Latest posts

Farg'ona viloyati hokimligi
23 Sept, 16:36
Belarus delegatsiyasi Farg‘ona viloyatining investitsiya va turizm salohiyati bilan tanishdiO‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish maqsadida viloyatimizga kelgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya bugun Uchko‘prik va Furqat tumanlari, shuningdek, Qo‘qon shahrida ham bo‘ldi.Hududlarda amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari hamda tarixiy-madaniy obyektlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.Tashrif davomida delegatsiya a’zolari “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “SADAF SUT” oilaviy korxonasida sut mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.Shuningdek, “BNBM Building Materials Central Asia” korxonasida gipsokarton va dekorativ qurilish materiallari, “Yong Xin” MChJ xorijiy korxonasida kafel ishlab chiqarish loyihalari ko‘rildi.Furqat tumanida “Musawartex Group” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshirilgan ip kalava ishlab chiqarish loyihasi ham mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.Belarus delegatsiyasi a’zolari Qo‘qon shahridagi Xudoyorxon o‘rdasiga ham tashrif buyurib, hududning tarixiy-madaniy merosini yaqindan ko‘rib chiqdilar.Tashrif doirasida Farg‘ona va Minsk viloyatlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi, investitsiyaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Hamkorlik masalalari kelishib olindi.Delegatsiyaga viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohlik qildi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




Farg'ona viloyati hokimligi
23 Sept, 16:25
Milliy jamoa Farg‘onada!O‘zbekiston milliy terma jamoasi Farg‘ona xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.Futbol ishqibozlari milliy jamoamizni iliq kutib olib, bo‘lajak uchrashuv oldidan futbolchilarga omad tiladilar.Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni soat 19:00 da Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.Olg‘a, O‘zbekiston!Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




Farg'ona viloyati hokimligi
23 Sept, 12:17
📢 IMKONIYATLAR YARMARKASIGA MARHAMAT!Sifatli mahsulotlar, yangi hamkorliklar va tashabbuslarning barchasi bir manzil - Farg‘ona shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida!☑️ Bu yerda nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan 200 ga yaqin turdagi mahsulotlar namoyish etiladi.➖ 40 dan ziyod ishlab chiqaruvchi - o‘z mahsuloti va yangi hamkorlik takliflari bilan sizni kutmoqda!➖ Yarmarka - nafaqat savdo, balki tadbirkor va davlat buyurtmachisini bog‘laydigan muhim maydon!📝 Agar siz ham ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, yashash hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling.🤝 Qo‘llab-quvvatlang! Xarid qiling! Hamkorlik qiling!📍24 sentabr, soat 10:00 da Farg‘ona shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida ko‘rishguncha!Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg'ona viloyati hokimligi
23 Sept, 11:16
❗️Prezidentimiz topshirig'iga asosan davlat aktivlari 3 oy sotilmasa narxi pasaytiriladi🏢 Davlatga tegishli mulklar ochiq savdolarga chiqariladi.🔹 1 242 ta ko'chmas mulk obyekti — bino, inshoot, ombor, ma'muriy joylar; 🔹 84 ta korxonaning ustav kapitalidagi davlat ulushi; 🔹 8 ming gektar yer uchastkasi ochiq savdolarga chiqariladi.Agar obyekt 3 oy davomida sotilmasa, uning boshlang'ich narxi balans qiymatidan qat'i nazar bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirib boriladi.👉 Lotlarni batafsil ko‘rish!Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X


Farg'ona viloyati hokimligi
23 Sept, 10:43
#Islohotlar_amaldaHududlarda islohotlarning amaliy natijalari bo‘y ko‘rsatmoqdaIslohotlar — avvalo, odamlar hayotidagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi.Shu ma’noda Farg‘ona viloyati mahallalarida ham aholi uchun qulay sharoit yaratish, infratuzilmani yaxshilash va ta’lim muassasalarini zamonaviylashtirish ishlari izchil davom etmoqda.Xususan, O‘zbekiston tumanida “Tashabbusli budjet” dasturi orqali ta’lim muassasasi yangilanmoqda.“Karimdevona” mahallasidagi qariyb 80 yillik 8-maktab va uning filiali kapital ta’mirlanmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard 600 million so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.1,5 ming nafardan ziyod o‘quvchi tahsil oladigan maktabda o‘quv xonalari, yo‘laklar va pollar ta’mirlanib, eshiklar yangilanmoqda. Filialning tom qismi ham to‘liq almashtirildi.Yangilanishlar oktabr oyida yakunlanib, maktab zamonaviy va qulay sharoitlarda o‘quvchilar ixtiyoriga topshiriladi.Uchko‘prik tumanida esa aholi murojaatlari asosida ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda.“Katta Qashqar” mahallasidagi Bachqir ariq va Mustaqillik ko‘chalariga asfalt yotqizilib, yo‘llar ravon holga keltirildi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|




Farg'ona viloyati hokimligi
23 Sept, 10:15
🌿 Mahallalarning “yashil reytingi” joriy etiladi!Bu haqda 21-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda ma’lumot berildi.Mahallalarning “yashil reytingi” yashil maydonlar ulushi, aholi soniga nisbatan daraxtlar soni, yangi ekilgan ko‘chatlarning tutib ketish darajasi hamda aholining ko‘kalamzorlashtirishdagi ishtiroki kabi mezonlar asosida shakllantiriladi.📹 Batafsil videoda.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg'ona viloyati hokimligi
23 Sept, 10:08
Pensiya tayinlash uchun minimal ish stajini 15 yilga yetkazish taklif etilmoqdaBugungi kunda 7 yillik minimal ish staji 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 42 yillik mehnat davrining atigi 17 foizini tashkil etadi.📊 Shu bilan birga, to‘liq ish stajiga ega bo‘lmagan yangi tayinlangan pensionerlar ulushi 2010-yildagi 6 foizdan 2025-yilda 61 foizga yetgan.➡️ Taklifga ko‘ra, minimal ish staji 2027-yildan boshlab har yili 1 yildan oshirilib, 2034-yilda 15 yilga yetkaziladi.🗓 Masalan, 2030-yilda pensiyaga chiqadigan fuqaro uchun bir yo‘la 15 yil emas, 11 yil staj talab qilinadi.🛡 Shu bilan birga, 15 yil staj to‘play olmagan fuqarolar uchun pensiya yoshidan 5 yil o‘tib yoshga doir nafaqa tayinlash kafolati saqlanadi.🎯 Maqsad — rasmiy bandlikni, ish haqini to‘liq ko‘rsatishni va uzoq muddat badal to‘lashni iqtisodiy jihatdan yanada manfaatli qilish.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




Farg'ona viloyati hokimligi
23 Sept, 09:41
Belarus delegatsiyasida uzumchilik va kulolchilik an’analari katta taassurot qoldirdiFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya Oltiariq va Rishton tumanlarida bo‘lib, hududlarning ilg‘or tajribalari bilan tanishdilar.Viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida mehmonlar Oltiariq tumanidagi “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida yetishtirilayotgan uzum navlari, ularni saqlash omborlari hamda uzumchilik sohasidagi ilg‘or yutuqlarni ko‘zdan kechirdilar.Rishton tumanida esa delegatsiya “Mingboshi Keramik” oilaviy korxonasiga qarashli kulolchilik muzeyi, “MM Porcelain” MCHJ va Xalqaro kulolchilik markazida bo‘lib, milliy hunarmandchilikning o‘ziga xos an’analari, chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini ko'rib chiqdilar.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 16:14
“ICT WEEK UZBEKISTAN 2026” xalqaro haftaligida Farg‘ona viloyati imkoniyatlari ham namoyish etilmoqdaBugun poytaxtimizda “ICT Week Uzbekistan 2026” xalqaro haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar sohasidagi muhim tadbirda Farg‘ona viloyatining ham maxsus paviloni tashkil etildi.Unda viloyatda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va startaplarni rivojlantirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, namunaviy startaplar hamda faoliyat yuritayotgan korxonalar taqdimoti o‘tkazilmoqda.Ishtirokchilar Farg‘ona viloyatining raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar sohasidagi salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.Haftalik doirasida xalqaro forumlar, B2B uchrashuvlar, strategik davra suhbatlari hamda sun’iy intellekt, raqamli hukumat va fintex yo‘nalishlaridagi yangi loyihalar




Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 15:44
Belarus delegatsiyasi “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasidaFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya Marg‘ilon shahridagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida bo‘ldi.Viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida mehmonlar majmuadagi bunyodkorlik ishlari, zamonaviy binolar va inshootlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari hamda milliy bozor faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.Majmuada yaratilgan sharoitlar, me’moriy yechimlar va obodonlashtirish ishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.Qisqa vaqt ichida ushbu maskan farg‘onaliklar va viloyatga tashrif buyuruvchi mehmonlarning sevimli sayyohlik manzillaridan biriga aylanib ulgurgani yana bir bor ta’kidlandi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 15:32
#Fargʻona_farzandlariBeshariqdan Londongacha: bir yosh uchun qariyb 70 ming dollarlik investitsiyaFarg‘onaning olis Beshariq tumanidagi 11-maktabda boshlangan orzu bugun Buyuk Britaniyada davom etmoqda.E’tiborlisi, maktab o‘qituvchisi Shahloxon Boltayeva ustozligida 4 nafar o‘quvchi «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. Ular orasida hozirda Londondagi Queen Mary University of London universitetida tahsil olayotgan magistrant Asadbek Odilov ham bor.“Bir o‘zim uchun qariyb 70 ming dollar atrofida investitsiya kiritildi. Shunday ekan, kelgusida, albatta, o‘rganganlarimni Vatanimiz ravnaqi uchun sarflayman. Biz — Prezidentimizning qanotlarimiz”, — deydi “El-yurt umidi” stipendiati Asadbek Odilov.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 14:55
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.⚡ Eng muhim kafolatlar✔️Murojaat
Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 14:09
Farg‘onada xalqaro dual ta’lim loyihasi boshlandiViloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning yirik ta’lim va innovatsion klasterlaridan biri — “Sinergiya” korporatsiyasi vitse-prezidenti Mixail Yerofeyev va uning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.Uchrashuvda xalqaro ta’lim dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Farg‘ona shahrida raqamli kasblar texnikumini tashkil etish loyihasi muhokama qilindi. — В Фергане стартовал международный проект дуального образования — International Dual Education Project Launched in FerganaFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X




Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 13:58
Belarus delegatsiyasida sanoat korxonalari faoliyati katta qiziqish uyg‘otdiFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda investitsiya infratuzilmasi bilan tanishdi.Mehmonlarga viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohlik qildi.Tashrif davomida “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining Quvasoy filialida joylashgan korxonalar faoliyati haqida ma’lumot berildi.Xususan, keramogranit plita ishlab chiqaruvchi “Crown Ceramic” qo‘shma korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi.Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Marwin Fruitline” MChJning mevalarni qayta ishlash va quyultirilgan tabiiy sharbat ishlab chiqarish loyihasini ko‘zdan kechirdilar.Mehmonlarga Koreyaning “Hansae Mobility Turan” korxonasida




Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 12:07
📊 Pensiyaga kechroq chiqish: qo‘shimcha moliyaviy manfaatPensiya yoshiga yetgan, ish haqi yuqori va ishlash imkoniyati bor fuqarolar uchun pensiyaga chiqishni biroz kechiktirish qo‘shimcha moliyaviy manfaat berishi mumkin.Xususan: ✔️2028-yildan pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi chegarasi 6 million so‘mdan 6 million 600 ming so‘mga oshirilishi nazarda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 6 oy kechiktirganda hisobga olinadigan ish haqi chegarasi 7 million 100 ming so‘mgacha oshirilib, pensiya miqdori 8 foizga ko‘payishi ko‘zda tutilmoqda; ✔️pensiyaga chiqishni 12 oy kechiktirganda esa ushbu chegara 7 million 600 ming so‘mgacha yetib, pensiya miqdori 15 foizga oshishi mumkin.Ya’ni, ishlashni davom ettirgan fuqaroning qo‘shimcha mehnati pensiya miqdorida ham aks etishi ko‘zda tutilmoqda.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 11:36
#mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi📆 Kalendarni tekshirib qo‘ying: 15-oktabr yaqin!Joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ining ikkinchi yarmini to‘lash muddati 15-oktabrda yakunlanadi.To‘lov yo‘llari qulay:📱 mobil ilovalar orqali💳 mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining “SAYT” terminali orqali🏦 bank kassalari orqali⚠️ Muddati o‘tgan har bir kun uchun penya hisoblanadi.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 11:16
Belaruslik investorlar bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqdaFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona tumanidagi “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida belaruslik investor tomonidan tashkil etilgan “Fermi 777” MCHJ xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Delegatsiya a’zolariga korxonada meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash, saralash, muzlatish, saqlash va eksportga tayyorlash jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.Korxonada, xususan, malina, gilos, qoraqat va qulupnay kabi eksportbop mahsulotlar xalqaro talablar asosida saralanib, muzlatilgan holda qadoqlanadi. Tayyor mahsulotlar Rossiya, Turkiya, Belarus va Qozog‘iston kabi davlatlarga muntazam eksport qilinmoqda.Fergana.gov.uz|Facebook




Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 11:00
📢 AZIZ FARG‘ONALIKLAR!⚽️ Katta futbol bayramiga tayyormisiz?!!Unda sizlarni 24-sentabr kuni, soat 19:00 da Farg‘onaning muhtasham “Istiqlol” stadioniga taklif etamiz!Bu kecha maydonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Eron milliy terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida bahs olib boradilar!Bu o‘yinning eng katta qahramonlari — maydondagi futbolchilar va farg‘onaning haqiqiy ishqibozlaridir!❗️Eslab qoling: “Istiqlol” stadioni bu safar har doimgiday sariq-qora rangga emas, O‘zbekistonning oq-ko‘k ranglariga burkanadi!🤝 Milliy terma jamoamiz bir ovozdan qo‘llab-quvvatlaylik!Bir yurak bo‘lib hayqiraylik! Bir maqsad bu - O‘zbekiston g‘alabasi! Shoshiling! Chiptalarni “Istiqlol”stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin!Farg‘ona, sening ovozingni butun O‘zbekiston eshitsin! 24-sentabr - “Istiqlol”da ko‘rishguncha!
Farg'ona viloyati hokimligi
22 Sept, 10:16
Farg‘ona va Minsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqdaViloyat hokimi Xayrullo Bozorov Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki hudud o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yangi investitsiya va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. — Сотрудничество между Ферганской и Минской областями выходит на новый уровень — Cooperation between Fergana and Minsk Regions Reaches a New LevelFergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X



Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
