gram news
G'azna channel avatar

G'azna

@gazna1

Data-jurnalist va Tanga.uz nashri muharriri Nodirbek Norto'rayevning g'aznamiz haqidagi kanali. Davlat pullari nimaga ishlatilayotganini kuzataman va bo'lishaman. Reklama bo'yicha murojaat: @proek

ProjectsUZBlogs

4,426subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • G'azna

    13 Aug, 14:03

    Xitoy investitsiyalari sabab O‘zbekistonda avtomonopoliya soyadan chiqyapti2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 338,9 trln so‘mlik asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Shundan xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 69,5 foizni tashkil etgan.Xorijiy investitsiyalar va kreditlar tarkibida Xitoyning ulushi 47 foiz bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Rossiya — 7,4 foiz, Turkiya — 6,6 foiz va Saudiya Arabistoni — 4,1 foiz.Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlikning amaliy natijalaridan biri avtomobil bozoridayam ko‘rinyapti: yangi ishlab chiqaruvchilar kirib kelishi bilan avvalgi monopol holat asta-sekin o‘zgarib, bozorda raqobat kuchaygan.Raqobatning foydasini esa, odatda, birinchi navbatda iste’molchi ko‘radi.@gazna1
    1,540135Open in Telegram
  • G'azna

    13 Aug, 08:51edited

    United Ventures o'tkazgan tanlovda qisman o'ziga tegishli korxona g'olib bo'ldiO'zbekistonning 7 ta banki egalik qiladigan United Ventures startap loyihalarni jalb etgan holda 3 bosqichdan iborat akseleratsiya dasturi tashkilotchisini aniqlash bo'yicha tanlov o'tkazdi. Tanlov natijalari 11-avgust kuni e'lon qilindi.Xujjatga ko'ra, g'olib "STARTUP BOOSTER" MCHJ. Uning 70% ulushi "UNIQUE DEVELOPMENT PROJECTS" MChJ ga, qolgan 30% esa "United Ventures" MCHJ ning o'ziga tegishli.Tushunaman, bu korxona va komanda loyiha ustida bosh boshidan turgan bo'lishi mumkin, yoki aynan ular bu akseleratsiya dasturini bajara olishiga ishonch yuqoridir. Tushunaman. Lekin manfaatlar to'qnashuvi masalasiga bee'tibor bo'lish qiyin.Qanchalik tizimni tushunishga harakat qilmay, buni oddiy holatga aylantirib qo'yish noto'g'ri deb o'ylayman.@gazna1
    1,53073Open in Telegram
  • G'azna

    5 Aug, 04:49

    Rossiyada "Царь хороший, бояре плохие" degan formula tez tez ishlatib turiladi. Putinni obrazini yaxshilash uchun amaldorlarga odamlarni jaxlini chiqaruvchi topshiriqlar beriladi va bu xayp bo'lganidan keyin Putin ularni urishib hammasini joy joyiga qo'yadi.Bu formula hozirda Rossiyada ishlayapdi deb bo'lmaydi, chunki urush bu umuman boshqa mavzu. Bu formula faqat tinchlik davrda yaxshi ishlashi mumkin. Ammo rus elitasi formulani ishlatishga hozirgacha urinadi - o'rganib qolishgan.Bu formulani yaxshi tomoni - qisqa muddatda ma'lum personani obro'si oshadiYomon tomoni - uzoq muddatda davlat tizimiga nisbatan negativ oshib boradi, chunki amaldor to'g'ridan to'g'ri hukumat vakili sifatida qabul qilinadi.Kanal mavzusiga buni nima aloqasi bor? Hech qanaqa aloqasi yo'q. Shunchaki, hayolga kelib qoldi.@gazna1
    12,400361141Open in Telegram
  • G'azna

    3 Aug, 03:06

    Yangi O'zbekiston universiteti 843 mln so'mga robot kompleksini xarid qildiXarid hujjatlariga ko'ra, universitet 1 ta robot-gumanoid, bitta 4 oyoqli robot, bu robotlarni integratsiya qilish va xodimlarga ulardan foydalanishni o'rgatish bo'yicha xizmatni xarid qilgan.Umid qilamanki bu robotlar tadbirma tadbir raqs tushib yurmaydi.Video: "Ipak yo'lidagi turizm 2025" da robot-gumanoid raqsi@gazna1
    2,380video18Open in Telegram
  • G'azna

    30 Jul, 07:16edited

    "Toshkent-Markaziy vokzali" va "Toshkent-Janubuy" stansiyasi kredit ta'minoti sifatida garovga qo'yilmoqdaBu haqida vokzal binolarini sug'urtalash bo'yicha o'tkazilgan 2 mlrd so'mlik xaridda ma'lum qilingan.Xarid hujjatlarida bu ma'lumot nega qo'shilgani tushunarsiz. Shu bilan birga hujjatlarda aynan qaysi kreditga ta'minot sifatida garovga qo'yilgani ma'lum qilinmagan.Yanvarda kompaniya 200 ta yo‘lovchi vagonini yangilash uchun 143 million dollar miqdorida kredit olishi ma'lum qilingan edi. Iyun oyining ikkinchi yarmida YTTBdan 38 mln yevrodan ortiq kredit olishi haqida xabar berilgan.Shuni qayd etish kerakki, O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati 2026-yilning birinchi choragida 479 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan.Kompaniya sof foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 251 mlrd so‘mga yoki 2,1 barobarga oshgan.Ya'ni moliyaviy ko‘rsatkichlarga ko'ra kompaniya
    2,23073Open in Telegram
  • G'azna

    29 Jul, 09:05edited

    Hozirgina "Yangi O'zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalarini 2026-yilda chop etish bo'yicha 6,3 mlrd so'mlik tender o'z yakuniga yetdi.Ha, 2026-yil davomida, 1-yanvardan 31-dekabrgacha - 29-iyulda. Tender natijasi shu yaqin kunlarda e'lon qilinadi.Yanvardan buyon bu gazetalar chiqmayotganmidi? Yo'q, chiqayotgandi. Yanvardan buyon ularni "Sharq" AJ chop etib kelyapdi. Topinglarchi tenderni kim yutadi?Tender hujjatlariga ko'ra, g'olib korxona 2026-yil davomida 252 kun mobaynida quyidagi hajmda gazetalarni chop etishi kerak:- "Yangi O'zbekiston gazetasi" - har kuni 40 000 tiraj - "Pravda vostoka" gazetasi - har kuni 1 500 tirajUmuman olganda, bu yilgi summa avvalgilardan ancha kam. 2022-yilning ikkinchi yarimini o'zida bu gazetalar uchun 10,6 mlrd so'm sarflangan, 2023-yilda - 23,4 mlrd, 2024- yilda - 13,9 mlrd, 2025-yilda - 8,5 mlrd so'm.Aslida gazeta yanvardan buyon
    4,4301332Open in Telegram
  • G'azna

    29 Jul, 04:31edited

    200 mln so'mlik ostanovkalarBa'zi odamlar bilan suhbatda "mana shu ikkita tunika 200 mlnga olinganakan, shuni yozmaysanmi" degan gapni eshityapman.Shuncha muhokamadan keyin odamlar haligacha ko'chada shuni gapirib yurishganini sezdim.Bu masala qanday shishib ketganini tushunmay qoldim ham.Birinchi marta ko'rganimda bu auksionligini o'qidim: "tushunarli, demak tadbirkorlar sotib olib, u yerda joylashadigan reklama va apparatlardan pul ishlar ekan" deb o'yladim.Budjetdan pul ishlatilyapdi deyishga hech qanday asos topa olmadim va mavzuni o'tkazib yubordim.Shunday ham bo'lib chiqdi, ammo odamlar "200 mln so'mlik" bekatlarni hali uzoq muhokama qiladi, jurnalistika bu faqat tanqid qilish deb biladigan talaba-jurnalistlar tadbirlarda hali ko'p bu bilan bog'liq savollar berishadi.Mana shunaqa media olam, emotsiyalar va hayp davrida yashayapmiz.@gazna1
    1,64065Open in Telegram
  • G'azna

    29 Jul, 03:35edited

    587,8 mlrd so'mni maqsadsiz sarflanishini oldi olinganKecha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha jamoatchilik eshituvi bo'lib o'tdi.Agentlik jamoat kengashi a'zosi sifatida man ham yig'ilishda ishtirok etdim.Statistika bilan qisqacha bo'lishaman:🟢2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari tomonidan 1,9 trln so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan 264,7 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar bartaraf etilgan, 587,8 mlrd so‘m mablag‘ning maqsadsiz sarflanishi oldi olingan.🟢Davlat xaridlari bo‘yicha esa qiymati 298,4 mlrd so‘mlik 73 ta xaridda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.🟢Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan 127 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.🟢“E-qaror” tizimida “yashirilgan”
    1,53065Open in Telegram
  • G'azna

    28 Jul, 08:45edited

    Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligini mana bu xaridini ko'rib amaldorlarimizdagi bir tendensiya esimga tushib ketdi.Xarid vazirlikni tadbirlarini o'tkazish bo'yicha, jumladan 536 mln so'mlik musobaqa (sotib olinadigan predmetlardan qilgan xulosam). Xarid qilinayotgan mahsulotlar manga ulgurji bozor narxidan baland tuyulgan bo'lsa-da, post mavzusi boshqa.Maktab paytimdan turli xil tadbirlarda qatnashar edim va negadir doim uni tashkil qilgan davlat idoralari xodimlari o'zini xarajatlarni o'z kistasidan qilayotgandek tutardi.Xokim sovg'asi, boshqarma boshlig'i yaratib bergan imkoniyat va boshqa.Nima demoqchiman?Qaysidir tadbirni o'tkazilishida shunchalik rahmat aytishni istasangiz, uni ish jadvaliga qo'shganlarga rahmat ayting, qolgani budjet xarajatlari. Umuman olganda bunday Respublika miqqiyosida bolalarni bir joyga to'playdigan har qanday tadbirlarni oqlayman va duo
    1,720file32Open in Telegram
  • G'azna

    28 Jul, 06:08edited

    @revizor_uzb xaridlarni qanday o'rganishiga qiziqaman doim. Kuniga 100lab xaridlar e'lon qilinadi, ularni orasidan shubhalisini topish uchun qancha hujjatni va korxonalarni o'rganib chiqish, taqqoslash kerak.Revizor esa har bir hujjatni ikir chikirigacha o'rganadi va ba'zida har kuni post joylaydi.Qanday ulgurarkan. Kanal anonim, lekin egasi bilan osh ustida suhbatlashishga yo'q demasdim. Bir ikki joyda shu kanal siznikimi debam qolishadi. Buncha vaqtim bo'lganida G'aznada kontent tinmas edi😁. Buni ustiga G'aznada endi faqat qonunbuzilishi bilan bog'liq holatlar emas, umuman davlat harajatlari haqida yoziladi.Faqat qonunbuzilishi haqida yozaverish, qidirish odamni o'zini ham, unga nisbatan munosabatni ham toksik qilib qo'yar ekan.@gazna1
    1,4001221Open in Telegram
  • G'azna

    28 Jul, 05:25edited

    O'zbekona klassik xarid OTMga kirish imtihonlari o'z yakuniga yetdi, imtihonlar 14-23 - iyul sanasida bo'lib o'tdi, ammo imtihonlarda kameralarni montaj va demontasj qilish bo'yicha 2,3 mlrd so'mlik xarid kecha yakunlandi. 27-iyul kuni IIV qoshidagi Xavfsiz
    1,37061Open in Telegram
  • G'azna

    28 Jul, 04:59

    O'zbekona klassik xaridOTMga kirish imtihonlari o'z yakuniga yetdi, imtihonlar 14-23 - iyul sanasida bo'lib o'tdi, ammo imtihonlarda kameralarni montaj va demontasj qilish bo'yicha 2,3 mlrd so'mlik xarid kecha yakunlandi.27-iyul kuni IIV qoshidagi Xavfsiz shahar tizimlarni rivojlantirish markazi bu bilan bog'liq tanlov natijalarini e'lon qildi, unda "Smart Technology Systems" MChJ 2 mlrd 286 mln so'm taklif bilan g'alaba qozondi.Tanlov nomida: 2026/2027 o'quv yili uchun kirish imtihonlari o'tkaziladigan obyektlarga videokuzatuv tizimlarini yaratish loyihasi bo'yicha montaj va demontaj ishlarini bajarish deb yozilgan. Xarid 17-iyulda boshlangan va kecha tugadi.Albatta, albatta tanlov yuqori darajadagi raqobat muhitida o'tkazilgan. Ishonchim komil.@gazna1
    9,67014115111Open in Telegram
  • G'azna

    24 Jul, 15:27edited

    Yangi O‘zbekiston universiteti Garvard, Abu Dabi va 2 mlrdlik SpektrometrYangi O‘zbekiston universiteti AQShdagi Garvard universitetining Oliy ta'lim maktabi huzuridagi kasbiy ta’lim dasturlarida ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzoladi.Shartnoma qiymati — 190 ming dollar yoki hozirgi kurs bo‘yicha 2,3 mlrd so‘m.Hujjatga ko‘ra, dasturlarda “Rektorlar maktabi” bitiruvchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Umumiy hisobda 40 nafargacha ishtirokchi Garvard universitetining Oliy ta'lim maktabi huzuridagi kasbiy ta’lim dasturlariga yuborilishi mumkin.Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda o‘qishi rejalashtirilgan:🟢 Yangi tayinlangan oliy ta’lim rahbarlari uchun Garvard seminari — 4 nafargacha ishtirokchi, har biri uchun 10 350 dollar; 🟢 Boshqaruvni rivojlantirish dasturi — 6 nafargacha, har biri uchun 6 150 dollar; 🟢 Ta’limda boshqaruv va yetakchilik instituti — 6 nafargacha, har
    2,070622Open in Telegram
  • G'azna

    24 Jul, 13:22

    2025-yili Toshkentda o'tadigan 5-Osiyo va paraosiyo o'yinlari uchun 308 mln dollar sarflanyapdi. Qurilishni kim qilishi oldindan aniqmidi? Tender 2023-yil 10 avgustda o'tkazilgan. Unda China CAMC Enginrering kompaniyasi g'alaba qozongan. Unga Toshkentda joylashgan
  • G'azna

    24 Jul, 08:12edited

    Romanovlar saroyi muzeyi ekspozitsiyasi uchun 60 mlrd so‘mlik shartnoma imzolandiMadaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkentdagi Romanovlar saroyi muzeyi uchun ekspozitsiya ishlab chiqarish va o‘rnatish bo‘yicha Germaniyaning Atelier Brückner GmbH kompaniyasi bilan to'gridan to'g'ri shartnoma imzoladi.Shartnoma qiymati 4,3 mln yevro, so'mda 60,3 mlrd so‘mligi belgilangan.Hujjatga ko‘ra, kompaniya “Knyaz N.K. Romanovning sobiq qarorgohi” loyihasi uchun ekspozitsiya elementlarini ishlab chiqarish va o‘rnatish ishlarini bajaradi.Ishlar tarkibiga ko‘rgazma mebellari, vitrinalar, eksponatlar uchun podstavkalar, grafik materiallar, vitrina yoritish tizimlari, media uskunalar va media kontent ishlab chiqarish kiradi.Bundan tashqari, kompaniya loyiha koordinatsiyasi, texnik chizmalar tayyorlash, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish, obyektga yetkazish, joyida
    2,2407321Open in Telegram
  • G'azna

    24 Jul, 06:01

    forwarded from @tangauzb

    UzVC Milliy venchur fondi Startup Growth Program dasturining uchinchi bosqichini amalga oshirish uchun 3,6 mlrd so‘mlik tender o‘tkazdi.Unda Britaniyaning AKS Services Group kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. Ushbu kompaniya fondning 2022-yildan buyon hamkori hisoblanadi.OAV va amaldorlar uni xalqaro yetakchi investitsion konsalting kompaniyasi sifatida qayd etgan, biroq bu ma’lumot Buyuk Britaniya reyestrida o‘z tasdig‘ini topmadi.tanga.uz o‘rganishlari tenderning texnik baholash mezonlari va shaffofligi yuzasidan bir qator savollarni yuzaga keltirmoqda.Batafsil: https://tanga.uz/news/1530Telegram | Instagram | YouTube
    1,520521Open in Telegram
  • G'azna

    21 Jul, 10:59

    Taxtako‘pirga kirishdagi stella bo‘yicha tanlovda g‘alati holat kuzatildiQoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumaniga kirishda 800 mln so‘mlik stella va arka o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.Obyektning eni 18 metr, balandligi esa 7 metr bo‘lishi ko‘zda tutilgan.Qiziq tomoni — bu xarid avval ham o‘tkazilgan.Avvalgi xaridda, 22-iyun kuni “NAZARXAN INVEST STROY” MCHJ 756 mln so‘m taklif bilan g‘olib deb topilgan.Lekin Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ushbu xaridda qonunbuzilish holatlari borligini bildirgan. Taqdimnomada baholash mezonlari xarid hujjatlariga mos kelmagani va komissiya tomonidan ishtirokchilarga noxolis ball berilgani ko‘rsatilgan. Katta ehtimol bilan yutkazgan korxonalar ariza qoldirishgan va ko‘rib chiqilganKeyin tanlov qayta o‘tkazilgan.Holatni kulguliligi shundaki. Avvalgi tenderda hammani balli bir xil maksimal bo'lgan, g‘olib narx hisobiga
    2,0003221Open in Telegram
  • G'azna

    20 Jul, 05:34

    O'zavtosanoatga tegishli Qizil suv kurorti 5 milliard so'mga qayta loyihalashtiriladi18-iyul kuni bu bo'yicha tanlov yakunlandi. Ushbu mehmonxona Xumson yaqinidagi Qizil-suv qishlog'ida joylashgan. Tanlov hujjatlariga ko'ra uni Skandinaviya va Alp tog'lari arxitekturasi elementlari stilida loyihalashtirishmoqchi.Loyihalashtirishni o'zi 5,2 mlrd so'mga tushganiga qaraganda katta ishlar qilinadiganga o'xshaydi. Lekin kimning hisobidan?Hujjatda moliya manbayi mahalliy investitsiyalar deyilgan, ammo aynan kim investitsiya qilishi aniq emas. Manimcha bu investor O'zavtoning o'zi,Ushbu ishlarni bajarish uchun asos sifatida Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-dekabrdagi 03/1-1878-sonli farmoyishi ko'rsatilgan. Farmoishni topa olmadim, balki turizm bilan bog'liqdir.Qiziq, agar bu loyihani rostan ham O'zavtoning o'zi moliyalashtirayotgan bo'lsa, uni iqtisodiy manfaatdan kelib chiqib
  • G'azna

    2 Jul, 14:09

    O‘zbekiston byudjetining daromad va xarajatlari iyun oyida qanday o‘zgardi?Iyun oyidagi davlat budjeti daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi kunlik ma’lumotlarini o'rganib chiqdim va natijalarni sizlar bilan bo'lishaman.⚡️Davlat byudjeti 2026-yilning yarim yilligini profitsit bilan yopdi. Yil boshidan buyon byudjet daromadi va harajatlarini farqi 1,8 trln so'mga yetdi.🔻 Deyarli butun oy davomida xarajatlar daromadlardan oshib bordi.📉 Eng katta farq 4-iyunda qayd etilgan (-7,85 trillion so‘m).📊Oyning ikkinchi yarmida tafovut asta-sekin qisqaradi: 26-iyunga kelib u -0,8 trln so‘mgacha kamaydi.📈30-iyun kuni daromad kutilgandek keskin ko'paydi va xarajatlardan oshib ketdi. O'tkan oyda profitsit 2,7 trln so'mni tashkil qildi. Bu mart oyidagi 10,1 trln so'm profitsitdan bir necha barobar kamroq.Batafsil infografikada.Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligi.@gazna1
  • G'azna

    29 Jun, 05:50

    104 mlrd so‘mlik paxta tolasini birja savdolarisiz sotgan kompaniyaga jarima qo‘llanildiRaqobat qo‘mitasi WHITE GOLD KLASTER MChJ faoliyatida qonunbuzarliklarni aniqlagani ma'lum qilindi.Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya 104 mlrd so‘mlik 5 ming tonnadan ortiq paxta tolasini birja savdolarini chetlab o‘tgan holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotgan.Shuningdek, mahsulot o‘rtacha birja kotirovka narxlaridan yuqori narxlarda sotilgani oqibatida kompaniya 700 mln so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlangan.Ish yakunlari bo‘yicha kompaniyaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanilgan. Bundan tashqari, aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan majburiy ko‘rsatma berilgan.@gazna1
    2,080631Open in Telegram