Latest posts

FUTGOL
22 Sept, 18:58
“Moliyaviy ahvolimiz juda og‘ir. Toshkentga kelishimizni “G‘azalkent” moliyalashtirdi — 10 mln so‘m o‘tkazib berishdi. Kechki ovqatni ham “G‘azalkent” olib berdi”.Xolmirzabek Boymirzayev “TerDU” klubi darvozabonlar murabbiyi.Ma’lumot uchun, Pro-Liga 20-turida “TerDU” o‘zini Toshkentga kelishini ta’minlagan va ovqatlantirgan “G‘azalkent”ga 1:4 hisobida yutqazdi.❗️Shunaqa futbol rostdan ham bizga kerakmi? Do‘ppini ichidagi boshni muzlatkichga tiqib, sovitib balki yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerakdir-a, o‘rtoqlar?@futgol_uz


FUTGOL
17 Sept, 17:44
Flikning “Barselona”sini kim to‘xtata oladi?Shchesni: Albatta, men!@futgol_uz


FUTGOL
17 Sept, 17:41
“Brayton”ning yangi logotipiga nima deysizlar😎?@futgol_uz


FUTGOL
6 Sept, 17:30edited
“Chelsi” esa nihoyat murabbiy jamoasiga aylanishni boshlaganini ko‘rdik@futgol_uz
FUTGOL
6 Sept, 17:29
“Arsenal” — bu mavsum barcha sovrinlar uchun asosiy da’vogarBu jamoada, bu yigitlarda barcha sovrinlarni yutish uchun hamma narsa bor.@futgol_uz
FUTGOL
6 Sept, 16:44
Edegor Arteta davrida Venger davridagi “Arsenal”ning golini urdi“Kanonirlar”ni shunday gollari uchun ham hurmat qilaman.@futgol_uz
FUTGOL
1 Sept, 05:58
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!@futgol_uz
FUTGOL
31 Aug, 07:10edited
Gyuler oʻzimizdan ekan)@futgol_uz
FUTGOL
21 Aug, 20:58
“Arsenal”dan muxlislar bu mavsum ko‘proq narsa kutishga to‘laligicha haqli. Chunki jamoada hamma narsa bor — chempionlikka erishgan asos hech qayerga ketgani yo‘q. Murabbiy shu yerda. Yangi qo‘shilganlar bor. Solis esa butun umr “to‘pchilar” safida o‘ynab yurgandek.“Arsenal” mavsumni chempionga xos boshladi, ikkita o‘yin — 6 ta gol, bitta ham o‘tkazmadi:Superkubokda “Siti”ga 3 ta, bugun esa Lemparning “Koventri”siga 3 ta.@futgol_uz
FUTGOL
17 Aug, 11:55
https://youtu.be/6_Zs_P0GyMsYouTubeUzbekistan - Kuwait 3:2. All goals and highlights. 17.08.2005 (archive)УЗБЕКИСТАН - Кувейт - 3:2 (1:2) 17.08.2005. 6 тур. Ташкент. Стадион Пахтакор. 40000 зрителей. Отборочная игра ЧМ 2006. Второй этап. Матч №119 Судья: МОХД САЛЕХ Субхиддин (Малайзия Голы: 0:1 - Бадр Ал-Мутва, 16 0:2 - АБДУЛЬАЗИЗ Башар, 31 1:2 - ДЖЕПАРОВ…
FUTGOL
17 Aug, 11:54edited
17.08.2005O‘zbek futbolini onda-sonda tomosha qilib turadigan odam ham bu sanani yaxshi eslaydi. Chunki shu kuni o‘zbek futbolidagi eng zo‘r o‘yinlardan biri bo‘lgan.O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2006 saralashi doirasida Toshkentda Kuvayt bilan o‘ynagan. Mehmonlar 30 daqiqa ichida 2 ta gol urib, 40 ming tomoshabin yig‘ilgan “Paxtakor” stadionini karaxt ahvolga tushirib qo‘yadi.41-daqiqada Server Jeparov penaltidan gol urib, muxlislarga umid bergan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Maksim Shatskix va Anvar Soliyevlarning gollari superkambek yaratilishiga sabab bo‘lgandi. Undan keyin jahon chempionatidan qolib ketganimiz esa boshqa katta hikoya.Lekin bu o‘yinni men boshqacha eslayman. Dadam o‘shanda eski “Jiguli”sida qo‘shni sinfdoshimning akasi bilan meni Toshkentga shu o‘yinni ko‘rishga olib kelgandi. Perevalda mashina qizib ketib, “baklajka”da suv quyganlarimiz-u, dadamning
FUTGOL
13 Aug, 12:46edited
Futbol raqobatdan iborat. Ha, maydonda raqib, kerak bo‘lsa dushmanga aylanish mumkin. Lekin undan tashqarida istalgan professional futbolchi ham — birinchi navbatda oddiy odam. U ham siz-u biz kabi o‘ylaydi, qiynaladi, yig‘laydi, kuladi. Messi va Ronaldu bilan ham xuddi shunday.Ular futboldan istaganini oldi, lekin o‘zlari ham borini berdi. Qiyin davrda esa bir-birini qo‘llayapti.Shuning uchun faqat futbolchi tarbiyalash haqida emas, birinchi navbatda inson, bo‘lganda ham yaxshi inson tarbiylash haqida ko‘proq o‘ylash lozim.@futgol_uz


FUTGOL
19 Jul, 22:38edited
Daho yigʻlayapti. Men hamChunki endi biz yosh emasmiz. Birga oʻtgan bolalik, yoshlik uchun rahmat, Leo!@futgol_uz
FUTGOL
19 Jul, 22:05
Messi va uning muxlislari xafa boʻlishga haqqi yoʻq. Leo futboldan nimaki boʻlsa olib boʻldi, futbol ham unga berishi mumkin boʻlgan hammasini berdi.Bugun esa bir kishiga bogʻlanib qolmagan va oʻz futbolini oʻynagan Ispaniya yutdi. Bu jamoadan hech kimni ajratib koʻrsata olmaysiz. Chunki bu bitta, yagona jamoa edi.@futgol_uz
FUTGOL
19 Jul, 22:03
Futbol yutdi@futgol_uz
FUTGOL
19 Jul, 21:44
Adolat 1:0@futgol_uz
FUTGOL
19 Jul, 21:13
Enso va Paredes – Argentina safidagi eng “kir” futbolchilar @futgol_uz
FUTGOL
19 Jul, 21:12
Enso va Paredes – Argentina safidagi eng “kir” futbolchilar@futgol_uz
FUTGOL
18 Jul, 23:04edited
Bu o‘yin bilan Fransiya va Angliya “mana agar biz finalga chiqqanimizda shunaqa o‘yin ko‘rgan bo‘lardilaring” demoqchi bo‘ldiAfsuski, bu o‘yin Mbappe va Tuxeldan boshqasiga kerak emasdi. Kilian Messini bu va umuman mundiallar tarixida quvib, eng yaxshi to‘purarga aylandi. Tuxel esa bronza bo‘lsa-da yutdi.@futgol_uz
FUTGOL
18 Jul, 23:01
Finalni bugun ko‘rdik@futgol_uz
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
