tajribasi yoshlar uchun o‘ziga xos maktabdir. Shu maqsadda faxriylar, nuroniylar, faol yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.Uchrashuvda nuroniylar yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va ezgu maqsadlarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladilar. Muloqot davomida milliy qadriyatlar, Vatanga sadoqat va ezgu maqsadlar ruhida tarbiya masalalariga ham e’tibor qaratildi.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 09:03

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Jizzaxlik merganlar mamlakat kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladiFarg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida sportning kamondan otish turi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida mamlakat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Unda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ziyod mahoratli merganlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.Musobaqa davomida ishtirokchilar kamondan aniq nishonga otish bo‘yicha o‘z mahorat va tajribalarini namoyish etib, yuqori natijalar uchun kuch sinashdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi bahslarda jizzaxlik kamonchilar 8 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.Murabbiy Salohiddin Siddiqov boshchiligidagi jamoaning ushbu muvaffaqiyatiga Shohruz G‘afforov, Yulduz Ismatova, Jo‘rabek Qodirov, Laziz Ergashev va Tohirbek Mamashov munosib hissa qo‘shdi.Musobaqa yakunida g‘olib
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 09:02

    forwarded from @jizzaxviloyatihokimligi

    Baxmallik ustoz — "Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibiPrezident tashabbusi bilan joriy etilgan "Yil o‘qituvchisi” tanlovining yakuniy natijalari ma’lum bo‘ldi.Unda Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Jonzoqov Turg‘un Karimovich g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Tanlovda tuman (shahar) bosqichida birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarga BHMning 1400 baravari — 616 million so‘m miqdorida pul mukofoti berilishi belgilangan.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

    22 Sept, 08:20

    🇺🇿 Tinchlik, osoyishtalik va shukronalik – eng oliy ne’mat!💠 Forish tumani O‘xum mahallasi hududidagi 14-maktab binosida Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashi raisi B.Uzoqov boshchiligidagi targ‘ibot guruhi ishtirokida O‘xum va Do‘stlik mahallasi aholisi va faollari uchun "Islohotlarning asosiy maqsadi - inson qadri!" shiori ostida "Yangi O‘zbekiston shukronaligi" deb nomlangan ko‘tarinki ruhdagi shukronalik tadbiri yuqori saviyada o’tkazildi.Mazkur tadbir doirasida tashkil etilgan "Ma'rifat karvoni" ilmiy-maʼrifiy loyihasi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Unda quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi: ❄️ Prezident nutqi targ‘iboti: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan