Latest posts

Jahongir Ganiev
22 Sept, 10:18
Koreyada O'qishni bitirganlar O‘zbekistondan turib D-10 vizasiga hujjat topshirishi mumkin. Bu ukamiz ham o‘qishni tamomlagani uchun D-10 vizasiga hujjat topshirish yo‘li bor edi.Vaziyat shunday bo'lgan edi:Ukamiz o‘qishni bitirgandan keyin qisqa muddatga O‘zbekistonga chiqib kelgan. ID-kartasining orqasida viza muddati 30-sentabrgacha ko‘rsatilgani uchun: “Vizam hali bor”, deb bemalol Koreyaga qaytgan.Lekin bir narsani bilish kerak: bitiruvchi talaba Koreya ichida bo‘lsa, vizasi ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Agar o‘qishni bitirgach Koreyadan chiqib ketsa, bitirgan kundan 14 kun o‘tgandan keyin talabalik vizasi to‘xtatiladi. ID-kartada muddat qolgan bo‘lsa ham, u bilan Koreyaga qayta kirib bo‘lmaydi.Ukamiz bu holatni bilmagani va universitet ham uni talabalar ro‘yxatidan chiqargani sababli Incheon aeroportida Koreyaga kiritilmay, O‘zbekistonga qaytarib yuborilgan.Shunda
Jahongir Ganiev
22 Sept, 01:53
O‘zi hammamiz Koreyaga kelib o‘qish, ishlash, pul topish va O‘zbekistondagi oilamizning sharoitini yaxshilash uchun kelganmiz. Kayf-u safo qilish uchun kelganlarni bilmadim.O‘qinglar, ishlanglar, pul topib, tezroq sharoitlaringizni yaxshilanglar. Qizlarning orqasidan yugurib, qimmatli vaqtingizni bekorga sarflamanglar. Koreyada vaqt juda tez o‘tadi — buni aslo esdan chiqarmanglar. Iymonimizni mustahkam qilsak, ko‘p muammolarning yechimi ham o‘z-o‘zidan topiladi.Ertaga O‘zbekistonga qaytganingizda: “Eh, o‘sha paytda nega boshqalarga qo‘shilib kayf-u safoga berildim? Yaxshiroq o‘qib, ko‘proq ishlaganimda, hozir oilamning sharoitini yanada yaxshilagan bo‘lardim”, deb afsuslanib qolmanglar.Hammamizning maqsadimiz bitta — O‘zbekistondagi oilamiz va yaqinlarimizning sharoitini yaxshilash. Agar u yerdagi sharoitimiz yaxshi bo‘lganida, begona yurtda kelib ishlab yurmas edik. Shuni hech
Jahongir Ganiev
22 Sept, 01:11
Kuni kecha bir student ukamizga DEPORTATSIYA berildi. Sababi ukamiz 강제추행(jinsiy zo'ravonlik)ishi bo‘yicha suddan 7 million von jarima olgan va jarimani to'lagan. Ko‘pchilik jarimani to‘lagandan keyin ish butunlay tugaydi, deb o‘ylaydi. Lekin chet elliklar
Jahongir Ganiev
22 Sept, 01:00
Kuni kecha bir student ukamizga DEPORTATSIYA berildi.Sababi ukamiz 강제추행(jinsiy zo'ravonlik)ishi bo‘yicha suddan 7 million von jarima olgan va jarimani to'lagan.Ko‘pchilik jarimani to‘lagandan keyin ish butunlay tugaydi, deb o‘ylaydi. Lekin chet elliklar uchun sud ishi tugagach, immigratsiya 사법심사 tekshiruvi alohida bo'ladi.Ukamizni ham immigratsiyaga chaqirib, jinoyat ishi va Koreyada qolish masalasi bo‘yicha tergov qilishdi. Afsuski, yakunda unga 출국명령서, ya’ni Koreyadan chiqib ketish buyrug‘i berildi. Endi u 2026-yil 21-oktabrgacha Koreyani tark etishi kerak.Suddan jarima olish bilan hammasi tugamaydi. Undan keyin immigratsiya sizning vizangiz bo‘yicha alohida qaror chiqaradi.Birgina xato tufayli yillar davomida qilgan mehnat, o‘qish va Koreyadagi kelajak bir kunda yo‘qqa chiqishi mumkin.Ko'ziz qonga to'lsa ham,kerakli joyda 🤌 ozgina o'zimizni bosa olishni bilishimiz,kelayotgan
Jahongir Ganiev
19 Sept, 14:10edited
<<Endigina yaxshi hayot kechiraman» deganingda… 💸Yana ko'tarilib ketyapti..
Jahongir Ganiev
19 Sept, 12:32
Toss Bank ham chet elliklarga qo‘yiladigan tekshiruvlarni asta-sekin kuchaytirayotgandek tuyulyapti. Boshida hisob ochish va undan foydalanish juda qulay edi. Hozir esa hisobga sal kattaroq pul tushsa, uning manbasini tasdiqlovchi hujjat so‘rab, ayrim operatsiyalarni vaqtincha cheklash holatlari uchrayapti.Albatta, pul manbasini tekshirish bankning odatiy talabi bo‘lishi mumkin. Lekin hujjatlarni aynan qachon va qanday taqdim etish kerakligi oldindan aniq tushuntirilsa, foydalanuvchi ham pulidan foydalanolmay qoladigan vaziyatga tayyor turardi. Sizlarda ham shunday holat bo‘lyaptimi?
Jahongir Ganiev
19 Sept, 11:40edited
E-9 vizasidan E-7-4 vizasiga o‘tishda albatta bilishingiz kerak bo‘lgan muhim ma’lumotni tushuntirib o'taman.Ko‘pchilik E-9 dagilar quyidagi savolni beradi:“Men E-9 vizasi bilan 3 yil 6 oy ishladim. Ammo kompaniya yopilib qolgani sababli boshqa kompaniyaga o‘tdim. E-7-4 vizasiga hujjat topshirish uchun yangi kompaniyada albatta to‘liq 1 yil ishlashim kerakmi?”Javob: “Yo‘q. Avvalgi kompaniyada ishlagan davringizni ham qo‘shib hisoblatishingiz mumkin!”Ba’zan ishchi o‘z aybisiz, kompaniyaning yopilishi, faoliyatini vaqtincha to‘xtatishi yoki ish haqini to‘lamasligi kabi sabablar tufayli boshqa ish joyiga o‘tishga majbur bo‘ladi.Bunday holatda yangi kompaniyada ishlagan muddat bilan avvalgi kompaniyada ishlagan muddatni birga qo‘shib hisoblash mumkin.Masalan, agar siz avvalgi kompaniyada 3 yil 6 oy, yangi kompaniyada esa 6 oy ishlagan bo‘lsangiz, ushbu ikki davr qo‘shilib, jami 4
Jahongir Ganiev
19 Sept, 11:03
F-2-7 va F-2-R: ishlash bo‘yicha farqi nimada?Ikkalasi ham F-2 toifasidagi viza. Lekin ishlash shartlari bir xil emas.F-2-7 — skrinshotdagi tekshiruv natijasida yashash maqomi bo‘yicha ish faoliyatiga cheklov yo‘qligi ko‘rsatilgan.F-2-R — tavsiya berilgan, aholisi kamayib borayotgan hududda ishlash mumkinligi ko‘rsatilgan. Shu hudud doirasida ayrim taqiqlangan faoliyatlardan tashqari ish turiga cheklov yo‘q.O‘zingizga tegishli shartlarni HiKorea saytida ma’lumotlaringizni kiritib tekshirishingiz mumkin. Natijani o‘qiyotganda faqat “ish turiga cheklov yo‘q” degan jumlaga emas, qaysi hududda ishlash mumkinligi haqidagi qismga ham e’tibor bering.Ayrim kasblar uchun alohida malaka yoki litsenziya talab qilinishi mumkin.
Jahongir Ganiev
18 Sept, 09:53
E-7-4 vizasida shartnomani uzaytirishni xohlamasangiz, D-10 vizasiga qachon topshirgan ma’qul?Bu savolni ko‘p berishayotgani uchun yana bir bor real tajribaga asoslanib ma’lumot beramiz.Agar mehnat shartnomangiz tugashiga bir oy yoki undan kam vaqt qolgan bo‘lsa, D-10 vizasiga hujjat topshirishingiz mumkin. Bunday holatda korxonadan alohida 이적동의서 olish talab qilinmaydi.Amaldagi mehnat shartnomangizni taqdim etishning o‘zi yetarli bo‘ladi.Masalan, yuqoridagi akamizning mehnat shartnomasi 2026-yil 23-sentabrgacha bo‘lgan. U kishi 11-sentabr kuni, ya’ni shartnoma tugashidan 14 kun oldin D-10 vizasiga hujjat topshirgan. Korxonadan faqat mehnat shartnomasi — 근로계약서ni olgan, boshqa alohida hujjat talab qilinmaydi.Ammo shartnomangiz tugashiga hali bir oydan ko'p qolgan bo‘lsa-yu, ishni muddatidan oldin tark etib D-10 vizasiga o‘tmoqchi bo‘lsangiz, korxonadan 이적동의서 talab qilinadi
Jahongir Ganiev
17 Sept, 13:04
O‘tgan hafta bir student ukamiz vizasini cho'zdirishga borganda undan bank hisob raqami tarixi va hisobdagi pul qayerdan kelganini tasdiqlovchi hujjatlarni olib kelish kerakligini aytishgan ekan.Ukamiz bank hisobidagi mablag‘ni Koreyada ishlab yurgan tanish akalaridan vaqtincha olgan ekan.Talaba,o‘zining qonuniy daromadi bo‘lmasa, ota-onasi yoki yaqin qarindoshlaridan yuborilgan mablag‘ni hujjatlar bilan tushuntirish ancha osonroq bo‘ladi.Ukamiz menga bog‘lanib, “Endi nima qilsak bo‘ladi?” deb so‘radi.Men imkon qadar tezroq O‘zbekistondan ota-onasi nomidan pul yuborishlarini tavsiya qildim.Ota-onasi pul yuborishdi, bankdan hisob tarixi va pul kirganligi haqidagi hujjatlarni olishdi. Keyin vaziyatni yolg‘on aralashtirmasdan, nima sababdan avval boshqa odamdan pul olingani va keyinchalik ota-onasi mablag‘ yuborganini aniq faktlar bilan tushuntirib beradigan 사유서 yozildi.Bugun immigr
Jahongir Ganiev
16 Sept, 03:10
E-7-4 dan F-2-99 vizasiga o‘tishda 5 yillik muddatga kiritilmaydigan holatlar!Ko‘pchilik E-7-4 vizasi bilan Koreyada 5 yil yoki undan ortiq muddat yashagandan so‘ng F-2-99 (yashash) vizasiga o‘tish mumkinligini yaxshi biladi.Ammo o‘zingiz hisoblagan 5 yillik muddat bilan Immigratsiya idorasi tan oladigan 5 yillik muddat bir-biridan farq qilishi mumkin. Shu sababli ayrim hollarda F-2-99 vizasiga topshirilgan ariza rad etilmoqda.Quyida F-2-99 vizasiga ariza topshirishda 5 yillik yashash muddatidan chiqarib tashlanadigan yoki avval yig‘ilgan muddatning uzilishiga olib keladigan asosiy holatlar haqida tushuntirib o‘tamiz.Birinchidan, agar siz bir marta xorijda 91 kun yoki undan ko‘proq vaqt, ya’ni taxminan 3 oydan ortiq qolgan bo‘lsangiz, ushbu davr 5 yillik yashash muddatini hisoblashda chiqarib tashlanadi.Masalan, ta’til sababli vatanga 1 yoki 2 oyga borib kelish odatda muammo
Jahongir Ganiev
16 Sept, 02:13
🇰🇷 Koreyadagi vizam tarixi2016-yil avgust oyida Koreyaga ilk bor D-4 vizasi bilan kelgan edim.🇰🇷 D-4-1 — Koreys tili kursi 2016–2018 | 2 yil🎓 D-2-2 — Bakalavr 2018–2022 | 4 yil🎓 D-2-3 — Magistratura 2022–2025 | 3 yil💼 D-9-1 — 무역비자 / Biznes viza 2025–2026✨ F-2-7 — 우수인재 비자 2026 --D-4-1 → D-2-2 → D-2-3 → D-9-1 → F-2-7.......
Jahongir Ganiev
15 Sept, 14:23
Alhamdulillah!Bugun F-2-7 vizam rasman tasdiqlandi!O‘tgan yili, 2025-yil avgust oyida D-9-1 무역 vizasini olgan edim. Oradan deyarli bir yil o‘tib, bugun F-2-7 우수인재 vizasiga o‘tdim.F-2-7 vizasi Koreyada juda ko‘p imkoniyat beradigan eng kuchli vizalardan biri hisoblanadi. Ishlash bo‘yicha cheklovlar ancha kam, turli sohalarda ishlash va qonun doirasida ko‘plab yo‘nalishlarda biznes qilish imkoniyati bor. Eng muhimi — oldingiga qaraganda ancha erkinroq harakat qilish mumkin.2025-yil uchun daromadimni 27,600,000 von qilgan edim. 😁 Ataylab minimal yillik daromad chegarasidan sal oshirib, shu 10 ballni olish uchun. Immigratsiya xodimi ham daromad hujjatlarimni ko‘rayotganda kulib qo‘ydi.😬Umumiy ballim — 90 ball.Shuncha yillik o‘qish, mehnat, harakat va turli vizalardan keyin endi ozgina bo‘lsa ham erkinroq nafas olsam bo‘ladi endi.InshaAlloh, keyingi katta maqsad — F-5 영주권!
Jahongir Ganiev
14 Sept, 14:50edited
Aytgancha, 16-kungi konsert nima bo‘ldi keyin? Ro‘yxatdan o‘tganlarga email orqali xabar beramiz deyishgandi, lekin haligacha hech narsa kelmadi. U ham sekin-sekin jim bo‘lib ketyaptimi? 🤔Ps: Xotin qo'ymadi so'rangchi boshqalardan deb😬👀Menga qiziq emas unchalik.
Jahongir Ganiev
13 Sept, 10:36
Student vizasidagilar uchun yana takror muhim ogohlantirishHozir 전주 Immigratsiyada D-2 vizasini uzaytirayotgan ko‘pchilikdan bank hisobining tarixi (bank history) va hisobdagi pul qayerdan kelganini tasdiqlovchi hujjatlar so‘ralayotgan ekan.Biz buni anchadan beri aytib kelamiz: agar bank hisobingizga pul qo‘yayotgan bo‘lsangiz, imkon qadar mablag‘ O‘zbekistondan ota-onangiz nomidan rasmiy ravishda kelgani yaxshi.Immigratsiya sizdan alohida so‘ramasa ham, pulning kelib chiqishi aniq ko‘rinadigan qilib tayyorlab yurganingiz ma’qul. Chunki qaysi immigratsiya xodimi kimdan qanday qo‘shimcha hujjat talab qilishini oldindan hech kim aniq ayta olmaydi.Muammo chiqqandan keyin hujjat izlagandan ko‘ra, oldindan tayyor bo‘lib yurish ancha yaxshi.
Jahongir Ganiev
13 Sept, 05:17
Bizni “erkaklarni qo‘llab-quvvatlash vazirligimiz”ga yana bir murojaat kelib tushdi. 😬Ukamiz student vizada ekan. Bir zavodda birga ishlaydigan vetnamlik opa bilan sevishib qolishibdi.Kunlardan bir kuni opa ukamizning telefonidan O‘zbekistondagi boshqa bir qiz bilan yozishayotganini ko‘rib qolibdi. Shundan keyin ancha to‘polon bo‘lgan.Eng katta muammo esa endi boshlandi.Opa ukamizning zavodda ishlayotgan paytidagi rasmlarini olib qo‘ygan ekan“Menda hamma ma’lumotlaring bor. Immigratsiyaga borib aytaman, Koreyadan ketasan!” deb turibdi ekan.Ana sizga xiyonatning immigratsion oqibati. Bir vaqtning o‘zida ham sevgidan, ham vizadan ayrilib qolish xavfi bor.Bo‘ydoq ukalar, men sizlarga doim aytaman: Koreyada sevgi qilayotgan bo‘lsangiz ham 체류자격ni hisobga olib sevinglar.Ayniqsa, siz haqingizda qayerda ishlashingizdan tortib, qaysi Immigratsiyaga qarashligingizgacha biladigan
Jahongir Ganiev
12 Sept, 15:24edited
Koreyada mashinasi borlar, ushbu ovozli xabarni albatta eshitib qo‘yinglar — foydasi tegishi mumkin.Avariya sodir bo‘lganda ikkinchi tomon bilan 합의 (kelishuv)ni qanday qilishni bilish juda muhim. Kelishuvni to‘g‘ri tuzish va nimalarni kiritish kerakligini bilish orqali keyinchalik chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olib, millionlab von pulingizni tejab qolishingiz mumkin.Ayniqsa, hujjatga shoshilib imzo qo‘yishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerakligini bilib qo‘ygan yaxshi.
Jahongir Ganiev
12 Sept, 03:12edited
🇰🇷 Top-Tier Visa (F-2-T)Bu F-2-7 emas, balki Koreyaning yuqori malakali xorijiy mutaxassislari uchun alohida F-2-T vizasi.Asosan AI, semiconductor, battery, bio, robototexnika, advanced mobility, mudofaa sanoati hamda ilm-fan va texnologiya sohalaridagi kuchli mutaxassis, professor va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.Asosiy afzalliklari: ✅ Viza egasiga F-2 ✅ Turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlariga ham F-2 imkoniyati ✅ Ayrim shartlarda ota-onani F-1 bilan olib kelish ✅ 3 yil yashagandan keyin F-5 ga ariza berish imkoniyati2026-yil 15-sentabr kuni shu viza bo‘yicha rasmiy onlayn seminar bo‘ladi.Unda Ministry of Science and ICT, Ministry of Justice va KOTRA vakillari tizimni tushuntirib, savollarga jonli javob beradi.📅 15-sentabr ⏰ 14:00–15:30 💻 ZOOM ⏳ Ro‘yxatdan o‘tish: 14-sentabrgacha
Jahongir Ganiev
12 Sept, 02:05edited
“Uyga 다이소dan narsa olib kelaman”deb chiqqan edim, 타이소dan chiqib kelganimni xotin ko'rib qoldiyu, tushuntirish qiyin bo‘lyapti endi😅🤲😬Meni izlab ovvora bo'lmang buyog'i...
Jahongir Ganiev
12 Sept, 00:58
Kejakda F-5 vizaga tayyorlanayotganlar yana bir muhim narsani bilib qo‘yishlari kerak!Nega ayrim F-5 vizalarining ko‘rib chiqilishi 1 yildan ham oshib ketadi va nega immigratsiya keyin yana daromad hujjatini so‘raydi?Chunki F-5 ga ariza topshirgan kuni daromadingiz talabga yetgani bilan hammasi tugamaydi. Ko‘rib chiqish uzoq davom etsa, immigratsiya eng yangi daromad holatingizni yana tekshirishi va qo‘shimcha ravishda yangi 소득금액증명, 원천징수영수증 yoki boshqa daromad hujjatlarini so‘rashi mumkin.Masalan, 2025-yilda F-5 ga topshirgan paytingiz GNI talabi yetarli bo‘ldi. Lekin arizangiz 2026-yilgacha ko‘rib chiqilib, 2026-yilda oldingi yilga nisbatan daromadingiz keskin tushib ketsa, bu qo‘shimcha tekshiruvga yoki hatto vizaning rad etilish xavfiga olib kelishi mumkin.Shuning uchun men F-5 ga tayyorlanayotganlarga doimo bitta narsani aytaman:Faqat ariza topshiradigan yil uchun GNI ni
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
